Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

“MOYKA” MUAMMOSI

Mashina yuvish uchun “avto moyka”lar juda urf bo‘ldi. Ularda, odatda, faol kimyoviy vositalar ishlatiladi. Ushbu vositalar tarkibida, umumiy olinsa, anionli va kationli sirt faol moddalar (SFM), ETDA tuzlari, natriy ishqori va turli bo‘yoqlar mavjud. Asosiy moddalari anionli SMF hisoblanadi. Ayrim manbalarga ko‘ra ­15 foiz­gacha shunday birikmalar qo‘shiladi. Anionli SFM kimyoviy jihatdan o‘ta faol hisoblanadi. Qiyin […]

23.09.2024 | 16:28

img190

TINCH QULOG‘IM…

Nega ko‘rinmay qolding, deysanmi, oshna? Shu desang, birrov AQShga o‘tib keldim. Kalla bormi senda?! AYOQShmas, AQSh deyappan! AYOQShga borgani benzin quyish­ga tirillog‘im bo‘lmasa… Amerikani aytyapman. Qanaqqip deysanmi? Shunaqqip! Oqilboyni bilasan, turib-turib bitta savol tashlaydi-da, “Kim topsa yuz dollar” deb qo‘yadi. Qo‘yliq bozoriga qulpinayning “Viktoriya” so‘rti endi chiqqan, xotin xumorbostiga shu o‘lgurdan to‘rt donagina obering, deb […]

23.09.2024 | 15:47

img302

BOG‘ISTONGA AYLANAYOTGAN YURT

Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan “Yashil makon” dasturi doirasida atrof-muhit obodligi, manzarali ko‘chatlar o‘tqazish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Asrlar davomida sinalgan, mahalliy sharoitga mos bo‘lgan tut, gujum, eman, yong‘oq, qayrag‘och, jiyda, tol va shunga o‘xshash mevali va manzarali daraxtlarni ko‘paytirish va har bir xonadonda ko‘chat ekishni rag‘batlantirishga urg‘u berilayotgani bu ishga har bir […]

23.09.2024 | 15:29

img547

AFANDI KIMGA XIZMAT QILGAN?

Nasriddin Afandi haqidagi hikoya, rivoyat, multfilm yoki kinoni qo‘ya turing, hatto uning ismini eshitganimizda ham barchamizning yuzimizda tabassum, ruhiyatimizda iliqlik paydo bo‘ladi. Uning sarguzashtlari va ko‘rgan-kechirganlari haqidagi afsonalar xalqimizning qalbi to‘ridan joy olgan. Afandi obrazi nafaqat o‘zbeklar, balki qo‘shni va qardosh xalqlar, forslar, arablar folklorida ham uchraydi. Shu sababli Afandi haqidagi latifalar YUNESKOning nomoddiy madaniy […]

23.09.2024 | 15:14

img757

“MEN YOLG‘IZ KUYLARMAN YAGONA TILIMDA”

“…Adabiyot o‘qituvchisining: “Turkcha adabiyotga uyg‘un til emas. Fors va arab kalimalarisiz turkcha she’r yozish mushkul”, degan gapi Temur Xo‘jaga og‘ir botadi. Temur Xo‘ja bu alamli og‘riqni ko‘nglida olib yuradi. Va nihoyat, javob qaytaradi. Bu – “Sevgi so‘zlari”dir. To‘plamdan bir qatordan iborat she’rni aynan keltiraman: “Sochlarim oqardi, tong oqarmazmi?!” Bu she’r zulmat haqida. Zulmatning zamirida esa […]

23.09.2024 | 14:58

img430

O‘ZBEK ADABIYOTINING OLMONIYADAGI TARG‘IBOTCHISI

Mamlakatlararo iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar bugun har vaqtdagidan ko‘ra dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Zero, dunyo ahli hamma zamonlarda bir-biri bilan o‘zaro ko‘pqirrali muomala-munosabatlarini o‘rnatib keladi. Yevropa ziyolilari, xususan, germaniyaliklar bilan bizning mamlakat ahli o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stona muloqotlar bugun yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Rasmiy tashriflar doirasida ko‘plab istiqbolli loyihalarga start berilayotgani mamlakatlararo do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat […]

23.09.2024 | 14:25

img312

VATAN KO‘NGILDADIR, KO‘NGIL VATANDA

Davlatimiz rahbari prezidentlik lavozimiga kirishgach, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan ishlash va muloqot qilish masalasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berdi. Buning huquqiy asosi sifatida 2018-yil 25-oktyabrda “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. Mazkur hujjat bugun bu yo‘nalishda qo‘lga kiritilgan yutuq va […]

23.09.2024 | 12:13

img587

MILLAT IFTIXORIGA AYLANGAN DAHO

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakat ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv­lardan birida Mirzo Ulug‘bekka baho berar ekan, “Qaysi millat, qay­si xalq Mirzo Ulug‘bekday siymosi borligi bilan g‘ururlana oladi, uning buyuk ishlari bilan faxrlana oladi?”, deb ta’kid­lagan edi. Jahonda o‘zining ilmiy kashfiyotlari bilan tabiat va jamiyat qonunlarini ochib bergan olim va tadqiqotchilar son-sanoqsiz. Lekin insoniyat taraqqiyotiga salmoqli […]

23.09.2024 | 11:20

img556

Turkiya bilan hamkorlikda O‘zbekistonning buyuk allomalari haqida ensiklopediya chop etiladi

Joriy yilning 15-19-sentyabr kunlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori F. Abduxalikov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida Turkiyada bir qator tadbirlar, davra suhbatlari, taqdimot va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Dastlab, markaz vakillari tomonidan 15-sentyabr kuni Istanbul shahridagi “Outdor Factory” kompaniyasi  faoliyati yaqindan o‘rganildi. Mazkur kompaniya ayni paytda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyini boyitish bo‘yicha o‘z loyihalarini taqdim etgan. Kompaniya […]

23.09.2024 | 11:13

img568

DUONING IJOBATI

‒ Nodirbek Abdusattorov, O‘zbe­kiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov bilan tushgan surati­ngizga tez-tez duch kelamiz. Ushbu surat ­ta­ri­xi haqida aytib bersangiz.‒ Sevimli shoirimiz Erkin Vohidov bilan uchrashganimda 8 yosh edim. 2012-yilda Sloveniyaning Maribor shahrida shaxmat bo‘yicha bolalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chem­pionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. O‘sha yili Toshkent shahrida jahonning supergrossmeysterlari ishtirokida Xalqaro shax­mat […]

23.09.2024 | 11:02

img349

KITOB – BITMAS XAZINA

Kuzning salqin nafasi ufurib turgan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Green Hills Resort” dam olish maskaniga kirib borar ekanmiz, uzun yo‘lning ikki chetiga qator joylashtirilgan “Bitmas xazina” kitob ko‘rgazma-yarmarkasi va bu rastalarga terilgan turli hajmdagi, turfa yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan rang-barang katta-kichik, moʻjaz kitoblarning betakror ranglar jilosi ko‘zni qamashtirdi. Maktab o‘quvchilari, talabalar, festival ishtirokchilari kitoblarni qiziqib […]

23.09.2024 | 10:41

img433

“ERKIN A’ZAM – SARKAZM USTASI”

“Erkin aka katta izdihomlarni yoqtirmaydi. Hamma bilan ham til topishib, chaqchaqlashib keta olmaydi. Ammo o‘ziga ma’qul tushgan odam bilan soatlab gurunglashishi mumkin. O‘ziga xos xarakterli odam. Yozuvchining fe’l-atvoridagi o‘jarlik, qaysarlik, haqiqatparastlik, adolatparvarlik uning qahramonlariga ham ko‘chgan…” Ushbu fikrlarni filologiya fanlari doktori Marhabo Qo‘chqorovaning “Erkin A’zam – sarkazm ustasi” nomli kitobida o‘qishingiz mumkin. Adabiyot rivoji, albatta, […]

20.09.2024 | 15:38

img658

OLQINDI

Kir yuvilaverib kichrayib qolgan kirsovun yoki yeyilib ketgan qumqayroqqa nisbatan “olqindi” deymiz. Shuningdek, “olqindiday” deganda ko‘chma ma’noda kichik narsa tushuniladi. Kir yuvish vositalari, hayot tarzimiz o‘zgargan sari bu so‘z ham, agar yangi ma’no tovlanish­lari bilan iste’molga qaytarilmasa, hademay mutloq unut bo‘lishi mumkin. Qadimda esa olqindi va unga o‘zakdosh so‘zlar ancha faol bo‘lgan. Xususan, buni Mahmud […]

20.09.2024 | 15:18

img218

BUGUNGI BOLALAR ADABIYOTI MUAMMOLARI

Sovet davri adabiyot­shunoslari o‘zbek bolalar adabiyotining paydo bo‘lish solnomasini “Ulug‘ oktyabr inqilobi” deya sharaflab kelingan sana bilan bog‘laydi. Taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Rahmatulla Barakayevning tadqiqotlarida esa bu fikr­ga kes­kin raddiyalar beriladi. Olim o‘zining ma’rifatparvar jadid Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotida sovet davri adabiyotshunoslari fikrlari asossiz ekanini birinchilardan bo‘lib isbotlab, folklor va […]

20.09.2024 | 14:38

img907

MUSAXO‘JA HAKIMOV — “KATTA TERROR” QURBONI

Musaxo‘ja Hakimov 1898-yili Buxoroda qozi oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek, dastlabki ta’limni o‘z davrining yirik ulamosi bo‘lgan otasidan olgan. Jadidlik maktabini tamomlab, Buxo­ro­dagi madrasaga o‘qishga qabul qilingan. Qahramonimiz 1920-yil sentyabrda amirlik tugatilib, Buxoro xalq sovet respublikasi (BXSR) tashkil topgani­dan so‘ng yangi hukumat tomonidan ­Bu­xoro tumani qozisi lavozimiga tayinlangan. 1922-yil 18-avgustda 3-Butunbuxoro sovetlari qurultoyi qarori bilan […]

20.09.2024 | 10:49

img550

QILKO‘PRIKDAN OMON O‘TGANLAR

Qariyb bir asrlik tarixga ega bo‘lgan ona­xon nashrimiz – “Saodat” jurnali adabiyotga qanchadan-qancha iste’dodli ijodkorlarni, el sevgan shoir-shoiralarni yetishtirib bermagan deysiz? Zulfiyaxonim, Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyeva, Tursunoy Sodiqova, Xosiyat Bobomurodova, Sharifa Salimova, Qutlibeka Rahimboyeva… “Saodat” kashf etgan qalam ahlining nigor so‘zlari yillar davomida millionlab qalblardan joy olgani, jurnal esa ming-ming­lab o‘zbek ayoli­ning ko‘ngildoshiga aylangani rost. […]

19.09.2024 | 18:07

img666

Asosiy

KELGUSINING QUYOSHI

Quyosh botdi. Uning yog‘dulari allanimani kutganday bo‘lib, biroz turdi-da so‘ngra yugurishib ketdilar. Quyoshdan qochib yotg‘on qorong‘iliq barcha yoqni o‘rab oldi. Ul achchiqlong‘on edi. Qovog‘ini solib, tegrasiga qarardi.  Atrofdagi shovqin-suronlar bosh­landi. Qorong‘iliq askariga qarshi qo‘­yilg‘on chirog‘lar yog‘dusi ko‘b tortisha olmasdan yengilishib, taslim bo‘ldilar. Kechaning tinig‘in yolg‘izg‘ina huvillab turg‘on shamol va unda-munda akillagan itlarning tovushlari buzardi. Kecha […]

19.09.2024 | 11:45

img287

ISMOILBEK GʻASPRALI FENOMENI

Insondan dunyoda yaxshi nom, ezgu amallar meros qoladi. Bu dunyoda odamlarning moddiy va ma’naviy jihatdan baxt-saodatli hayoti uchun o‘z fikri, mol-dunyosi va joni bilan xizmat qilgan fidoyi shaxs­larning xayrli ishlari har doim yaxshilik bilan esga olinadi. Bugun vafotiga bir yuz o‘n yil to‘lgan Ismoilbek Gʻaspralini yodga olganda, shu donishmand jadid allomaning tarix oldida naqadar ulkan […]

18.09.2024 | 17:38

img638

YER QA’RIDAGI XAZINA

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori Rahmatjon OXUNJONOV bilan suhbat – Ma’lumki, eng qadimiy geo­logik kuzatuvlar Pifagor, Aristotel asarlarida uchraydi. Yurtimizdan yetishib chiqqan Beruniy, Ibn Sino singari ulug‘ allomalar ham qator minerallar va ma’danlarga ilmiy ta’rif berishgan. Ayting-chi, bugun o‘zbek geologiyasining dunyo ilm-fanidagi mavqeyi qay darajada, qanday xalqaro aloqalar o‘rnatilgan? – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi […]

18.09.2024 | 14:47

img312

SHE’RIYATIMIZNING ONAGULI EDI

Enaxon opam bilan qachon, qayerda tanishga­nim yodimda yo‘q. Ehtimol, esimni tanib, kitob, gazeta jurnallarni o‘qiy boshlaganimdayoq tanigan bo‘lsam kerak. Xotiralar bisyor, ammo yorug‘ kunlardan boshlanib, ayriliq bilan bir nuqtaga kelgan o‘ylarim og‘riq bera boshlaydi. O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova ko‘nglida tiriklik qo‘ng‘iroqlari, shamollar poyiga bosh urib yig‘lasa ham, gullar yo‘llariga bor yaprog‘ini sochib yuborsa ham […]

18.09.2024 | 11:10

img491

O‘ZBEKISTONDA TRANSPLANTOLOGIYA ISTIQBOLLARI

Dunyo bo‘yicha birinchi yurak transplantologi deb e’tirof etilgan Kristian Bernard “Hatto ko‘chirib o‘tkazilgan yurak ham sevishga qodir” deganida yuz karra haq edi. Janubiy afrikalik bu benazir shifokor bir insondan boshqa bir insonga jon baxsh etguvchi yuraknigina emas, hayotning davomiylik haqiqatini ham ko‘chirganini ich-ichidan his etgandir, ehtimol… Ichki a’zolar transplantologiyasining tibbiyot sohasiga kirib kelganiga 112 yil […]

16.09.2024 | 19:24

img723

JADID KUTUBXONASI