KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
XOTIN
“Xotin” deganda biz hozirda “turmushga chiqqan ayol” yoki “er” so‘zining ziddini tushunamiz, “er-xotin” deymiz, ya’ni turmushga chiqmagan qizga nisbatan xotin deyilmaydi. Ayni paytda, “xotin” – juda qadimiy so‘z va u eng qadimgi turkiy yodgorliklarda ham ko‘p uchraydi, shunday obidalardan biri – VIII asrga oid Kultegin toshbitigi, undan bir jumla keltiramiz: “Otam Eltarish xoqon (matnda: “qag‘an”)ni […]
17.03.2025 | 15:00
544
ATAMALAR… “ATALA”GA AYLANMASIN! YOXUD O‘ZLIKNI UNUTISH ASORATLARI
…O‘tgan yil bahorida ko‘chamizga berilgan atama lavhalarini tarqatishganida hamma ajablandi – “Charog‘bon”. Yo‘q, atama mazmun-mohiyatan yaxshi – insonni yorug‘likka undaydi. Ajablanganim, bizning elat asrlarki “Biylar elati” deb yuritiladi. Xon zamonlarida qaysidir bobomiz zimmasiga elga bosh bo‘lmoq – biylik tushgan. Elatdagi qirqdan ortiq xonadon egalarining laqablari ham shu bobomiz tufayli – biy. O‘sha ko‘chada yashaydigan xonadonlarning […]
17.03.2025 | 11:28
697
IBRATDAN IBRAT OLAYLIK
Atoqli ma’rifatparvar Ibrat domla shahar va qishloqlarda ta’lim, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat baravar rivojlansagina millat najot topishi mumkinligi haqida kuyinib yozadi. Shu bois u ushbu maskanlarda madaniyat o‘choqlari, ta’lim muassasalari, turli maishiy inshootlar barpo etilishini orzu qilgan. Men Is’hoqxon Ibratning “Tarixi madaniyat” va “Mezon uz-zamon” asarlarini o‘qib bir xursand bo‘lsam, bir o‘ksiyman. Chunki bu asarlarda […]
17.03.2025 | 09:45
302
MALIKCHO‘L SHOIRI YOXUD SHOIR ODIL HOTAM HAQIDA SOQIY NIMA DEYDI?
Qadim karmanalik tub shoir, jurnalist va muallim Odil Hotamov butun umrida, boshqa hech qayerga qo‘zg‘almasdan, bir yerda muqim yashadi. Bu bilan dunyoda Karmanadan ham go‘zal joy yo‘q demoqchi bo‘ldi. Tuman gazetasini chiqardi. Unga yuragining qo‘rini berdi. Ko‘zining nurini bag‘ishladi. Yosh shoirlarni to‘pladi. Shogirdlar yetishtirdi. Karmanaliklarning dardlarini teng bo‘lishdi. Ularni tinglashdan hech qachon charchamadi. Qiziltepa degan […]
14.03.2025 | 16:00
666
YAPON MAKTABLARIGA KELDI HAVASIM
Aytishlaricha, Yaponiya maktablarida boshqa davlatlarda uchramaydigan qoidalar mavjud ekan. Ular boshqalardan shu jihati bilan ajralib turisharkan. 1. Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 2. Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan uyushtirilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur. 3. Yapon maktablarida yozgi ta’til berilmaydi. 5 haftalik ta’til o‘quv yili davrida beriladi […]
14.03.2025 | 12:40
562
QO‘RG‘ON MUSTAHKAM BO‘LSIN
Oila ming yillardan buyon kishilik jamiyatining asosi va inson hayotining mazmunini tashkil qilib kelmoqda. Odam butun umr oila muhitida yashaydi. Muqaddas kitoblarda ham, mamlakatimiz Bosh Qomusida ham, milliy qadriyatlarimizda ham oilani asrab-avaylash masalasiga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Biroq globallashuv davrida turfa jamiyat va madaniyatlarning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida ming yillik qadriyatlar ham transformatsiyaga uchramoqda. Hozirgi […]
14.03.2025 | 11:24
373
“EGILGAN HAR NIHOLNI TURG‘AZIB QO‘YDIM…”
Bolaning o‘zi tusagan ko‘ngil dunyosi bo‘ladi. Unda oydan baland orzular, adoqsiz orzu-niyatlar kamalakrang gulbarg yozadi. Bolaligimizda adabiyotga mehr, mutolaaga oshnolik qalbimizga kitobning suratini muhrlagan… Darsligimizdagi shoir-yozuvchilarning tarjimayi holini yod olish an’anaga aylanib ketgan kezlar. Zulfiya Isroilova haqidagi saboq meni boshqa olamga yetaklardi. Uning temirchi otasi holatini qayd etgan bitiklari yod bo‘lib ketdi: bosqon tutgan qabariq […]
13.03.2025 | 16:48
289
YUKSAK ORZULAR OG‘USHIDA
Inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, shu yo‘lda astoydil harakat qilsa, albatta, o‘z niyatiga erishar ekan. Men ham o‘n yil deganda nihoyat, Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldim. Prezidentimiz qaroriga binoan ana shunday yuksak mukofot bilan taqdirlanganlar safida o‘zimning ham ism-sharifimni o‘qib quvonchdan ko‘zlarim yoshga to‘ldi, qalbim g‘ururdan entikdi. Ana shu sururli damlarda onajonimning his-hayajonini […]
13.03.2025 | 10:59
316
“DUNYODA TURMOQ UCHUN DUNYOVIY FAN VA ILM LOZIMDUR”
Tayinki, har qanday hushi o‘zida bo‘lgan insonning, hamiyatli va qo‘rqmas qavmning, oq bilan qorani farqlay bilgan elning eng ezgu orzusi erk otlig‘ tansiqdan tansiq ne’matga noil bo‘lmoqdan iborat. Ayniqsa, agar qaramlik, istibdod degan bo‘yinturuqqa shafqat degan tushuncha tamoman begona bo‘lganida, mazkur orzu-armon olovga, alangaga aylanadi. O‘tgan asrning ibtidolarida Turkistonda elning erki ana shunday dahshatli bo‘yinturuq […]
13.03.2025 | 09:19
1458
TEMURIYLAR DAVRI JADIDI
Namozmi yoki niyoz? “Xamsa” – hazrat Navoiydan eng buyuk yodgorlik. Undagi dostonlarda xotin-qizlar timsollari yorqin tasvirlangan, ilm-ma’rifat bobida ularning erkaklardan aslo kam emasligi o‘z ifodasini topgan. Birinchi doston bo‘lmish “Hayrat ul-abror”ning 25-bobi – “Ibrohim Adhamning Ka’bag‘a namoz bila borg‘oni va Robiayi Adviyag‘a Ka’baning niyoz bila kelgani” deb nomlanib, hikoyat keltiriladi. Unda Robia al-Adaviya timsoli yaratilgan. […]
12.03.2025 | 16:42
666
KORRUPSIYA – KELAJAKKA TAHDID
Xabar berilganidek, 5–mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan tilga olingan muhim masalalar korrupsiyaga toqatsiz bo‘lgan har bir yurtdoshimizni befarq qoldirmasligi tabiiy. Qamrov Prezident ma’ruzasining korrupsiya bilan bog‘liq qamrovi shu qadar […]
12.03.2025 | 12:50
522
MUSHUK VA SHUMSHUK
Mushuk so‘ziga shuk so‘zi asos bo‘lgan. Men bu haqda aniq ma’lumotga “Navoiy asarlari lug‘ati”ning 1973-yildagi nashrida duch kelganman. O‘sha manbada shuk so‘zi “pisib, poylab, tikilib yotgan” ma’nolarini anglatadi deb izohlangan. Bunga shumshuk so‘zini ham qiyoslash mumkin. “Shumshayma!” degani “pisib turma” degan ma’noni bildiradi. Gʻayri ulkim, yotibon yo‘lungda shuk,Qormobon qoningni ichkan bir mushuk. (Alisher Navoiyning “Lison […]
12.03.2025 | 11:24
811
“QORONG‘U UFQDAGI TONG YULDUZI”
Tarixdan ma’lum, Chor Rossiyasi dastlab Qrim, Tatariston, Kavkazorti kabi musulmon o‘lkalarini bosib oldi. XIX asrning uchinchi choragiga kelib Qo‘qon xonligi mahv etilib, Buxoro amirligi va Xiva xonligi amalda tobe davlatga aylantirildi. Bu sharmandali mag‘lubiyatga xonliklarning bir-biri bilan ochiqdan ochiq ixtilofi, iqtisodiy, siyosiy, hududiy masalalarda ziddiyatlari, ilm-fan, taraqqiyot bobidagi oqsoqliklari sabab bo‘ldi. Aslan, bunday fojialar ozodlik […]
12.03.2025 | 08:57
446
MAKTUBIM JAVOB ISTAB…
Ushbu yozayotgan xatim tez va oz kunlar ichida yetib borib ma’lum bo‘lg‘aykim, o‘shal shahri azimda o‘ynab-kulib yurgan aziz noibimiz, J.Gʻ.Biyronovga, deb bilgaymiz. Biz, Sizni suyib tanlagan saylovchilaringiz o‘shal o‘zingiz bilgan go‘sha – hamisha ko‘hna va navqiron Cho‘rindi mavzeyida amal-taqal uchma-uch qilib, bu g‘animat hayot ne’matlaridan bahramand bo‘lmoq ilinjida yashab turibmiz. Qadrli J.Gʻ.Biyronov! Siz bilan ilk […]
11.03.2025 | 17:51
361
Asosiy
QOG‘OZLARDA QOLGAN OH-U FARYODLAR
“Ilm o‘rganing, zero u faqirlikda davlat, boylikda ziynatdir” degan hikmat bor. Jadidlar ilm bilan ziynatlangan, ta’lim-tarbiyani hayot-mamot masalasi deb bilgan orif shaxslar edi. Bu safda savdogar-tojirlar ham bor ediki, ularning ko‘zlovi-murodi faqatgina aqcha emas edi. Balki orttirilgan mablag‘ni el-yurtni xat-savodli qilish uchun vosita deb sanashardi. Tijoratning yana bir afzalligi shuki, savdo taqozosi bilan o‘zga yurtlarni […]
11.03.2025 | 14:00
421
OGAHIYNING “QO‘LINI TUTGAN” OQSOQOL
Xorazmda umrini el-yurtning g‘ami bilan yashab kelayotgan yoshullilar juda ko‘p. Bunday odamlar vohaning har bir tumanida, qo‘yingki, har qishlog‘-u mahallasida istagancha topiladi. Xivalik Otanazar aka Pirnazarov ana shunday insonlardan. U kishi tabarruk 81 yoshni qarshilayotgan bo‘lsa-da, hali yoshiga nisbatan ancha tetik, bardam, fikri teran. U umrining 60 yilini davlat ishiga baxsh etdi. Bir joyda, bir […]
10.03.2025 | 15:20
673
“ABADIYLIK TILAMAYMAN BU FANODAN…”
Farg‘onaning qadim qishloqlaridan biri – Dutirda o‘zbekning iste’dodli va kamtarin shoiri Bahodir Iso yashab… o‘tdi. U kishi bilan ilk bor ko‘rishib, suhbatlashgan inson “Nahotki, el og‘ziga tushgan baland she’rlarni shunday sodda odam yozgan bo‘lsa?!” deb hayratlanishi tayin edi.Hamma o‘zining yaxshi tomonini ko‘rsatishga urinadi. Yaxshi odatlarni o‘zlashtirib olish mumkindir, lekin odam ataylab samimiy bo‘la olmaydi. Bahodir […]
10.03.2025 | 10:38
627
“KURASHADI IKKI TO‘LQIN, QARAB TURAYMI!..”
Bugun Ilon Mask haqida eshitmagan kishi kam. “Kim o‘zi u?” degan savolga aksar kishilar “milliarder” deb javob qiladi. Siyosat, ilm-fan, fazo va dasturlash olami yangliklaridan yaxshiroq xabardor kishilar esa uning innovatorligini, ayni paytda AQSh prezidentining eng yaqin maslahatchilaridan biri hamda Hukumat samaradorligi departamenti rahbari ekanini ham aytishi mumkin. Yozishga turtki bergan voqea Ilon Mask borasida […]
10.03.2025 | 09:54
404
“MEN AYOL ZOTIDA BIR JAHON KO‘RDIM…”
Xalqimiz azal-azaldan ayolga ehtiromni kelajakka e’tibor sanab, bu ezgu a’molni hamisha baland tutib, yuksak qadriyat sifatida e’zozlab keladi. Zotan, millatning buyukligi ilm-ma’rifatli ayollarga har jihatdan bog‘liq. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev: “Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini, avvalo, shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi”, deya ta’kidlaganlari bejiz emas. Xotin-qizlarning ma’naviy saviyasi borasida taraqqiyparvar ziyolilar […]
08.03.2025 | 12:18
498
CHO‘LPON NIMA SABABDAN NEMIS TILINI JIDDIY O‘RGANISHGA KIRISHGAN?
Cho‘lponni 1912-yildan boshlab tanigan, 1918-yilning yozidan e’tiboran esa yaqindan bilgan Laziz Azizzoda ham uning rus-tuzem maktabini tugatganligi, otasi yordamida rus va o‘zbek muallim hamda mudarrislari qo‘lida xususiy yo‘l bilan tahsil ko‘rganini aytgan. Nomi yuqorida zikr etilgan Ulfat esa uning rus-tuzem maktabida juda yaxshi o‘qigani, hatto o‘n bir yoshida nemis, o‘n to‘rt yoshida fransuz tillarini binoyidek […]
07.03.2025 | 18:54
532
YER KO‘KARSA – EL KO‘KARADI (MATONATLI BOG‘BON HIKOYASI)
Vahobjon aka va Zebixon opa oilasi ko‘pchilik havas qilgudek to‘kis, o‘zlari bir-biriga munosib juftlik edi. Ro‘zg‘or tashvishlariga ikkisi baravar yelka tutar, bog‘mi, dalami – har yerda birga zahmat chekib, rohatini baham ko‘rardi. To‘ng‘ichi – Nasibaxon uch yoshga to‘lganda, o‘g‘il ko‘rishlari ularni behad quvontirdi. Yaratganga shukronalar aytib, unga Hoshimjon deb ism qo‘yishdi. Hali yoshiga yetmay turib […]
07.03.2025 | 16:30
794