KUTUBXONA
Muallif: admin
TANLOV YAKUNLANDI
Mamlakatimizda yosh avlodning ijodiy fikrlashi va badiiy tasavvurini kengaytirish, ularning qalbi va ongida Vatanga mehr-u muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi g‘oyalarini keng targ‘ib etish, muqaddas Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sarhisobini ijodkorona tavsiflash hamda milliy qadriyatlarimizni badiiy […]
28.08.2026 | 23:00
4912
SHE’R KO‘P, AMMO…
Bir vaqtlar adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov zamonaviy o‘zbek she’riyati haqida kuyunib, shunday savol qo‘ygan edi: “Nega bugungi she’riyatimizda o‘rtamiyonachilik kuchayib ketyapti? Nega bir-biriga o‘xshab ketadigan egizak she’rlar soni ortib boryapti? Nega she’rlarda olam tor, hayot nafasi zaif, kitobiylik kuchli?” Nazarimizda, oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, bu savollar hali-hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. She’rning tug‘ilish vatani – […]
25.08.2026 | 15:31
1204
Asosiy
RIZOIY FOJIASI
Yigirma yillik faoliyatini muallimlikka bag‘ishlagan, o‘zbek tilidagi birinchi “Hikmat” (fizika) va kimyo darsligi muallifi, Turkiston davlat universiteti qoshidagi fizika laboratoriyasini boshqargan xalq professori Husanxon Niyozov (Niyoziy) ma’rifatparvar jadidlardan biridir. U 1895-yili Andijon shahrining Birlik dahasida tug‘ilgan. Bobosi Muhammadxon Niyoz o‘g‘li, otasi Matmusa (Muhammad Musa) asli Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidan, onasi Hanifa otin ziyoli ayollardan edi. […]
25.08.2026 | 12:30
1053
TERMILIB
Jonon borodur metro‘da Pro‘-Ayfonga termilib,Beasos xursand manam mazkur jononga termilib. Tilponin oyinasi magnit kabi tortur mani,Bog‘li o‘rdak qolganiday obi ravonga termilib. Ne balo sehr aylamishdir zehnin quti jilvosida?Kangulda paykoni shubha qoshi kamonga termilib. Do‘stlarim, ayb etmagaysiz, talpindi deb nomahrama,Tobakay yotqay faqir eski javonga termilib? Vahki, durust hamsoyaye yo‘q, kirdi-chiqdi qilsamiz,Xom kallada xomxayollar bo‘lka nonga termilib. […]
24.08.2026 | 15:56
921
Asosiy
AYBSIZ AYBDORLAR QISSASI
Yigirmanchi asrdan bizga ko‘p saboq qoldi. Ikkita jahon urushi xunrezliklari, Stalin boshchiligida 1937–1953-yillari amalga oshirilgan qonli repressiya oqibatlari hamon necha ming-ming oilaga bitmas yaraday azob beradi. Odamzod shunday qirg‘inlarga duchor bo‘lsa-da, adolatli zamonlar kelishiga ishonib yashaydi. Bu ishonch bundan keyin ham so‘nmaydi. 1937-yilning 31-iyulida SSSR Ichki ishlar vazirligi narkomi N.I.Yejovning “Sobiq quloqlar, sovetlarga qarshi jinoyatchi […]
24.08.2026 | 13:04
2616
CHINORDEK AZIM, DARYODEK TOSHQIN
ADABIY DID MAKTABI Katta avlodning adabiy-estetik qarashlari “Guliston” jurnali mutolaasi orqali shakllangan, desam, xato bo‘lmaydi. 1969–1980-yillarda nashrga taniqli adib, shoir va tarjimon Asqad Muxtor bosh muharrirlik qilgan. Jurnalning o‘z tarixi davomidagi eng gullab-yashagan davri ham shu o‘n yillikka to‘g‘ri keladi. Elimizning ardoqli ijodkorlari Abdulla Sher, Erkin A’zam, Xayriddin Sultonning xotiralari shundan guvohlik beradi. Asqad Muxtorning […]
24.08.2026 | 12:27
1038
“BIZ – 40 MILLIONLI XALQMIZ!”
Ming yillik tarix dalolatiga ko‘ra, qadim Turkiston zamini egalari bo‘lgan ulus dehqonchilik va chorvadan tashqari, savdo-sotiq, ishlab chiqarish sanoati bilan ham shuhratli bo‘lgan. Chunonchi, XVII asrda xon va muarrix Abulg‘oziy Bahodirxon Xurosonga jo‘nagan karvon hamda “o‘rusg‘a savdog‘a” ketgan “o‘n yetti kishi” haqida xabar beradi. 1804-yil “xorazmlik ikki yuz savdo kishisi ko‘pgina qimmatbaho mollar bilan katta […]
24.08.2026 | 11:29
632
JOYSNI ANGLASH
Badiiy ijodning sirli, ong va tafakkur sarhadlaridan keng, goho biror “izm” bilan o‘lchash mushkul izlanishlar sohasi ekanini asoslashga hojat yo‘q. Qalamkashlik zahmatidan jindek xabardor kishi bu sohani qismati sifatida e’tirof etishdan boshqa asos topolmaydi. Mohir adib, serzavq hikoyachi, qalbi-o‘yi betakror falsafiy-badiiy g‘oyalar va tasvirlarga mushtoq Xurshid Do‘stmuhammad “Joys” roman-essesida badiiy ijod sirlarini qahramoni misolida tahlil-tadqiq […]
21.08.2026 | 12:54
898
Asosiy
QODIRIYNING “GALATEYA”SI
Insoniyat tarixida ijodkorning o‘zi yaratgan asariga oshiq bo‘lishi, sevib qolishi hodisasi Pigmalion nomi bilan bog‘lanadi. Ko‘hna yunon afsonalariga ko‘ra, Kipr orol-davlati shohi Pigmalion usta haykaltarosh ham bo‘lgan. U marmardan go‘zal ayol – Galateya haykalini yasaydi va unga oshiq bo‘lib qoladi. Bu obraz dengizning tinch, osuda holatini anglatadi. Ushbu haykalda mujassam bo‘lgan go‘zallik esa san’atkor qalbini […]
20.08.2026 | 12:51
1219
TARIX VA BUGUN UYG‘UNLIK KASB ETGAN FILM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida 2026-yil 5-fevralda qabul qilingan qaroriga muvofiq, joriy yilda buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi bo‘lgan ajdodimiz xotirasiga bag‘ishlangan ko‘plab tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, aprel oyida Ispaniya Qirolligining poytaxti Madrid shahrida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sulton ssenariysi asosida […]
20.08.2026 | 10:39
2320
ISTIQBOLLI YO‘NALISH
O‘zbekiston FA akademigi Qahramon DAVRONOV bilan suhbat – Domla, hayotingizning oltmish yildan ziyodini mikroorganizmlar va fermentlarni tadqiq etishga bag‘ishlab kelmoqdasiz. O‘tgan davrda turli fanlar o‘z ustuvorligini boy berib, boshqa fanlar tarkibiga singib ketdi. Shunday sharoitda Siz mikrobiologiyaning istiqboliga qanday qaraysiz? – Bugungi kunda mikrobiologiyani kelajak fani deyishga asos bor, nazarimda. Chunki biotexnologiyalarning jadal rivojini mikroorganizmlarsiz […]
19.08.2026 | 11:03
956
ALEKSANDR FLEMING – PENITSILLIN KASHFIYOTCHISI
Hayot yo‘li Aleksandr Fleming 1881-yilda Shotlandiyaning Ayrshir hududida tug‘ilgan. U Londondagi Muqaddas Mariya shifoxonasi tibbiyot maktabidagi tahsil jarayonida bakteriologiya sohasiga qiziqib qoladi. Ilmiy faoliyatida professor Almrot Rayt muhim o‘rin tutgan. Uning rahbarligida immunitet, infeksiyalar va bakteriyalar bilan bog‘liq tadqiqotlar olib bordi. Shu davrda Fleming kuzatuvchanligi va tajribalarga tanqidiy yondashishi bilan e’tiborga tushdi. Birinchi Jahon urushi […]
19.08.2026 | 09:48
1922
QADRLI TUHFA
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning bir she’rida shunday satr bor: “Qaldirg‘ochlarga ber ayvonlaringni”. El-yurtimizning bebaho fazilatlari tasvir etilmish bu ezgu da’vatda shoir ijodining asosiy mazmuni va tiynati ham mujassam, desak, xato bo‘lmas. Shu ma’noda, shoirning yaqinda rus tilida nashr etilgan yangi kitobi “Отдай ласточкам свои веранды” deya nomlanishi bejiz emas. Aytish mumkinki, muallifning rus tilida […]
18.08.2026 | 10:17
1891
O‘ZBEKISTONNI TANIMOQ BAXTI
XIX asr oxiri va XX asr boshida Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlari ikki bor Turkiya shaharlariga tashrif buyuradi. Ayniqsa, 1914-yildagi safari “Oyina” jurnali sahifalarida batafsil yoritiladi. Allomaning jadidlik g‘oyasi va islohotlariga kuch-quvvat bergan omil ham ayni safar taassurotlari, xususan, Kichik Osiyodagi taraqqiy mevalariga guvoh bo‘lganidir. Bugun esa O‘zbekistondan o‘rganiladigan davrlar keldi. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa […]
18.08.2026 | 09:30
1690
UMR SAODATI
O‘zbekiston sud-huquq tizimi darg‘alaridan biri Halima Muhitdinova (1916–1984) xotirasiga bag‘ishlanadi. Yaqin tariximizning eng og‘ir va murakkab davrida O‘zbekiston Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, Adliya vaziri o‘rinbosari, Oliy sud raisi singari yuksak mansab va martabalarga erishgan Halima Muhitdinova butun umri va faoliyatini jafokash xalqning hayotida imkon qadar adolat ustuvor bo‘lishiga bag‘ishlagan, deyish mumkin. Hayot kitobini varaqlar ekansiz, […]
17.08.2026 | 15:07
1068
ILM-FANIMIZNING YANGI YO‘LI
Hammasi 2016-yil 30-dekabr kuni – yil oxirining eng band, eng tig‘iz kunlaridan birida – akademiklar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan boshlandi. Yangi yil arafasida, barcha o‘z oilaviy va rasmiy ishlari bilan band bo‘lgan bir paytda, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z jadvalidan besh-olti soatni ajratib, mamlakatimiz akademiklari bilan bevosita uchrashdi. Suhbat mavzusi yengil emasdi: o‘sha paytda Fanlar […]
17.08.2026 | 12:43
875
KO‘CHALAR VA KO‘NGILLAR CHAROG‘ON BO‘LGAY
Sun’iy intellekt – yangi drayver Haftaning eng muhim voqealaridan biri sun’iy intellekt (SI) ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bo‘ldi. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha xalqaro reytingda 25 pog‘ona yuqorilab, 62-o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakat oldiga qo‘yilgan maqsad esa yanada ambitsiyali. O‘zbekistonimiz 2030-yilga qadar dunyodagi eng ilg‘or 50 ta davlat qatoriga kirish, […]
14.08.2026 | 11:39
1392
ENG KATTA YUTUQ
Toshkent shahri “Katta Qorasuv” MFY raisi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Naima JABBOROVA bilan suhbat – Naima opa, ko‘p qavatli uylarda mahalla faoliyatini boshqarish qiyin, deyishadi. Ba’zi qo‘shnilar bir-birini tanimaydi, kelib-ketuvchi ko‘p, oqibat sust, degan gaplarni ko‘p eshitamiz. Ayniqsa, bu masala poytaxt gavjumligida yanada bo‘rtib ko‘rinsa, ehtimol. Bu mulohazalarga qanday qaraysiz? – Bunga o‘xshash gaplarni biz […]
13.08.2026 | 09:12
1408
DIL TUBIGA INGAN HIKMATLAR
ZEHN Yetmishta tilni bilgan, 160 dan ortiq asar yozib qoldirgan ulug‘ alloma Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” kitobini mutolaa qilishdan charchamayman. U zotning fikricha, o‘zida quyidagi xislat-fazilatlarni birlashtirgan kishini axloqli deyish mumkin. Bunday kishi: “Tanasining barcha a’zolari mukammal darajada rivojlangan va sog‘lom bo‘lishi kerak. Ziddiyatli masalalar mohiyatini tez va to‘g‘ri anglasin, so‘zlovchining maqsadini, so‘zlarining […]
12.08.2026 | 15:15
1522
XIDEKI SIRAKAVA – QOLIPLARGA SIG‘MAGAN TAFAKKUR
Hayot yo‘li U 1936-yil 20-avgustda Yaponiyada, harbiy shifokor oilasida tug‘ildi. 1961-yilda Tokio texnologiya institutini kimyoviy muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. 1966-yilda doktorlik darajasini olgach, ilmiy faoliyatini kimyoviy resurslar laboratoriyasida assistent sifatida boshladi. 1976-yilda AQSHning Pensilvaniya universitetiga taklif etildi. Bu yerda amerikalik olimlar Alan Makdiarmid va Alan Xiger bilan hamkorlik qildi. Uch olimning birgalikdagi tadqiqotlari zamonaviy materialshunoslik […]
12.08.2026 | 12:31
2253
YETTI IQLIMGA OVOZA CHASHMA
Tabarruk maskanlar qatag‘oni nega kerak edi? Sovet qatag‘oni haqida gap ketganda, odatda, ko‘z oldimizga otilgan jadidlar, surgun qilingan ziyolilar, qamoqlarga tashlangan millat oydinlari, fidoyilar keladi. Ammo qatag‘on faqat insonlarni emas, xalqning tarixi, xotirasi va muqaddas qadamjolarini ham nishonga olgandi. Chunki xalqni o‘z ildizidan uzish uchun uning xotirasini yo‘qotish zarur edi. Buning uchun esa asrlar davomida […]
12.08.2026 | 09:56
1176