KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
Asosiy
NAFASINGDAN GUL-U TUPROQ UYG‘ONAR
O‘tkir RAHMAT BOLAM, QALDIRG‘OCHLAR KELDIMI QAYTIB… Onam betob edi… Tashqari sovuq, Fevralning ayozi izillar betin. Isitma dardiga deyolmasdan yo‘q, Shivirlab so‘rardi volidam sekin: – Bolam, qaldirg‘ochlar keldimi qaytib… Mening javobimni eshitardi jim, Ko‘zlarini yumib, ichdan tortib oh. Negadir bo‘shashib ketardi ko‘nglim, Mungli so‘zlarini eshitib nogoh: – Bolam, qaldirg‘ochlar keldimi qaytib… Kunlar ham og‘rinib o‘tdilar bir-bir, […]
02.07.2024 | 11:48
360
Asosiy
“JADIDLAR BUGUN NIMA QILGAN BO‘LARDI?”
30-iyun – Yoshlar kuni sifatida mamlakatimizda keng miqyosda nishonlanishi an’anaga aylanib ulgurdi. Yana bir jurnalistik an’ana ham borki, muayyan sana yoki ayyom munosabati bilan soha mas’ullarini suhbatga tortib, ularning fikr-mulohazalarini jamoatchilikka yetkazib boramiz. Bugungi mehmonimiz – Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher SA’DULLAYEV. – Alisher Zafarovich, sizni ko‘pchilik eng yosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat boshlagan […]
30.06.2024 | 09:08
982
Asosiy
ODAMIYLIK RUTBASI
Maqtov va hamd-u sano faqat Yaratgan zotga yarashadi. Burungilar aytganidek, inson xatokor va nuqsonlidir. Ammo odam bolasining botinida shunday bir javhar – qalb borki, go‘zal tuyg‘ular va hayratlar makoni o‘laroq u hamisha inson zotining mohiyatiga zeb berib, maqomini yuksaklarga ko‘tarib turadi. O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Og‘abek Sobirov bilan bugungi suhbatimiz ham aynan odamiylik rutbasi-yu […]
30.06.2024 | 00:34
387
“UMUMTURKIY LUG‘AT” YARATILADI
Joriy yilning 24-25-iyun kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asari 950 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada YUNESKO, Turkiy Akademiya, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa qator xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev “Devoni lug‘otit turk” asarini ilmiy doiralar va jamoatchilik tomonidan chuqur […]
29.06.2024 | 23:34
700
“VATAN” SAHIFALARIDA…
Yaqindagina mushtariylarimizga “Vatan” deb nomlangan yangi jurnalning nishona soni chop etilgani haqida xabar bergan edik. Mana, jurnalning ikkinchi soni ham qo‘limizda turibdi. Mazkur nashrdan ham milliy o‘zlik, ona yurtga muhabbat tarannum etilgan, millatimiz o‘tmishi va buguni, so‘nggi yillarda yurtimizda yuz berayotgan islohotlar, bugunning dolzarb masalalari, amalga oshirilishi belgilab olingan, kelgusi rejalar yoritilgan maqolalar, shuningdek, ilmiy-adabiy […]
29.06.2024 | 15:52
458
MAHORAT, JASORAT VA FIDOYILIK MAYDONI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, taniqli yozuvchi va olim Xurshid DO‘STMUHAMMAD bilan suhbat – Xurshid aka, uzoq yillik ijodiy faoliyatingiz jurnalistika bilan chambarchas bog‘liq. Ayting-chi, jurnalist uchun eng muhimi nima? Hadmi, haqiqatmi? Buning qay biri soha faoliyati salohiyatini belgilashda ko‘proq hissa qo‘shadi, jurnalistlik kasbi nufuzini oshiradi? Umuman, jurnalist nimalarni puxta egallashi shart deb hisoblaysiz? […]
28.06.2024 | 23:14
437
MAQOMDA ULUG‘VORLIK MUJASSAM
Bugungi kunda yurtimizda milliy maqom san’atini rivojlantirish va kelajak avlodlarga bekam-u ko‘st yetkazishga katta e’tibor qaratilmoqda. Asrlar davomida ulug‘ shoirlar, olimlar, bastakorlar, hofizlar-u sozandalarning beqiyos mehnati, fidoyiligi, ijodiy tafakkuri tufayli sayqal topib, bizning kunlarimizda ham ijro etib kelinayotgan maqom deb atalmish noyob san’at faqatgina yurtimiz va Sharq mamlakatlarida emas, balki dunyo miqyosida katta e’tibor va […]
27.06.2024 | 18:56
357
“TURK ULUSI XUD MENINGDUR”
Turk navoiyshunosligi uzoq tarixga ega. Ammo adabiyotshunos Abdurahmon Go‘zal tadqiqotlari va uning sa’y-harakatlari natijasida Turkiya Respublikasi Bashkent universiteti huzurida 2022-yil 10-fevralda tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi tadqiqot va targ‘ibot markazi dunyo navoiyshunosligida yangi bir sahifa ochishi shubhasiz. Navoiyshunoslik istiqbolida markazning o‘rni va olimning orifona tahlillari ahamiyatlidir. Abdurahmon Go‘zalning ilmiy faoliyat bobida o‘zbek ijodkorlari va adabiyotshunoslari […]
26.06.2024 | 14:46
388
JADIDLIK: TIL, IMLO VA ALIFBO
Jadid ziyolilari mamlakat madaniy, siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan til, alifbo-imlo masalalari bilan ham jiddiy shug‘ullangan. Yozuv islohoti va o‘zgarishi, bularga doir o‘tkazilgan tadbirlar, anjuman va qurultoylarda faol ishtirok etishgan. Fitrat rahbarligida ish olib borgan “Chig‘atoy gurungi” madaniy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tashkilot sanalgan. 1919-yilning boshida Milliy ishlar komissarligi tomonidan rasman tasdiqlangan. Tashkilot madaniy merosimizni to‘plash, o‘rganish va […]
26.06.2024 | 09:13
1778
TURKISTONDA ISLOM DINI VA MADANIYATI
BIR OG‘IZ SO‘ZXX asr boshlari vaqtli matbuoti rang-barangligi bilan qiziqarlidir. Ulardan ayrimlari juda qisqa umr ko‘rdi. Deylik, 1922-yilda jadidlar tomonidan “Haqiqat” degan jurnal chop etiladi.“Jadid” gazetasining muhtaram o‘quvchilariga A.Xatibzoda ismli muallifning “Haqiqat” jurnalida bosilgan kichik bir maqolasini taqdim etamiz. Maqola o‘tgan ulug‘ allomalarimizni eslash bilan birga jadidona kayfiyat, jamiyatni o‘nglash, haqiqat yo‘lidan adashmaslik, haq so‘zni unutmaslikka […]
25.06.2024 | 08:56
793
BUYUK YOLG‘IZLIK
U ayqirgan asov to‘lqinlarni yaxshi ko‘rardi. Garchi shunday bo‘lsa-da, ertaga baribir dengizni ko‘zi qiyib, Holland yurtini tashlab ketadi… Sxiphol aeroportida uni Berlinga kuzatib qo‘ydim. Qo‘lin siltab, boshin olib ketdi u. Oradan picha vaqt o‘tib, undan qisqagina yozilgan bir maktub oldim. Xatda Keyt Kayzer yurtiga omon-eson yetib borgani to‘g‘risida yozgandi. Ikki oy o‘tib, undan tag‘in bir […]
24.06.2024 | 20:12
541
MATEMATIKA MASALANI HAYOTDAN OLADI
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston Qahramoni, senator, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Shavkat Ayupov bilan matematika sohasidagi izlanishlar, yurtimizda fan va ta’lim tizimida kechayotgan islohotlar borasida suhbatlashdik. Salohiyatli olim operator algebralari, nokommutativ integrallash va kvant ehtimollar nazariyasi bo‘yicha o‘z ilmiy maktabiga ega. U zamonaviy matematika sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Butunjahon fanlar […]
23.06.2024 | 20:47
2003
“TARAQQIY”DAN “JADID”GACHA
O‘zbek matbuoti tarixi jadidlik harakati va jadid ziyolilari nomi bilan tabiiy ravishda bog‘lanadi. Jadidlik ancha chuqur, murakkab, ziddiyatli, ayni damda yangiliklarga, ezgu orzu-niyatlarga, amaliy faoliyatlarga to‘la bir ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ma’rifiy harakatdir. Jadid ziyolilari uchun eski usuldagi maktablarni isloh etish, badiiy adabiyotni yangi o‘zanga solish, teatr sahnasini ibratxonaga aylantirish naqadar muhim bo‘lsa, milliy matbuot tashkili va taraqqiysi […]
22.06.2024 | 20:25
758
Asosiy
TOZA MA’RIFAT SUVI
Bu – Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning 1914-yilda yozilgan “Adabiyot nadur?” degan manifest xarakteridagi maqolasida qo‘llangan ibora. Adabiyotshunos Naim Karimov haqida maqola yozarkanman, ushbu ifodaga duch kelib qoldim va menga nihoyatda yoqdi. Cho‘lpon “Adabiyot nadur?” deb o‘zi qo‘ygan savolga: “qonlarimizga qadar singigan qora balchiqlarni tozalaydurgon, o‘tkur yurak kirlarini yuvadirgon toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug‘ va ravshan […]
22.06.2024 | 19:26
572
“QAYGA BORMAY, BOSHDA DO‘PPIM”
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov: “Qayga bormay boshda do‘ppim, Gʻoz yurarman gerdayib, Olam uzra dong‘i ketgan O‘zbekiston, o‘zbegim!” – deganlarida do‘ppimizni millatimiz timsoli sifatida tasvirlagan. Muhammad Yusuf ham “Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar” deya o‘yga tolgandi. Ayrim blogerlarimiz, san’atkorlarimiz media olamida do‘ppini yana trendga olib chiqarishdi, ammo boshqacha talqinda. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarida Otabekdek zabardast […]
22.06.2024 | 16:12
2158
“MAGAR CHINOR BO‘LSANG, CHINORDEK YASHA…”
Ma’lumki, adabiyotimizning ildizlari eramizdan oldingi asrlarga borib taqaladi. Bu tilda yaratilgan muhtasham nafis so‘z san’ati durdonalari dunyo badiiy tafakkuri xazinasidan o‘zining muhtaram va musallam o‘rnini topgan va jahon ahlining hayrat-u havasiga manba bo‘lib kelmoqda. Bu beqiyos ganjinani tadqiq etish va o‘rganishning qonuniy yo‘sini sifatida tilshunoslik kabi ko‘hna adabiyotshunoslik deyiladigan fan yuzaga kelgan. O‘zbekiston Respublikasi fan […]
21.06.2024 | 20:54
934
DABDABA VA DAHMAZA
Yaqinda instagram tarmog‘ida taniqli blogerning tug‘ilgan kuni nihoyatda dabdabali tarzda nishonlangani haqidagi videolavha tarqaldi. Uning hashamatli xonadoni atrofiga cho‘g‘dek qizil gilamlar to‘shalib, rango-rang chiroqlar bilan bezatilgan. Ajabtovur sahna ham barpo qilingan bo‘lib, mashhur san’atkor u yerda qutlov qo‘shiqlarini xonish qilib turibdi. Yuzdan ortiq odam yig‘ilgan, rang-barang pufaklar, mushakbozlik, kattagina tort va yana allambalo narsalar. Raqs, […]
21.06.2024 | 20:31
408
“QIZ CHIQARGANGA QIRQ YIL TEGMA” yoxud topgani to‘yga buyurgan odamlar…
Andijonda “yuz ochdi” degan marosim bor. To‘yning ertasi kuni yangi kelinning uyidagilari bir guruh qarindoshlari bilan kuyovning xonadoniga kelib mehmon bo‘lishadi. “Bor tovog‘im-kel tovog‘im” qilishadi. O‘rta va katta avlod vakillari yaxshi eslasa kerak, bu marosimda kelinchakning yuziga ro‘mol to‘sib, yangi oila a’zolari oldiga olib chiqishadi. Qaynotasi qo‘liga guruch, un, yog‘ soladi. Kelinchak hovuchidagi masalliqlarni supraga […]
21.06.2024 | 19:14
741
“MEN VATANIMNI, XALQIMNI SEVAMAN!”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari bilan birgalikda poytaxtimizdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan 1-sonli “Muruvvat” internat uyida bo‘lganimizda xayr-saxovat, shafqat va mehr-oqibat kabi tushunchalar millatimizda qadriyat darajasida shakllanib, qon-qonimizga singib ketganiga guvoh bo‘ldik. Gʻoyat muhtasham, yon-atrofi obod va ko‘rkam maskanga kirib borganimizda kun peshindan og‘gan, lekin hali saraton issig‘ining tafti qaytmagan […]
21.06.2024 | 17:59
1131
DO‘PPI BU – QADRIYAT
Odamlarni ovsar, landovur, ahmoq, jinni, qoloq, omi, befarosat, savodsiz qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lishsa, nega boshlariga do‘ppi kiyib olishadi?! Bironta turkning milliy bosh kiyimini kiyib, qiyshanglayotganini ko‘rganmisiz? Men qozoq, qirg‘iz qardoshlarimizning ham bunday qilishganini ko‘rmaganman. Hammasi iste’dodli yigitlar, gap yo‘q, ijod qilishyapti. Ammo nega o‘z millatining bu kabi qiyofasini yaratishga, uni targ‘ib qilishga bunchalar zo‘r berishyapti?! Yigitlar, […]
21.06.2024 | 15:15
668
“MIYA O‘ZGARMAGUNCHA BOSHQA O‘ZGARISHLAR NEGIZ TUTMAS!” yoxud Elbekni o‘zgartirgan tashkilot
Elbek taxallusi bilan tanilgan Mashriq Yunusovning ijodkor sifatida shakllanishi va adabiyot olamiga kirishida Fitrat tomonidan tashkil etilgan “Chig‘atoy gurungi” tashkilotining o‘rni va roli katta. Binobarin, Elbek o‘zining ilk ijod namunalariga “Chig‘atoy gurungi” deya imzo chekkani ham bejiz emas. Ammo keyinchalik, to‘g‘rirog‘i, 1919-yildan boshlab u ustozi Fitratning taklifi bilan o‘ziga Elbek taxallusini oladi. “Gurung” o‘sha davrdagi juda […]
20.06.2024 | 19:31
965