Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

BAYT ZIYORATI

Haqiqiy ijodkor qismati Vatan taqdiri bilan chambarchas bog‘liq keladi. Qaysi mavzuda yozmasin, asarlarining qon tomirida Vatan va Millatga muhabbat tuyg‘usi jo‘sh urib turadi. Ona yurtining yuksalishini ko‘rish – uning uchun quvonch manbayi. Tuqqan elining kamoli – umr mazmuni. Bul havaslardan farqli o‘laroq, chin shoir bu tuyg‘uni suiiste’mol qilmaydi. So‘z gavharini toshga urmaydi. Uni qalb qo‘rida […]

03.06.2026 | 14:48

img967

MA’NILAR MAXZANI

2026-yilning 22-may kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Milliy kitobxonlik harakati”ga yo‘llanma berib, muhtasham ma’naviy harakatga oq yo‘l tiladi. 1 Baland va hashamatli binolarni mohir ustalar quradi; tirik odamlar yashnatadi. Ayni damda bunday uylarga olimlar, oqillar, donishmandlar va ularning kitoblari nur olib kiradi. “Milliy kitobxonlik harakati”ga doir bu tarixiy hujjatga ko‘ra kitob o‘qiydiganlar soni tubdan ko‘payishi […]

03.06.2026 | 12:32

img1183

GAP SHAROITDA EMAS, SHAHDDA

O‘zbekiston davlat Yoshlar teatri “Qasamyod” spektaklining premyerasini O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri sahnasida namoyish etdi. 22-may oqshomi tomoshabinlar Turkiston yoshlarining taqdiri va hayotiy voqealarga asoslangan chuqur dramatik hikoyaning guvohiga aylandi. O‘tgan asrning 20-yillarida jadidlar tashkil qilgan “Ko‘mak” fondi orqali Germaniyaga ilm olish uchun yuborilgan yoshlarning orzulari, ichki kurashi va fojeali taqdiri sahnada ta’sirchan ifoda etildi. […]

03.06.2026 | 09:40

img2981

TAVALLUD KUNLARI O‘TDI…

Chorak asr avval Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida ishlar edim. Bir kuni Belorussiya elchisi telefon qilib, “Biz mamlakatingiz bosh ma’rifatxonasi bo‘lgan Milliy kutubxonaning katta zalida ulug‘ shoirlarimiz Yanka Kupala bilan Yakub Kolas yubileyini nishonlamoqchi edik”, deb qoldi. Albatta, bu iltimos o‘rinlatildi. “Biron o‘zbek adabiyotshunosi ham qatnashsa”, degan so‘rovni yerda qoldirmay, taniqli olim Laziz Qayumovdan […]

02.06.2026 | 17:23

img1036

BEFARQLIK HAM AFYUNDIR

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalasi umummilliy harakatga aylanib, buning uchun barcha kuch va vositalar safarbar qilinmoqda. 2024-yilda narkotiklarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilingani, yaqinda Samarqand shahrida “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida xalqaro forum o‘tkazilgani bu borada muhim qadamlardan bo‘ldi. Lekin deyarli har kuni “fosh etilgan […]

02.06.2026 | 16:16

img2915

Asosiy

NUQTA

XX asr boshlarida jadidlik harakati ta’sirida kamol topgan, millat taqdiriga daxldor masalalarda jonbozlik ko‘rsatgan ziyolilardan biri Mahmudbek Qoziyev edi. Minglab ma’rifatparvar insonlar qatori u ham stalincha qatag‘onning shafqatsiz tegirmonidan omon chiqmadi… Mahmudbek Qoziyev 1890-yili Andijon shahrining Devonaboy mavzesida tug‘ilgan. Otasi Otabek qozi Andijondagi usuli jadid maktablariga homiylik qilgan, mahalliy ziyolilar orasida yuksak obro‘ qozongan shaxslardan […]

02.06.2026 | 12:30

img411

BIR ERTAKKA IKKI YAKUN

Ko‘p yillar burun, “Gulxan” jurnalida zamonaviy eston yozuvchisining ertagi mening tarjimamda e’lon qilingach, tahririyatga yoshi ulug‘ bir kishi xuddi shu mazmunda ertak olib keldi. Ammo yakuniy xulosa bir-biriga zid edi. Biz u kishiga yaqinda jurnalda chop etilgan ertakni ko‘rsatdik. Chol yon cho‘ntagidan arab imlosidagi ertak-rivoyatlarning 1915-yillardagi toshbosmasini olib ko‘rsatdi: “Buni shaxsan Behbudiy o‘qish kitobi qilib […]

02.06.2026 | 10:23

img2819

YOZILMAGAN TARIX IZIDAN

O‘zFA Milliy antropologiya instituti direktori, tarix fanlari doktori Farhod MAQSUDOV bilan suhbat – O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlarning bugungi asosiy ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat? – Bizda qo‘riqlanadigan, muhofaza qilinadigan arxeologik meros milliy ro‘yxatiga 4800 dan ortiq yodgorlik kirgan. Har yili ko‘plab yangi yodgorliklar qo‘shilyapti. Besh mingga yaqin degani, bu hazil narsa emas, bu – arxeologik jihatdan juda […]

01.06.2026 | 10:17

img953

SIYRAT SUVRATLARI

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, fotojurnalist Abdug‘ani JUMA bilan suhbat – Abdug‘ani aka, Sizning ilk ijodga kirib kelgan davringizdagi fotoapparatlar bilan hozirgilarining o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Hozir fotosan’atkor uchun texnik qulayliklar bisyor. Shunga qaramay, bu sohaga ko‘ngil bergan ijodkor yoshlar oz. Tutib olingan va tarixga muhrlanayotgan lahzalar ko‘pincha avvalgidek yurakni qalqitmayapti yoki suratlarda […]

29.05.2026 | 10:55

img1274

ARAFA

Arafa kuni aslida Ro‘za hayitidan oldingi kun emas. Lug‘atda: “arafa – Zulhijja oyining 9-kuni, bu kunni hajga borgan ziyoratchilar Arafot tog‘ida o‘tkazishadi”, deb izohlangan. Ma’lumki, Ramazon hayitidan keyin ikki oy-u o‘n kun yoki 70 kun o‘tib, Zulhijja oyining 10-kunida Qurbon hayiti nishonlanadi. Arafa kuni aynan Qurbon hayitidan oldingi kundir. “Arafa” so‘zi arabcha “bilmoq, tanimoq” ma’nosidagi […]

26.05.2026 | 12:42

img1126

BRYUSSELDA HISORNI KO‘RDIM

11 soatlik yo‘ldan so‘ng Bryusseldagi mehmonxonada xonamda TV kanallarini almashtirib o‘tirgandim. Birdaniga tanish tog‘larni ko‘rib qoldim. TVda ovoz past edi, ishonasizmi, odam o‘zining tog‘larini izohsiz ham tanirkan. “BBC News”da Michayela Strachanning O‘zbekiston qor qoplonini tasvirga olish uchun Hisor qo‘riqxonasidan tayyorlagan hujjatli filmi ketayotgan ekan. O‘zim uchun juda ko‘p yangi ma’lumotlar oldim. Masalan, Hisor qo‘riqxonasi Nyu-York […]

26.05.2026 | 09:10

img3051

NAVOIYDAN ULGI OLIB…

Olimlar bor, faqat ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi. Olimlar bor, kashfiyotlar barobarida rahbarlik ishi va ilm tashkilotchiligida mahsuldor faoliyat ko‘rsatadi. Filologiya fanlari doktori, professor, ikki karra Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Abduqodir Hayitmetov ham ulug‘ olim, ham mohir rahbar edi. Kamina 17 yil (1977–1994) mobaynida Abduqodir Hayitmetov rahbarlik qilgan […]

25.05.2026 | 11:17

img1389

“KURASHMOQ” VA “KURAMOQ”

Dushmanga qarshi kurash, hayotda kurashib yashash va qorni kurash ma’nolari bor. Umuman, kurash so‘zining kuramoq fe’liga aloqasi bormi? Yoki bular shunchaki shakldosh so‘zlarmi? “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da “kurash” so‘zi kurash, bahs, jang ma’nolarini anglatishi haqida aytilgan. Uyg‘ur tilida gura “belbog‘li kurash” ma’nosini ifodalagan. M.Resenen kurash so‘zining ildizini “sindirish”, “talon-toroj qilish”, “qazish” ma’nolarida kura fe’liga taqaydi. […]

22.05.2026 | 12:01

img3358

HOJI BOBONING TAKYAXONASI

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani o‘zbek adabiyoti uchun qanchalik qadrli bo‘lsa, G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi ham shunchalar sevimli. Ma’lumki, ushbu asarda 1900-yillar boshidagi Toshkent shahri va uning atrofidagi ijtimoiy hayot tarzi qiziqarli tilda hikoya qilinadi. Ayniqsa, Hoji boboning takyaxonasiga oid qismda Birinchi jahon urushi va afsonaviy Abo Muslim jangnomalari birga qiyoslanadi. Jadidlar olib borayotgan […]

21.05.2026 | 12:01

img3155

Asosiy

MAHMUD SUBOY KIM?

Jadid davri hikoyachiligini o‘rganar ekanmiz, Mahmud Suboy nomiga duch kelamiz. U kim edi? Professor Shodmon Hayitov va Kamol Rahmonovning “Mahmud Suboh (Subay) kim edi?” maqolasida yozilishicha, Mahmud Suboy “Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topgan dastlabki yillarda Maorif nozirligining umumiy ishlar bo‘limi mudiri lavozimiga taklif etilgan”. U rus, arab, fors va turkiy tillarni puxta bilgan. Qozon […]

21.05.2026 | 09:34

img1758

BOSHDAN O‘TKAZGAN TABIB

Ha, meni ko‘rsang, tanga topgan tentakday iljayasan, Sattor Surob? Yo birorta yoshlikdagi hunarlarimdan ag‘da-bag‘da eshitganing bormi? Ularni barigayam ishonaverma, ustozing Usta Gulmat aytganday, o‘tmishimning yarmi ertak, yarmi mubolag‘a… Ko‘zing erkak quyonnikiga o‘xshab qontalash turipti, quturib-puturib qoganing yo‘qmi? Kelinim tinchmi? Nabodosiga xo‘roz urishtirib, ulgurji dov ko‘targaning yo‘qmi? Ha, qo‘ltig‘imdagimi? Rostanam erta kunda ko‘zdan qopsan sen bola. […]

20.05.2026 | 16:30

img272

JAJJI ADABIYOT

Bolalikda bobo va buvilarimizdan eshitgan ertaklarning nash’u namosi yodingizdadir? Xalqning mulki bo‘lmish afsona va rivoyatlar bola qalbimizda hayrat uyg‘otishi bilan birga,  ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi chegarani chizib ko‘rsatgan, odamiylik ruhida tarbiyat qilgan ekan. Barkamol avlodni voyaga yetkazishda ta’lim va tarbiyaning beqiyos o‘rnini bugun o‘zimiz ham teran tushunib yetdik. Jadid bobolarning yangi usul maktablarini ochishda, o‘qish […]

20.05.2026 | 15:02

img2944

Asosiy

BANDASINING BANDALARI

O‘tgan asrning 60-yillari adog‘ida taniqli adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonovni xorazmlik bir kishi yo‘qlab keladi. Yupungina kiyingan, ko‘zlarida qayg‘u alomatlari muhrlanib qolgan bu odam iymanibgina o‘zini Qurbon Qutlimurotov deb tanishtiradi va tashrifidan maqsadini aytishdan oldin eski matoga o‘ralgan bir necha qalin daftarlarni olimning oldiga qo‘yadi. Olim muqovasi titilib ketgan daftarlardan birini ochib, “Qurbon” (roman) degan so‘zlarni o‘qiydi […]

20.05.2026 | 09:31

img1495

“AYTAY YURAGIMDA BORINI”

O‘zbekiston xalq shoiri Husniddin Sharipovning Yozuvchilar uyushmasi homiyligida “Tanlangan asarlar” seriyasida nashr etilgan yangi kitobida shunday satr bor: “Do‘stlar, aytay yuragimda borini”. Darhaqiqat, ushbu salmoqli to‘plam bilan tanishgan o‘quvchi unda muallif yuragida bor tuyg‘ularini samimiy ifoda etganiga amin bo‘ladi. Xususan, ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan she’rlar, qo‘shiqqa aylangan misralar, o‘ziga xos uslubda bitilgan dostonlar va pyesalarda […]

19.05.2026 | 16:29

img2663

KITOB KELTIRGAN BAXT

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Umida TESHABOYEVA bilan suhbat – Umida opa, kelgusi haftada mamlakatimizda “21-may – Kutubxonachilar kuni” nishonlanadi. Avvalo, kasb bayrami bilan tahririyatimiz nomidan tabriklaymiz! Alohida sananing belgilanishi ushbu soha vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi muhim rolini anglatadi. Sizning bu sohaga kirib kelishingiz qanday bo‘lgan? – E’tibor […]

19.05.2026 | 11:53

img2211

QADIM QISHLOQ NOMINI QAYTARAYLIK!

O‘z tarixiy nomini tabiiy ravishda yo‘qotadigan, shuningdek, subyektiv tarzda yo‘qotiladigan geografik obyektlar mavjud. U yoki bu joyning o‘sha yerda yashovchi aholi tomonidan turli sabablar bilan tashlab ketilishi va bora-bora nomning iste’moldan chiqishi uning unutilishiga va shunga muvofiq ravishda tarixiy toponimning ham yo‘qolishiga, buning ortidan esa ushbu joy bilan bog‘liq tarixning barham topishiga sabab bo‘ladi. Subyektiv […]

19.05.2026 | 09:35

img1060

JADID KUTUBXONASI