Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

TO‘G‘RILANG

Aqli pesh donish ustodlar aytmishki, bandayi yetuk o‘z holicha taraqqiy topmas, aning kamoli uchun tajriba g‘alviridan o‘tgan hikmat javhari, soniyan, shaxsiy namuna zarur va lobiddur. Kamina xodimingiz ham gahi peshin og‘ib, musicha qunushgan kezlari lohas va lanj bo‘lib, ayni chog‘ kutilmagan va tutilmagan hayotiy pandlarga yo‘liqib, ilhom iskanjasida jazbaga tushib, nos chaktirilgan ilonday to‘lg‘oqqa tushurman. […]

11.08.2026 | 16:23

img1121

UNSIZ HAYQIRIQLAR

Bir paytlar, odamlar axborotga zor mahalda oddiy xabar ham tansiq bo‘lgan, odamlar yangiliklarni o‘qir, muhokama qilib, fikr bildirardi. Ammo hozir – hammayoq axborot bilan to‘lib-toshgan paytda muxbirlik ish bermay qoldi, bu davrda tahliliy jurnalisti­kaga ehtiyoj kattaroq. O‘zbek badiiy publitsistikasining iste’dodli vakillaridan biri Alijon Abdurahmonovning yaqinda “Akademnashr” nashriyoti chop etgan “Sukunat ovozi” kitobini o‘qib, prinsipial, o‘z […]

11.08.2026 | 14:07

img1278

OSMON BOSHIMIZGA TEKKANDA

Tog‘lar kichraydi. Pasaydi osmon.Yashab bo‘lmaydi-ku, axir, engashib…(Usmon Azim) – Bilasanmi, Jo‘rabek, Toshkentdan qancha uzoqlashsang, osmon pasayib borayotganday tuyuladi. O‘zim ko‘p bora his qilganman, Toshkent­dan chiqib Boysunga yetganimda, osmon boshim­ga tekkanday bo‘ladi. Ko‘p iste’dodlarni bilaman, turfa vaj-karson: ota-ona oldida bo‘lish burchini ado etish sababmi, balki kindik qoni to‘kilgan tuproqqa azbaroyi sadoqatdanmi, aniq aytolmayman, qishlog‘iga qaytgan. Talabaligida […]

11.08.2026 | 10:38

img1263

ILMNI BO‘LISHSANG – KO‘PAYADI

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Mirziyod MIRSAIDOV bilan suhbat – Domla, Siz faoliyat yuritayotgan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti melioratsiya va suv xo‘jaligi bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar olib borish, mehnat bozorida raqobatdosh, bilimli va salohiyatli muhandis kadrlarni tayyorlash borasida yurtimizdagi tayanch muassasalardan biri hisoblanadi. Suhbatni mazkur dargoh faoliyatidagi […]

10.08.2026 | 17:31

img1276

UCH YO‘L – UCH TAQDIR

Bu maqolani olti oy oldin yozmoqni ko‘zlagan edim. Attangki, tiriklikning turfa savdolari barcha niyatlaringizni o‘z vaqtida amalga oshirishga yo‘l bermaydi. Yaqinda marhum hofizimiz Sherali Jo‘rayevning “Yaralgan” qo‘shig‘ini tinglay turib, xayolim faromushxonasidagi o‘sha maqsad yana bosh ko‘tardi va “Momaqaldiroq ostida sayr” romani qahramonlari – Oyravshan, Gʻayrat va Iskandarlarning “bir kam dunyo”si tasvirini qayta jonlantirdi. Qo‘shiq matni […]

10.08.2026 | 16:16

img1335

Asosiy

OYDIN KELAJAKNI KO‘ZLAB…

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, iqtisod fanlari doktori, professor Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV bilan suhbat – Domla, bilamizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, tizimdagi mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, ilm-fanni iqtisodiyot bilan uzviy bog‘lash, ta’lim va […]

08.08.2026 | 16:32

img1986

BARQARORLIK, ADOLAT VA ISLOHOTLAR SUR’ATI

O‘tgan bir hafta davomida O‘zbekistonning tashqi siyosati, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy kun tartibi strategik islohotlarning yangi bosqichiga o‘tganini ko‘rsatdi. Qirg‘iz Respublikasiga amalga oshirilgan tashrif, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan taqdimotlar va hisobotlar energetika mustaqilligi, ijtimoiy himoya, davlat xizmatida adolatni ta’minlash, kadastr xizmatlarini soddalashtirish va oziq-ovqat xavfsizligi kabi eng muhim sohalarni qamrab oldi. O‘ZARO ISHONCH IFODASI Xalqaro […]

07.08.2026 | 17:25

img1294

“OSMONDAN TUSHGAN” ISMLAR

Dinimizda “Farzandlaringizga go‘zal ism qo‘yinglar”, deb buyurilgan. Insonlarga qo‘yiladigan ismlar vaqt va zamonlarga moslashuvchanligi ham bor. Yaqin-yaqinlargacha keksa yoshdagi kishilar ismlariga ajablanib qarardik. Qo‘chqor, Qo‘ziboy, Bo‘riboy, Ketmonboy, Dehqonboy, Ulbo‘lsin, Oypo‘pik, Jumabika… kabi ko‘plab turkiy ismlarning ham o‘z tarixi, sabablari bor. Yoki Xorazmda katta avlod vakillariga qo‘yilgan Qozoq, Turkman, Yovmut kabi ismlar zamirida xalqimizning ko‘p asrlik […]

07.08.2026 | 11:04

img1323

IMLO ESKIRMASIN

XX asrning boshlarida, jadid ma’rifatparvarlari faoliyat yuritgan davrda o‘lkamizda matbuot haqiqiy ma’nodagi milliy uyg‘onish minbariga aylangan edi. “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona”, “Inqilob quyoshi” kabi 50 dan ziyod gazeta va jurnallar o‘sha davr yozma madaniyatining asosi bo‘lgan eski arab alifbosida chop etilgan. Bu nashrlar millat tafakkurini uyg‘otish, ma’rifat tarqatish, til va madaniyatni saqlab qolish uchun kurash […]

06.08.2026 | 16:06

img1393

RUHIYAT HAYRATLARI

Ong osti, ruhiyat bilan bog‘liq asarlarni o‘qish alohida tayyorgarlikni taqozo etadi. So‘fiyona tasvirlar, obrazlar va ramzlarni reallikka o‘rgangan aqlning idrok etishi qiyin, agar so‘fiylik badiiyat bilan uyg‘unlashsa yoki badiiy asar so‘fiyona ishoralarga, hayratlarga qurilsa, mistisizm o‘quvchi xayollarini mavhum, ezoterika olamiga sudrab ketadi. Bu olamdan chiqib ketish oson emas, u ruhiyat hayratlari bo‘lib o‘y-xayollaringni ta’qib etaveradi. […]

06.08.2026 | 11:34

img1100

“KAITIAKITANGA”

Tilshunoslar dunyodagi eng chiroyli so‘zni tanladilar. Uni bir urinishda talaffuz qila olasizmi? “Babbel” til o‘rganish platformasi dunyodagi eng chiroyli so‘zni topish uchun ilk bor tanlov o‘tkazdi. Mutaxassislar 75 dan ortiq tildan 223 ta ishtirokchi so‘zni to‘pladi va xalqaro hakamlar hay’ati so‘zlarning jarangi, ma’nosi, noyobligi va madaniy ahamiyatiga ko‘ra ularni baholadi. Bu haqda Germaniyaning “Bild” gazetasi […]

05.08.2026 | 16:15

img429

OMON MATJON: “AVVALGILARGA O‘XSHAMAS…”

1986-yili “Shu’la” to‘garagida shoir Omon Matjon bilan uchrashuv o‘tkazilganida bir qancha mavzular qatori Alisher Navoiyga atab ul zoti muborak nomi bilan atalgan ko‘cha maydoniga o‘rnatilgan haykal haqida mulohazalarini aytib o‘tgandi: “Talabalik paytimizda Navoiy tavalludiga baxshida tantanaga olib borishganida, kursdoshlarimiz orasida guldasta qo‘yish mening chekimga tushgandi. Men kursimiz nomidan bir quchoq oq va qizil chinnigullarni bobomiz […]

05.08.2026 | 11:36

img2833

“YO JONIM, MUHABBAT!”

Zamonaviy o‘zbek she’riyatining taniqli va o‘ziga xos ovoziga aylangan shoir Abduvali Qutbiddinning “Tanlangan asarlar”i chop etildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr qilingan mazkur to‘plamda shoirning qariyb qirq yillik ijodiy izlanishlari va badiiy kashfiyotlari jamlangan. Kitobga ijodkorning hayotlik davrida chop etilgan asarlari saralab kiritilgan, shu bilan birga, avval nashr yuzini ko‘rmagan “Koshiniy” to‘plamidan ham namunalar o‘rin […]

05.08.2026 | 09:52

img2462

Asosiy

HISOBCHIGA HISOBSIZ JAZO

Mamarasul Rasulov 1900-yili Andijon tumani Mirobod qishlog‘ida, oddiy dehqon oilasida tug‘ilgan. 1914-1915-yillarda qishloqdagi jadid maktabida Muhammadjon Rahimovdan dastlabki ta’limni oladi. 1918-1919-yillarda Toshkentdagi o‘qituvchilar tayyorlash maktabida o‘qiydi. O‘qishni tamomlagandan keyin Andijonga qaytadi-yu, kutilmaganda Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi tomonidan “bosmachilik” harakatiga xayrixohlikda ayblanib, qamoqqa olinadi. Ayblovlar tasdig‘ini topmagach, bir oydan so‘ng ozod qilinadi. U mehnat faoliyatini 1923-yili […]

04.08.2026 | 16:20

img1254

G‘IJJAKKA JON ATO ETIB…

Maqomlar, xalq kuylari, milliy cholg‘ular va ustoz-shogird an’analari xalqimizning ma’naviy hayotini boyitib, milliy o‘zligini asrab kelmoqda. Bugungi kunda ana shu bebaho merosni zamon talablari asosida rivojlantirish, uning hayotbaxsh an’analarini davom ettirish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ijodkorlar orasida taniqli bastakor va sozanda, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovning o‘rni alohida e’tirofga loyiq. Bastakor yaratgan yuzlab musiqiy asarlarda […]

04.08.2026 | 10:16

img1347

ANBAR IN’OM ETAR SENGA CHECHAKLAR

Sohibdilim – diloro,Ayyit, to‘xtasin karvon,Nay puflagan quyunningEnasimi biyobon?Sohibdilim – diloro,Qayda u chashma giryon.Jilg‘a bo‘lgan ko‘nglimniQuritib bo‘ldi mijgon.Sohibdilim – diloro,Ko‘zim mening qulfmidur,Ochib, nigohim chiqsa,Chopgan qilich zulfmidur?Sohibdilim – diloro,Qaqnus gulxani qani?Bor bo‘lsa, yuzga surtay,O‘tini yo kulini.Sohibdilim – diloro,Ko‘p riyozat chekdim-ku.O‘zim ketdim. Yo‘linggaToatimni ekdim-ku.Sohibdilim – diloro,Vasling sarobmi – ro‘yo.Hofiz emasman, ishqdaAbduvaliman go‘yo. Subhlar ho‘playdi patli havoni,Bir kun yolg‘onchilik […]

03.08.2026 | 16:12

img1058

IQLIM “BARMOQ IZLARI”

2021-yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofotining yarim ulushi “Yer iqlimini fizik modellashtirish, iqlim o‘zgarishini aniqlash va global isishning ishonchli tahlili uchun” Klaus Xasselman va  Syukuro Manabega berildi. Hayot yo‘li Syukuro Manabe 1931-yil 21-sentyabrda Yaponiyada tug‘ilgan. Tokio universitetida meteorologiya mutaxassisligi bo‘yicha 1953-yilda bakalavr, 1955-yilda magistr darajasini oldi. 1959-yilda doktorlik ishini muvafaqqiyatli himoya qilgach, AQSHga ko‘chib o‘tdi. Avval […]

03.08.2026 | 09:20

img2444

SAHIFALARDAGI SABOQLAR

Tarix – xalqning o‘tmishi, buguni va ertasi o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik. Tarixini teran anglagan millatgina kelajagini ishonch bilan barpo etadi. Shu ma’noda, arxeolog, tarixshunos va publitsist Amriddin Berdimurodovning “Sahifalarga sochilgan saboqlar” kitobi shunchaki ma’lumotlar jamlanmasi yoki tarixiy sana, hodisalar sharhidan iborat emas. Unda tarixni xalqning muqaddas xotirasi deb e’zozlovchi, butun umr osori-atiqalar, qadimiy yodgorliklarni izlab topish, […]

01.08.2026 | 10:06

img2195

MINTAQAVIY INTEGRATSIYA, YANGI TOSHKENT MODERNIZMI

O‘tayotgan haftada O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosiy hayotida qator muhim voqealar yuz berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning faol ish jadvali, uning energetikadan tortib bunyodkorlikkacha, mintaqaviy hamkorlikdan global madaniy e’tirofgacha bo‘lgan keng qamrovli faoliyati mamlakatning izchil taraqqiyot yo‘li chizgilarini namoyon qiladi. Energetika sohasidagi strategik vazifalar Xalqimizda chiroq nafaqat yorug‘lik timsoli, balki hayot bardavomligi, an’ana boqiyligi, xonadon […]

31.07.2026 | 16:26

img1386

SAMODAGI O‘ZBEKLAR

Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo‘mitasi (WGSBN) tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari – Kamoliddin Ergashev va Otabek Burhonov nomlari ikki kichik sayyora (asteroid)ga berilgani ma’lum qilindi. Endilikda xalqaro astronomik kataloglarda ushbu osmon jismlari (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomlari bilan qayd etiladi.  Ikki olimning faoliyati bilan yaqindan […]

30.07.2026 | 09:54

img1365

SAFARNOMA SABOQLARI

Shoir Shahriyor Shavkatning Afg‘oniston safarini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib bordim. Safar haqida gazetada e’lon qilingan ikki-uch maqoladan ham xabardorman. Yaqinda Shahriyordan Telegram ilovamga shunday xabar keldi: “Assalomu alaykum. Yaxshimisiz? Sizga bir kitob atagandim, qayerga olib boray?” Xabarni o‘qib, “Jadid” gazetasi 2025-yildagi eng sara maqolalar to‘plamini nashr qilgan chog‘i”, deb o‘yladim. Biroq keyingi yozishmalardan “Hirotga, bobomning […]

29.07.2026 | 12:48

img1506

JADID KUTUBXONASI