KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
“YOZGANINGIZ ULUSQA MARGʻUB BO‘LGʻAY”
Ma’lumki, 2025-yilning fevral oyi jamiyatimiz hayotida qizg‘in va unutilmas madaniy voqealar bilan kechmoqda. Bu borada faqatgina bir necha misolni eslaylik. Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev imzo chekkan alohida qaror asosida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning 584 yillik tavallud ayyomi ilk bor Navoiy viloyatida katta tantana bilan o‘tkazildi. Mazkur qarorga asosan […]
23.02.2025 | 12:04
426
Muqaddas Ka’ba yopinchig‘ining bir parchasi Islom sivilizatsiyasi markaziga joylashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon Ol Saud hamda Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Shuningdek, vazir Prezidentimizga Podshohning […]
21.02.2025 | 15:56
458
O‘ZBEK XALQI GANJAVIYNI QANCHALIK ULUG‘LASA, OZARBAYJON XALQI HAM NAVOIYNI SHU QADAR SEVIB-ARDOQLAYDI
Bu kabi simpoziumlar o‘zbek xalqining buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyga bo‘lgan yuksak hurmat-u ehtiromini ifodalaydi. Chunki Navoiy o‘zbek xalqining ma’naviy qiyofasini belgilab beruvchi yetuk siymodir. Uning ilmiy-adabiy merosini o‘rganish ishlari hozir butun dunyoda jadal olib borilyapti. Xususan, men faoliyat ko‘rsatayotgan kafedrada ham bu borada ishlar juda qizg‘in tus olgan. Har […]
21.02.2025 | 10:20
506
Asosiy
CHO‘LPON QACHON TUG‘ILGAN?
Andijon – Farg‘ona vodiysining Hizr qadami teggan maskanlaridan biri. Bu yerda ko‘plab ajoyib qismat va iste’dod sohiblari yashab o‘tganlar. Boburshoh, Shoh Mashrab, Nodirabegim singari mashhur siymolar shu zaminda ulg‘ayib, yetti iqlimga dong taratganlar. Shaharlar faqat ulkan arboblarning beshiklarigina emas. Odamzodni lol qodiradigan qanday voqea ro‘y bersa, shu voqea shaharlar tarixidan ham joy oladi. Va shu […]
20.02.2025 | 17:37
1207
AMSTERDAMDA NAVOIYXONLIK
Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Niderlandiya qirolligi poytaxtida ham tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Yunus Emro instituti bilan hamkorlikda uyushtirilgan xotira va ehtirom kechasiga tashrif buyurgan yurtimizning Benilyuks mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi Gʻayrat Fozilov, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘istonning Niderlandiya qirolligidagi elchilari ulug‘ bobokalonimizning […]
20.02.2025 | 12:00
293
MAKSIM GORKIYDAN MAQTOV ESHITGAN JULQUNBOY
1934-yil yozida Moskvada Butunittifoq yozuvchilarning birinchi syezdini chaqirish va syezd kunlari SSSR xalqlari adabiyotining ko‘rgazmasini tashkil qilish belgilanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston yozuvchilar soyuzi ham boshqa respublikalar qatori syezdga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rar, ko‘rgazma tashkil qilish uchun kitoblar to‘plar, Qodiriyga esa xalq ichidan ko‘plab arab-turkiy harfida yozilgan eski o‘zbek klassik kitoblarni sotib olish vazifasi yuklatilgan edi. […]
18.02.2025 | 15:10
420
Asosiy
QODIRIYNING O‘ZLASHTIRILGAN SHE’RI
Dadamning Inog‘omjon ismli bir oshnalari bo‘lardi. O‘zi O‘zgant mahallalik. Ko‘kterakda katta bog‘i bor, zo‘r sohibkor, eskicha savodxon, adabiyot, kitobxonlikka uncha-muncha qiziquvchi edi. U bizga tez-tez kelib, bog‘ ishlarimizga qarashib, maslahatlar berib turar edi. Kelganda ishdan so‘ng, yo choy-taom asnosi dadam bilan suhbatlashib, ba’zan ko‘zoynak taqib, asarlarini o‘qib o‘tirar edi. Bir gal, u kursidagi yangi yozib […]
17.02.2025 | 15:48
505
Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Italiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekistonning ushbu davlatdagi elchixonasi hamda Rim shahridagi “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi tomonidan “Boburnoma” asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimotlari o‘tkazildi. Tarjima mazkur nashriyot tarafidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zboshisi bilan ko‘p nusxada chop etilgan. Florensiya shahridagi tarixiy “Palatsso Strotssi” […]
14.02.2025 | 18:48
459
O‘TGA TASHLANGAN “O‘TKAN KUNLAR”
Taniqli tojik yozuvchisi Jalol Ikromiy hikoya qilgan edi: «Men 1930-yillar boshida Toshkentdagi tojik bilim yurtida o‘qir, bir qozoq kursdoshim bilan bir yotoqda turar edim. Shunda birinchi bor «O‘tgan kunlar»ni o‘qidim. Uni kecha-kunduz berilib o‘qirkanman, qozoq do‘stim «bu kitobni muncha o‘qiyverasan», deb ajablanardi. Men esa «to‘xta, sen ham o‘qiysan», deb kitobdan bosh ko‘tarmasdim. Nihoyat, romanni bitirdim […]
12.02.2025 | 19:00
722
SHOIR HAYOTI VA FAOLIYATI DARIY TILIDA
Afg‘onistonda dariy tilida “Zindagoniy va ofaridahoyi Alisher Navoiy” (“Alisher Navoiy hayoti va faoliyati”) monografiyasi nashr etildi. Monografiya AQSh fuqarosi, hozirgi paytda Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutida faoliyat ko‘rsatayotgan Azizulloh Aral hamda afg‘onistonlik olim Sayid Muhammad Olim Labib tomonidan yozilgan. Kitob qisqa kirish so‘zi bilan boshlanib, unda ushbu tadqiqotning bugungi kundagi ahamiyati va […]
12.02.2025 | 09:39
703
QODIRIYNI YIG‘LATGAN KUMUSH
Bobom vafotidan so‘ng edi. Shahar hovlida yashar edik. Bir kun uyimizda shunday voqea ro‘y berdi: oyim, odatimizcha ertalabki choyni bibimning uyiga hozirladilar-da, erta turib yozayotgan dadamni choyga chaqirgani kirib ketdilar. Biz dasturxon tevaragida dadamning chiqishini kutamiz… Bir vaqt oyim negadir indamay chiqdilar-da, o‘tirib bizga choy quyib bera boshladilar. – Abdullani chaqirdingmi, Rahbar? – dadam chiqavermagach, […]
11.02.2025 | 19:06
652
KAMOL ET KASB… “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” chop etildi
Mamlakatimiz ilm-fani, madaniyati va adabiyoti tarixida ilk marotaba yaratilgan “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” – Yangi O‘zbekistonning madaniy va ilmiy hayotida nihoyatda muhim hodisadir. To‘rt jilddan iborat mazkur ensiklopediya buyuk shoir va mutafakkir, yirik davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy mansub bo‘lgan XV asrning II yarmi Xuroson va Movarounnahrdagi tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va adabiy hayot, ulug‘ […]
11.02.2025 | 09:09
693
QABRISTONDA TUNAGAN QODIRIY
Toshkentda 1920-yillarning oxirigacha ham mozorot ko‘p, balki shaharda elliklab qabriston bor edi, desam mubolag‘a bo‘lmas. Masalan, bizning mahallaning ikki chetida yarim chaqirim-yarim chaqirim yiroqlikda ikkita katta-katta: Xo‘ja Nuriddin va Xo‘jaa’lambardor (bu qabriston u vaqtlarda shaharning chekkasi hisoblanib, yaqin atrofida qish kezlari xonadon yashamas edi) qabristonlari bor edi. Bu qabristonlarning kiraverish qismida va tevaragida necha yuz […]
10.02.2025 | 16:30
528
JAHONGA BO‘YLAGAN HIKMATLAR
Navoiy ijodiyoti ummon ostidagi bitmas-tuganmas dur-u javohirlarga o‘xshaydi. “Sharq durdonalari” (Pearls of the East) nomli ushbu kitob, ana shu javohirotning eng kichik durlaridan tizilgan marjon – hazrat Alisher Navoiyning 100 dona hikmatli so‘zlari va ularning turk, ingliz va xitoy tillariga tarjimalaridan iborat moʻjazgina to‘plamdir. Mazkur kitob Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tashabbusi bilan hazrat Navoiyning 584 […]
10.02.2025 | 14:37
345
“Tohir va Zuhra” dostoni qahramonlari nomi bilan ataladigan qabriston haqida bilasizmi?
O‘zbekistonning har bir hududi, hatto eng chekka qishloqlari ham o‘ziga xos tarixga va tarixiy yodgorliklariga ega. Ammo ular orasida shunday osori-atiqalar borki, ularni muhofaza etish, obod qilish, aholi vakillariga, ayniqsa, yosh avlodga ular haqda xolis ma’lumotlar berish lozim. Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Tohir va Zuhra hamda Qorabotir qabri ana shunday qadamjolardan biri sanaladi. Tumandagi o‘rganishlarimiz […]
10.02.2025 | 11:49
556
XALQARO ADABIY BAYRAM
Muhtaram Prezidentimiz o‘tgan yilning 31-oktyabr – 1-noyabr kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida hazrat Alisher Navoiyning bebaho merosini aholi orasida faol targ‘ib qilishga oid muhim vazifalarni belgilab berdilar. Ayniqsa, 2025-yilni viloyatimizda “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilish haqidagi tashabbus buyuk ajdodimizning nomini ulug‘lash yo‘lidagi yana bir ezgu qadam bo‘ldi. Har yili fevral oyi yurtimizda adabiy bayramlar oyiga […]
09.02.2025 | 12:33
432
ALISHERBEK HOVUZIDAN SUV ICHGAN OLIM
Bir kuni afg‘onistonlik jurnalist, adabiyotshunos Azizulloh Aral hazrat Navoiy qurdirgan ko‘prik hali-hanuz odamlarga xizmat qilayotganidan so‘z ochib qoldi. O‘sha zahoti “Navoiy ko‘prigi” degan maqola so‘radim. Yozdi. Ko‘prikda ikki ma’no bor: ham ma’naviy, ham moddiy. Moddiy jihati shuki, ko‘prikdan odamlar shu kunga dovur qirg‘oqdan qirg‘oqqa o‘tib turibdi. Ikkinchisi, tabiiyki, shoir yozgan asarlar – bu qalb ko‘prigi. […]
09.02.2025 | 10:45
579
Shavkat Mirziyoyev “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
Hurmatli simpozium qatnashchilari! Muhtaram mehmonlar! Avvalo, siz, azizlarni “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Qadimiy O‘zbekiston zaminida, go‘zal Zarafshon vohasida Sharq Uyg‘onish davrining yorqin namoyandasi, buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy nomi bilan ataladigan navqiron shaharda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu forumning nufuzi dunyo miqyosida tobora […]
08.02.2025 | 17:17
387
XIJOLATPAZLIK VA MAS’ULIYAT
Pedagog bo‘lganim bois, viloyatdagi aksar madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashaman. Ana o‘sha yig‘inlarda meni bir savol qiynaydi: biz qachongacha ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-adabiy meros va ular zabt etgan marralar bilan maqtanib yashaymiz?! Qaysi tadbirga bormang shu gap: biz falonchi va falonchilarning avlodimiz! Ajdodlarimiz undoq qilgan, bundoq qilgan deb ko‘krakka urishlar, falonchi bizning bobomizni tortib olmoqchi, deb jazavaga tushishlar. […]
07.02.2025 | 09:18
432
Malayziyaning islom san’atiga oid nodir kolleksiyasi O‘zbekistonda namoyish etiladi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbusi Malayziya Islom san’ati muzeyi rahbariyati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Markaz matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu muzeyning noyob eksponatlarini namoyish etishga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Ko‘rgazmada mamlakatimiz tarixi bilan bog‘liq noyob islom madaniyati asarlari […]
06.02.2025 | 11:15
464
Malayziyada Shavkat Mirziyoyevning mega loyihasi qo‘llab-quvvatlandi va 100 mingta noyob kitobdan foydalanish imkoniyati yaratildi
Bugun Malayziya Islom san’ati muzeyida ikki tomonlama madaniy aloqalarni mustahkamlash va islom sivilizatsiyasini o‘rganishda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan «Madaniy meros: O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘prik» mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda Malayziyaning eng yirik «Al-Buxoriy» jamg‘armasi, Malayziya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islomni anglash instituti, Malayziya Islom madaniyati instituti, […]
04.02.2025 | 18:59
463