Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

Asosiy

QARSHIMDA SHOVULLAB OQAR BIR DARYO

lamidagi nozik tuyg‘ularni his etish fursati hisoblanadi. “Jadid” gazetasi o‘zini she’riyatga baxshida etgan shoiralarning sara ijod namunalarini jamladi. Qutlibeka RAHIMBOYEVA,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tog‘lar yelkasiga sig‘magan irmoq –Sasidan sukunat eshigi sindi.Rangin chechaklarga aylandi tuproq,Zaminning chiroyi endi bilindi. Quyoshniki bo‘ldi bepoyon samo,Nurlarning yo‘llari uzaydi.Orzuli-havasli kunlar beoromNovdalarni gullar bilan bezaydi. Ildizidan boshlab uchiga qadarGulga to‘lib ketdi […]

07.03.2025 | 13:03

img674

O‘ZBEK XOTIN-QIZLARI KECHA VA BUGUN

So‘nggi yillarda tug‘ilgan erkinlik muhiti va ilm-fanga bo‘lgan katta e’tibor o‘laroq jadallashib ketgan tarixiy izlanishlar Prezidentimizning xotin-qizlar mavqeini oila, jamiyat va davlat ishlarida yuksaltirishga qaratilgan siyosati tarixiy asosga egaligini isbotlamoqda. Buyuk Turon davlatchiligi g‘oyasi uchun kurashgan jadid bobolarimiz Amir Temur davridagi kabi o‘zbek davlatini tiklash orzusida bo‘lganlar. Sohibqiron va temuriylar davri tarixini mukammal o‘rganganlar. O‘sha […]

07.03.2025 | 12:09

img1355

Asosiy

KETDIK, KINOGA TUSHAMIZ!

Yangi O‘zbekistonda ma’naviyat va ma’rifat, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari rivojiga ulkan ahamiyat qaratilayotganini mamlakatimiz va jahon jamoatchiligi e’tirof etayotgani bor gap. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan e’tibori, tashabbus va tavsiyalari bilan yangi-yangi g‘oyalar amalga oshirilmoqda, soha vakillari tomonidan bildirilayotgan asosli takliflar faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu bois, jamiyatimizda “Prezident – ma’naviyatning bosh homiysi” […]

07.03.2025 | 08:51

img1535

SOXTA NIKOHNING KASOFATI

…Dilshodga pasporti zarur bo‘lib qoldi. Ammo uyni ag‘dar-to‘ntar qilib izlab topolmadi. O‘zi shunaqa, shoshganda labbay topilmaydi. Ertasi kuni ham shu ahvol. Boshqa chora qolmadi, tuman ichki ishlar bo‘limiga bordi. Uch-to‘rt oylardan beri hujjatini topolmayotganini, yo‘qolgani uchun o‘rniga yangisini berishlarini so‘radi. Uning talabi qondirilish jarayonida ichki ishlar xodimining savoli kapalagini uchirib yubordi: – Yaqindagina nikohdan o‘tgan […]

06.03.2025 | 12:40

img476

“BIRPAS”MI, “IKKIPAS”?..

“Biz bilan birpas o‘tiring”, deymiz. Umuman, birpas so‘zini biz ko‘p ishlatamiz. Lekin uning tarixini, kechmishini, sakkiz og‘a-inidan bir o‘zi yolg‘iz qolganini, yetti aka-ukasi esa, tarix to‘zonlarida yo‘q bo‘lib ketganini bilmaymiz. Qizig‘i shundaki, birpas so‘zidagi pas qismi tilimiz tarixida “kechaning sakkizdan biri” degan ma’noni anglatgan. Shuning uchun ham, kechaning bir pasi, kechaning ikki pasi, uch pasi, […]

05.03.2025 | 15:05

img671

Asosiy

ZAVOL VA UVOL

Tarix – kimga g‘alaba nashidasini tortiq qilib, yana kimlarga mag‘lubiyat alamlarini tottirgan jang-u jadallar; tarix – jon berib, jon olishlar, o‘zlik uchun kechilgan mardonavor yo‘l, jur’at-u jasorat; tarix – dars, saboq va taassufki… zo‘rlik va xo‘rlik ko‘zgusi hamdir. Ko‘plab repressiv rejimlar o‘z maqsadlariga erishish uchun aybsiz insonlar ustidan turli tuhmat-u bo‘htonlar yog‘dirib, ularni qiynoq bilan […]

04.03.2025 | 16:50

img446

Asosiy

“NAJOT” GAZETASI

Muvaqqat hukumatning organi sifatida 1917-yilning mart oyidan haftasiga ikki martadan chiqa boshladi. O‘zidagi qaydga ko‘ra “…siyosiy, adabiy, Turkiston viloyatining g‘azetasi” (gazeta soni qo‘yilgandan so‘ng ruschada “47-yil nashri” degan yozuv berilgan. Bu uning “Turkiston viloyatining gazeti” davomchisi ekanini ta’kidlaganidir. Gazetaning 47 emas, 48-yil chiqishi bo‘lgan). “Najot”ga qo‘sh muharrir – Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li va V.Nalivkin tayinlandi. Shokirjon […]

04.03.2025 | 15:39

img788

QALIN QONLI KITOB

Ilk bor 1963-yilda nashr etilgan jahon “Qizil kitob”ining sahifalari yildan yilga ortib, qalinlashib bormoqda. Yil boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir ushbu kitobdan 150 000 ta hayvon va o‘simlik turlari o‘rin olgan. Shulardan 42 000 ta tur yo‘qolib ketish xavfi ostida deb baholangan. Dunyo miqyosida eng ko‘p yo‘qolib ketayotgan turlar Indoneziya, Hindiston, Braziliya, Avstraliya hududlarida uchraydi. Sayyoramizning […]

04.03.2025 | 11:31

img579

SAHNAGA KO‘CHGAN HIJRON

Zahiriddin Muhammad Boburdek murakkab shaxsiyatni sahnada ko‘rsatish oson ish emas. Boburning xarakteri, ruhiyati, botinini to‘la anglash va uni dramatik asar sifatida ifodalash uchun dramaturgdan jiddiy izlanish, sahna talqinini yaratishda esa rejissyor-u aktyorlardan ayricha mahorat talab qilinadi. Aslida Bobur bobomizning hayoti ziddiyatlarga boy, har qanday dramatik asar uchun tayyor manba bo‘lishi shubhasiz. O‘zbek teatri tarixiga nazar […]

04.03.2025 | 10:23

img566

O‘Z MAKTABINI YARATGAN OLIM

Ashraf Ahmedovni taniganimga ham, o‘ylab qarasam, yarim asrdan oshib ketibdi. Ilm va fanimiz tarixining zukko bilimdoni, katta tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor; ajoyib kamtarin qalb egasi, nodir iste’dodi bilan ko‘p minglab o‘quvchilarning hurmat e’tiborini qozongan, rostakamiga zahmatkash inson, safarlarda dilkash suhbatdosh… Ashraf akaning olib borgan ilmiy tadqiqotlariga bir nazar tashlasangiz, uning ilmiy dunyoqarashi teranligining, […]

04.03.2025 | 09:00

img501

Asosiy

O‘ZBEK TO‘YLARI: O‘TMISHDA VA HOZIR

O‘zbek jadidlari hayoti va ijodini o‘rgangan xorijlik olimning tarixiy voqelikka, kundalik turmushdagi urf-odatimizga chetdan qarashi, tabiiyki, bizning mushtariylar uchun ham qiziq. Tahririyatimizda mehmon bo‘lgan yaponiyalik jadidshunos Hisao Kumatsuning biz bilan suhbatda bildirgan fikrlari ko‘pchiligimizga xush kelgandi. O‘shanda Hisao Kumatsu janoblari “Jadid” gazetasida o‘z maqolalari bilan qatnashib turish haqidagi taklifimizni ham bajonidil qabul qildi. “Va’daga vafo […]

03.03.2025 | 16:12

img2509

Jorj Oruelning “1984” romanidan iqtiboslar

Oruellning fikricha, ommaviy erksizlikdan ko‘ra mudhishroq narsa yo‘q va bo‘lmaydi ham. Totalitarizm insonda davomiy qo‘rquv, sukut va o‘limdan birini tanlash imkoninigina qoldirib, uni barcha ruhiy ehtiyojlardan, fikrlardan, tuyg‘ularu akldan mosuvo qiladi: Katta Og‘a senga “ikki karra ikki – besh” dedimi, tamom, u chindan ham “besh”! URUSH – TINCHLIKDIR. ERK – QULLIKDIR. BILIMSIZLIK – KUCHDIR. Yolg‘iz, […]

02.03.2025 | 14:00

img1020

QALQONINGMAN, VATAN!

Xabaringiz bor, oliy ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan talabalardan tarkib topgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlari qisqa fursat ichida mamlakat yoshlarini mushtarak maqsad yo‘lida birlashtira oldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan jamoatchilik institutlarining jamiyatimiz, xususan, talaba-yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida Respublika “Qalqon” guruhlari rahbari Anvarmirzo Qudratov bilan suhbatlashdik. – Suhbatimiz avvalida “Qalqon” jamoatchilik guruhlari qanday tashkil topgani haqida ma’lumot […]

28.02.2025 | 17:49

img421

AY-TI VA SUN’IY INTELLEKT DUNYO YETAKCHILARI MUHOKAMASIDA

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan videoselektor shaklidagi uchrashuvi rasmiy tadbir emas, yurakdan suhbat bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Davlat rahbari yoshlarning intilishi, orzulari va muammolarini eshitib, ularning shaxsiy rivojlanish orqali yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lidagi maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha  imkoniyatlar yaratib berilishini ta’kidlab, ko‘plab yangi olamshumul tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, endilikda Prezidentimizning maxsus […]

27.02.2025 | 12:35

img701

“EH, SENING YOSHLIGING MENDA BO‘LSAYDI!”

Yaqinda Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvini oynayi jahon orqali katta qiziqish bilan kuzatdim. Bugungi yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqiqatan ham tahsinga sazovor. Ilm-fan, texnologiya, tadbirkorlik, sport va san’at sohalarida yoshlarning qo‘llab-quvvatlanayotgani, ularning tashabbuslari davlat darajasida eshitilayotgani – bu Uchinchi Renessans avlodiga berilayotgan oliy e’tibor namunasidir. Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida azm-u shijoatli, navqiron yoshlar […]

27.02.2025 | 11:53

img634

BIR DO‘PPI, BIR CHOPON

Men ham teran ilmiy maqolalar yozsam, tadqiqotlar qilsam deyman. Biroq ijtimoiy turmushimizda shunday dolzarb masalalar borki, ularni bir chetga surib, besh-o‘n kitob va internet manbalari asosida “Bo‘ri tishiga sulfat kislotasining ta’siri” kabi hech kimga keragi yo‘q, birov qiziqmaydigan mavzularda qalam tebratish mavridi emas, deya o‘zimga muhim bo‘lib ko‘ringan mavzularga burilib ketaman. Mana, shulardan biri. Yaqinda […]

27.02.2025 | 09:11

img909

TABULGʻA VA TAVOLGA

Bir tabulg‘a yuz bo‘ldi,Yuz tabulg‘a ming bo‘ldi,Ming tabulg‘a tuman bo‘ldi,Bilib qo‘ying: foydasi bor, bu yaxshi. Yuqoridagi she’r eramizning IX asri boshlarida yaratilgan “Irq bitigi”dan keltirildi. “Qadimiy hikmatlar” kitobida berilgan izohga ko‘ra, Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha, tabulg‘a qizil po‘stloqli daraxt bo‘lib, Farg‘ona tog‘laridan boshqa yerda uchramaydi. Mahalliy aholi undan o‘q va tayoq yasashadi. Mahmud Koshg‘ariyda tabulg‘a […]

26.02.2025 | 12:45

img361

Asosiy

“MARD YIGIT EDI… JUVONMARG KETDI”

Yurt osmonidan tuman arimagan bir palla. Bu tuman – zulm va johillik soyasi, bu tuman – ma’rifat nurlarini o‘chirishga urinayotgan mustabidlarning sharpasi edi. Ana shunday og‘ir zamonda ham o‘z a’moliga sodiq ajdodlarimiz bor ediki, ular yashab o‘tgan mash’um yillar va yo‘llar to‘g‘risida so‘z ochsak, bugungi yoshlarga cho‘pchakdek tuyular balkim. Biroq hali o‘ttiz-qirq orasi orzulari ortidan […]

25.02.2025 | 12:20

img566

JONLI OLAMNING HAYOT ZANJIRI

O‘zFA zoologiya instituti direktori, biologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Xolmatov bilan suhbat – Baxtiyor Rustamovich, Prezidentimizning 2017-yil 4-sentyabrdagi qaroriga asosan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Botanika va zoologiya instituti negizida Botanika va Zoologiya institutlari tashkil qilingan edi. Bu soha rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatdi? – O‘zbekistonga zoologiya tushunchasi fundamental fan sifatida 1950-yilda kirib kelgan. 2012-yilga kelib Botanika […]

24.02.2025 | 09:49

img636

UZOQDAGI QUYRUQDAN…

Uchta tog‘am bor. Uchalasi ham Rossiyachi edi. Ikkitasi hamon Rossiyachi. Faqat bittasi besh-olti yilcha ishladi-yu, topganiga mol-qo‘y qilib, shuni orqasidan ro‘zg‘or tebratdi. O‘ziga shu yoqadi, moldo‘xtir-da.. Ayrimlar, ayniqsa, xotini tog‘amni noshudga chiqardi, ikkita o‘g‘ling bo‘lsa, kuching borida uy-joyni harakatini qilmaysanmi, degan dashnomlar ostida yashadi. Lekin tog‘am bitta zo‘r ish qildi: bolalarini o‘qitdi. Qiynaldi, qarz bo‘ldi, […]

24.02.2025 | 09:32

img200

JASORATLI G‘OYALAR MINBARIGA AYLANSIN

Bundan bir yil oldin muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Jadid” deb nomlangan yangi gazeta tashkil etish tashabbusining ilgari surilishi yurtimiz madaniy, adabiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Nazarimda, o‘shanda bir paytlar ufqlarga botib ketgan jadidlar quyoshi qaytadan bosh ko‘targandek tuyuldi. Shundan so‘ng dunyoga kelgan mazkur gazeta dadil qadamlari bilan qisqa fursatlarda milliy matbuotimizda o‘zining o‘rni va nufuzini egalladi. […]

23.02.2025 | 19:34

img256

JADID KUTUBXONASI