KUTUBXONA
Kalit so'z: Asosiy
Asosiy
AVLONIYNING EVARASI
O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek Milliy akademik drama teatrining yetakchi aktrisasi Gavhar Zokirova bilan suhbatlashar ekanman, tariximizning ochilmagan qirralari ko‘pligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Gavhar opa o‘zining katta bobosi, atoqli ma’rifatparvar, o‘zbek teatrining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy haqida bilganlarini katta hayajon bilan so‘zladi. Yonib turgan ko‘zlari, samimiy nigohlari, to‘lqinli ovozi uning bobosi va u qoldirgan […]
09.06.2024 | 17:49
994
Asosiy
MA’NAVIYAT TANTANASI, ADOLAT G‘ALABASI
Bundan ikki yil burun “Buxoronoma” gazetasida taniqli tarixchi olim Sulaymon Inoyatovning jadid ma’rifatparvari Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev qismati haqidagi maqolasi e’lon qilingan, undagi bir lavha tahririyat xodimlari va ko‘p sonli muxlislar qalbini o‘rtagan edi… Maqolada Usmonxo‘janing farzandi, hozirda xorijda yashab, ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan professor Temur Xo‘jao‘g‘lining Buxoroga tashrifi chog‘ida ota uyida (o‘sha paytlarda bu uy mehmonxonaga aylantirilgan […]
07.06.2024 | 20:35
408
Asosiy
GAZETA MILLATNING TARJIMONIDIR
Umrning mazmunli fursati (sobiq sovet davrining so‘nggi yillaridan hozirga qadar) Alisher Navoiy nomidagi kutubxonaning “Nodir qo‘lyozmalar” bo‘limida, arxivlarda o‘tdi. Manbalar shu qadar mo‘lki, o‘rganilishi, tahlil qilinishi zarurki, unga bir bandaning umri yetmaydi… Har gal gazetalarni varaqlaganda “Sadoyi Farg‘ona” nashri taxlami, klishesi, betakror dizayni, sahifalardagi harflar, maqolalar, bitiklar mag‘zidagi g‘oyalar, ularni qalb qo‘ri bilan yozgan mualliflarning […]
04.06.2024 | 12:29
1020
Asosiy
“VATAN MANZUMASI” VILOYATLARDA
Vatanparvarlik tuyg‘usini yoshlarimiz qalbida yanada kamol toptirish yo‘lida adabiy, ma’naviy-ma’rifiy kechalarning o‘z o‘rni bor. Barcha jabhada yakdillik, maqsadlar mushtarakligi, ezgu ishlar yo‘lida birlashish har birimizning oldimizdagi zaruriy vazifalardan biriga aylanib bormoqda. 2023-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, el-yurt farovonligi uchun safarbarlik, vatanparvarlik, mardlik va jasorat singari ezgu fazilatlar aks ettirilgan “Vatan manzumasi” nomli […]
27.05.2024 | 18:11
607
Asosiy
ERKIN VOHIDOV IJODIGA BAG‘ISHLANGAN ADABIY FESTIVAL QATNASHCHILARIGA
Aziz yurtdoshlar! Muhtaram adiblar, qadrli yoshlarimiz! Avvalo, barchangizni elimizning suyukli farzandi, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning betakror ijodiga bagʻishlangan bugungi festival – oʻziga xos adabiyot va sanʼat bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Maʼlumki, xalqimizning aql-zakovati va azmu shijoati bilan barpo etilayotgan Yangi Oʻzbekistonda milliy adabiyot, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish mamlakatimizda olib borilayotgan davlat […]
24.05.2024 | 11:18
8179
Asosiy
“HAR KISHI ERMEN DEBON ERMU BO‘LUR…”
Ma’lumki, “er” so‘zi nutqimizda “er kishi”, “biror kimsa”, “turmush o‘rtoq”, umuman olganda, ma’lum bir jins vakili ma’nolarida ko‘zga ko‘rinadi. Bugungi kunda mazkur nom asosan o‘rta yoshdagi erkaklarning sifati hisoblanib, yosh yigitlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Biroq ushbu lafzning tarixiy mohiyatiga diqqat qaratsak, uning butun turkiy millatlar fe’l-atvori, turmush tarzi hamda qadriyatlarini o‘zida jamlay olgan ulug‘vor istiloh ekanligiga […]
19.05.2024 | 20:50
490
Asosiy
BOTIR ZOKIROV HAYKALI OCHILDI
Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. – Bugun o‘ziga xos san’at va madaniyat bayrami. Ushbu quvonchli voqea bilan siz, azizlarni, rahmatli Botir Zokirovning yaqinlari va muxlislarini, butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman, – dedi Prezident. San’atkor xotirasini e’zozlash, ijodiy merosini o‘rganish bo‘yicha […]
18.05.2024 | 08:41
929
Asosiy
“Oltin qalam” milliy mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofotining tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tanlov televideniye, radio, bosma nashrlar, internet nashrlari, chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali va boshqa bir qancha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.Marosimda bosma nashrlar yoʻnalishi boʻyicha 1-o‘ringa “Jadid” gazetasi boʻlim mudiri Shoyim Boʻtayev munosib deb topildi.Ushbu nominatsiya bo‘yicha 2-o‘rinni “Narodnoye […]
15.05.2024 | 05:54
400
Asosiy
ULAR BOSHQA YO‘LDAN KETISHDI
Ellikka yaqin jadid bobolarimiz hayotini o‘rgangan va ular haqida turkum eshittirishlar tayyorlagan jurnalist sifatida bilganlarimni sizlarga ham aytib qo‘ymoqchiman. Jadidlarning hammasi o‘z zamonasining boylari bo‘lgan. Ular to‘rtta xotin olishi, haftada emas, har kuni choyxonama-choyxona yurib oshxo‘rlik qilishi, o‘n ming qo‘yini yigirma ming, mingta otini o‘n mingta qilishi mumkin edi. Ammo ular boshqa yo‘ldan ketishdi. Otalari […]
24.04.2024 | 15:23
405
Asosiy
SULAYMON MULKINING MUHRI
Yaqinda maktablardan biriga borgan Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov o‘zini sinfxonaga taklif qilgan mutasaddilarga “darsni buzishga hech kim, hatto hokimning ham haqqi yo‘q” deb aytgan gapi ijtimoiy tarmoqlarda ancha qizg‘in muhokama qilindi. Mas’ul shaxsning maktab, muallim va o‘quvchiga nisbatan bunday hurmati e’tiborga loyiq, albatta. | Bu o‘rinda gap Navoiy shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi haqida ketmoqda. O‘tgan […]
18.04.2024 | 09:43
399
Asosiy
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING YOSH AVLODGA MUROJAATI
Tarixdan ma’lumki, buyuk jadid bobolarimiz o‘z zamonasining fidoyisi, bo‘lg‘usi ozod jamiyatning faol targ‘ibotchisi bo‘lishlari barobarida, yosh avlod uchun ibrat namunasidir. Ana shunday jadidlarning yorqin namoyandasi, shubhasiz, Mahmudxo‘ja Behbudiy sanaladi. Taniqli jadidshunos olim Begali Qosimov o‘z davrida jadid bobomizni shunday tavsiflagan edi: “Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr bo‘sag‘asidagi Turkistonning orzu-armonlaridan biri sifatida maydonga keldi. U o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy […]
18.04.2024 | 09:35
4696
Asosiy
ZAVOLSIZ ISHQ
Yoymachi ko‘klam ramazon oyi arafasida qut-barakotli qor-u yomg‘irlari bilan shitob kirib keldi. Ulug‘ ayyomlar arafasida ma’ruf odamlar bir-birlarini yo‘qlash, hol-ahvol so‘rashish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga moyil bo‘ladilar. Milliy udumlarimiz ham doim odamgarchilikni yodga soladi. Shak yomg‘irlari ushbu insoniy tuyg‘ularni yanada kuchaytiradi. Eshigimda shoir Mahmud Toirning gulduragan tovushi eshitildi. – Diydor g‘animat, deb kelaverdim, Ibrohim aka, aybga buyurmang, […]
18.04.2024 | 08:52
367
Asosiy
Ijod maktablarida “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” fani oʻrniga “Sanʼat” fani kiritish taklif etilmoqda.
Bunda faqat rasm chizish emas, balki rangtasvir, hunarmandchilik, kinematografiya, haykaltaroshlik va dizaynga oid koʻnikmalar oʻrgatiladi.
17.04.2024 | 13:26
424
Asosiy
TURKISTONDAN RUHIY MADAD OLGAN JADID
Jadidlik harakati tarixi haqida so‘z borganda beixtiyor qrimlik Ismoil Gʻasprali tilga olinadi. Ta’kidlash lozimki, Turkistonning uyg‘onish yo‘liga chiqishida Ismoil Gʻasprali tashkil etgan “Tarjimon” (1883-yil 10-aprelda chiqa boshlagan) gazetasining o‘rni katta bo‘ldi. Uning o‘zi 1893 va 1908-yillarda ikki marta Turkistonga sayohat qildi. Ismoil Gʻasprali va uning “Tarjimon” gazetasi Turkiston jadidlari, umuman, butun o‘lkada jadidlik harakatining shakllanishida […]
13.04.2024 | 19:32
458
Asosiy
GULLARGA KO‘MILGAN OQSHOMLAR
21-ASRGA AYTARIM Zamin bekor aylanmas ekan, Vaqt fazoda fitna tugadi. Yulduzlarning gohi-gohida Yer shariga ko‘zi tegadi. Yo‘q, shunchaki nur sochmas quyosh, Tutqun singil – Oy to‘lmas bekor. Tovonimga kirgan tikanning Yupiterda hisoboti bor. Tili bo‘lsa aytsin dengizlar, Esi bo‘lsa tushunsin odam. Yupanch uchun kelmas kunduzlar, Qo‘rquv uchun tug‘ilmas tun ham. Yo‘q, bekorga aylanmaydi Arz, G‘am, […]
12.04.2024 | 13:29
365
Asosiy
JARIDA VA MAJALLA
O‘tgan asrlardagi ulamo va shuarolarimiz tarafidan turli lisonlarda va turli shevalarda jild-jild kitoblar, risolalar va devonlar tasnif va tahrir buyurilgan bo‘lsa ham, asri hozir ulamolari orasida hanuz suyub lazzat va muhabbat ila o‘qugan kishi ko‘rilmagan edi. Durust ba’zi birlari o‘qur va mutolaa ham qilurlar. Lekin, o‘qub bo‘lar bo‘lmas uyning toqchasiga tashlarlar. Andin mutaassir bo‘lmak va […]
10.04.2024 | 18:17
353
Asosiy
BOQIY XAZINA
O‘zbekiston shaharlari azaldan ilm-fan markazi sifatida dong taratishida kutubxonalarning o‘rni katta bo‘lgan. Ayniqsa, IX – XII asrlarda, Amir Temur va Temuriylar davrida mamlakatda ulkan kutubxonalar tashkil etildi, ilm-fan yuksaldi. Keyingi asrlar, xususan, xonliklar davrida ham mintaqadagi yirik shaharlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qonda hukmdorlar saroylarida yirik kutubxonalar faoliyat yuritgan. Sadri Ziyo ma’lumotlariga qaraganda, XX asrning boshida […]
10.04.2024 | 15:58
532
Asosiy
BIR STAKAN SUV (hikoya)
Bir kuni qishloqqa shahardan katta odamlar keldi. Hammani to‘plab, ajoyib majlis o‘tkazdi. Paxtakor so‘zga chiqdi. Cho‘pon gapirdi. O‘rmonchi so‘z oldi. Mexanizator va zootexnik ham qatordan qolmadi. Shahardan kelgan hurmatli o‘rtoqlardan biri dedi: – Negadir suvchilardan vakil ko‘rinmaydi. Nahotki shunday katta qishloqda bironta ham ilg‘or suvchi topilmasa? Nega endi ilg‘or suvchi topilmas ekan? Albatta, topiladi. Hozir […]
09.04.2024 | 11:05
864