KUTUBXONA
Muallif: admin
BEHBUDIY SAVOLIGA JAVOB IZLAGAN NOBELCHILAR
2025-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan Joel Mokir “texnologik taraqqiyot orqali barqaror o‘sish uchun shart-sharoitlarni aniqlagani” hamda Filipp Agiyon va Piter Xovit “kreativ destruksiya orqali barqaror o‘sish nazariyasi” uchun taqdirlandi. BARQARORLIK OMILI Insoniyat tarixi davomida iqtisodiy turg‘unlik ko‘p asrlar mobaynida odatiy hol bo‘lib kelgan. Faqat so‘nggi ikki yuz yil ichida uzluksiz o‘sish kuzatildi. Bu esa […]
18.05.2026 | 16:23
1090
MANGULIK MUHRI
Bu yil mamlakatimizda norasmiy muzeylar yili bo‘ldi, desak adashmaymiz. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy ziyoratgohi majmualari tarkibida yangi muzeylar ishga tushirildi. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi rekonstruksiya qilindi. Nodir qo‘lyozmalarni raqamlashtirib, kitobxonlarga taqdim etayotgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham […]
18.05.2026 | 16:17
2677
AVVAL IQTISOD…
Gʻoyalar evolyutsiyasi Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi insoniyat tarixining deyarli har bir davrida yangi g‘oya va qarashlar, yangi yondashuvlar bilan boyib kelgan. Iqtisodiy fikrning rivojlanishi faqat akademik muhokamalar doirasida qolmay, balki davlatlar siyosatiga, jamiyat tuzilishi va odamlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatib kelgan. Klassik iqtisodiyotdan tortib zamonaviy xulq-atvor iqtisodiyotigacha bo‘lgan yo‘l – bu insoniyat aqlining uzluksiz izlanishi […]
18.05.2026 | 14:39
1020
BOTUNING BOTINI
Ko‘nglim yosh, ruhim yosh, kuchim yosh,Yosh yo‘llar, yosh gullar izlayman.Orqaga tortganga hadyam – tosh,Har choq men ilgari undayman. Ushbu satrlar muallifi shoir va yozuvchi, jamoat arbobi sifatida respublika maorifi, fani va madaniyatini rivojlantirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan Botu – Mahmud Xodiyev qalamiga mansub. Botu 1904-yil 15-mayda Toshkent shahridagi Qaldirg‘och mahallasida to‘quvchilar oilasida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni […]
15.05.2026 | 15:48
1358
TURKIY DUNYO VA TURKISTON SAMMITI
Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatida yangi burilish nuqtasi sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 3-sentyabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan turkiy tilli davlatlar VI sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etganini qayd etish mumkin. Bu qadam tashkilot rivojiga yangi turtki berdi. 2019-yilda respublika Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilib, TDT faoliyatidagi to‘laqonli ishtirokini rasman mustahkamladi. Bu tashkilot faoliyatiga yangi […]
15.05.2026 | 14:31
3002
TILIMIZNING ILK IMLO QOIDASI
Jadidlar millatning mavjudligini tasdiqlaydigan bebaho javohir ona tili ekanini anglagan holda, xalqning milliy ruhini uyg‘otish va ongini o‘stirish uchun tilga alohida ahamiyat qaratdi. Ular rivojlangan davlatlar kabi o‘z qonun-qoidalariga ega adabiy til yaratishni maqsad qilib qo‘ydi. Shu bois, barcha choralarni ishga solib, o‘zbek tilining qonun-qoidalarini ishlab chiqish va adabiy til sifatida mavqeyini oshirishga intildi. Zero, […]
15.05.2026 | 10:00
1401
UNUTILMAS DARD
“Tarixda insoniyat boshiga tushgan kulfatlarning hisobi yo‘q. Biroq yigirmanchi asrda yuz bergan Ikkinchi Jahon urushi g‘am-u kulfatlarning eng dahshatlisi bo‘ldi. Minglab qishloq va shaharlar yer bilan yakson qilindi. Insoniyat necha o‘n millionlab qurbon berdi. Taqdir taqozosi bilan men ham ana shu urush qatnashchisi bo‘ldim. Aql bovar qilmaydigan ko‘rgiliklarga duch keldim, mudhish jinoyatlarga guvoh bo‘ldim, yovuz […]
14.05.2026 | 14:45
2442
KIM JINOYATCHI?
Yaqinda davlat xavfsizlik xizmatlari arxivida jadid harakatiga doir yangi hujjatlarni o‘rgandik. Tarixiy qiymati nihoyatda katta ushbu ma’lumotlarni gazetxonlar e’tiboriga havola etishni lozim topdik. Tergov hujjatlarida ikki shaxs nomi diqqatimizni tortdi: Yunusjon hoji va Ne’matjon Og‘aliqovlar. Ularning kechmishi o‘sha qaltis va tahlikali palladagi qatag‘on suroni, taloto‘plar, ayblov-u tuhmatlar mohiyatini ochib berishda muhim manba sifatida namoyon bo‘ladi. […]
14.05.2026 | 12:36
1197
SERJ AROSH – KVANT FIZIKASIDA INQILOBIY TADQIQOTLAR OLIB BORAYOTGAN NOBELCHI
Uzoq vaqt davomida ko‘plab kvant hodisalarini faqat nazariy jihatdan o‘rganish mumkin edi. Serj Aroshning kvant tizimlarini aniq nazorat qilish va o‘lchash bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari mikrodunyodagi jarayonlarni chuqur tushunish uchun yo‘l ochdi. Olimning ishlari kvant informatikasi, kvant hisoblash va yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnologiyalarining rivojlanishiga muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Muvaffaqiyat sari Serj Arosh 1944-yil 11-sentyabrda […]
14.05.2026 | 09:24
2486
Asosiy
TIRIK QOLISH BUYURILGAN
UVB-76: Kod: “NJTI 97281 NOOSFERA 5176 3559” Sarlavhaga ajablanmang. So‘zlar dunyosi tobora raqamli olamga o‘rin bo‘shatib berayotgan davrda “Jadid”ning yuqori badiiy did va keng akademik bilimga ega, gazetadan yuksak estetik zavq hamda yangi g‘oyalar kutuvchi mushtariylari e’tiborini quruq hisobot-maqolalar bilan tortishning imkoni yo‘q. Bu g‘alati belgilar texnologik sirlar, konspirologiya, futuristika va geosiyosatda qanday ma’no anglatishiga […]
13.05.2026 | 14:36
1375
G‘ALABANING “O‘GAY” OTALARI
Inson unutuvchidir. Afsuski, u unutmaslik shart bo‘lgan narsalarni ham unutib qo‘yadi. Ammo butun-butun millatlar, xalqlar unutsa olam tartiboti buziladigan, tarixiy adolat oyoqosti bo‘ladigan masalalar bor. Ularni o‘ylaganda shoiraning “unutganning kuysin ikki dunyosi” satri xayolga keladi. Ikkinchi Jahon urushining dunyo xalqlariga, shu qatori, xalqimiz boshiga solgan og‘ir musibatlari, mislsiz kulfat va yo‘qotishlari, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga […]
13.05.2026 | 09:26
2166
SO‘ROQ OSTIDAGI NUQTA
Esse 1.DNK “ISITMA”SI Genetika qiziq narsa-da, qirov yegan qovunday ichidan pishgan bo‘lsamam, bir qarashda meni xom deb o‘ylashardi. Yozganimni o‘qib, o‘zimni ko‘rmaganlar bilan tanishib qolsam, xuddi chegarada buvasining boshputini ko‘rsatgan bolaga qaraganday qarashar edi. Ayniqsa, endi ish boshlagan kezlarim bunday almoyi ishlar ko‘p bo‘lgan. Yunus Qambardinovich ana shundan pand yedi. Gazetaning “qo‘li” bilan poyidagi gilamni […]
12.05.2026 | 16:40
1131
KINODAN MUHIMROQ ISH
Hotam Fayziyev. Ukpardek oppoq sochlari o‘ziga yarashgan, qotma gavdali, yuzida mudom nim tabassum akslanib turadigan bu qadrdon siymo xotiramda muhrlanib qolgan. O‘sha kezlarda kino sohasida muharrir vazifasida ishlaganim bois, rejissyor, operator va aktyorlar bilan tez-tez uchrashib turardim. Garchi bu insonlarning fe’l-atvori turlicha, dunyoqarashi farqli bo‘lsa-da, barchasi o‘z kasbining chin fidoyilari edi. Ba’zilari hatto dunyoda kinodan […]
12.05.2026 | 12:03
1354
BOKUDAGI “VAQT HAYKALI”
O‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari qadimiy va mushtarak ildizlarga ega bo‘lgani uchun ham bugun chinakam yuksalish bosqichiga kirdi. O‘tgan zamonlarda bu ikki qondosh va jondosh el adabiy do‘stligi alohida shoir-u adiblar faoliyati misolida rivojlanib kelgan bo‘lsa, ayni kezda o‘zaro munosabatlar, ayniqsa, adabiy do‘stligimiz har qachongidan ham kengroq ko‘lamda ravnaq topmoqda. Yaqinda Boku shahrida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin […]
12.05.2026 | 09:46
2145
URUSHNING YAXSHISI BO‘LMAYDI
Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, I-darajali mehnat faxriysi Akmal AKROMOV bilan suhbat – Assalomu alaykum, Akmal ota! Bilasiz, har yili Xotira va qadrlash kunini umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelamiz. O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev bu yil ham Vatan ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlar xotirasini yod etish, urush va mehnat faxriylariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha […]
09.05.2026 | 09:42
1367
EGIZ QAHRAMON
May oyining boshlanishida nafaqat qoraqalpoq va o‘zbek, balki turkiy dunyo adabiyotining ulug‘ namoyandalari, O‘zbekiston Qahramonlari Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qaipbergenov tavallud topgan. Ikkalasi ham bir yilda – 1929-yili beshinchi va yettinchi may sanasida dunyoga kelgan. Xalqimizning ardoqli farzandlariga aylangan bu ikki ulug‘ ijodkorning unutilmas xotirasi va adabiy merosi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yuksak e’tibori tufayli […]
08.05.2026 | 16:04
1312
EZGULIK MUDOFAASI
Insoniyat tarixida ilk kashfiyot qanday qurol bo‘lgan? Ov qurolimi yoki jang qurolimi? Qaydam… Har holda o‘quv quroli bo‘lmasa kerak… Zilzila, to‘fon, epidemiyalar kamdek, odamzod ibtidodan buyon bir-biriga qasdi jon qilgani qiziq. Xudoning biror kuni bormikin sho‘rlik ona sayyora osoyishta tin olgan bo‘lsa? Ha, urushdan urushning farqi bor. Bosqinchilik boshqa masala, Vatan yoki ezgulik mudofaasining mohiyati […]
08.05.2026 | 14:32
1190
MATAL
“Keling, sizga bir matal aytib beraman”. Xo‘sh, matal o‘zi nima va u qanday etimologiyaga ega? Bu so‘z atoqli olim Shavkat Rahmatullayevning “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da, afsuski, mavjud emas, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da esa noto‘g‘ri izohlangan. Shu bois ushbu o‘rinda u haqda to‘xtalishni lozim deb bildik. Mana, izohli lug‘atning keyingi to‘ldirilgan nashrida unga berilgan izoh: “Matal […]
07.05.2026 | 16:25
1369
Asosiy
O‘zbekistonda 161 nafar qatag‘on qurbonlari oqlandi (ro‘yxat)
Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 1920−1934-yillarda sud hukmi bilan jazoga tortilgan 161 nafar shaxsga doir 8 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Gazeta.uz muxbiri sud jarayonidan reportaj tayyorladi. 2026-yil 6-may kuni Oliy sud tomonidan reabilitatsiya qilinib, oqlangan qatag‘on qurbonlari ro‘yxati 1. Turkfrontning Farg‘ona qo‘shinlar guruhi Harbiy kengashi qoshidagi Farg‘ona maxsus bo‘limining 1920-yil 22-oktabrdagi qaroriga […]
07.05.2026 | 11:08
2692
DADAMNING IKKINCHI OILASI…
Bolaligimda ko‘proq dadam yonimda bo‘lishini xohlardim. Chunki nima istasam muhayyo edi-da. Ayamdan sho‘xliklarim uchun dakki eshitgan paytlarda himoyachim – dadamning oldiga chopardim. Ayam dadamning oldida ovozini balandlatib gapirmasdi. Menga maza, ayamga g‘oyibona jilmayib qo‘yardim. Qanday yaxshi. Har qancha erkalik qilsam ham birov urishmaydi. Shuning uchun dadamning uzoqqa ketishlarini yoqtirmasdim. Ammo ne iloj, ro‘zg‘or tebratish oson […]
07.05.2026 | 09:33
1196
Asosiy
QABRGA QO‘YILGAN QORAXAT
Sakson yetti yil oldin boshlangan Ikkinchi Jahon urushi oqibatlari raqamlarda aks ettirilsa, eng diydasi qattiq odamning ham badani jimirlab ketadi – 50 million qurbon, 32 million nogiron. Urush janggohlaridan besh ming chaqirim uzoqda joylashgan yurtimiz ko‘rgan talofat izdihom ichida qolgan Yevropa davlatlaridan kam emas. Raqamlarga yuzlanamiz: urush arafasida respublikamizda6 million kishi yashagan. Bevosita va bilvosita […]
06.05.2026 | 12:28
1313