KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
RAQAMLAR OLAMIGA ASIRMAN
Fanlar malikasi hisoblangan matematika hamma sohaga bevosita va bilvosita daxldor. Kimdir matematika bilan boshini og‘ritgisi kelmas, yana birov uni o‘ta qiyin fan deb hisoblar, lekin hech kim undan xoli yashay olmaydi. Chunki hayotimizning o‘zi o‘lchov-u hisob-kitoblardan iborat. O‘n sakkiz ming olam matematik qonunlar bilan sobit turibdi. Uni koinot tili desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. She’rda bo‘g‘inlar soni, […]
25.12.2024 | 09:42
627
ISMIMIZDAN NEGA UYALAMIZ?!
– Ko‘zingizga qaramaysizmi!– O‘zingiz-ku, kelib urilgan!– Ko‘chaning o‘rtasida turasizmi?!– Menga qarang. Ismingiz nima?– “Jorj”. Nima edi?– Mening bir do‘stim bo‘lar edi, Jo‘raqul degan. Shunga o‘xshab ketar ekansiz.– To‘xta-to‘xta. Umaralimisan?! Said Ahmad, Alp Jamol, Ergash Karimov, Elbek Musayev kabi ijodkor adiblarimiz jamiyat hayotida bo‘ladigan ishlarni 40-50 yil oldindan ko‘ra bilgan nazarimda. Bo‘lmasa, hammamizga ma’lum va qancha […]
24.12.2024 | 12:01
478
YOSHLARGA YELKA TUTGAN USTOZ
Bugunning muammolari ko‘p. Lekin ertaning muammolari yanayam ko‘p bo‘ladi. Bu – hayot qonuni. Unga qarshi borib bo‘lmaydi. Biroq yurtimizda fozil jamiyat qurmoqni niyat qilib, shu yo‘lda katta islohotlar boshlagan ekanmiz, yana bir juda oddiy haqiqatni ham tan olishimiz darkor. Ya’ni, ertaning muammolariga biz – bugunning odamlari emas, kelajak avlodlar duch kelishini hisobga olib, yosh avlodni […]
24.12.2024 | 09:27
326
ROMANTIZM
Romantizm XVIII asr oxiri – XIX asrning birinchi yarmida paydo bo‘lgan san’at yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur oqim Germaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib, atama fransuzcha «romantisme» so‘zi orqali MDH mamlakatlariga kirib kelgan. Romantizm tasviriy san’atda, asosan, rangtasvir va grafikada, shuningdek, adabiyot, musiqa va teatr sohalarida o‘z ifodasini topgan. Romantizm yo‘nalishida ijod qilgan rassomlar rasm ustida ishlashda sezgi va […]
23.12.2024 | 17:12
1014
Asosiy
OGʻIR QOGʻOZ ZARGARI
Chinakam ijodkor anchayin bir xatni ham qo‘l uchida yozmaydi. Yozolmaydi. Ijodiy vijdoni bunga yo‘l bermaydi. Qog‘ozga biror nima yozib-chizish lozim bo‘lganda uni hamisha astoydil, bor imkon, tajribasini ishga solib bajaradi. Har qancha tajribakor, har qancha ulkan iste’dod egasi bo‘lmasin, kor-u a’moli shu! Biladiki, ko‘nglining tarjimoni mana shu oq qog‘oz, uni ko‘ngil buyurmagan noshoyista so‘zlar bilan […]
23.12.2024 | 14:58
638
Asqad Muxtorning “Tundaliklar” kitobidan iqtiboslar
Keyingi vaqtda – keksalik, xastalik sabab, judam kamuyqu bo‘lib qoldim. Uyqu qochganda bosh-keti yo‘q, uziq-yuluq o‘y-xayol qalashib kelaverarkan. Shunda tunchiroq ostida turgan daftarga ba’zi tasodifiy fikrlarni yozib qo‘yadigan bo‘ldim.Daftarimni “Tundaliklar” deb atadim. Bu “janr”ning “kundalik”dan farqi shuki, unda xronologik tartibdagi voqealar bo‘lmaydi.Bu gaplar, biri bog‘dan, biri tog‘dan bo‘lsa ham, kimnidir fikri yo sa’y-harakatiga turtki bo‘lishi […]
23.12.2024 | 10:12
1162
Asosiy
Abdulla Oripov izdoshlari
Yurtimizda ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash va o’tgan buyuk ajdodlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomlarida ijod maktablari tashkil qilingan. Bu safar shunday dargohlardan biri – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ijodidan namunalarni hukmingizga havola etmoqdamiz. Bu ijodkorlar ham yosh jihatdan hali kichik bo’lsa-da, she’rlariga o’zgacha, yangi, takrorlanmas tashbehlar topishga erishgan, hatto nasr yo‘nalishida ham izlanishda. Katta […]
22.12.2024 | 14:36
1329
MUSTAFO CHO‘QAYEVNING TURKISTON MUXTORIYATI HAQIDAGI QARASHLARI
Turkiston Muxtoriyati garchi 72 kun faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsad-da, tarixda o‘ziga xos iz qoldirgan hukumatlardan biri sanaladi. Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishi, faoliyati va uning tarixi bilan bog‘liq bahs-munozaralar o‘z davrida, hattoki, hukumat a’zolari va ishtirokchilari hamda keyingi davrlarda turli siyosatchilar, tarixchilar, adabiyotshunoslar va jamiyatshunoslar tomonidan olib borilgan va borilmoqda. Ilmda bahs-munozaralarning ko‘p bo‘lishi ko‘rilgan masalani ochilmagan […]
22.12.2024 | 12:20
1173
Asosiy
O‘TMISHGA OCHILGAN VAQT QOPQASI
Ma’lumot o‘rnida: mash’um qatag‘on yillari O‘zbekiston prokuratura tizimida o‘rtacha to‘qsonta ish o‘rni (shtat) bo‘lgan. Tabiiyki, bu xodimlar orasida sobiq imperiya markazidan biron ishni eplolmay “urilib-surilib” (balki jinoyatini bekitish uchun qochib) kelgan qalang‘i-qasang‘i “mutaxassislar” ham bor edi. Ular tizimdagi o‘zbeklarga doimo ola qarashgan. 1937-38-yillardagi “qirg‘inbarot”ga ham, asosan, mahalliy millat vakillari duchor qilingan. Arxiv hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, […]
21.12.2024 | 16:21
686
“BOBUR”DAN RANG OLGAN “BABURIN”…
Kuni kecha mashhur rus yozuvchisi Ivan Turgenevning “Punin va Baburin” qissasini o‘qib chiqdim. 1874-yilda yozilgan ixchamgina asarda voqealar qadimiy dvoryanlar mulkiga egalik qiluvchi boy pomeshchik ayolning o‘n ikki yoshli nabirasi Petya Baburin va uning do‘sti Punin atrofida sodir bo‘ladi. Aytmoqchi bo‘lganim aslo bu haqda emas. Negadir XIX asrning ikkinchi yarmida rus xalqi orasida keng tarqalgan, […]
21.12.2024 | 11:11
450
AZIM YURTNING AZIZ TUPROGʻI
Vadim YERZIKOV,“Kursiv” biznes nashri bosh muharriri o‘rinbosari: – O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan har qanday millat vakili, albatta, o‘zbek tilini bilishi hamda shu elning an’analarini hurmat qilib, e’zozlashi shart, deb o‘ylayman. Shaxsan o‘zim bu tilni mukammal bilaman. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarni muntazam o‘qib boraman. Shu tariqa yurtimizda kechayotgan islohotlar, yangiliklar va o‘zgarishlardan o‘z vaqtida […]
20.12.2024 | 14:57
513
Asosiy
TARIX TILGA KIRGANDA
Qatag‘on yillarida yurt ozodligi, vatan ravnaqi uchun qattol tuzumning kundasiga bosh qo‘ygan ajdodlarimiz haqida ko‘p bong uramiz. Ammo ularning ko‘pchiligi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotga ega emasmiz. Zotan, sobiq tuzum bunga yo‘l bermasdi. Nihoyat, jadidlar qoldirgan boy ilmiy, adabiy merosni, shuningdek, qatag‘on qurbonlari hayotini o‘rganish imkoni tug‘ildi. Biz kabi olimlar arxiv hujjatlari bilan tanishib, ilmiy izlanishlar olib […]
20.12.2024 | 11:51
639
JAHONGASHTA KASHTALAR
Xalqimiz azaldan qo‘li gul insonlarni boshiga ko‘taradi. Mehnat-u ijod bilan yashagan elimizning qo‘shiqlari, laparlari, allasi-yu termasida hamisha go‘zallik va nafosat, mardlik va tantilik tarannum etilgan. Ertaklarimizda er yigitning hunari sharofati bilan tutqunlikdan xalos bo‘lgani, vafodor kelinchakning o‘z yoriga kashta naqshlari vositasida sirli maktublar yo‘llagani naql qilinadi. Yaqin-yaqingacha bo‘y yetgan qizlarimiz nuroniy momolardan do‘ppido‘zlik, tikish-bichish borasida […]
19.12.2024 | 16:34
565
OCHIQ KO‘Z KO‘RADI, HUSHYOR BO‘LING!
Yaqinda nufuzli teatrlardan birida mutafakkir shoir tavalludiga bag‘ishlangan bayram anjumani o‘tkazildi. Shu kun mening xotiramda o‘chmas iz qoldirdi. Yo‘q, aziz o‘quvchi, bu ibora siz o‘ylaganday doim qo‘llaniladigan ijobiy ma’noda emas, bil’aks, bitmas jarohat izi sifatida ishlatildi. Gap shundaki, anjumanga yig‘ilgan tomoshabin avvalboshdan ko‘zimga olaquroq ko‘rindiki, ularning egni-boshi, ko‘z qarashi, qolaversa, yoshi mutanosib emas edi. Xavotirim […]
19.12.2024 | 14:08
478
FITNA URUGʻI
Shu kunlarda “Jadid”da chiqqan kitobxonlik to‘g‘risidagi bir maqola muhokamalarga sabab bo‘layotgani haqida siz ham eshitgandirsiz. Mutolaaga targ‘ib juda yaxshi ish. Axir, kitob o‘qigan odamdan yomonlik chiqmaydi, degan eskilar. Bu gapda jon bor. Biroq ahli donishlarning kitobni saralab o‘qish joizligi to‘g‘risida aytgan yana ko‘plab fikrlari borki, uni ham o‘rni kelganda eslab o‘tmasak bo‘lmas. Chindan ham kitobni […]
19.12.2024 | 12:58
307
Asosiy
Choʻlponning “Zamona xotini” pyesasini kim asrab qolgan yoxud mozorga bekitilgan asar tarixi
20-yillar matbuoti Choʻlpon oʻnga yaqin pyesa yozganidan xabar beradi. Bularning talayginasi sahnalashtirilgan boʻlsa-da, negadir bir nechtasigina saqlanib qolgan. Toʻgʻri, “Yorqinoy”, nashr etilganligi uchun saqlanib qolgan. Yan tomonidan yozilgan va Choʻlpon oʻzbekchalashtirgan, qayta ishlagan “Hujum” pyesasi ham saqlanib qolgan. “Oʻrtoq Qarshiboyev” komediyasi sahnalashtirilganda matbuotda qizgʻin munozaralarga sabab boʻlgan, afsuski, u ham haligacha topilgani yoʻq. Boshqa asrim […]
19.12.2024 | 12:36
701
O‘ZIMIZNI… O‘ZIMIZDAN QUTQARAYLIK!
Tahririyatdan: gazetamizning 2024-yil 6-dekabr sonida chop etilgan Ikrom Bo‘riboyevning “Hamma o‘qiyapti. O‘qing!” sarlavhali maqolasi yurtdoshlarimiz orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tahririyatga kelayotgan ko‘plab qo‘ng‘iroqlaq va maqolalarda ham unda ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan munosabat bildirilmoqda. Quyida ularning ayrimlarini e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Gazeta bu boradagi barcha fikrlarga ochiq va sizni ham bahs-munozaralarga chorlaymiz. Bu maqolani yozishimga taniqli […]
19.12.2024 | 11:45
289
QADRIYATLARIMIZ QADRI SO‘NMASIN
Tasavvur qiling: uyingizga ancha vaqtdan buyon ko‘rmagan qarindoshingiz yoki do‘stingiz keldi. Qo‘ng‘iroq qilgani yoki “boraman”, deb ogohlantirgani ham yo‘q. Dabdurustdan eshik qoqdi. Iltifot bilan kutib olasiz, hol-ahvol so‘raysiz. O‘z navbatida u ham. Suhbat asnosida mehmonga razm solasiz, uning kayfiyatini bilishga urinasiz. Ichingizda o‘ylaysiz: “Nega keldi? Biror iltimosi bormi? Tinchlikmikan, ishqilib?” Choy uzatasiz, gurungni davom ettirasiz-u, […]
19.12.2024 | 10:02
467
Yuriy Nikulinning “Deyarli jiddiy” kitobidan iqtiboslar
Avtobus haydovchisi yo’l davomida “Hozir mana shu uzun devorni ortda qoldiramiz, shundan soʻng aholisining barchasi ichish va chekishni tashlagan hududni koʻrasiz”, dedi. Biz qiziqish bildirgancha, jonlanib qoldik. Avtobus derazalari tomon intildik. Devor tugadi va shaharning ulkan qabristoniga duch keldik. * * * Baʼzan biror yumushni ertaga qoldirasiz-u, vahimaga tushgancha oʻylanib qolasiz: axir ertaga deyarli bir […]
18.12.2024 | 18:26
661
OGOHLAR OGOHI
Adabiyot katta ma’noda olib qaraganda o‘z ishini bilib qiladi. Unga ko‘rsatma emas, unga madad kerak. Ogahiy, kim topgay erdi sozinazmingdin navo,Bahra gar yo‘qdir Navoiyningnavosidin sango. Ba’zida o‘zini adabiyotga doxil sanaydigan davralarda ham bema’ni bahs-munozaralar bo‘lib turadi. Shulardan bittasi hazrat Ogahiyning buyuk merosidan bir qatragina totinganlarning uni Navoiyga qiyos eta boshlashidan kelib chiqadi. Ogahiyning merosini tadqiqotchilarimiz […]
18.12.2024 | 12:49
663
O‘tkir Hoshimovning «Bahor qaytmaydi» qissasidan iqtiboslar
«Bahor qaytmaydi» qissasi inson umrining va shuhratining boqiy emasligi haqida. Asarda yozuvchi iste’dod ega, biroq uning qadriga yetmagan, ulug’ maqsadlardan mahrum, xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini ijodkorona yoritib beradi. Ana shu ijodkorona tahlil tasvirning tuyg’ularga boyligi va samimiyligi bilan o’quvchilarning qalbiga yo’l topdi, ko’plarni hayajonga soldi. Qissa matnida boshdan-oyoq muallifning o’ta nozik va nafis […]
18.12.2024 | 12:18
8870