Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

XUSHXABAR BERGUVCHI VA OGOHLANTIRUVCHI

Ikrom ISKANDAR FOTO: «Qamarbooks» instagram Qur’oni Karim ma’nolarining yangi izohli tarjimasi – “Anvorul-Qur’on: Fayzul-Furqon” haqida Moʻtabar kitob – “Anvorul-Qur’on: Fayzul-Furqon” (Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi) mutolaasi har bir o‘quvchiga Yaratganning cheksiz qudratini anglatadi, insonning ojiz banda ekanini yana bir bor eslatadi. Zero, “ham xushxabar berguvchi, ham (oqibat haqida) ogohlantiruvchi (holida tushirilgan)” Qur’oni Karimda aytiladi (oyat […]

21.11.2025 | 10:28

img1111

Asosiy

BO‘RONDAN KUCHLI

Rustambek SHAMSUTDINOV Ahli donishlardan biri aytadi: “Hayot kemasi mehnat langariga suyanmasa, shamollar-u dovullarga dosh berolmaydi”. Bugungi sahifamizda hayot kemasi dovul-u bo‘ronlarga yo‘liqqan yirik shaxsiyat – oddiy ishchilikdan tortib huquq-tartibot tizimlarida rahbarlik darajasigacha yo‘lni bosib o‘tgan Bo‘taboy Dadaboyev haqida hikoya qilamiz. Bo‘taboy Dadaboyev 1887-yili Namangan viloyatining Chust shahrida ishchi oilasida dunyoga keldi. Bolalik yillari (agar buni […]

20.11.2025 | 09:49

img1105

ONG VA RAQAMLI G‘OYA

Habibullo SADIBAQOSEV XXI asr kishilari axborot sivilizatsiyasi bosqichiga kirdi. Endilikda jamiyat taraqqiyoti va osoyishtaligini faqat iqtisodiy yoki siyosiy omillar emas, axborotni qabul qilish va qayta ishlash qobiliyati, ya’ni raqamli ong darajasi ham belgilamoqda. Bunday sharoitda har bir millatning kelajagi uning axborotga bo‘lgan munosabati, sun’iy intellektni qanday talqin qilishi va raqamli muhitda milliy o‘zligini saqlab qolish […]

19.11.2025 | 14:21

img593

SHUKRNOMA

Mulla XUNOB Xudoga shukr, zap qulay zamonlarga ro‘para bo‘p qoldikmi, Sattor Surob! Ilga­ri – turg‘unlik davrlarida paxta terimdan qochish uchun medpunkt navbatchisidan spravka olishga kechgacha ovora bo‘lardik, esingdami? O‘sha Turg‘un medbrat dumini tutqazmasdan goh tuman markaziga, goh viloyat markaziy shifoxonasiga spravka olishga ketgan bo‘lardi. E, nimasini aytasan, mana, dorilomon kunlar kep qoldi. Spravka, dalolatnoma, ishonchnoma, […]

19.11.2025 | 10:10

img390

IKKI DONA KO‘RAK… yoxud achchiq xotira

Ro‘zimboy HASAN Hazorasp mol bozorida g‘alati savdoni ko‘rib, bir zum angrayib qoldim. Simto‘r tortilgan tirkagich oldida turgan traktorchi atrofini o‘ragan odamlar orasida ko‘rak savdosini qizitardi: “Bir kilogramm kunjara yetti ming so‘m. Kunjara degani chigitning qoldig‘i bo‘lsa. Mana, bir pritsep ko‘rak – uch tonnadan kam emas. Kilosiga ming so‘mdan so‘rayapman”.Angrayganim sababi taqvimda hali oktyabr oyi yakunlanmagani, […]

18.11.2025 | 10:10

img561

DONISHMAND HUZURIDAGI TOLIB

Said Abdulhakim Sha’riy JUZJONIY, yuridik fanlar doktori, professor Uzoq umrim mobaynida jahon siyosatining yirik arboblari bilan uchrashish, suhbatlashish nasib qildi. Ular orasida Sharof Rashidovday donishmand, millatparvar va kamtar rahbarni kam ko‘rdim. Menga taqdirning ulug‘ tuhfalaridan biri – o‘zbekning ana shunday buyuk farzandi bilan muloqot qilish imkoni berilgani edi. Voqea 1978-yilda Afg‘oniston hukumati topshirig‘ini bajarish asnosida […]

17.11.2025 | 10:32

img452

ILM UMMONINING G‘AVVOSLARI

Vahob RAHMONOV O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi “Qomus” arabchadan olingan bo‘lib, asliyatda ummon, lug‘at, so‘z boyligi kabi ma’nolarni anglatadi. Izohli lug‘atga ko‘ra, o‘zbek tilida uch xil ma’noda qo‘llanadi: mukammal, to‘liq lug‘at; ensiklopediya, ensiklopedik lug‘at; hayotning yoki bilimning biror sohasiga oid to‘liq asar; majmua. Qomus ustida butun boshli jamoa mehnat qiladi. Unga kiritilgan har bir maqola […]

14.11.2025 | 10:25

img803

NAVOIYDA SHUNDAY MUZEY BOR

Muhayyo RUSTAMOVA Dunyoda global xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan murakkab bir davrda, biz uchun milliy o‘zlikni anglash va haqqoniy tariximizni tiklash masalasi har qachongidan ham dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, mustabid tuzumning shafqatsiz qatag‘oniga uchragan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalarining, ming-minglab begunoh yurtdoshlarimizning xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati timsolida yosh […]

12.11.2025 | 10:21

img898

“С5+1”=!

Jamoliddin BADALOV Jahon siyosati va iqtisodiyotida keskin o‘zgarishlar yuz berayotgan bir davrda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi, ayniqsa, dunyoning qudratli davlati bo‘lmish AQSH bilan strategik munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari alohida e’tiborga loyiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Vashington shahriga amaliy tashrifi aynan shunday muhim voqelik bo‘ldi. Bu tashrif […]

11.11.2025 | 10:13

img543

BEVAQT-U BENAF tadbirbozliklar qachon barham topadi?

Ro‘zimboy HASAN Yaqinda bir tanishim kuyunib aytib qoldi: “O‘g‘lim poytaxtdagi universitetlardan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirgandi. Birinchi kurs bitiruv imtihonlarining barchasini “5” bahoga topshiribdi, ammo uni “yarim kontrakt” deganga o‘tkazishibdi. Dekaniga telefon qilib sababini so‘rasam: “O‘g‘lingiz barcha fanlardan “a’lo”ga o‘qiydi, ammo jamoat ishlarida faol emas, tadbirlarda kam qatnashadi. Shuning uchun “yarim kontrakt”ga o‘tkazdik. Ayting, […]

10.11.2025 | 10:11

img441

“QARZ UZILAR…” DEMANG!

Shahlo AHROROVA Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Qadimdan bugungacha to‘y qilishdan asosiy maqsad – ikki yoshning oila qurganini el-yurtga ma’lum qilishdir. Qolgan gaplar har bir xalqning o‘ziga xos urf-odatlari bilan bog‘liq. Ammo hozirgi vaqtda “ommaviy madaniyat” ta’sirida urf va isrof aralashib ketgani achinarli.Biz negadir rivojlangan davlatlar va jamiyat­larning ilm-fan yutuqlaridan emas, ularning o‘zigagina xos bo‘lgan […]

07.11.2025 | 10:21

img1507

UYGʻUNLIK EHTIYOJI

Akademik Baxtiyor Ibragimov bilan suhbat – Assalomu alaykum, domla! Faoliyatingiz bilan tanishish jarayonida Siz tanlagan supramolekulyar kimyoning jahon ilm-fanida murakkab va yosh sohalardan biri ekaniga amin bo‘ldik.– “Supramolekulyar kimyo” atamasi birinchi marta 1978-yilda Nobel mukofoti laureati Jan-Mari Len tomonidan kiritilgan. U yangi tarmoqqa “molekulyar kuchlar ta’sirida bir-biriga bog‘langan ikki yoki undan ortiq kimyoviy turlarning birlashishi […]

06.11.2025 | 10:17

img591

MILLAT BORLIGI VA BIRLIGI TAMALI

Nizomiddin MAHMUDOV O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Yer yuzidagi har bir til, u xoh katta yo kichikdir, o‘zi mansub millatning tamalini belgilaydigan, tafakkur va taxayyul tarzini, tabiiy inja tuyg‘ularini salomat saqlaydigan va yugurik asrlardan asrlarga to‘zg‘itmay olib o‘tadigan betakror qudratdir. Mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, Yangi O‘zbekistonimizda yuritilayotgan oqilona […]

05.11.2025 | 10:19

img602

“O‘ZIMGA YAQINLASHYAPMAN”

O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi, adabiyotshunos va shoir Abdusattor JUMANAZAR – Hurmatli Abdusattor aka, avvalo, sizda ilmga, ijodga rag‘bat uyg‘otgan oilaviy muhit haqida gapirib bersangiz. Bilaman, oilada to‘qqiz farzand ulg‘aygan bo‘lsa, ularning besh nafari ijod bilan shug‘ullanib keladi. Akangiz Yo‘ldoshbek Kenjaning markaziy nashrlarda e’lon qilingan ta’sirchan maqola va esselarini ko‘pchilik […]

04.11.2025 | 10:10

img367

ILM-U MADANIYATGA MEZBON SAMARQAND

Jamoliddin BADALOV O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktyabr kuni Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand “Sharq va G‘arb madaniyatlari va  sivilizatsiyalari chorrahasi” sifatida mashhur. Ushbu qadim kentning Bosh konferensiya o‘tkaziladigan joy sifatida tanlanishi O‘zbekistonning madaniy merosni asrab-avaylash borasidagi […]

03.11.2025 | 16:45

img361

JIDDIY KULGI

Taniqli so‘z ustasi, “Shuhrat” medali sohibi Avaz OXUN bilan suhbat Suhbatdosh: Zarnigor IBROHIMOVA – Avaz aka, Sizni sahnaga taklif qilishganda “so‘z ustasi” deb alohida e’tirof etishadi. Buning o‘ziga yarasha mas’uliyati bor. Shu bois, gapni kulgi san’atida, umuman, bugungi o‘zbek san’atida davlat tiliga bo‘lgan munosabatdan boshlasak.– Rahmat. Jiddiy nashrlarning savollari ham zalvorli bo‘ladi.Tilga hurmat bilan yondashish […]

03.11.2025 | 10:27

img1284

“VA HAMMADAN QOLDI JOY”

Asror SULAYMONOV Foto: Abdumannon Muhammad Yana bir ish kuni yakunlandi. Metro bekati gavjum. Poyezd kelishi bilan uyiga, yotoqxonasiga, qo‘shimcha darsga va darsdan tashqari ishga oshiqayotgan yoshlar vagonga selday yopirildi. Bizga o‘xshagan keksalar bunaqa izdihomga o‘zini ura olmaydi. Qayerga ham shoshardim, yaxshisi, yo‘lovchilar siyraklashishini kutaman.O‘rindiqqa o‘tirar ekanman, katta monitorga ko‘zim tushdi. Unda jamoat transportlarida tik turib […]

31.10.2025 | 15:22

img1518

OG‘IR VA OG‘RIQ

Eshqobil SHUKUR Meni doim og‘ir va og‘riq so‘zlarining uyqashligi o‘ylantirib keladi. Shakl jihatdan o‘xshash bu so‘zlarning ma’no tomondan uyg‘unligi yo‘qmikin? Bir qarashda og‘riq so‘zining o‘zida og‘irlik borday, og‘irlik so‘zida esa og‘riq borday tuyuladi. “Qutadg‘u bilig” mutolaasi vaqtida bu so‘zlarning qarindoshligi yanada sezilganday bo‘ladi.Muhtaram olimimiz Qayum Karimov tuzgan “Qadimgi turkiy til lug‘ati”da bu ikki so‘zga shunday […]

31.10.2025 | 11:11

img891

ASRIY  HASRAT yoxud tarixtalasharlar talvasasi

Ro‘zimboy HASAN …Talabalar bilan bir uchrashuvda kutilmagan savolga javob berish majburiyatida qoldim. Bu savolni talaba emas, ularga saboq berayotgan, yana deng, tarix bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan domla bergani g‘oyat tashvishli, achinarli edi. Savol jahon fanida inqilob yasagan “buyuk olimlar beshtaligi”ga kirgan Muhammad Xorazmiyning millati haqida edi. Buyuk olim yashagan davrda hali bugungi millat […]

30.10.2025 | 09:58

img704

“CHO‘ZMA LAGʻMON” yoxud milliy seriallar mazmuniga yana bir nazar

Ahmadjon MELIBOYEV,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Bundan o‘n-o‘n besh yil avval, xorijiy mamlakatlarda o‘zlari uchun emas, asosan xorijda namoyish etishga mo‘ljallangan uzundan uzoq, adog‘i yo‘qday tuyuladigan teleseriallarni ko‘rganimizda, qani endi, bizda ham shunday seriallar ishlansa, miriqib tomosha qilsak, deb niyat qilgandik. Buni kutib o‘tirmay, serial deganlari dunyoning to‘rt tarafidan biz tomonga  sunamiday yopirilib kela boshladi. Avvaliga […]

29.10.2025 | 14:56

img645

DUO

Rus tilidan Abdulla A’ZAMning erkin tarjimasi. – Assalomu alaykum, – telefonda bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalarga xos ovoz eshitildi, – bu yo‘qolgan buyumlarni topib beradigan idorami?– Ha, kichkintoy. Nima yo‘qotding?– Oyimni.– Oyimni? – ajabsindi topilmalar byurosining xodimi. – Oying qanaqa edi?– Juda chiroyli, judayam mehribon. Ha, yana mushuklarni yaxshi ko‘rardi.– Bo‘ldi-bo‘ldi. Kecha xuddi shunday oyi topgan edik. […]

29.10.2025 | 10:13

img736

JADID KUTUBXONASI