KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
JISM VA RUH MAYLI
Barchaga ayonki, adabiyot din emas, din ham adabiyot emas. Lekin musulmon xalqlari adabiyotini dindan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Islom ta’limoti o‘tmishda so‘z san’ati uchun ma’naviy asos edi. Buni barcha mumtoz shoir-u adiblarimiz, xususan, Alisher Navoiy ijodi ham yaqqol isbotlab turibdi. Davrning o‘zi Navoiyga islomning targ‘ibotchisi bo‘lish vazifasini yuklagan edi, desak, xato bo‘lmas. Shoir “Siroj ul-muslimin” […]
03.04.2025 | 12:41
509
“ESKI”MI YO “MUMTOZ”?
Jadidlar ijodi hamda ulardan avval yozilgan tarixiy-adabiy asarlarni o‘rganish asnosida “eski o‘zbek yozuvi”, “arab imlosiga asoslangan o‘zbek eski yozuvi”, “arab alifbosidagi eski yozuv”, “eski o‘zbek alifbosi” kabi istilohlardan foydalanilganini ko‘rish mumkin. O‘n asrdan ko‘proq vaqt amalda bo‘lgan yozuvga tegishli bu atama-birikmalar haqida beixtiyor o‘ylanib qoldim. Tilimiz tarixi bilimdonlariga ham aytdim. Ular orasida bu masalani til […]
02.04.2025 | 17:53
811
Asosiy
ORTGA QAYTISH YO‘Q
1915-yil. Toshkent. Eski shahar bilan Yangi shahar oralig‘idagi pastqam uylardan biridamiz. Hovli to‘la bola-baqra. Bunda ota uzzukun kosiblik qilar, shuning ortidan qora qozon qaynab turardi. Bolalarning qo‘li mehnatga kelib qolganlari otasiga chinakam dastyor edi, ayniqsa Mirhamid. Bolakay, boshqa teng-to‘shlari kabi o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘lsa ham, otasining jo‘jabirday jon ekani va shu sabab ularning barchasini birvarakayiga […]
02.04.2025 | 12:48
638
ASAD AKANING ASIL BOG‘I
Ma’lumot uchun: Yaqinda Toshkent viloyati Xondayliq qishlog‘ida yangi tashkil etilgan kutubxonada hamda Gʻazalkent madaniyat saroyida jadid adibi Sidqiy Xondayliqiyning “Saylanma”, shuningdek, yozuvchi Asad Asilning “Izlaringni izlayman, Alqor” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bir guruh taniqli ijodkorlar hamda adabiyot muxlislari ishtirok etgan mazkur taqdimot o‘ziga xos adabiyot bayramiga aylandi. Har ikki kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr […]
01.04.2025 | 16:16
390
ZAMONA KINOSIGA CHIZGILAR
Ikrom Bo‘riboyevning “Ketdik, kinoga tushamiz!” sarlavhali maqolasini o‘qib Kino – shubhasiz, san’atlar ichida eng qudratlisi, chunki u bir vaqtning o‘zida millionlab insonlar tafakkuriga ta’sir etish imkoniga ega. Bugungi tezkor, global dunyoda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongini turli mafkuraviy tahdid-u buhronlardan himoya qilish, ularni ruhan va ma’nan barkamol avlod qilib tarbiyalash, shuningdek, boy o‘tmishimiz, asriy qadriyatlarimizni […]
01.04.2025 | 09:13
624
Asosiy
“MANA, BUGUN NAVRO‘ZI OLAM…”
Navro‘z ayyomida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi muallifi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan. Shu munosabat ila aziz ustozimizning rafiqasi Hanifa aya bilan dildan suhbat qildik… Ulug‘ shoirimizning yorqin xotiralari, dil tubiga cho‘kkan orzu-armonlari, quvonchlari Hanifa aya tilida yana bir bor qog‘ozga to‘kildi. – Abdulla Oripov Navro‘z bayrami kuni tug‘ilgan. Bunda ham bir […]
29.03.2025 | 18:00
794
ESKI ARAVA IZIDAN
Qirq yil avvalgi gap. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yig‘ilishda bir olim “Ozod Sharafiddinov maktabda o‘zbek mumtoz adabiyoti kerak emas, uning o‘rniga hozirgi adabiyot o‘qitilsin, deyapti. Bu qanaqasi?” deb qoldi. Hamma hayron. Ozod aka esa izoh berish uchun so‘z oldi. – Men bunday demaganman, qanday qilib Navoiy, Muqimiy asarlari o‘qitilmasin, deyish mumkin?! Aksincha, klassik so‘z san’atimizni bolalar […]
28.03.2025 | 15:37
753
“IKI ZULF IKI LAYLAT UL-QADRDUR”
Bir xalqni yo‘qotish uchun unga mansub odamlarni qirib tashlash shart emas. Buning uchun uni o‘tmishidan ayirishning o‘zi kifoya. Yangicha jamiyat bayrog‘i-yu “jannatda ham topilmas” go‘zal hayot va’dasi ostida kechgan sovet zamonida xalq paydo bo‘lganidan bu yog‘iga misqollab yig‘gan, hali asrlar xizmat qilishi zarur madaniy boyliklarning ko‘pidan ayrildik-qoldik. Marhum ustozimiz, atoqli tarjimon, professor Gʻaybulla as-Salom o‘kinch […]
28.03.2025 | 12:48
378
HUMO BO‘LIB BOSHIMGA QO‘NGIN!
Turkiy elatlar taqvimida bahoriy tengkunlik qadim-qadimdan ulkan bayram sifatida nishonlab kelinadi. Bugungi kun o‘lchovlarida esa ota-bobolarimizning o‘sha an’analari yanada sayqallanib, yanada joziba kasb etib, dunyo xalqlarining e’tiborini o‘ziga tortayotgan bayramlar qatoriga kirmoqda. Yaxshi narsa, yaxshi kunlar hech qachon xalq xotirasidan o‘chmaydi. Yaqin o‘tmishda qatag‘onga uchragan milliy bayramlarimizning mustaqillik sharofati bilan qaytadan qad rostlab, umumxalq bayramiga […]
27.03.2025 | 16:18
498
XO‘JAND MEHMONLARGA MUNTAZIR
Har yilgi Navro‘zdan ham bu gal yal-yal ochilib ketgan qadimiy va navqiron Xo‘jand oliymaqom mehmonlar poyiga anvoyi gullardan, oq, qirmizi, gunafsharang – turli tuslarda tovlanib turuvchi lolalardan poyandoz to‘shamoqda. Oppoq o‘rik gullari ulug‘ mehmonlar qadami ostiga bir-bir to‘kilmoqda. Salobatli Mevag‘ul tog‘i, azim Sirdaryo, ne-ne asrlardan so‘zlaydigan Xo‘jand qal’asi “Xush kelibsiz, aziz mehmonlar!” “Xush omaded, mehmononi […]
27.03.2025 | 09:18
234
LOLAZORGA BURDIM YUZIMNI
SEN BAHORNI SOGʻINMADINGMI? Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim,Topay dedim qirdan izingni.Yonog‘ingdan rang olgan dedim –Lolazorga burdim yuzimni,Uchratmadim ammo o‘zingni,– Sen bahorni sog‘inmadingmi? Uzoqlarda zalvorli tog‘larXayolimni keldilar bosib.Kechdi qancha intizor chog‘lar,Vasling menga bo‘lmadi nasib,Sensiz men ham, bahor ham g‘arib,– Sen bahorni sog‘inmadingmi? O‘ngirlarda sakraydi ohu,Na’matakda sa’va mittijon.Qorliklardan sipqarilgan suv,Daralarda uradi javlon.Nigohimdan faqat sen pinhon,– Sen bahorni sog‘inmadingmi? Mana, […]
26.03.2025 | 15:51
530
MAQSADLARI BIR, UDUMLARI MUSHTARAK
Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan suhbat – Hurmatli elchi janoblari, avvalo, siz orqali birodar tojik xalqini Navro‘z bayrami bilan qutlaymiz. Ushbu ayyom siz-u bizga ajdodlarimizdan meros ezgu qadriyat sanaladi. Biz bu kunning tantanalarini sumalak uchun bug‘doy ko‘kartirishdan boshlaymiz. Xo‘sh, Tojikistonda bayram qanday o‘ziga xoslik bilan boshlanadi? – Tashakkur. Men ham […]
25.03.2025 | 15:20
543
Asosiy
RASULNING PATIMATI
Mashhurlarning ayollariga hamma havas qiladi. Go‘yoki ularning hayoti har tomonlama to‘kis, faqat baxtdan iboratday. Aslida-chi? Balki, el nazariga tushgan insonlarning rafiqalariga ikki karra og‘irroqdir? Agar uning turmush o‘rtog‘i millat qayg‘usi, she’r dardi bilan yashayotgan katta shoir bo‘lsa-chi? Ular avvalo turmush o‘rtog‘i uchun nafaqat yashashga, balki u kabi o‘ylab, u kabi sevib-nafratlanadigan, ayni paytda u bilan […]
25.03.2025 | 09:11
562
TO‘RT OYOQLI… BOLALAR
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda urchiyotgan va jamoatchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘layotgan mavzulardan biri – kvadrobika harakati. Kvadrobika hozir ayrim yoshlar orasida mashhurlashgan submadaniyat bo‘lib, mohiyati hayvonlarga taqlid qilishdan iborat. Kvadrobika izdoshlari, odatda, o‘zlari taqlid qilayotgan hayvon niqobini kiyib, to‘rt oyoqlab harakat qiladi. Ular it bo‘lib vovullashi, mushuk bo‘lib miyovlashi mumkin, ba’zan ular qutirgan hayvonga taqlid qilib […]
24.03.2025 | 15:55
1209
Asosiy
QARDOSHLIKNING OYDIN MAKTABI
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Ismoil Gʻasprali tomonidan asos solingan jadidlik harakati faoliyatiga teran nazar solsak, bu turkiy musulmon xalqlar o‘tmishdagi noyob hodisa ekaniga amin bo‘lamiz. Negaki, strategik istiqbolli g‘oya, amaliy faoliyat bobida bu qadar ko‘lamli, oqil va shiddatli harakat tarixda kamdan kam yuz bergan. Jadidlar tarix uchun g‘oyatda qisqa bo‘lgan muddat – […]
20.03.2025 | 11:20
729
ME’YOR UNUTILGANDA
Nahot orzularimiz to‘y-to‘ychiqdangina iborat bo‘lsa?! Oilaviy marosimlar, ayniqsa, to‘ylar xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlari, ardoqli an’analari sirasiga kiradi. Ammo me’yorning buzilishi, g‘uluvga ketish sabab an’analar ham qadriyat maqomini yo‘qotib, millat taraqqiyotiga tushov bo‘lishi mumkin ekan. Ne tongki, to‘y, ma’raka va boshqa marosimlar ham shuhratparastlik, xudpisandlik, isrofgarchilik borasida kimo‘zar bellashuvga aylanib ketdi. Bu hol har bir ziyolini, […]
19.03.2025 | 12:40
504
SO‘FIYLAR RO‘ZASI
Ro‘za – avvalo, ibodat. U salomatlikni mustahkamlaydi. Qolaversa, kishi ruhida sabrni kuchaytiradi. Albatta, sabr – oson ish emas. U boshida qattiq botishi, kishi ko‘nglini mahzun qilishi mumkin. Ammo odamni zafarga olib boradigan ham ana shu sabr. Alisher Navoiyda shunday satrlarni o‘qiymiz: Sabr archi kishiga ranj afzun aylar,Oxir kishi faolini humoyun aylar.Sabring nechakim ko‘ngulni mahzun aylar,Har […]
19.03.2025 | 11:20
440
BARAKATLI HARAKAT
Ilmsizga ishonch, hunarsizga quvonch yo‘q, deydi xalqimiz. Darhaqiqat, har ishning o‘z ilmi, har hunarning bir hikmati bor. Ilm-fan kundan kunga rivojlanib, oddiy dehqonchilik ham san’at darajasiga chiqayotgan bugungi jamiyatda har kishining kasbi kori bo‘lmog‘i davr talabidir. Zero, endi dunyoga havas ko‘zi bilangina emas, mahorat nazari bilan ham boqishga majburmiz. Prezidentimizning “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash […]
19.03.2025 | 09:00
547
Asosiy
“ILK DEVON”NI KIM TUZGAN?
Buyuk shoir va mutafakkir, taniqli davlat arbobi Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganish adabiyotshunosligimizning doimo asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan. Keyingi yillarda chop etilayotgan tadqiqot va maqolalarda esa aniqlikka intilish, ilmiy muammoni mantiqiy shakllantirish hamda yoritilajak masalani imkon qadar butun murakkabligi bilan to‘liq qamrab olish ustunlik qilmoqda va bu quvonarli hol. Navoiyshunos Olimjon Davlatovning “Jadid” […]
18.03.2025 | 12:40
1564
NAVQIRON “YOSHLIK”
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yaqinda mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqotidan olingan taassurotlar biz kabi navqiron ijodkorlarga ham ilhom va kuch bag‘ishlab kelayotir. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash natijadorligini oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilindi, faol yoshlarning takliflari eshitildi. Muloqot avvalida Prezidentimiz azm-u shijoatli, navqiron yoshlar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirib, ularning timsolida […]
18.03.2025 | 11:14
441
HAM SAYOHAT, HAM ZIYORAT
O‘zbekiston va Malayziyani o‘zaro teng manfaatli hamkorlik, bir-biriga yaqin madaniy qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlar mustahkam bog‘lab turadi. Bu mamlakat respublikamiz uchun Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi muhim sheriklardan biri. Keyingi yillarda ikki davlat ham xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilm-fan va turizm sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Prezidentimiz joriy yilning fevral oyida rasmiy tashrif […]
18.03.2025 | 09:36
588