KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
ASRGA TATIGULIK UCH KUN
Men hamisha Samarqandga katta ishtiyoq va cho‘ng bir sevgi bilan boraman. Bu qadimiy kentni bekorga “ona yer moʻjizasi” yoki “sayqali ro‘yi zamin” deyishmaydi. Shahar me’moriy yodgorliklari kishini hayratga soladi, sirli moziyga qaytaradi. Sammitni ochib bergan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning olamshumul ma’ruzasini har bir ishtirokchi alohida qiziqish va yuksak ehtirom bilan tingladi. U o‘z nutqida yig‘ilganlar […]
17.04.2025 | 16:42
558
SUN’IY INTELLEKT VA TARIX – YANGICHA TALQIN
Bugun zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, o‘zgarishlar ko‘lami keng, yangiliklar oqimi dolg‘ali. Hozirda sun’iy intellekt asr moʻjizasi sifatida namoyon bo‘lib, insoniyatni qayta-qayta hayratga solyapti. U kirib bormagan soha, tatbiq qilinmayotgan yo‘nalishning o‘zi yo‘q hisob. Rivojlangan mamlakatlarda sun’iy intellekt imkoniyatlari joriy etilgan yuzlab turli xil xizmatlar paydo bo‘lmoqda. “Next Move Strategy Consulting” kompaniyasining bashoratiga ko‘ra, 2030-yilga borib […]
17.04.2025 | 15:55
1681
INNOVATSION YONDASHUV ZARURATI
Umida Tillaboyeva – mehnat resurslarini boshqarish va iqtisodiy tadqiqotlar sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni ilgari surayotgan yosh olimalardan biri. U ayni paytda G. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialida aspirant va o‘qituvchi. Mehnat bozoridagi muammolarni tahlil qilish hamda O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishga oid yangi strategiyalar ustida ish olib bormoqda. U bilan mehnat resurslarini boshqarishda an’anaviy […]
17.04.2025 | 12:31
393
“YUR” VA “YURT” SO‘ZLARI HAQIDA
“Qari qarg‘a” degan she’rimda “Hamon yurt oralab yurar bir maqol” degan satrni yozayotganimda yurt va yur so‘zlaridagi uyg‘unlikni sezib qoldim. Gap shundaki, qadimgi tilimizda fe’ldan ot yasovchi “-t” qo‘shimchasi bo‘lgan. “Qadimgi turkiy til” kitobida “ayir” ma’nosidagi adir so‘ziga –t qo‘shilib, adirt (farq) so‘zi yasalganligi haqida aytilgan. Hozirgi ajrat so‘zi shundan kelib chiqqan. Menimcha, chiqit so‘zi […]
16.04.2025 | 17:12
886
KOINOTDAGI QORA TUYNUKLARNI O‘RGANAYOTGAN O‘ZBEK OLIMI
Jadid ma’rifatparvarlari orasida nafaqat shoir-u adiblar, muallim-u tarixchilar, balki aniq fan va kasb vakillari – irrigatorlar, kimyogarlar, veterinarlar, shifokorlar, mohir me’morlar, hatto astronomiya va qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari bo‘lganidan xabardorsiz, albatta. Ularning aksariyati “Ko‘mak” xayriya jamiyati orqali xorijda bilim va tajribasini oshirishgan. Taassufki, qatag‘on qilichi ularga dunyoviy tajribalarini yurtida qo‘llash imkonini bermadi. Biroq jadidlar ilmiy […]
16.04.2025 | 12:31
660
KITOB VA XITOB
Bugun yurtimiz ko‘chalarini aylanib, yaqin o‘n yillar ichidagi o‘zgarishlar, misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlari, yangilanishlarni ko‘rib dil yayraydi. Poytaxtimizning dunyodagi boshqa rivojlangan shaharlar bilan bo‘ylashadigan zamonaviy qiyofasi, chiroy ochib borayotgan ko‘chalar, osmono‘par inshootlar – har biri o‘zgacha g‘urur, iftixor bag‘ishlaydi. Turli savdo majmualari, dam olish maskanlarining ko‘payganini ayting, quvonmay bo‘ladimi? Kamiga xorijdan, qo‘shni davlatlardan kelayotgan sayyohlarning […]
16.04.2025 | 09:25
530
MAQOLLAR HIKMATI
Men poytaxtning haqiqiy o‘zbekona mahallalaridan birida tug‘ilib, voyaga yetganman. Bizning mahallada turli millat bolalari bor edi. Ular bilan “Bekinmachoq”, “Oq terakmi, ko‘k terak?” kabi o‘zbek milliy o‘yinlarini o‘ynab katta bo‘lganman. O‘sha paytlardayoq o‘zbek tilidagi men ma’nosini tushunmagan so‘zlarni o‘zbek do‘stlarim bolalarcha soddalik bilan tushuntirishardi. Bolalikning samimiyati meni hamisha o‘ziga maftun etib kelgan. Balki shu sababdan […]
15.04.2025 | 16:47
537
Asosiy
E’TIQOD OSTONASIDAGI “TROYA OTI”
U yoshlar uchun muqarrar ofat, yurt uchun ulkan xatardir. Diniy radikalizm. Bu ijtimoiy fenomenga bepisand qarash o‘ta xatarli. Hozirga qadar bu yo‘nalishdagi urinishlarning deyarli barchasi ayanchli fojialarga sabab bo‘lgan. Achinarlisi, keyingi vaqtlarda biror-bir yurtning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga raxna solish, uni itoatda tutish uchun diniy radikalizm omilidan foydalanishga urinishlar kuzatilmoqda. Bugunga kelib diniy radikalizm – […]
15.04.2025 | 12:38
797
“TEMUR TUZUKLARI” YODGORLIGIGA OID AYRIM MULOHAZALAR
Men ona tariximizning shoh asari bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur qalamiga mansub “Temur tuzuklari”ni dunyoning nodir yodgorliklaridan biri, deb hisoblayman. Birinchidan, asar muallifining favqulodda daho siymo ekanligi, ikkinchidan, yozilish uslubi soddaligi, uchinchidan, asar taqdirining g‘aroyibligi, to‘rtinchidan, olingan davr (bu davrda jahon xaritasi yangidan tuzildi, Yevropa Renessansiga zamin yaratildi, Amir Temur dunyo hayotini harakatga keltiruvchi qudratli kuchlardan […]
14.04.2025 | 18:36
1401
“DO‘ST QIDIR, DO‘ST TOP JAHONDA…”
Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar qadim-qadimdan do‘st-inoq, quda-anda, qon-qardosh bo‘lgani barchaga ma’lum. O‘lkadagi har bir mustaqil mamlakat o‘z milliy davlatchilik asoslarini qayta bunyod etib, ko‘ksini ko‘tarib, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnini topgunga qadar, haq gapni aytadigan bo‘lsak, bir muddat o‘z ichki masalalari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimidagi muammolarini hal etishga ko‘proq kuch va vaqt sarflashdi. Aslida dunyodagi hech bir […]
14.04.2025 | 17:49
465
Asosiy
“BUNDAY YAXSHI ODAM KAM BO‘LADI”
1922-yil kuzida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi mutasaddilari 55 nafar istiqbolli yoshlarni zamonaviy fan va texnologiyalarni o‘rganish maqsadida Germaniyaga o‘qishga yuboradi. Kelajakda yurti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shishi kutilgan, biroq kutilmaganda juvonmarg ketgan yoshlardan biri Bahovuddin Aminjonov edi. Bahovuddin 1904-yili Buxoro shahrida mudarris xonadonida tavallud topgan. Otasi Aminjon Ziyovuddinov “Yosh buxoroliklar” partiyasining faollaridan bo‘lib, Buxoro tarixiga oid […]
14.04.2025 | 15:05
721
OSH LAGANDAY BO‘LAYLIK
O‘tgan shanba bozorladim. Eh-he, hammayog‘ obod. Madrasani shundog‘ biqinida rasta-rasta baraka. Yetti qavat hasip ustidagi kuydirilgan kalla barra-barra ko‘katni iskab yotibdi. Tag‘in qator-qator olma-yu ananas, mayiz-u marjumak, bodrog‘-u qovurdoq. Buyog‘i ro‘zamasmi, dona-dona xurmo, paqir-paqir nisholda, uyum-uyum talqon, tog‘ora-tog‘ora sumalag-u holvaytar. Nariroqda so‘qoqlik kennoyi mador somsa sotyapti. Xullas, hammasidan cho‘qib-cho‘qib, o‘zimga 25 so‘mlik iftorlik yasadim. Gulzor […]
14.04.2025 | 09:09
465
“IBRATXONA KITOBDAN BOSHLANADI”
Bu e’tirof ko‘pqirrali ijodkor shaxsning umr mazmunidan kelib chiqqan. …O‘n to‘rt yashar qizaloqning boshqalarga ajdahomisol ko‘ringan “temir o‘tsochar” – traktorni boshqarganini eshitganmisiz? Bu voqea o‘tgan asrning oltmishinchi yillari boshida ro‘y beradi. O‘sha vaqtlarda paxta atalmish mashaqqatli ekinni yetishtirishda asosiy kuch bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘l mehnatidan ozod qilish niqobida paxta qulligini rivojlantirishni ko‘zlagan “tursunoychilik” harakati maydonga chiqqan […]
11.04.2025 | 17:00
543
VODIYLARNI YAYOV KEZGANDA…
Ko‘klamda odam jonsarak bo‘lib, bir joyda o‘tirolmaydi. Olam yasharib, yerning harori toshib, tiriklik nafasi yoyilgan bu farahli kunlarda tor xonaga sig‘may qolasan. Axir odam tuproqdan yaralgan, ona tabiatning bir bo‘lagi-da. Bunday chog‘larda “hayo-huyt” deb bir yoqlarga sayr-u sayohat qilging keladi. Shunday emasmi, qadrdon? “Bahor ayyomidur dag‘i yigitlikning avonidur” deb xirgoyi qilgancha Farg‘ona tomonlarni bir aylantirib […]
11.04.2025 | 15:33
858
QATOV VA MATOV
Shunday bir xalq termasi bor: Tuyalar yurar matovga,Kiyiklar yurar qatovga. Shu baytdagi qatov so‘zining izidan tushib, ko‘p narsalarni bilib oldim. O‘zbekiston xalq baxshisi Abdinazar baxshiga telefon qilib, shu termadagi qatov so‘zi haqida so‘radim. Baxshi bobo aytdiki, qatov – bu tog‘ning qat-qat bo‘lib qatlanib ketgan joylari. Tog‘ balandlagan sari unda shunday qat-qat qatlam ko‘payadi. Kiyiklar ko‘proq […]
08.04.2025 | 17:35
643
PARVOZING BALAND BO‘LSIN, “PARVOZ”!
Malika Shomirzayeva teatr aktyori bo‘lishni orzulab, Eski shaharning Xadra maydonidagi Bolalar ijodiyoti uyi (o‘sha paytlari – pionerlar saroyi deb atalardi)ga sakkiz yil qatnadi. Mashhur rejissyor Ergash Masafoyevga shogird tushdi. Tushida ham, hushida ham sahnani ko‘rdi. Biroq taqdir kemasi butkul boshqa sohil tomonga burilib, u Toshkent davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi. Hayot teatrining boshqa […]
08.04.2025 | 15:21
594
Asosiy
IMPERIYANI QO‘RQITGAN AMIRZODA
“Katta o‘yin” girdobida XIX asrda dunyo xaritasidagi chegaralar o‘zgarib, ayrim davlatlarning hududlari hukmron imperiyalar o‘rtasida “talash” bo‘ldi. Bu davrga kelib serhosil yerlari va yerosti boyliklariga ega Turkiston o‘lkasiga ikki qudratli imperiya – Angliya va Rossiya ko‘z tika boshladi. Ikki o‘rtadagi raqobat esa tarixda “Katta o‘yin” nomi bilan mashhur. Afsuski, mintaqadagi hukmron doiralar – xonlar, amirlar […]
08.04.2025 | 12:57
662
XO‘JAND: MANGU QARDOSHLIK YO‘LIDAGI ZALVORLI QADAMLAR
Qardoshlarimizda yaxshi bir udum bor. Mehmon kelishi haqidagi xabarni xushxabar sifatida qabul qilishadi. Aslan sarishta uy qaytadan supurib-sidiriladi, suv sepilib, hovli chinniday tus oladi. Mehmonnavozlikka eng sarxil meva-cheva olib, tansiq taomlar pishirishga taraddud ko‘riladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev janobi oliylarining Tojikistonga kelishi haqidagi xushxabar oddiy odamlardan tortib ziyolilargacha, rahbarlik vazifalarida ishlayotgan kishilargacha barchani […]
07.04.2025 | 17:19
410
BOGʻ YARAT, MEVASINI TATIRSAN!
Ilgari har bir hovlida ota-bobolar farzandlari, nevaralariga atab tuproqqa ko‘chat qadashgan. Nihollar tobora chuqur tomir yoyib, kun sayin baquvvat dov-daraxtga aylanib borarkan, bu rivoj ota-bobomizga o‘zgacha surur bag‘ishlasa, farzandga oilaning ertasi, tayanchi sifatida zimmasidagi ulkan mas’uliyatni anglatib turgan. Agar oilada o‘g‘il farzand tug‘ilsa, hovli chekkasiga yaxshi niyatda yigirma tup terak ko‘chati ekilar, ular kun kelib […]
07.04.2025 | 09:34
233
Asosiy
“JADIDLIK ENDI O‘LMAYDIGAN HARAKATGA AYLANDI”
O‘zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos, adib va mutarjim Ibrohim Gʻafurov bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Siz ham zamon, ham ruhiyat nuqtayi nazaridan jadid bobolarimizga eng yaqin millat oydinlaridan birisiz. Jadidlik harakati davomchilarini ko‘rgansiz, ular bilan birga ishlagansiz, albatta, suhbatida bo‘lgansiz. Ayting-chi, jadidlar ozodlik va ma’rifat yo‘lidagi kurashlarida nimaning badaliga bu darajada qat’iyat va ishonch bilan […]
05.04.2025 | 17:00
838
ANORA (HIKOYA)
Bu dunyoda faqat ikkisi bor edi. Xuddiki Momo Havo bilan Odam Ato kabi. Va yana bahor bor edi. Bahor o‘zi bilan birga baxtni, shodlig-u muhabbatni olib kelgandi. – Oxirgi nafasgacha birga bo‘lamiz!.. Kaftlarida turgan yuraklarini bir-birlariga tutadi. – Bu senga.– Bu sizga. Momo Havo bilan Odam Ato bir-birini qanday suygan bo‘lsa, ular ham shunday suyishardi […]
04.04.2025 | 16:41
691