KUTUBXONA
Muallif: admin
BOQIBEG‘AMGA BAXT BEGONA
Uyg‘onmoq mashaqqati, uyg‘otmoq mas’uliyati haqida spektakl Yaqinda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Uyg‘on, bolam!” asari asosida ustoz rejissyor Olimjon Salimov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi. Qarshi shahri shu kuni bamisoli mamlakatning teatr poytaxtiga aylandi. Premyerada viloyatda istiqomat qilayotgan ijodkorlar, professor va o‘qituvchilar, yoshlar, mehnat faxriylari bilan bir qatorda Toshkentdan borgan […]
08.07.2025 | 12:38
850
ALASH QAHRAMONI
Taniqli jamoat arbobi, ma’rifatparvar, “Alash” partiyasi a’zosi, jurnalist va dramaturg Bilol Suleyevning suronlar ichida o‘tgan qisqa umriga nazar tashlagan odam uning sermahsul faoliyati va achchiq qismatidan mutaassir bo‘ladi. U qo‘shni qozoq diyorida tashkil qilingan Alash o‘rda hukumatida hurriyat, milliy davlatchilik uchun fidokorona xizmat qildi. Ma’rifatparvar pedagog sifatida ko‘plab shogirdlar tarbiyaladi, darslik va qo‘llanmalar yaratdi. Quyida […]
08.07.2025 | 11:13
775
BIZDAN QAY ISH LOZIM BO‘LSA, BARCHASIGA TAYYORMIZ!
Davlat rahbarining xalq bilan, xususan, yoshlar bilan muloqoti soni yildan yilga ortib bormoqda. Navbatdagi uchrashuv 30-iyun ‒ Yoshlar kuni bayrami munosabati bilan poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida o‘tkazildi. Global yoshlar forumining yopilish marosimi ham ushbu kunga to‘g‘ri kelgani tadbirga alohida mohiyat bag‘ishladi. Uchrashuv boshlanishidan oldin yurtimizning turli nuqtalaridan yig‘ilgan yoshlar o‘zaro tanishdik. Do‘st‑birodar, o‘rtoq‑dugona bo‘ldik. O‘z […]
08.07.2025 | 09:52
845
TO‘RTKO‘LNING CHORSUGA ALOQASI
To‘rtko‘l shahrining nomini ko‘pchilik “to‘rtta ko‘l”dan kelib chiqqan deb o‘ylaydi. Ya’ni, shaharda to‘rtta ko‘l bo‘lgan va o‘z-o‘zidan To‘rtko‘l bo‘lib ketgan. Juda o‘rinli faraz. Yashirmayman, men ham xuddi shunday bo‘lsa kerak deb yurardim. Bir qishloq yoki shahar hududida to‘rtta tabiiy suv havzasi – ko‘lning paydo bo‘lish ehtimoli past ekani hech xayolga kelmagan. Aslida-chi? “Devonu lug‘otit-turk”da aytilishicha, […]
07.07.2025 | 09:28
1288
OFATGA AYLANGAN ODATLAR
O‘zbekistonda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha parlament va jamoatchilik tomonidan faol ish olib borilayotgani haqida eshitib xursand bo‘ldim. Nega deysizmi? Chunki bu turlik hashamlardan biz – tojikistonliklar ham toza kuyganmiz. Har gal biror davrada to‘y xarajatlaridan gap ochilsa, bir voqea esimga tushaveradi. …2007-yilda Asht nohiyasidagi Oshoba qishlog‘ini sel olgan edi. […]
04.07.2025 | 12:32
2507
TILAK VA ISTAK
Jurnalistikaga qiziqish o‘quvchilik yillarimdan boshlangan. O‘sha kezlari juda ko‘p kitob o‘qirdim. Kitobga ishtiyoq asta-sekin yozishga qiziqish uyg‘otgan. Yuqori sinflarda tuman, viloyat va respublika gazetalariga “dalalardan daraklar” tarzida maqola va xabarlar jo‘nata boshlaganman. U paytda tahririyatga kelgan har bitta maqolaga, albatta, javob yozilardi. Birgina xatning kelishi nafaqat maktabda, balki butun qishloqda shov-shuv bo‘lib ketardi: “Ey, falonchiga […]
04.07.2025 | 09:16
1966
Asosiy
“SHAP-SHAP”LAGAN SHKAPSKIY
“Tarixni g‘oliblar yozadi” deyilmish gap bor. Agarda o‘sha “g‘olib” bosqinchi maqomida bo‘lsa… bunday tarixga mag‘lublargina emas, maymunlar ham yig‘lashi shubhasiz. Turkistondagi uchta mustaqil xonlik chor Rusiyasi tomonidan bosib olingach, xuddi shunday “g‘olibona tarixlar” yozilgan. Bosqinchi qo‘shin safida kelgan turli maqom va darajadagi olimlar va keyinchalik o‘lkani o‘rganish uchun yuborilgan mutaxassislar yozgan va ko‘p nusxada chop […]
03.07.2025 | 12:32
3689
ZAMONAVIY MUNOZARA MAYDONI
2024-yilda e’lon qilingan adabiy tanqidga oid chiqishlar yuzasidan mulohazalar Bugun Internet vositalari deyarli hamma sohada qo‘llanilyapti. Xususan, adabiy-tahliliy faoliyat turi bo‘lgan adabiyotshunoslik va adabiy tanqid uchun ham Internetning muqobil minbar vazifasini bajarayotgani tabiiy hol. Xo‘sh, o‘zbekistonliklar qaysi Internet tarmoqlaridan foydalanyapti? Yanayam aniqrog‘i, qaysi tarmoqlarda adabiy-tanqidiy bahslar kechyapti? “Facebook” tarmog‘i foydalanuvchilar uchun nafaqat maqola e’lon qilish, […]
03.07.2025 | 09:10
2094
BLOGER HAM BAYRAMNI NISHONLAYDIMI? YO NISHONGA OLADIMI?
Bugun axborot maydoni shu qadar kengayib ketdiki, go‘yo hamma jurnalistga aylanib qolgan. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga post yozgan, video joylagan, fikr bildirgan ayrimlar o‘zini bloger hisoblab qolgan. Shu bilan kifoyalansa-ku, mayli, lekin ular o‘zlarini jurnalistlar qatorida ko‘radi. Blogerlar soni ortib borayotgani – zamonaviy tendensiya. Bunga hech kim qarshi emas. Marhamat! Ammo har kim haddini bilmog‘i lozim […]
02.07.2025 | 15:45
2854
Asosiy
MILLATNING UMUMDARSXONASI
27-iyun – mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Zotan, 1906-yilning aynan mazkur sanasida Munavvar qori Abdurashidxonov boshchiligida Ismoil Obidiy muharrirligida o‘zbek jurnalistikasi tarixida ilk milliy nashr – “Taraqqiy” gazetasiga asos solingan. Bu millat ziyolilarining erk va mustaqillik uchun kurash yo‘lidagi birinchi so‘z minbari edi. Milliy matbuotga asos solingunga qadar Behbudiy kabi turkistonlik ziyolilar […]
02.07.2025 | 12:31
1870
“VATAN” ICHRA SAFAR AYLA…
Nashrning har bir nomeri nafaqat ziyolilar davrasi, balki keng o‘quvchilar ommasi tomonidan ham katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda. Sondan songa mavzular geografiyasi kengayib, materiallar salmog‘i ortib borayotgani ham bor gap. Bugungi zukko o‘quvchining savollariga javob bo‘la oladigan chuqur tahlil, aniq faktlarga asoslangan original maqolalar, suhbatlar va tarjimalar, o‘ziga xos dizayn hamda sifatli fotosuratlar – barchasi […]
02.07.2025 | 09:43
1554
“ENDI ISHLASH KERAK BU KENGLIKLARDA…”
Sulton-ul ulum Mirzo Ulug‘bek ta’biricha, “Riyoziyot g‘oyat bir yuksak fanki, unda bir olam mo‘jiza yotadi”. Yana matematikani “aql-idrok musiqasi”ga ham qiyos etishadi. Mumtoz matematiklar aniq fanlar muxlislariga turli manbalarda bir xil xitob qilgan ekan: “Keling, fikrlashni o‘rganamiz!” Darhaqiqat, zamonaviy dunyoda ushbu fanning ahamiyati har qachongidan ko‘ra dolzarb. Salohiyatli va yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ham shunga […]
01.07.2025 | 16:53
1661
MING QARG‘AGA BIR KESAK
Bugun biz haqoratlamagan biror hurmatga loyiq odam qoldimi?! Olomon sharafli kishilarni yoppa talarga kirishdi. Go‘yo iste’dodli kishilarni haqoratlagan iste’dodli-yu, talangan iste’dodsiz bo‘lib qoladiganday. U tadbirkormi, ulamomi, san’atkormi, barchasining sha’niga turli gaplarni aytib, haqoratladi, so‘kdi, shu ishi bilan o‘zini botir sanab, birdaniga baxtiyor bo‘lib qoldi. Ko‘plar bunday ishlarning hadisini olib, tajriba orttirdi, ijtimoiy tarmoqlar millat ulug‘larini […]
01.07.2025 | 15:16
1500
Asosiy
FARGʻONA XOTIRALARI
Behbudiyning “Farg‘ona xotiralari” “Tujjor” gazetasining 1908-yil 1-yanvar 17-sonida nashr etilgan. Behbudiy samarqandlik hamrohi Abdulhamid mutavalli bilan birgalikda eski Marg‘ilon, Yangi Marg‘ilon (Skobelev), Xo‘jand shaharlaridagi usuli jadid maktablari bilan tanishadi. Darvoqe, Behbudiy ushbu sayohatining bir qismini “Farg‘ona xotiralari” nomi bilan “Turkiston viloyatining gazeti”ning 1907-yil 30-dekabr 97-sonida e’lon qilgan edi. Unda muallif Andijondagi usuli jadid maktablari, bir […]
01.07.2025 | 12:52
1632
BARAKALLA, SHOHIDA!
Shohida – jussasi kapalakdek nozik, ammo qat’iyati burgutdek mustahkam Xorazm qizi. U o‘zi bayroq qadagan cho‘qqilarda boshqa o‘zbek qizlarining ham yalovlarini ko‘rishni istaydi. “Men vatandosh opa-singillarimning “shunchaki ayol…” emasligini butun dunyoga isbotlayman!” Bu 30 dan oshiq xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan yoshgina qizning balandparvoz gaplari emas, balki boshi uzra baland ko‘targan hayotiy shiori. […]
01.07.2025 | 09:31
1169
Asosiy
“TIRIKSAN, O‘LMAGANSAN SEN…”
O‘z zamonasining dardi bilan yashamagan, xalqning shodligi-yu g‘amini qalban his qilmagan inson na chin fuqaro, na komil shaxs bo‘la oladi. Vatanga muhabbat baland da’volar, balanparvoz hayqiriqlar emas, aksincha, hech bir ta’masiz unga xizmat qilish, bobolarning ezgu ishlarini davom ettirib, ular yoqqan chiroqlarni o‘chirmay asrashda ko‘rinadi. Mana shu sharafni anglaganlargina o‘z ilm-u salohiyatini, borini yurt ravnaqi […]
30.06.2025 | 16:45
1723
BUYUK IPAK YO‘LINING YANGI KARVONI
Ikki yil avval, 2023-yilning 12–19-oktyabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi tashabbusi bilan Urganch davlat universiteti, Urganch shahridagi “Ma’mun” universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan bir nechta olimlar Mo‘g‘ulistonga ekspeditsiya uyushtirdik. To‘g‘risi, diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilmagan mamlakatga borish oson ish emasligini o‘shanda bildik. Toshkentdan Ulan-Batorga havo […]
30.06.2025 | 15:58
1332
“YASHIL DENGIZ” HAYRATLARI
Mundoq do‘ppimni olib o‘ylab qarasam, O‘zbekistonning men bormagan go‘shasi qolmabdi hisob. Biroq so‘nggi yillarda Orolbo‘ylarini hech borib ko‘ray demabman. Shu xayolda tarixchi-olim Umid Bekmuhammad hamrohligida Mo‘ynoqqa otlandim. Yo‘lning ravonligidan safar mashaqqati sezilmadi. Manzilga yaqinlashar ekanmiz, rang-barang gullar, yam-yashil daraxtlar, bir-biridan ko‘rkam imoratlarga duch kelaverdik. Yoshlar markazi, amfiteatr, muzey, kasb-hunar maktablari, zavod va fabrikalar… Bular yaqin […]
30.06.2025 | 09:32
1024
Asosiy
SHAMAYGA BORGAN OTABEK
“Manas”ga hujum bo‘lganida Muxtor Avezov jonini o‘rtaga qo‘yib: “Qirg‘iz xalqining hayotidan “Manas” yulib olinsa, butun xalqning tilini kesib olgan bo‘lamiz”, degan genial fikrni aytadi. “Manas”ni avaylab-asrashda, saqlab qolishda Muxtor Avezov chin jonkuyar ziyoliga xos bebaho tarixiy xizmat qildi. XX asrning 50-yillari o‘rtalarida sobiq Ittifoq tepasida o‘tirgan millatparvarlar qotili vafotidan keyin Abdulla Qodiriyning oqlanishida qaysidir ma’noda […]
27.06.2025 | 15:00
1485
OTNING MAYKASI – TERLIK
Otning tanasidan chiqqan terni o‘tkazmaslik uchun egar va bellik ostidan qo‘yiladigan qalin namat yoping‘ichni tilimizda tergi deyishgan. Bellik degani otning belini egar urmasligi uchun bel cho‘qqisining ikki yonboshidan qo‘yiladigan kigiz mato. Tergi – qadimiy so‘z. Uning shevalarda chirgi shakli ham bor. Lekin “Alpomish” dostonining izohli lug‘ati”da chirgi so‘ziga terlikdan keyin ot ustiga tashlanadigan yopinchiq deb […]
27.06.2025 | 12:24
996
SUN’IY INTELLEKT G‘AZAB QILADIMI?
Ijtimoiy tarmoqda mashhur sayyoh-bloger bilan suhbatga ko‘zim tushdi. U aytyapti: “Kelajakda sun’iy intellekt bizga buyruq berishi, ba’zi harakatlarimizdan jahli chiqishi va hatto jazolashi mumkin”. Bordi-yu, ko‘rsatmasidan bo‘yin tovlagudek bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqlarda unga ma’lum parol, suratlarimizni; o‘ziga ayon xato-kamchiliklarimizni ommaga doston qilishi hech gap emas, deyapti. Sayyoh “bashorat”idan vahimaga tushgan qancha! Buni video ostida qoldirilgan 150 […]
26.06.2025 | 16:22
610