Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

Asosiy

TANOBI TORTILGAN TANOBCHILAR

Yaqin-yaqingacha maktablardagi adabiyot darslarida Muqimiyning “Tanobchilar” she’ri o‘qitilardi. Katta avlod vakillari ham hajv uslubida yozilgan bu she’rni takrorlab yurishadi. Lekin bu hajv ortida alamli tarix turganini ba’zilar idrok etmasligi mumkin. Muqimiy domla shu va boshqa hajviy asarlarida o‘zi yashagan davrning ayrim illatlari, kamchiliklari, bid’atlariga qarshi qalamini qurol qilgani haq. Sovet mafkurachilari esa bundan o‘z maqsadlari […]

26.06.2025 | 14:49

img1305

DIQQAT, TANLOV!

“Jadid” gazetasi tahririyati O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktab o‘quvchilari uchun Vatanga bo‘lgan mehr-u muhabbat va sadoqatni kuchaytirish, milliy qadriyat va an’analar ruhini mustahkamlash, ma’rifatparvar jadid bobolarning ibratli faoliyatini mustaqil tahlil va talqin etishga chorlash maqsadida “Jadid bobomga maktub” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov shartlari: – jadid […]

26.06.2025 | 09:27

img45962

ASL AFANDI

Afandi o‘lmagan, o‘lmaydi ham! Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Dodbog‘ni qishlog‘ida 1954‒2021-yillarda Sulton Muqimov degan birodarimiz yashab o‘tdilar. U kishining “xurmacha qiliq”laridan boxabar odam, albatta: “Afandi o‘lmagan, o‘lmaydi ham”, degan xulosaga kelar edi. O‘zlari qilgan qiziqchiliklarini keyin davralarda aytib berib ham, hammani kuldirib yurar edi. Bunaqa odamlar oramizda ko‘plab topiladi. Ularni ba’zan “Afandi” ham deymiz. Ko‘nyolik Afandi […]

25.06.2025 | 16:51

img762

CHIN SHOIRLAR SHE’RGA QAYTADI

QANOTI BOR QO‘SHIQLAR So‘z shaydolariga Guljamol Asqarovani tanishtirishning, yozganlarini tushuntirishning hojati yo‘q. Shundanmi, shoiraning “Taslim” nomli kitobida so‘zboshi va taqrizlardan voz kechilgan. Hofiz qo‘shig‘ini baland notadan boshlasa, shinavandalari avjini qanday olar ekan, deb diqqatini jamlaydi. Shoira ham kitob epigrafida “Qo‘llarimni qanotdek yozsam, Qanoti bor qo‘shiqlar yozsam…” deya yaxshi niyat qiladi. Mutolaa davomida amin bo‘ldimki, Guljamol […]

25.06.2025 | 15:15

img634

Asosiy

OVQATING YETMAY QOLSIN…

Do‘stim Baxtiyorga bag‘ishlayman Qism oshxonasida kechki ovqatga xafsalasiz qo‘l urdik. Ishtahaga it teggan. Sababi, tong sahar jangga ketishimiz haqida buyruq bor. Qayerga borishimiz noma’lum; sir tutishmoqda. Bunday imi-jim tayyorgarlikdan sezish mumkinki, Chorikor yo Panjsherga yo‘l olsak kerak. U yoqlardan tirik qaytish dargumon, ajalning uyasi, Xudo qarg‘agan joy. Do‘zaxning darvozasi ochilgani shu… Stolimiz atrofida asosan o‘zbeklar […]

25.06.2025 | 12:31

img428

DUNYO KITOB BOZORIGA YANA BIR QADAM

Mutolaa – olamlar aro eng maroqli sayr. U tafakkurni tarbiyalaydi, ongni charxlaydi, ma’naviyatni o‘stiradi. Jamiyat rivojiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan omil ham mutolaadir. Shuning uchun ham garchi bu shaxsiy ish sanalsa-da, kitobxonlikni targ‘ib qilish va bunga sharoit yaratish davlat siyosati darajasidagi masala hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi noshirlik va matbaa­chilikda ham keng […]

25.06.2025 | 09:06

img874

XATO YOZMASINLAR O‘ZINGNIKILAR!

Shu kunlarda tuxumbarak geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani rasmiy sahifalarda e’lon qilindi. Bir qarashda quvonchli va odatiy holat. Ammo bir guruh ziyolilar hamda ijtimoiy tarmoq faollari jarayonda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yilganini ta’kidlamoqda. Chunki Adliya vazirligi patentlagan taomning nomi tuxumbarak emas, yumurtabarak bo‘ladi. Ularning farqi va o‘xshashligi nimada? Men diqqatingizni Bog‘ot tumani Qip­choq qishlog‘ida yashovchi […]

24.06.2025 | 17:19

img590

TORNING CHO‘MICHDAN FARQI

(Oradan yigirma yil o‘tdi…) Hurmatli tahririyat! Mening ushbu achchiq-chuchuk bitiklarim bundan rosa yigirma yil avval qog‘ozga tushgan, kitob holida chop etilgan ham edi. O‘shanda ushbu maqola san’at ixlosmandlari, konsert tashkilotchilari orasida jiddiy muhokama bo‘lgan, qo‘shiq shinavandalaridan ko‘plab maktublar olganman. Oradan shuncha yil o‘tdi. Milliy qo‘shiqchilik san’atimiz yanada rivoj topdi, sahnalarimizda yangi “yulduz”lar paydo bo‘ldi. Ko‘p […]

24.06.2025 | 12:31

img518

XASTALIK GENOMINI O‘QIGAN OLIM

Tabiat yerosti-yu yerusti boyliklari bilan siylagan mamlakatlar bisyor. Birovi neftga o‘xshash boyliklari, boshqasi bepoyon o‘rmonlari, serhosil dalalari, yana biri dengizi bilan mashhur. Ammo bunday imkoniyat bilan hamma ham bir xilda siylanmagan. Hududi kichik, na nefti va na oltini bor, biroq iqtisodi rivojlangan, dunyoning kuchli o‘ntaligiga kiradigan, aholisi boy va farovon yashaydigan davlatlar ham mavjud. Xo‘sh, […]

24.06.2025 | 09:04

img355

TADQIQ VA TALQIN

Turkistondagi jadidlik harakatiga oid tadqiqotlar orasida xodimul millat Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyatiga qaratilgani talaygina. Ayniqsa, uning 150 yillik yubileyi arafasida ketma-ket maqolalar, tadqiqotlar e’lon qilib turilibdi, yangi behbudiyshunoslar sahnaga chiqmoqda. Bugun katta sabr, matonat evaziga yuzaga kelayotgan nashrlarni topish qiyin. Ayni tezkor zamonda shunday ham bo‘lishi tabiiydir, balki. Haqiqiy olimni g‘avvosga qiyoslash mumkin. U […]

23.06.2025 | 17:40

img726

BALXGACHA BORAYOTGAN BALXI TUTLAR

– Ko‘pchilik bir yumushni boshlash oldidan undan manfaat kutadi. Ammo shunday insonlar ham uchraydiki, ularning qilayotgan xayrli ishlarini ko‘rib, bular boshqa dunyodan kelib qolgan o‘zgacha odamlarmikan deb o‘ylab qolasan, – dedi telejurnalist Hamid Gʻafurov. – Seni ana shunday farishtali odam bilan tanishtiraman. Adabiyot, san’at desang, o‘zini tomdan tashlaydiganlar xilidan. U damlagan palovni yegan odam bu […]

23.06.2025 | 09:27

img382

Asosiy

RO‘YXATLARDA YO‘Q EDI NOMI…

Ko‘pincha evrilishlar davrida inson taqdiri tarixning eng og‘ir sinovlarida imtihon qilinadi. O‘rtahol oilada voyaga yetgan, ayniqsa, qalbi ilm-ma’rifatga tashna, o‘zini jamiyatga foyda keltiradigan shaxs sifatida ko‘ra boshlagan insonlar uchun bu yo‘l ham mas’uliyatli, ham mashaqqatli kechgan. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan Abdukarim To‘xtaboyev hayot yo‘liga nazar tashlasak, ilmga ishtiyoqi tufayli jamiyatda yuksak obro‘-e’tibor qozongan, ammo aynan […]

22.06.2025 | 16:16

img700

ELCHI YARASHTIRADI…

Tilimizda odamlar bilan tez chiqishib ketadigan, kirishimli insonlarga nisbatan “el bo‘lmoq” iborasi ishlatiladi. Undagi “el” so‘zi qanday ma’noni anglatishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Men bu so‘zni xalq ma’nosidagi “el”ning aynan o‘zi bo‘lsa kerak deb yurardim. Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida “el” so‘zining bir qancha ma’nolari keltirilib, ular orasida “Ikki shoh orasidagi kelishuv, yarashuv” izohi e’tiborimni tortdi. Demak, O‘zbek […]

20.06.2025 | 17:22

img745

Asosiy

“BIRDAN BIR CHORA TANQID YO‘LIDIR”

Turkiston teatrlari Abdulla Qodiriy nigohida Jadid teatri – milliy madaniyatimiz tarixida alohida hodisa. Shu sabab o‘sha davr matbuotida teatr san’ati muammolariga doir bir qancha maqolalar chop etilgan. Teatr san’ati, ijro madaniyati, aktyorlarning mahorati bilan bog‘liq sahna epizodlariga ziyolilar tomonidan munosabat bildirilgan. Chunki jadidlik harakati namoyandalari uchun teatr faqat san’at maydonigina emas, ma’naviy targ‘ibot vositasi ham […]

20.06.2025 | 15:35

img816

Abduvali Qutbiddin tug‘ilgan kun

Abduvali Qutbiddin 1960-yil 20-iyunda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1983). Uning dastlabki she’riy to‘plami – “Nayson” (1988). Shundan so‘ng shoirning “Humo” (1989), “Baxtli yil” (1991), “Xayol kechasi” (1994), “Sen va sen uchun” (1996), “Uzoqdan olisga” (2007), “Bor” (2011), “Da’vat” (2014) kabi kitoblari nashr etilgan. XABAR Osima,Laylaklar elchi – u yerdan,Huv ana mezonlar, xabar olaylik.Pag‘a-pag‘a yolqin, […]

20.06.2025 | 10:54

img10314

BEHBUDIY BILAN SUHBAT

Darslar rasman to‘xtagan bo‘lsa-da, o‘qituvchi uchun bola qalbi va tafakkuri bilan muloqot hech qachon tugamaydi. Chunki tarbiya va ma’rifat faqat sinfxonalarda, jurnal va dastur asosida kechadigan jarayon emas. U hayotning o‘zi kabi uzluksiz, rangin va qiziqarli bo‘lishi kerak. Shu nuqtayi nazardan qaralsa, har bir fasl bola qalbiga yo‘l topishning o‘ziga xos fursatidir. Chinakam ustoz “tanaffus” […]

20.06.2025 | 10:00

img519

ADABIYOT JAMIYATIMIZ UCHUN OXIRGI O‘RINGA TUSHIB QOLMOQDA

Shaxsni mamlakatga tanitadigan narsa uning kitobidir. Kitob do‘konlari o‘quvchi va yozuvchi o‘rtasidagi oltin ko‘prikdir. Hozir kitob do‘konlari chiroyli, yaltiroq buyumlar bilan to‘lib-toshgan. Men bunday manzarani Afrikada, Hindistonda ko‘p kuzatganman. U yerda uchratgan kitoblarim go‘yo adabiyotning arzonligini chiroyli rasmlar bilan yashirmoqchi bo‘lgandek, o‘quvchiga emas, tomoshabinga mo‘ljallangandek taassurot qoldirardi. Bunday rang-barang, yaltiroq kitoblar bizda ham ko‘payib ketdi. […]

19.06.2025 | 16:33

img611

TEMURBEK

Tarixiy qissadan parcha Xudoning yorlaqagan kunlaridan birida, hamal oyi edi, keshlik Shayx Shamsiddin Kulor muridi Muhammad Tarag‘ay xonadonida mehmon bo‘lgani Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘iga yo‘l oldi. Shaharda zerikkan shayxda bir kengliklarga chiqib, kunchiqishda yastanib yotgan Hisor tog‘larini, Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i manzaralarini, yashillikka burkangan dalalarni tomosha qilish, musaffo havolardan nafas olish ishtiyoqi kuchli edi. Ochiq chehrali, qo‘y […]

19.06.2025 | 12:39

img450

AYOL MA’RIFATI HAYOT-MAMOT MASALASIDIR

Ma’rifat – aql–zakovat, axloqiy qarashlar, ijtimoiy mas’uliyat va tarbiya uyg‘unligidir. Shu ma’noda, ma’rifatli ayol deganda faqat o‘qigan emas, uqqan ayol ham tushuniladi. Zero, ma’rifatli ayolgina oilada sog‘lom muhitni shakllantiradi, farzandi orqali jamiyat kelajagiga yuksak ta’sir ko‘rsata oladi. Xalqimizda “Bir qizni to‘g‘ri tarbiyalasang, bir oqil avlodni tarbiyalagan bo‘lasan” degan hikmat bejiz aytilgan emas. Uning zamirida ayol […]

19.06.2025 | 09:02

img567

TAKLIF

Qozog‘istonlik futbol sharhlovchisining Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yindan tayyorlagan lavhasini ko‘rdim. You Tubedagi lavhani do‘stlarimdan biri yuboribdi. Qarang, qo‘shni davlat sharhlovchisi o‘z hisobidan Toshkentga kelgan, o‘zi chipta olib stadionga kirgan va o‘z xohishi bilan o‘yinni qozog‘istonlik muxlislar e’tiboriga havola qilibdi. Qoyil qoldim. Lavhani ko‘rib, miyamga bir fikr keldi. Kelasi yili bo‘ladigan Jahon chempionatiga o‘zbekistonlik muxlislar borishi […]

18.06.2025 | 16:34

img497

HAMMUALLIFLIK – HAMMANFAATLIKKA AYLANGANDA

O‘tgan asrning yigirmanchi yillarida sobiq sovet tuzumini achchiq satira va yumor bilan fosh qilgan mashhur yozuvchilar Ilya Ilf va Yevgeniy Petrov hammualliflikda yozgan “O‘n ikki stul” hamda “Oltin buzoqcha” asarlarini ko‘pchilik o‘qigan, shu asarlar bo‘yicha yaratilgan kinofilmlarni ko‘rgan. Bu ikki yozuvchi hamkorlikda boshqa asarlar ham yaratishgan. Jahon adabiyoti tarixida eng omadli “tandem” deb tan olinadigan […]

18.06.2025 | 12:31

img659

JADID KUTUBXONASI