KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
Asosiy
“O‘Z YERNI QO‘YIB…” YOXUD MUSHTARAK MUHOJIRLIK
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkiston hududiga bosqini natijasida minglab mahalliy aholi, jumladan, siyosiy va diniy yetakchilar, jadidlar o‘z vatanlarini tark etishga majbur bo‘ldilar. Ushbu muhojirlik jarayoni bir necha bosqichda kechdi va ularning har biri turli sabablar bilan bog‘liq. Misol uchun, 30-yillarda avj olgan ommaviy qatag‘on siyosati oqibatida minglab ziyolilar, […]
22.02.2025 | 15:50
411
TADQIQ VA TANQID UCHUN TASHAKKUR!
“Jadid” gazetasida teatr mavzusi davom etadi. Ikrom Bo‘riboyevning keng qamrovli “Teatr: u hozir ham ibratxonami?” (2025-yil 3-son) nomli tahlilidan keyin Xurshid Abdurashidning “Sahnadagi malikul kalom: fazilat va kamchiliklar” (2025-yil 6-son) maqolasining berilishi ayni muddao bo‘ldi. Ilmiy ishning publitsistik uslubga o‘girilgan parchasida Alisher Navoiy obrazining o‘zbek teatr sahnasidagi talqinlari tadqiq qilinadi. Obyekt sifatida spektaklning asosi bo‘lmish […]
22.02.2025 | 11:34
494
“UNUTMOG‘IL YANA BU NOMUROD BOBURNI…”
Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk allomalar qatorida Zahiriddin Muhammad Bobur ham nafaqat millatimizning g‘ururi va iftixori, balki butun insoniyat tamadduniga hissa qo‘shgan daho sifatida tilga olinadi. O‘z vaqtida kommunistik mafkura shunday ulug‘ siymoga ham necha asr berida turib tosh otishdan tiyilmadi. Uning buyuk ijodiy merosi esa sinfiy manfaatlar oldida arzimas deb hisoblanardi. Buning aksini […]
21.02.2025 | 09:04
554
EL SHOD, MAMLAKAT OBOD BO‘LAJAK
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy shahrida “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda dunyoning turli hududlaridan, shuningdek, viloyatlar hamda poytaxtda ijod qilayotgan ko‘plab ziyolilar qatnashdi. Ular orasida men ham bor edim. Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro simpozium ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida: “Jahon adabiyoti va tafakkuri tarixida o‘chmas iz qoldirgan Alisher […]
20.02.2025 | 16:48
413
HUDUD BILMAS DAHOLIK
7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Unda Navoiy ijodini o‘rganishni yangi bosqichga ko‘tarish ko‘zda tutilgan. Buning uchun uning merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, asarlarini […]
19.02.2025 | 16:14
401
“JOZIBADOR BU TILNI NIHOYATDA SEVIB QOLDIM…”
Men Ozarbayjonda tug‘ilganman. Tahsilni ham ozarbayjon tilida olganman. 1979-yili O‘zbekistonga kelganimda o‘zbek tilini bilmas edim. To‘g‘ri, bunga qadar ijod bilan shug‘ullanib, ozarbayjon tilida ancha she’rlar bitganman. She’rlarim tez-tez gazeta va jurnallarda chiqib turardi. Lekin o‘shanda kun kelib o‘zim bilmaydigan o‘zga bir tilda ijod qilish xayolimga ham kelmagani rost. Oliy ma’lumotli huquqshunos bo‘lganim sababli, 1979-yilda meni […]
19.02.2025 | 09:27
414
“AL-ISLOH” JURNALI
1914-yilning 14-yanvari (hijriy 1333-yilning 12-rabbiulavvali)dan G.Ya. Yakovlev tipolitografiyasida chiqa boshlagan (1916-18-yillari O. A. Porsev litografiyasida chop etilgan). Muharriri Sayyoh Abdurahmon Sodiq o‘g‘li (Muhammad hoji o‘g‘li Sodiqov 1879-1918) bo‘lgan. “Sayyoh” so‘zi uning ko‘p mamlakatlarni sayohat qilganiga ishoradir. Muharririyat Sayyohning Shayxontohur dahasining Qatorterak guzaridagi hovlisiga joylashadi. Unga “Al-Islox”ni chiqarishda Munavvarqori yaqindan yordam bergan. Jurnal 32 sahifadan iborat […]
18.02.2025 | 16:46
988
Asosiy
“JADIDLAR. TURKISTONGA MAKTUBLAR” TURKUMIDAN
Quyida e’tiborlaringizga bundan yuz yil avval Berlin shahridan O‘zbekistonning davlat rahbari Akmal Ikromov nomiga yo‘llangan ikki maktubni havola qilmoqdamiz. Birinchi xat Abduvahob Is’hoq tomonidan yozilgan. Abduvahob Is’hoq o‘g‘li 1904-yil 10-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mashhur jadid muallimlari Sobirjon Rahimiyning “Rahimiya”, Eshonxo‘ja Xoniyning “Xoniya” maktablarida ibtidoiy, Munavvar qori Abdurashidxonovning “Namuna” maktabida rushdiy (o‘rta) ta’lim olgan. 1917-yil do‘sti […]
18.02.2025 | 12:40
1227
SHAMOLDAN QUVVAT OLIB…
Har bir hudud, har bir makonning obodligi va musaffoligiga kundalik vazifa sifatida e’tibor qaratish – davr talabiga aylanib boryapti. Loqaydlik, boqibeg‘amlik avj olgan joyda tabiatning keskin qasosiga duch kelish mumkin. Shu boisdan ham atrof-muhit muvozanatini saqlashga har birimiz mas’ulmiz. – 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlangan ekan, barchamiz joylarda bu borada amalga […]
18.02.2025 | 09:03
522
DUNYOVIYLIK MOHIYATI VA UNING AHAMIYATI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR
O‘zbekistonning qo‘llab-quvvatlangan tashabbusi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2017-yil sentyabrida o‘tkazilgan 72-sessiyasidagi nutqida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. BMT Bosh Assambleyasining 2018-yil 12-dekabrida o‘tkazilgan 73-sessiyasi 51-yig‘ilishida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi yakdillik bilan qabul qilindi. Unda, jumladan, madaniyatlar va dinlararo munosabatlardagi uyg‘unlikni rag‘batlantirish hamda […]
17.02.2025 | 09:13
1006
Asosiy
“RAQAMLI INQILOB”DAN “YASHIL INQILOB” SARI yoki texnokratlashuvning “malhami” qanday bo‘ladi?
Bugungi kunda dunyo zamonaviy ilm-fan, yangi texnologiyalar va innovatsiyalar tufayli keskin sur’atlarda rivojlanib boryapti. Insoniyat allaqachon virtuallashgan raqamli olamda yashayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kelajakdan qanday umidlarimiz bor, qanday yo‘l tutishimiz kerak, har qanday holatda tanganing ikkinchi tomoni ham bo‘lganidek, insoniyat nimalarni hisobga olib, nelardan ogoh bo‘lishi zarur? Biz shu kabi muhim masalalar yuzasidan O‘zbekiston qishloq […]
16.02.2025 | 11:07
839
MAJLISDAN HAYDALGAN MAJLISIY YOXUD BOBUR BILAN MAJLISIYNING BIR SUHBATIGA DOIR
O‘tmish voqealari, tabarruk tarixiy insonlardan ibrat va saboq olinadi. Har kim ularni o‘z hayotiga tatbiq etib, hayot yo‘lini fayzli, turmush tarzini farovon qiladi. Odatda shoir ahlining o‘zlarini maqtashi, birovlardan ozgina yaxshilik ko‘rsa, ularni madh etishini ko‘pchilik yaxshi biladi. Agar kimdir shoir ko‘ngliga tegsa, hajv nayzasini ko‘tarib, so‘z maydoniga chiqadi va masxara she’rlar tug‘yonida ilhomi qaynaydi. […]
14.02.2025 | 16:12
710
Asosiy
“BOBURNOMA” O‘QIYOTGAN OTABEK
Abdulla Qodiriyning badiiy mahoratini, asarlari umrboqiyligini barcha birdek e’tirof etadi. Zero, bunday epik ko‘lamning yuzaga kelish omillari, betakror poetikaning tub ildizi hamda ta’sirlanish asoslarini kuzatish foydalidir. “Boburning ochuq fikrlik…” asari “O‘tkan kunlar” romanining “Majburiyat” faslida shunday epizod bor: “Kechlik oshni o‘tkazgach, Hasanali o‘z hujrasidan kiyinib chiqdi-da Otabek yonig‘a kirdi. Otabek “Boburnoma” mutolaasi bilan mashg‘ul edi”. […]
14.02.2025 | 12:42
780
“QURB” QAYGACHA YETADI?
Biror narsaga kuch va imkoniyat yo mablag‘ yetishi haqida gap ketganda “Qurbing yetadimi?” deymiz. Xo‘sh, qurb so‘zi asli qanday ma’noga ega? “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da arabcha qurb so‘ziga “yaqinlik, qarindoshlik” ma’nosini anglatadi, deb izoh berilgan. Holbuki, bu so‘zning ma’nosi bizning hozirgi tilimizda butunlay o‘zgarib ketgan. Hatto, “Qurbi qanchaga yetadi?” degan gapni “Puli qancha?” deb tushunamiz. […]
13.02.2025 | 19:00
517
“OG‘ZIGA KELGANNI DEMOQ – NODONNING ISHI”
Xayolga nimalar kelmaydi. “Men shoirman” yoki “falonchiman” deya diliga nima kelsa, she’rga solib yoki sahifalab elga dasturxon qilaverish – nodonlik belgisi. Yosh shoirlar she’rlarida ko‘zga tashlanib turadiki, ularda Xudo haqidagi tushuncha islomiy emas, qaysidir manbalardan olingan qiyshiq, qorishiq, quyushqondan tashqari tushuncha. Masalan, nasroniylarga xos: “Xudo – chormix qilingan 33 yoshli odam” yoki “oppoq soqolli chol”. […]
13.02.2025 | 12:40
1252
INSONNI ULUG‘LAGAN ULUG‘ IJODKOR
Turkiy adabiy tilining asoschisi, turkiy xalqlar adabiyotida yangi maktab yaratgan ulug‘ shoir va insonparvar mutafakkir Alisher Navoiy ijodi hamma zamonlarda adabiyotni o‘z ideali deb biladigan xoslar davrasi uchun o‘qishli va qiziq bo‘lgan. Dunyoda Alisher Navoiy kabi asarlari keng tarqalgan, jahonning deyarli har bir chekkasida kitoblarining nusxalari saqlanayotgan boshqa bir ijodkorni topish qiyin. Navoiy hayotining so‘nggi […]
13.02.2025 | 12:05
771
“TAN RANJIGʻA SHIFO” SHOIR
Butun olam va undagi jarayonlarga munosabat bildirish uchun kishining zehni o‘tkir, quvvayi hofizasi keng va ilm-u zakosi baland bo‘lishi kerak. Bilimdagi sayozlik fikriy chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Fikr aniq bo‘lmagan joyda esa o‘z-o‘zidan xatolar yaraladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning ilm talabi bobida ong-u shuurimizga singishib ketgan quyma misralari bor: Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim. […]
13.02.2025 | 09:11
412
MA’NO OLAMIDAN OLINGAN G‘AZAL
Naqlga ko‘ra, hazrat Navoiy “Ko‘kragimdur subhning pirohanidin chokrok” deb boshlanadigan o‘ta mashhur g‘azalning ilk baytini bir tilanchidan bir qancha oltin bahosiga sotib oladi. Majzub gado shoir eshigiga kelib, bu baytni o‘qib, tilanchilik qilgan ekan. Bu haqda navoiyshunos olim, shoir Mirzo Nasriddin o‘g‘li Boqiy va shoir Sobir Abdulla ajib so‘zlarni yozganlar. Bu naql g‘azalning favqulodda va […]
12.02.2025 | 15:08
1120
SAHNADAGI MALIKUL KALOM: FAZILAT VA KAMCHILIKLAR
O‘zbek dramaturgiyasida Alisher Navoiy obrazining ilk badiiy talqini yaratilganiga 85 yil bo‘ldi. Shu oraliqda Navoiy obrazining o‘ndan ziyod talqinlari paydo bo‘ldi: Vosit Sa’dullaning “Xuroson yulduzi”, Boborahim Omonning “Navoiy birla Husayniy”, Inoyat Maxsumovning “Navoiy Astrobodda”, Shuhrat Rizayevning “Iskandar”, Muhammad Alining “Navoiy va Boyqaro”, Abdulla A’zamning “Dugohi Husayniy”, Omon Muxtorning “Amir Alisherning dardi”, Komil Avazning “Shoh bo‘ldi […]
11.02.2025 | 14:04
482
QO‘RAMTA
Ba’zi shevalarda: “Qo‘ramtani qo‘zg‘ash” degan ibora bor – unutila boshlagan, sovigan janjal yoki bahs-munozarani qaytadan qo‘zg‘ash ma’nosida aytiladi. Ammo “qo‘ramta”ning o‘zi nima? “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “qo‘ramta” so‘ziga shunday ta’rif berilgan: “qo‘ramta – (tarixiy) kamon o‘qlari solib, osib yuriladigan maxsus xalta”. “Этимологический словар тюркских языков” lug‘atida ham “qo‘ramta”ga berilgan izoh shunday. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash […]
10.02.2025 | 10:31
510
“UMIDIM BULDURKIM, UMIDINGG‘A YETG‘AYSEN!”
Tahririyatdan: Darhaqiqat, Germaniyada “Alisher Navoiy fenomeni” deb nomlangan muhtasham asarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonivich Mirziyoyev So‘zboshisi bilan chop etilishi yurtimiz madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Zotan, buyuk bobomiz Alisher Navoiy o‘zining insonparvarlik g‘oyalari, badiiy-falsafiy qarashlari, o‘lmas she’riy asarlari bilan bashariyat tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan malik ul-kalom va mutafakkir sifatida dunyo ahlini tobora […]
09.02.2025 | 17:51
548