KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
DUNYO PARLAMENTLARI VAKILLARI O‘ZBEKISTONDA
Dunyo hamjamiyati ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasini katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Yurtimizga tashrif buyurgan siyosatchi-mehmonlar ushbu nufuzli anjuman orqali jahon hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonning xalqaro siyosiy markazlardan biri sifatida e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlashdi. – O‘zbekiston mintaqada birinchilardan bo‘lib ushbu anjumanga mezbonlik qilgani va uning muvaffaqiyatli o‘tayotgani e’tirofga molik, – deydi Parlamentlararo Ittifoq Prezidenti […]
18.04.2025 | 10:14
536
NATIJALARGA QAT’IY ISHONAMIZ
O‘zbekistonning olib borayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosati natijasida mamlakat bugun dunyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirishga qaratilgan yirik anjumanlar va forumlarga mezbonlik qilmoqda. Qadimiy Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi birinchi rasmiy sammiti, Xalqaro iqlim forumi, Toshkent shahridagi Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi bunga yaqqol misoldir. Mintaqa davlatlariga bir […]
17.04.2025 | 09:00
663
EGIZ DENGIZ
Asrlar osha insoniyat dunyoga taralib, millatlar o‘z chegaralarini kengaytirib, ayrimlari o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, xohlagan erkinligiga qiyinchiliklar orqali erishib, o‘z taqdirini o‘zi belgilab, ulkan maqsadlar bilan oldinga intilib ketmoqda… Shunday muhim davrlarning uzaygan fasli ba’zan yaxshilikka xizmat qilmay, ko‘z-u qoshdek yaqin ellar ham bir-biriga qarshi chiqib, adolatdan yiroqlashib, kutilmagan adovatga duch kelgan davrlar ham bo‘ldi. […]
15.04.2025 | 09:20
587
QUYOSHNING UMRI BOQIYMI?
Ko‘klam kelib, ayoz chekina boshladi. Havo iliqlashmoqda. Quyosh taftida tabiat qabog‘in ishqalab uyg‘onmoqda, yangilanmoqda. Qiziq, mana shu porlab nur sochib turgan quyoshning yoshi nechada ekan-a? Nuri tuganmasmikan? Yana qanchagacha yetarkan? Shu savollarga fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Farhod Botirovdan quyidagicha javob oldik. – Biz bilgan Quyosh Yerga eng yaqin yulduz bo‘lib, hozirgi holatda uni statsionar […]
11.04.2025 | 12:23
590
Mahmudxo‘ja Behbudiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
8-aprel kuni “University of Business and Science” nodavlat oliy ta’lim muassasasining Toshkent filialida “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlar harakatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi tegishli qarori va Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi buyrug‘i asosida tashkil etildi. Konferensiyada tarixchi va adabiyotshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, […]
10.04.2025 | 13:22
521
Rossiya kompaniyasi tomonidan shou tashkil etiladi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning “Sila sveta” kompaniyasi va hamkor tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov yig‘ilganlarga markazning “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” bo‘limini yaratishda jiddiy e’tibor qaratish lozimligi haqida gapirdi: – “Yangi O‘zbekiston –Yangi Renessans” bo‘limi markazning tashrif qog‘ozi bo‘ladi. Shuning uchun ham […]
09.04.2025 | 15:19
283
Hozirgi odamlarning neandertallardan qanday farqi bo‘lgan?
Olimlar zamonaviy odam va neandertal yuzlarining rivojlanishida kutilmagan tafovutlarni aniqladi. Yangi tadqiqotlar bizning yuz tuzilishimiz nima uchun kichikroq va nozikroq ekanligini ochib bermoqda. Bu bizning yashab qolishimizni tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkinmi? Zamonaviy odamlar va ularning yo‘q bo‘lib ketgan urug‘doshlari, masalan, neandertallar o‘rtasidagi farqlar yuz tuzilishi jihatidan ko‘pincha yaqqol ko‘zga tashlanadi. So‘nggi tadqiqotlar bizning […]
08.04.2025 | 15:21
525
“YOSH KITOBXON”NING MUMTOZ MARTABASI
Har yili respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi Yoshlar ishlari agentligining o‘ziga xos loyihalaridan biriga aylandi. Yil davomida tavsiya qilingan asarlarni o‘qib, uqib, anglab, o‘zini tengqurlari bilan bo‘ladigan bilimlar sinoviga hozirlagan yosh kitobxonlar bu yil Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi “Yoshlar kutubxonasi”da uchta yosh toifasi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Dastlabki yillarda g‘olib bo‘lgan yosh kitobxonga mamlakat […]
08.04.2025 | 09:03
1157
BIRLASHISH FURSATI
Xo‘jand shahrida uch davlat rahbarlarining uchrashuvi muhim voqelik bo‘ldi. Markaziy Osiyo xalqlari dini, e’tiqodi va tili jihatdan bir-biriga eng yaqin hisoblanadiki, boshqa mintaqalarda bunchalik o‘xshashlik uchramaydi. Ba’zi vaqtlarda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz… bir bo‘lib qolsa, bir-biridan keskin farq yo‘qligini his qilasiz. Aslida ham shunday. Yillarki, davlatlar qolib, ko‘ngillar orasiga chegaralar tortildi. Lekin oddiy xalq baribir bir-birini […]
07.04.2025 | 15:43
573
“MARKAZIY OSIYO – YEVROPA ITTIFOQI” SAMMITI MUHIM IMKONIYAT
“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi rasmiy sammitining Samarqand shahrida o‘tkazilishi bejiz emas. Samarqand ko‘p asrlardan beri ilm-fan, madaniyat, savdo-sotiq markazi bo‘lib kelgan. Bu qadim kentning tabiati, iqlimi, tarixiy obidalari va shaharsozlik madaniyati jumla jahonga ma’lum-u mashhur. Ulug‘ olim Abul Fath Bustiy demishki: Ul dunyoda jannat bordir mo‘minlarga atalgan,Bul dunyo jannatining nomi erur Samarqand. Yetti […]
07.04.2025 | 12:58
432
O‘zbekistonda “Manara” markazining filiali faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
4-aprel kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Abu-Dabidagi “Manara” Hamjihatlikda yashash va mintaqaviy muloqot markazi bilan hamkorlikda “Muloqot, hamjihatlik va istiqbol” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ochdi. Davra suhbatida «Manara» markazi rahbari doktor Ali Roshid al-Nuaymiy ham so‘zga chiqib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi. “Ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli […]
05.04.2025 | 15:07
387
Asosiy
BEHBUDIY IZDOSHLARI GERMANIYADA
Prezidentimizning “Turkiston jadidlik harakati asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi tarixiy qarori qabul qilingach, nafaqat yurtimizda, balki qardosh va yondosh davlatlarda ham umumbashariyatning yorqin siymosi bo‘lgan ulug‘ bobomiz ijodini tadqiq va targ‘ib etish borasida ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari muntazam o‘tkazib kelinyapti. Yaqinda Germaniyadagi elchixonamizda […]
04.04.2025 | 12:47
1026
INSOF BERSIN…
Men bu postni uzoq mulohazalardan so‘ng yozmoqdaman. Aytiladigan barcha fikrlar shartli. Bugun hech kimni befarq qoldirmayotgan urush tagida o‘zaro nafrat yotibdi. Faqat ukrainlar bilan ruslar o‘rtasida emas, yana ko‘plab tomonlar o‘rtasida. Tarix ko‘rsatadiki, bunday urush kamdan kam yarash bilan tugaydi, ko‘pincha nafratni kuchaytiradi, alamga aylantiradi. Harbiy to‘qnashuvlar vaqtincha to‘xtasa ham, tomonlar o‘rtasida taranglik payti kelishi […]
03.04.2025 | 15:37
661
YURAKDA POKLANISH, IDROKDA UYG‘ONISH
Inson so‘zining lug‘aviy ma’nosi unutuvchi, esdan chiqaruvchidir. Tog‘lar yemirilib, qum barxanlariga aylandi, dengizlar qurib, sahroga do‘ndi, ming-minglab porloq yulduzlar fursati kelib so‘ndi. Ammo inson o‘z fitratidagi unutuvchanlik xislatiga sodiq qoldi. Balki shu boisdir, bani basharni asl Vatanimiz – jannatga olib boruvchi yo‘l e’tiqod, ezgulik va to‘g‘rilik ekanini eslatib turmoq uchun bir yuz yigirma to‘rt ming […]
03.04.2025 | 09:31
373
NEGA AYRIM BOLALAR TO‘RT YOSHIDA HAM GAPIRMAYAPTI?
Bugungi kunda bolalarda nutq rivojlanishining kechikishi jiddiy va keng tarqalayotgan muammolar sirasiga kiradi. So‘nggi vaqtlarda ota-onalarning logoped shifokorlarga shikoyatlari soni ortib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Aslida muammoning kaliti miyada ekanligiga ko‘pda e’tibor beravermaymiz. Mavzu yuzasidan neyrojarroh Dilshod Mamadaliyev shunday deydi: – Bilamizki, bolada bir-bir yarim yoshdan nutq shakllanadi. Bu jarayonni yanayam rivojlantirishning eng muhim yo‘li bola […]
02.04.2025 | 09:19
1293
Abdulla Qodiriy asarlari bo‘yicha tanlov
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:🔹 “Qodiriy asarlari qahramonlariga maktub” – bu yo‘nalishda ishtirokchilar Abdulla Qodiriy asarlaridagi har qanday qahramonga xayoliy maktub yo‘llashlari mumkin. Maktubda o‘sha davr voqealari, qahramonning taqdiri, bugungi zamon bilan qiyosiy tahlil va […]
01.04.2025 | 15:30
1245
“NIDERLANDDA O‘T YOQSAM…” YOKI OVRO‘PANING ODMI TO‘YLARI
Necha yildirki O‘zbekistonda to‘ylarni kamchiqim va ixcham tarzda o‘tkazish lozimligi haqida jamoatchilik bong uradi. Qator-qator teleko‘rsatuvlar tayyorlanib, aksariyat ekspertlar bu dabdaba-yu as’asaga tish-tirnog‘i bilan qarshiligini bildiradi. To‘y va ma’rakalarni tartibga solish to‘g‘risida hatto maxsus qarorlar ham qabul qilingan, biroq bu borada aytarli natijalarga erishilmadi… Barchamiz to‘yga taklif qilinamiz, bunday tantanalarda ko‘p bora ishtirok etganmiz. To‘ylarimizdagi […]
30.03.2025 | 10:38
485
DIN
“Din” so‘zi lug‘atlarda arabcha deb izohlangan, hatto arab tilida “dayana” yoki “daana” fe’li ham mavjud bo‘lib, lug‘atda bu fe’lning: “bo‘ysunish”, “itoat etish”, “qarz olish”, “qarz berish”, “mahkamaga tortish” kabi ko‘plab ma’nolari keltirilgan. Shuningdek, bu fe’ldan: idaana – ayblov;day’in – qarz beruvchi, kreditor;dayyaan – hakam (sudya);diyonat – inonch, diniy ta’limot kabi ko‘plab masdarlar ham yasalgan. Ammo […]
29.03.2025 | 10:00
1164
TELEFONQARAMLIKDAN QUTULISH YO‘LI
Kunlar isib, atrof gul-u giyohlarga burkangan bir pallada elimiz shod-xurram Navro‘z bayramini nishonlashga chog‘langan. Dam shu damdir, deb qir-adirlarga chiqib har tomonga yugurging, ko‘ksingni bahor havosiga to‘ldirib-to‘ldirib nafas olging keladi. Bu istakni juda ko‘p yurtdoshlarimizning ko‘zidan o‘qib olish mumkin. Biroq, afsuski, aksariyat yoshlarga e’tibor bilan boqsangiz, olam shunday yashnab turgan pallada ham ularning ko‘zida telefon […]
28.03.2025 | 09:12
298
HAMJIHATLIK BAYRAMI
Juda olis tarixga ega bo‘lgan qadimiy Sharq xalqlari Navro‘zi BMT tomonidan bundan o‘n besh yil muqaddam xalqaro bayram sifatida e’lon qilingan edi. Bu, albatta, Markaziy Osiyoning qardosh xalqlari qalbida iftixor tuyg‘usini jo‘sh urdirgani shubhasiz. Negaki, Navro‘z bayramining mohiyati azaldan umuminsoniylik g‘oyalariga yo‘g‘rilganligi bilan ajralib turadi. “Bu bayram xalqning poklik va xursandchilik kunidir”, deganida haq edi […]
26.03.2025 | 11:22
379
SHOHONA TUHFA
12-mart kuni Yelisey saroyidagi oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga buyuk fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Kulayotgan odam” romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi. Tiklangan an’ana Bundan avval ham davlatimiz rahbari tomonidan Turkiya, Vengriya, Yaponiya, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston yetakchilariga o‘sha xalqlarning mumtoz siymolari qalamiga mansub kitoblarning […]
26.03.2025 | 09:09
491