KUTUBXONA
Kalit so'z: Asosiy
Asosiy
O‘ZBEKISTON VA QIRGʻIZISTON KO‘P QIRRALI HAMKORLIGIDA YANGI DAVR BOSHLANMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga 18-iyul kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi. Qo‘shnisiga yaxshilik sog‘inib, hamisha tinch bo‘lishini tilagan, yutug‘idan quvonadigan […]
22.07.2024 | 14:14
398
Asosiy
MAQOM – RUH OZIG‘I
Keyingi vaqtlarda yurtimizda milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilyapti. Asrlar davomida ne-ne atoqli nozimlar, olimlar-u hofizlar, sozandalar-u navozandalarning sermashaqqat mehnati, ijodiy tafakkuri tufayli ravnaq topib, bizning davrimizda ham ijro etib kelinayotgan bu noyob san’at faqatgina yurtimiz va mintaqa mamlakatlarida emas, balki dunyo qamrovida ham katta […]
21.07.2024 | 18:40
772
Asosiy
ADABIY DO‘STLIGIMIZ RAMZI EDI
Bir yigit qirq yilda bino bo‘ladi, deyishadi. Chin olim kamoloti uchun ham shuncha vaqt zarur. Olimning martabasini uning yozgan kitoblari, xolis dunyoqarashi, haqqoniy talqinlari, hamkasblarining e’tirofi belgilab beradi. Nazarimda, ozarbayjonlik atoqli adabiyotshunos va tarjimon Ramiz Asqar turkiyshunos olimlar orasida ana shunday yuksak martaba qozona olgan zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning ozarbayjon va boshqa qardosh xalqlar adabiyoti […]
21.07.2024 | 15:54
542
Asosiy
“BIZNING ISMIMIZ – O‘ZBEKISTONLIK!”
Bundan bir asr avval, aniqrog‘i, 1922-yilda jadid yetakchilarining tashabbusi va homiyligida 70 nafar turkistonlik talaba Germaniyaga o‘qishga yuborilgan edi. Ularning keyingi taqdiri haqida ko‘plab maqolalar, badiiy asarlar, filmlar yaratilganki, biz bu xususda ko‘p to‘xtalmoqchi emasmiz. Bugun biz ayni paytda olis nemis diyorida ta’lim olayotgan, tadqiqot va amaliy izlanishlar olib borayotgan yoshlarimiz haqida, Prezidentimiz va davlatimiz […]
20.07.2024 | 13:33
423
Asosiy
MEN KO‘RGAN BIR TARIX KITOBI
Bundan ko‘p yillar avval, yanglishmasam, o‘tgan asrning 80-yillari qandaydir ish bilan Toshkentdagi bir shifoxonaga borib qoldim. Shifokor qabulida uzundan uzun navbat kutayotgan odamlar orasida o‘ttiz yoshlar chamasidagi horg‘in, eti suyagiga yopishgan, rangpar ayol bilan izma-iz navbatda turdik. Olis qishloqdan shaharga najot izlab kelgan bu ayol o‘ng qo‘lida kasalmand bolasini, chap qo‘lida bir jild kitob hajmidagi […]
15.07.2024 | 17:34
612
Asosiy
QISMATI O‘ZIDAN OG‘IR KITOBLAR
Har tirik jon kabi dil siyohi bilan yozilgan kitoblarning ham quvonchli-yu ayanchli taqdiri bo‘ladi. Kitobxonning sirdosh va dildoshi, ko‘ngil mulki maqomiga ko‘tarilgan asarlar asrlardan asrlarga o‘tib yashaydi, necha-necha avlodlar qalbini ilm nuri bilan yoritadi. Yana shunday asarlar bo‘ladiki, ular zamiridagi chin haqiqat adolat mash’ali yanglig‘ porlab, zolimlar, bosqinchilar, firibgar-u fitnakorlarning ko‘ngliga qo‘rquv soladi. Kitobshunos, adab ilmiga […]
09.07.2024 | 20:54
727
Asosiy
NAFASINGDAN GUL-U TUPROQ UYG‘ONAR
BOLAM, QALDIRG‘OCHLAR KELDIMI QAYTIB… Onam betob edi… Tashqari sovuq, Fevralning ayozi izillar betin. Isitma dardiga deyolmasdan yo‘q, Shivirlab so‘rardi volidam sekin: – Bolam, qaldirg‘ochlar keldimi qaytib… Mening javobimni eshitardi jim, Ko‘zlarini yumib, ichdan tortib oh. Negadir bo‘shashib ketardi ko‘nglim, Mungli so‘zlarini eshitib nogoh: – Bolam, qaldirg‘ochlar keldimi qaytib… Kunlar ham og‘rinib o‘tdilar bir-bir, Shiftga tikilgandan […]
08.07.2024 | 00:30
357
Asosiy
NAVOIY KO‘PRIGI
Alisher Navoiy hayotining eng katta qismini bashariyatni maqsud manziliga yetkazuvchi o‘ziga xos ma’naviy ko‘prik qurishga sarflagani uning betakror asarlarida asrlar osha o‘zini namoyon etib kelmoqda. Hazrat Navoiyning ushbu ma’naviy ko‘prigi butun insoniyatni ruhan bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Shu jihatdan olib qaraganda, Alisher Navoiy merosini butun boshli dorulfununga qiyoslash mumkin. Bu dorulfunundan saboq olgan kishi bir […]
06.07.2024 | 14:01
784
Asosiy
“GO‘ZAL CHO‘LPON EDIM…”
O‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi otashnafas shoir, nozikta’b nosir, mohir tarjimon Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon asarlarini o‘qimagan kitobxon bugun yurtimizda kam topilsa kerak. Haqiqat egiladi, bukiladi, ammo sinmaydi, deganlaridek, bir qator o‘zbek ziyolilari – shoir va yozuvchilar, olim va ma’rifatparvarlar o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillari oxiri va elliginchi yillar boshida qamoqqa tashlandi. Ularning ko‘pi, xususan, o‘ttiz yettinchi […]
06.07.2024 | 10:54
594
Asosiy
Abbosbek Fayzullayev Olimpiya terma jamoasi safiga qo‘shilishi ma‘lum bo‘ldi
Xabarga ko‘ra, “SSKA” yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 11-iyul kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘iniga jo‘nab ketadi. Bu haqda u jurnalistlarga ma’lum qildi. “Biz kelishib oldik, 11-iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasi joylashgan joyga uchib boraman, bizning maqsadimiz – medallar bilan qaytish. Biz uzoq gaplashmadik, bu hayotda bir marta sodir bo‘lishi […]
05.07.2024 | 11:28
321
Asosiy
Oʻzbekiston OTMlari uchun kasbiy va ijodiy imtihonlar 5–19-iyul kunlari oʻtkaziladi
2024/2025-yilgi mavsumda Oʻzbekistondagi oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkazilishi belgilanib, dastlab kasbiy, ijodiy imtihonlar 5–19-iyul kunlari oʻtkazilishi tasdiqlandi. Bu yil ham abituriyentlar kirish imtihonlarining yakuniy natijalari chiqqandan soʻng mutaxassislik fanlariga mos 5 tagacha yoʻnalishni tanlash imkoniyatiga ega boʻladi. Buning uchun ularga test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun muhlat beriladi. Ushbu […]
04.07.2024 | 15:57
524
Asosiy
Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariyatiga taʼziya yoʻlladi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida sodir boʻlgan fojia oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yoʻlladi. Davlat rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi. Eslatib oʻtamiz, shtatning Hatras okrugida diniy yigʻin oʻtkazilib, […]
04.07.2024 | 11:55
442
Asosiy
KAMBAG‘AL BO‘LSANG… O‘LIB KO‘R!
…Tong saharda yarim ochiq derazamdan noxush xabar bostirib kirdi – mahalla chorlovchisi (Ismi Ollabergan bo‘lgan bu bandaga “Levitan” laqabi necha yilki chippa yopishgan – sabab u mahalla ahlini to‘y-u azalarga chorlaydi. Ovozi o‘sha mashhur suxandonga o‘xshash keladi) ovoz kuchaytirgichda janozaga aytardi: “Janoza! Soat o‘n ikkiga! Arab ovulidagi usta Jabborberdi qaytish bo‘ldi!” O‘n yillar oldin avtohalokatda olgan […]
02.07.2024 | 17:21
1340
Asosiy
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining rasmiy madhiyasi e’lon qilindi
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” shiori ostida futbol bo’yicha olimpiya terma jamoasiga rasmiy madhiya yaratildi. Mamlakatimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritgan futbol bo’yicha terma jamoamiz aynan shu shior ostida Parij-2024 maydonlarida bellashadi, deyiladi xabarda. Barcha telekanallar va internet kengliklarida namoyish qilinadigan mazkur videokontent orqali #qonimdagalaba xalqaro chellenjida ishtirok […]
02.07.2024 | 16:26
592
Asosiy
NAFASINGDAN GUL-U TUPROQ UYG‘ONAR
O‘tkir RAHMAT BOLAM, QALDIRG‘OCHLAR KELDIMI QAYTIB… Onam betob edi… Tashqari sovuq, Fevralning ayozi izillar betin. Isitma dardiga deyolmasdan yo‘q, Shivirlab so‘rardi volidam sekin: – Bolam, qaldirg‘ochlar keldimi qaytib… Mening javobimni eshitardi jim, Ko‘zlarini yumib, ichdan tortib oh. Negadir bo‘shashib ketardi ko‘nglim, Mungli so‘zlarini eshitib nogoh: – Bolam, qaldirg‘ochlar keldimi qaytib… Kunlar ham og‘rinib o‘tdilar bir-bir, […]
02.07.2024 | 11:48
360
Asosiy
“JADIDLAR BUGUN NIMA QILGAN BO‘LARDI?”
30-iyun – Yoshlar kuni sifatida mamlakatimizda keng miqyosda nishonlanishi an’anaga aylanib ulgurdi. Yana bir jurnalistik an’ana ham borki, muayyan sana yoki ayyom munosabati bilan soha mas’ullarini suhbatga tortib, ularning fikr-mulohazalarini jamoatchilikka yetkazib boramiz. Bugungi mehmonimiz – Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher SA’DULLAYEV. – Alisher Zafarovich, sizni ko‘pchilik eng yosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat boshlagan […]
30.06.2024 | 09:08
981
Asosiy
ODAMIYLIK RUTBASI
Maqtov va hamd-u sano faqat Yaratgan zotga yarashadi. Burungilar aytganidek, inson xatokor va nuqsonlidir. Ammo odam bolasining botinida shunday bir javhar – qalb borki, go‘zal tuyg‘ular va hayratlar makoni o‘laroq u hamisha inson zotining mohiyatiga zeb berib, maqomini yuksaklarga ko‘tarib turadi. O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Og‘abek Sobirov bilan bugungi suhbatimiz ham aynan odamiylik rutbasi-yu […]
30.06.2024 | 00:34
387
Asosiy
TOZA MA’RIFAT SUVI
Bu – Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning 1914-yilda yozilgan “Adabiyot nadur?” degan manifest xarakteridagi maqolasida qo‘llangan ibora. Adabiyotshunos Naim Karimov haqida maqola yozarkanman, ushbu ifodaga duch kelib qoldim va menga nihoyatda yoqdi. Cho‘lpon “Adabiyot nadur?” deb o‘zi qo‘ygan savolga: “qonlarimizga qadar singigan qora balchiqlarni tozalaydurgon, o‘tkur yurak kirlarini yuvadirgon toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug‘ va ravshan […]
22.06.2024 | 19:26
572
Asosiy
MEHRNING HAM ME’YORI BOR
Feruza ABDUMAJIDOVA, oliy toifali bolalar shifokori: – Feruza opa, bir suhbatimizda bolalar orasida yuqumli kasalliklar ko‘pligi, shifoxonalar bemorlar bilan to‘lib-toshgani haqida gapirgandingiz. Afsuski, sog‘liq muammosi bugun hech kimni chetlab o‘tmayapti. Bilamizki, yaqin o‘tmishda umrida shifokorga ishi tushmagan odamlar bo‘lgan. Bolalar ariqlardan suv ichib, non oqizib yegan. Hozir suvni qaynatib ichirsak ham, har qancha avaylasak ham, […]
20.06.2024 | 10:57
324
Asosiy
XIRA TORTMAGAN UFQ
Yaponiyada bor-yo‘g‘i ikki soat bo‘lib qaytgan kishi safar taassurotlarini kamida ikki yil tinimsiz gapirishi mumkin ekan. Bu mamlakatda ikki oy bo‘lgan odamning hikoyalari ikki haftaga cho‘ziladi. Kunchiqar yurtda ikki yil yashagan, mamlakatni u boshidan bu boshigacha kezib chiqqan kishining hikoyalari esa ikki soatga ham yetmaydi, deyishadi. Chunki u gapni nimadan, qaysi moʻjizadan boshlashni bilmay qiynalib […]
14.06.2024 | 08:58
486
Asosiy
SIZGA BERILGAN IMKONNI ASRANG!
Inson yoshi ulg‘aygan sari boshidan o‘tgan kunlar, voqea-hodisalarga xayolan bir-bir nazar tashlaydi. Biz kabi mo‘ysafidlar mustabid sovet tuzumining barcha ko‘rgiliklarini ko‘rdik, o‘sha adolatsiz muhitda yashadik, ishladik. O‘tgan kunlarimiz, tabiiyki, ortga qaytmaydi, o‘tmishga evriladi. Biz esa undan taqqoslar asosida mantiqiy xulosa chiqaramiz, kelajagimiz uchun fikr yuritamiz. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz debochasiga shaxsan Prezidentimizning taklifiga ko‘ra, uch ming yillik […]
10.06.2024 | 21:49
439