KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
Insonlar qachon gapira boshlagan?
Massachusetts texnologiya instituti olimlarining yangi genetik tadqiqotlariga ko‘ra, insonlarning til orqali so‘zlasha boshlashi dastlab bundan taxminan 135 ming yil oldin shakllana boshlagan. Keyinchalik, taxminan 100 ming yil oldin tildan ijtimoiy miqyosda keng foydalanilgan. Hozirgi inson turi hisoblangan Homo sapiens, taxminan 230 000 yil avval paydo bo‘lgan. Homo sapiens paydo bo‘lgandan keyin, odamlar guruhlari geografik jihatdan […]
25.03.2025 | 11:50
512
Betxoven soch tolalarining DNK tahlili deyarli 200 yildan so‘ng kutilmagan sirlarni oshkor qildi
Lyudvig van Betxovenning vafotidan deyarli 200 yil o‘tgach, uning so‘nggi iltimosi u hech tasavvur qila olmaydigan tarzda amalga oshirildi. Olimlar guruhi bastakorning haqiqiy soch tolalaridan olingan genetik materiallarni tahlil qildi. Bu tahlil natijasida uning sog‘lig‘i, vafoti sababi va hatto kutilmagan oilaviy siri haqida yangi ma’lumotlar aniqlandi. Oldingi tadqiqotlar Betxovenning sog‘lig‘i yomonlashishiga qo‘rg‘oshindan zaharlanish sabab bo‘lgan […]
24.03.2025 | 16:47
565
“MUJMAL” ASLI MUJMALMI?
Tilimizga arab tilidan kirgan mujmal so‘zini biz hozirgi paytda “lanj, mavhum, na u yoqlik, na bu yoqlik, tushunarsiz, tayinsiz” ma’nolarida ishlatamiz. Lanj, kesib gapirmaydigan, ezma kishilarga nisbatan “bu mujmal odam” deymiz. Holbuki, bu so‘zning tub ildizi “qisqa”, “lo‘nda” ma’nolarida keladi. Bu ma’no so‘zning hozirgi ma’nosiga mutlaqo qarama-qarshi. Alisher Navoiy asarlarida ham mujmal so‘zi “qisqa” ma’nosini […]
24.03.2025 | 11:01
624
BOQIY LAVHALAR
Bugungi avlod bir paytlar taniqli suratkash bo‘lgan Sodiq Mahkamovni deyarli bilmaydi. Ular butun umrini gazeta-jurnallarni noyob fotoasarlari bilan bezagan, qanchadan qancha tarixiy, madaniy-ma’rifiy voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, suratlarga muhrlagan, bu kasbni ijodiy tafakkur darajasiga ko‘tara olgan bu iste’dod egasi bilan tanish emas. Nafaqat Sodiq Mahkamovni, Noʻmon Muhammadjonov, Ravil Albekov, Sirdaryo paxtazorlarida birinchi bo‘lib ochilgan […]
20.03.2025 | 16:30
453
21–27-mart kunlari O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlarida bepul spektakllar namoyish etiladi
27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 21-27-mart kunlari O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlarida “Teatr tomoshalari haftaligi” bo‘lib o‘tadi. “Teatr tomoshalari haftaligi” davomida teatrga tashrif buyuruvchilar uchun turli spektakllar va ijodiy uchrashuvlar rejalashtirilgan. Spektakllar bepul namoyish etiladi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri21-mart, juma kuni soat 18:00da “Uch tenor” konsert dasturi.22-mart, shanba kuni soat 18:00da […]
20.03.2025 | 12:44
804
QANOTI QAYRILGAN QALDIRGʻOCH
O‘zbek Milliy akademik drama teatrida mazkur teatrning 110 yilligiga bag‘ishlab yozuvchi Isajon Sultonning “Ma’suma” romani asosida rejissyor Asqar Xolmo‘minov sahnalashtirgan “Birinchi qaldirg‘och” (“Ma’suma”) spektakli namoyish etilmoqda. Spektakl XX asrda Toshkentda yashab ijod etgan, jadidlik va qatag‘on davri, Ikkinchi jahon urushi voqealariga guvoh bo‘lgan, uning og‘riqli asoratlarini boshidan o‘tkazgan o‘zbek teatrining ilk aktrisalaridan biri, O‘zbekistonda xizmat […]
19.03.2025 | 15:37
364
KIM AJRASHAMAN DESA, O‘SHA ALIMENT TO‘LASIN!
Bugungi kunda er va xotin o‘rtasidagi munosabatlar anchayin nomutanosib pallaga kelib qolganga o‘xshaydi. Oilada ayol o‘zining o‘rnini yo‘qotib qo‘yayotgani, erni hurmat qilmayotgani oddiy holga aylanib qolmoqda. Milliy fojiaga aylanayotgan oilaviy ajrimlar dilimizni xufton qilishi bilan birga, nima yoki kim tufayli ajrim bo‘layotgani va uning sababi kabi masalalarga yechim topishga ham undaydi. Buzilib ketayotgan turmushga jimgina […]
18.03.2025 | 15:05
470
“O‘zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat boyligi. Yangi O‘zbekistonning xalqaro loyihalari taqdimoti” mavzusida anjuman o‘tkazildi
Tashqi ishlar vazirligi, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamkorligida «O‘zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat boyligi. Yangi O‘zbekistonning xalqaro loyihalari taqdimoti» mavzusida anjuman o‘tkazildi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ekspozitsiyasini boyitish, bu borada xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yangi hamkorlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu anjumanda […]
15.03.2025 | 21:20
400
OLMAZORDAN FAZOGA
Toshkent shahri Olmazor tumanida muhandislik va texnologiyalar yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar bo‘yicha press-tur tashkil etildi. Olmazor tuman hokimligi bilan hamkorlikda ”NazarX Research and Development Center” tomonidan yoshlarni ilm-fan va muhandislik sohalariga jalb etish maqsadida ”DreamSat” va ”TechnoCamp” loyihalari amalga oshirilmoqda. ”DreamSat” loyihasi 2023-yil fevral oyida start olgan bo‘lib, maktab bitiruvchilariga robototexnika, 3D modellashtirish, elektronika va kosmik […]
14.03.2025 | 17:37
443
YUZ BILAN YUZLASHGAN “SAODAT”
Ilk ayollar jurnali “The Ladies’ Mercury” dunyo yuzini ko‘rganiga qariyb uch yarim asrcha bo‘ldi. Bu jurnal Angliyada noshir va jurnalist Jon Delton tomonidan chop etilgan bo‘lib, uning sahifalaridan sevgi va sadoqat hikoyalari, odob-axloq mavzusidagi maqolalar, ayollar liboslariga oid tavsiyalar hamda xotin-qizlar bilan bog‘liq ajoyib xandalar joy olgan edi. Ammo 1886-yilda matbuotga kirib kelgan Amerikaning “Cosmopolitan” […]
14.03.2025 | 09:24
575
MOMOLAR IZIDAN…
Adiba Shahodat Isaxonovaning “Nodirayi davron” kitobini o‘qib She’riyat bo‘lmasa, bashariyat necha asrdan buyon boshiga yog‘ib turadigan ofatlardan omon chiqolmas, o‘zini qayta tiklay olmas, hayoti ham bunchalar chiroyli bo‘lmas edi. U butun dunyoning raso ustuni, ayrilmas joni. Ba’zan o‘ylab qolaman, nega biz she’riyat deymiz-u, uning yonboshida suyanch bo‘lgan ulkan tog‘ tizmalarini nasriyat deb atamaymiz? Qiziq. Bu […]
13.03.2025 | 12:41
545
Jurnalist o‘zi tahsil olgan maktab o‘quvchilari uchun “Ko‘mak” stipendiyasini joriy qildi
Taniqli jurnalist, Oyina.uz sayti bosh muharriri Inobat Ahatova oʻzi tahsil olgan maktab oʻquvchilari uchun “Koʻmak” nomli stipendiya taʼsis etdi. Ushbu tashabbus fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan hamda ehtiyojmand o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Jurnalist bu ishi orqali jadidlikka daʼvo qilmoqchi emasligini, shunchaki ular boshlagan gʻoya, harakatlar kichik koʻrinishda boʻlsa-da davom ettirish istagini maʼlum qildi. Stipendiya ikki yo‘nalishda […]
10.03.2025 | 17:41
413
XAYRIYA QUTILARI QANDAY QO‘YILADI?
Xayriya qutilari faqat nodavlat-notijorat tashkilotlar yoki yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda qo‘yilishi mumkin. Bunda xayriya qutisi shaffof idish bo‘ladi, joylashtiriladigan manzil oldindan e’lon qilinadi, uni ochishda guvohlar qatnashadi va bu jarayon videotasvirga olinib, jamoatchilikka e’lon qilinadi. Ya’ni, xayriya mablag‘i haqiqiy muhtoj odamga “pati yulinmay” yetib borishi jamoatchilik nazorati ostida, shaffof bo‘lishi kerak. NNTlar naqd pul […]
07.03.2025 | 10:40
560
Ikki o‘zbek ijodkori Amerikaning nufuzli adabiy mukofoti bilan taqdirlandi
2024-yil 25-dekabr kuni Dallasdagi Texas universitetida joylashgan Mundus Artium Press xalqaro nashriyoti o‘zining nufuzli adabiy mukofoti g‘oliblarini e’lon qilgan edi. Mukofotning asosiy yo‘nalishlaridan biri – «Yil yozuvchisi» sifatida o‘zbekistonlik mohir adib, taniqli yozuvchi Nazar Eshonqul, adabiyot bo‘yicha oliy mukofotga esa shoira Xosiyat Rustamova loyiq ko‘rilgandi. Bugun ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotni shoir, […]
04.03.2025 | 18:42
349
BIZ ISHONCHNI, ALBATTA, OQLAYMIZ!
Bilimli, tashabbuskor va ilg‘or fikrli, har jabhada yetakchi yoshlar ertangi kunimiz egalaridir. Bugun ularga keng imkoniyatlar berish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu yilning 14-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashib, ularning yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida rejalashtirayotgan ezgu maqsadlari, o‘z oldilariga qo‘ygan rejalarini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zlab ochiq muloqot […]
03.03.2025 | 10:17
615
O‘ZBEK ROMANSLARI HAQIDAGI ASAR
Musiqiy asarlarning turli-tumanligini hayotimizni rang-barang qiluvchi, shuningdek, turfa did-saviyadagi tinglovchilar ehtiyojini qondiruvchi ming ko‘zli buloqqa mengzash mumkin. Ular orasida romans janri intellektual jihati bilan alohida ajralib turadi. Biroq yurtimizdagi san’at va musiqaga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida bu nozik janrga oid ilmiy-amaliy qo‘llanmalar taqchilligi seziladi. Bundan yuz yil oldin jadid bobolarimiz ham musiqiy darslik va qo‘llanmalar yetishmovchiligini […]
03.03.2025 | 09:30
820
Ikki vazirlik mamlakat va xorijdagi o‘zbekistonliklarni Yangi Toshkent qurilishiga ishga chaqirmoqda
Bandlik hamda Qurilish vazirliklari O‘zbekistondagi va xorijdagi fuqarolar Yangi Toshkent shahri hududiga ishga taklif qilmoqda. Qayd etilishicha, fuqarolar 20 ming gektar maydonda qurilayotgan Yangi Toshkent qurilishida ishtirok etishga chaqirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlar uchun 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratilmoqda. Qurilish sohasida, xususan, quyidagilar bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan fuqarolarga 38 ta yo‘nalishdagi […]
02.03.2025 | 13:26
341
Leonardo da Vinchi sharq olimlarining ilmiy merosidan ilhomlangan – Italiyadan shov-shuvli bayonot
Italiyalik mashhur olim Leonardo da Vinchi merosi bo‘yicha taniqli mutaxassis, dizayner, raqamli san’at ustasi Mario Teddi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Mehmon Islom sivilizatsiyasi markazining ulug‘vorligidan hayratda qoldi: «Italiyadagi uchrashuvimiz chog‘ida Islom sivilizatsiyasi markazi direktori meni O‘zbekistonga taklif qildi. Men Markaz haqida tasavvurga ega edim, lekin uni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, ulug‘vorligi va go‘zalligidan hayratga […]
28.02.2025 | 19:18
348
IKKI KITOB SHIMMASI
Bahodir Karimning Afg‘onistonda nashr bo‘lgan “Ikki daho, ikki bebaho” kitobi haqida so‘z Har bir kitobning o‘lchami katta yoki kichikligidan qat’i nazar, o‘z o‘rnida ahamiyatlidir. “Ikki daho, ikki bebaho” kitobi hajmi-ko‘rinishiga ko‘ra kichik bo‘lsa-da, mazmun va ma’no jihatidan juda ko‘lamli. Chunki bu kitob ikki buyuk inson – Zahiriddin Muhammad Bobur va Abdulla Qodiriyning eng mashhur asarlari […]
28.02.2025 | 16:21
960
Toshkentda Italiya muzeylarining noyob eksponatlari namoyish etiladi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi munosabati bilan Italiya muzeylari vakillari va kolleksionerlari O‘zbekiston tarixiga oid noyob eksponatlarni poytaxtga olib keladi. Bu misli ko‘rilmagan loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatning bebaho madaniy merosini qayta tiklash va ommalashtirish tashabbusi ortidan amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya […]
27.02.2025 | 16:14
392
“TEMUR ASRI” QANDAY BOSHLANGAN?
Yaqinda Rustam aka bilan “Afrosiyob” poyezdida Samarqandga birga safarga jo‘nadik. Albatta, har uchrashganimizda arxeologiya, tarix ilmi yangiliklari to‘g‘risida suhbat quramiz. Professor Rustam Sulaymonov bilan suhbat hamisha juda maroqli o‘tadi. Bu gal ham xuddi shunday bo‘ldi. Rustam aka yaqindagina nashrdan chiqqan kitobini menga sovg‘a qilganidan so‘ng suhbatimiz yanada jonlanib, Samarqandga qanday yetib kelganimizni bilmay ham qoldim. […]
25.02.2025 | 10:51
271