KUTUBXONA
Muallif: admin
HAR KUNIMIZ NAVRO‘ZDEK GO‘ZAL, NAVRO‘ZDEK FAYZLI VA MAZMUNLI BO‘LSIN
21-mart kuni poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida Navro‘z bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi. Adirlarda, baxmal qirlarda bahor shukuhi kezishi bilan uning ortidan inson ruhiyati va qalbini jo‘sh urdirib, Navro‘zi olam kirib keldi. Bu yilgi yasharish fasli – bahor ham ma’rifatli jamiyat qurishdek ulug‘ maqsadlarga hamohang bo‘lmoqda. Ko‘ngillar xayrli amallardan bahra olayotgan har bir kunda inson qalbi bayramona […]
13.04.2024 | 16:22
293
HAR BAHORDA SHU BO‘LAR TAKROR…
Ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat, saxovat va muruvvat, bunyodkorlik va olijanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar eng qadimiy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z timsolida asrlar davomida ulug‘lanib, sayqal topib kelmoqda. Shavkat MIRZIYOYEV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Navro‘z” – yangi kun demakdir. Buni ko‘pchilik yaxshi biladi. Yangi kunda fasllar almashib, o‘t-o‘lanlar jonlanadi; dehqon ezgulik dalasi – otiziga umid urug‘ini ekadi; […]
13.04.2024 | 16:09
399
“QADAMING QUTLUG‘ BO‘LSIN, “VATAN”!”
Keyingi yillarda mamlakatimiz madaniy hayotida ko‘plab e’tiborga molik voqealar ro‘y beryapti. Yaqinda yurtimizda “Vatan” deb nomlangan yangi jurnalning nishona soni nashrdan chiqarilgani ham shundan dalolat beradi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining sa’y-harakati bilan dunyoga kelgan mazkur nashrdan milliy o‘zlik, ona yurtga muhabbat tarannum etilgan maqolalar, hikoya va she’rlar o‘rin olgan. Uning ilk sahifasi qardosh ozar shoiri […]
13.04.2024 | 16:01
268
JALG‘IZTEREK TIRGAGI
Zulfiya Turdimurodova Eshjon do‘kondor bilan Anifa muallimaning erka qizi edi. U Mo‘ynoq tumanidagi Qorajar ovulida tug‘ilgan. 16 yoshida maktabni tugatdi. O‘qigan maktabida kuni uzaytirilgan guruhga ustoz kerak bo‘lib qoldi va direktor a’lochi o‘quvchisi bo‘lgan Zulfiyani ishga qabul qildi. Oliy o‘quv yurtida sirtdan o‘qishni orzulayotgan qizga bu qo‘l keldi. Chunki sirtqi bo‘limga o‘qishga kirish uchun bir […]
13.04.2024 | 15:57
295
TURKISTON HURRIYATI YO‘LIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muslimbek Alijonovning “Turkiston hurriyati yo‘lida” deb nomlangan kitobi chop etildi. Kitob mundarijasi 1929- 1939-yillar orasida Fransiyaning Parij shahrida nashr etilgan “Yosh Turkiston” jurnalidan olingan iqtiboslar va muallifning fikr-mulohazalari, izohlari bilan boyitilgan. Muallif uch tayanchi, uch atoqli shaxs […]
13.04.2024 | 15:54
557
GULLAGAN KAKTUS
Bir ayolning xonadonida ko‘p yillik kaktus ilk bor gulladi. “Ajabo, – deb o‘yladi ayol ko‘kish gulchalarga tikilib, – jahldor ayolning kaktusi gullamaydi, deyishardi…” Kaktusi haqida o‘ylagancha tiqilinch metroda ketar ekan, u bir erkakning oyog‘ini behos bosib oldi va tanbehga javoban doimgidek: “Shunchalar ta’bi nozik ekansiz, marhamat qilib taksida yuring!”, – deb o‘shqirmadi. Aksincha, muloyimlik bilan, “kechirasiz, […]
13.04.2024 | 15:49
440
MASH’UM DAVR MAZLUMALARI
Har bir millat va elatning o‘z tarixi bor. Tarix zamirida esa, milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘usi mujassam. Sir emaski, mustabid tuzum davrida xalqimizning ana shu muqaddas tuyg‘usi toptaldi, tariximizni xolis o‘rganishga yo‘l berilmadi, milliy va diniy qadriyatlarimiz oyoqosti qilindi. Oktyabr to‘ntarishi oqibatida Turkistonda zo‘rlik bilan o‘rnatilgan sovetlar tuzumi o‘z hukmronligining dastlabki […]
13.04.2024 | 15:47
473
“XURSHID” MUSHTARILARINA OCHIQ MAKTUB
1906-1908-yillar orasida biri-birining davomi bo‘la oladigan “Taraqqiy”, “Xurshid”,“Shuhrat” va “Osiyo” nomli to‘rt nashr paydo bo‘ldi. Ismoil G‘asprali “Xurshid”ni “sof milliy” gazeta deb atadi. Gazeta “tili”ni boshqalarga o‘rnak sifatida ko‘rsatish maqsadida unda bosilgan ayrim maqolalarni o‘zining “Tarjimon”ida qayta nashr qildi. “Xurshid” gazetasi yopilguniga qadar “Tarjimon” bilan hamkorlik qildi. Afsuski, yuqorida tilga olingan to‘rtala gazeta ham juda […]
13.04.2024 | 15:41
674
KITOB HAYOTNI BEZAYDI
Xalqimiz azaldan savob ishlar qilishni o‘tkinchi umrning mazmuni, deb bilgan. Darhaqiqat, maktablar qurish, yo‘llarni sozlash, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishdek xayrli yumushlar inson hayotini bezaydi. Ayniqsa, muqaddas ro‘zai ramazon oyida ezgulik yo‘lida nafsni jilovlash ruhiyatimizga yengillik, qalbimizga quvonch bag‘ishlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik […]
13.04.2024 | 15:35
423
KELINOYIMI, YANGAMI YO CHECHA?
Ba’zi lahjalarda, ko‘proq Farg‘ona vodiysi va Toshkent shevalarida, akaning xotiniga nisbatan “kelinoyi” yoki qisqartirib “kennoyi” deb, boshqa hududlarda “yanga” yoki “checha” deb murojaat qilinadi. Shuningdek, mahalliy so‘zlashuvlarda ularning turli (jengge, yengge, yengebiye, cheche, sheshe, gelimbiyi va hokazo) ko‘rinishlari mavjud. Ma’nodosh so‘zlarning ko‘pligi tilimiz boyligidir va ularni asrab-avaylash joiz. Ammo oynai jahon va radio, matbuot va […]
13.04.2024 | 15:24
977
O‘ZBEKISTONNING “YUMSHOQ KUCH”I
2016-yil prezidentlik lavozimiga kelgan Shavkat Mirziyoyevning islohotlari natijasida tarixiy Turkiston jug‘rofiy mintaqasining yuragidan joy olgan O‘zbekiston nomi tez-tez tilga olinmoqda. Bu holat ushbu mamlakat o‘zining muazzam ta’sir imkoniyatlarini anglab yetgani va ularni namoyish eta boshlagani bilan izohlanadi. “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi bilan muhim yangilanish jarayonini boshlab bergan Shavkat Mirziyoyev siyosati allaqachon olimlarning tadqiqot mavzusiga aylanib ulgurdi. […]
13.04.2024 | 15:21
705
KO‘KLAM KELADIR
Ko‘klam oyim yo‘lg‘a chiqqan, ko‘klam oyim qo‘zg‘alg‘an; Ko‘k ko‘ylakning bitishiga uncha ko‘p ham qolmag‘an! Tiniq havo… ko‘k yuzida oppoq, harir pardadek Oq bulutlar, unda-munda yoyilg‘anlar parishon. Shu’lalarning aksi bilan yiltillagan ignadek, Kun tig‘lari, qarashlarg‘a o‘tkur-o‘tkur sanchilg‘an… Qip-yalang‘och daraxtlar ham quchoq ochib, ko‘z tutib, Ko‘k ko‘ylakning bitishini chidamasdan kutalar. Qarg‘alar ham qishda qilg‘an gunohlarni unutib, Uzr […]
13.04.2024 | 15:14
324
VAQT MUSRIFLARI
Bolalaligimizdan “Nonni isrof qilma!”, degan pandni deyarli har kuni eshitganmiz va u qon-qonimizga singib ketgan. Yerga tushib yotgan urvoqni ko‘rsak, bir chetga olib qo‘ymasdan o‘tib ketolmaymiz. Lekin nondan boshqa narsalarning uvoliga ko‘pda e’tibor qilmaymiz. Ayniqsa, Vaqtning. Afsuski, dunyoda eng ko‘p isrof bo‘layotgan narsa bu Vaqtdir. Vaqt nomoddiy, uni qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Shu […]
13.04.2024 | 14:59
351
OLMOS OPANING QUVONCHI
Atoqli shoir Gʻafur Gʻulom qiziga bag‘ishlagan bir she’rida: “Qiz degan ko‘ngilning qonidan bo‘lur”, deb yozgan edi. Darhaqiqat, Olmos opa dadasining shu ehtiromli ta’rifiga mos farzanddir. Olmos opa otasi haqidagi xotiralarida shunday yozadi: “Men dadamning ulug‘ kitobsevar olim, faylasuf, mutafakkir ekanlarini juda yaxshi bilar va bundan g‘ururlanar edim. Dadam biror she’rida kitobni oftobga qofiya qilganmi-yo‘qmi bilmayman, lekin […]
13.04.2024 | 14:55
430
KOINOT QUDUG‘I
Iskandarning shoxi borligini bilib qolgan sartarosh ichida saqlay olmay, bu sirni kimsasiz sahrodagi quduqqa aytdi. Shu bilan yengil tortib, undan qutuldim, deb o‘yladi. Ammo unday bo‘lmadi. Quduqdan qamish o‘sib chiqdi. Shu o‘rtada suruvini oldiga solib yurgan cho‘pon qamishni kesib, nay yasadi. Uni chalganida “Iskandarning shoxi bor”, degan sado chiqdi. Sartarosh ham, cho‘pon ham bunday choqda […]
13.04.2024 | 14:52
405
TABIATNING XATOSI
Yo‘q, isitmam yo‘q, do‘xtir. Qo‘ltig‘imga muzdey o‘lchagichingni tiqib, qitig‘imni qo‘zitib o‘tirma. Davleniyangiz bormi, deysanmi? Shunaqa tuzi past savollarga opoqdadam rahmatli: “Davleniya jonivor beva kirpidayam bo‘ladi. Faqat o‘lchashni yo‘lini qilsang bas”, deb qo‘yardi. Shu zamonda qon bosimi oshmaydigan odam borakanmi? To‘xta, xapdoringni qo‘yip tur. Oldin dardimni eshit. Ertaman yaxshi niyatda qo‘y bozorga ketyotuvdim. Ha-da, bugun Ultarmada […]
13.04.2024 | 14:48
283
ER YIGITNING NOMUSI MILLATINI UYG‘OTAR!
“Barchamiz, eng avvalo, Vatan himoyachisi, tinchlik posboni bo‘lishimiz zarur”. Mamlakatimiz Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning ushbu so‘zlari kuni kecha poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida ilk namoyishi bo‘lib o‘tgan “Vatan manzumasi” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy kechaning bosh g‘oyasini tashkil qiladi. O‘tgan yildan boshlab mazkur adabiy-ma’rifiy dasturning keng miqyosda namoyish etilayotgani xalqimiz hayotida o‘ziga xos […]
13.04.2024 | 14:44
359
AYOL SHAʼNI
Eng avval Onaga – ayolga taʼzim, Taʼzimdir mushtipar opa-singilga. Bosgan izi asli – yurt xaritasi, Taʼzim boʻlsin yorga, darddosh koʻngilga. “Vatanni sevaman” degan izhorni Aytmasdan, jim yurish mumkindir, illo. Lek aziz ayolga bir dasta gulday, “Sevaman!” soʻzini aytmaslik gunoh! Ana shu ayolning koʻksidagi nur, Bu sovuq olamni sirga oʻragan. Oʻzidan zerikkan, kulgusi salqi, Bemurod dunyoning […]
13.04.2024 | 14:41
384
CHOʻYAN PECHKADAN XALQCHIL KUTUBXONAGACHA
Dima Qayum – bir soʻzli, chapani yigit. Uni jilovlash qiyin, boʻysundirish mahol. Uni ijtimoiy tarmoqlarda deyarli hamma taniydi. Chunki koʻp bora kun qahramoniga aylangan. Ha, nega “Dima” deysizmi? Oʻzining aytishicha, bozordagi rusiyzabonlar yo tili kelishmay, yo erkalatib bolaligida shunaqa ot qoʻyib chaqirishgan. Shu-shu, ijtimoiy tarmoqlarda ham bu nom taxallusga aylanib ketdi. Asli ismi Dilshodjon Boltaboyev […]
13.04.2024 | 14:35
251
GULMISIZ, RAYHONMISIZ?
Yozuvchi Surayyo Zoyirning “Gullar tirikchilik uchun yashamas, gullar tiriklik uchun yashaydi”, degan satrlari bor. Har gal gul bozoridan o‘tganimda shu satrlar beixtiyor tilimda aylanadi. Darhaqiqat, tirikchilik uchun bo‘lsa-da, rastalarga olib chiqilgan gul, chechaklarda dilbar hayot ramzi mujassam. Darvoqe, gul bozori… Hamisha qizg‘in, hamisha xaridorgir… Axir, biror bayram yo‘qki, gulsiz o‘tsa. Gullar bayramlarimizning go‘zal timsoli, ko‘ngildan […]
13.04.2024 | 14:31
491
AYOL SURATIGA CHIZGILAR
Ayol kim, uning nafosati, jozibasi, go‘zalligi qanday mezonlar asosida baholanadi? Bu sifatlar faqat ularning tashqi ko‘rinishi bilan belgilanadimi? Albatta, yo‘q. Ayollik tarovati avvalo, uning ma’naviyati, ichki dunyosi, go‘zal ruhiyati, xulq-atvori va axloqining to‘kisligi bilan o‘lchanadi. Xo‘sh, shu ma’noda, o‘zbek ayolining kechagi va bugungi qiyofasi qay ko‘rinishda? Ma’lumki, qadimdan Sharq ayoli o‘zini tutishidan tortib, husn-u jamoli-yu, […]
13.04.2024 | 14:28
700