KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
YANGA (HIKOYA)
Akmal qo‘ng‘iroq tugmasini bosishi bilan ichkaridan ovoz eshitildi: — Ana, Akmalxon keldilar. «Kelinoyim», deb o‘yladi u yangasini ovozidan tanib.Yangasi negadir uning ismiga «xon» qo‘shib gapirardi.Akmal yangasi kelganidan quvondi. Har safar uni ko‘rsa onasini ko‘rgandek bo‘lardi. Eshikni yangasining o‘zi ochdi. Akmalning yelkasidan quchoqlab ko‘rishdi. U yashil jemper kiygan, shtapel durra o‘rab olgan, qoracha, ozg‘in yuzida iymanuvchan […]
26.01.2026 | 21:00
1246
Asosiy
YILLAR VA YO‘LLAR
Sobiq tuzumning qatag‘on davrida begunoh kishilarni “xalq dushmani” degan dahshatli ayblov bilan hibsga olish, otib yuborish sotqin va tamagir amaldorlarga kamdek ko‘ringan. Ular kommunistik partiyaga sadoqatini bildirish uchun markazdan tushgan har bir topshiriqni ortig‘i bilan ado etish maqsadida ayblovlar doirasini kengaytirgan. Mahkum kim, qaysi jinoyatda aybli deb topilayotganidan qat’i nazar, deyarli barcha ishga Jinoyat kodeksining […]
26.01.2026 | 14:24
1138
QOR (HIKOYA)
Qirq kundirki, Buxoro qor kutar, lekin bu oppoq sehru jodudan hamon darak yo‘q edi. Qizilqumning bepoyon kengliklari, Amu sohillari visolga tashna oshiqning bo‘saga intiq labidek bo‘lib, birinchi qorni kutardi. Niliy toqu gumbazlarning ming yillik xarsanglari samoga ko‘z tikkan, lekin ilk muhabbatga monand oppoq momiq qor yo‘q edi. Qor… Qor… Butun borliq tabiatning ana shu moʻjizasiga […]
22.01.2026 | 21:00
1720
HAMMASI O‘Z QO‘LIMIZDA
Biologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi To‘raxon UZOQOVA bilan suhbat – Ilm yo‘li murakkab. Xotin-qizlarning umrini ilm-fanga bag‘ishlashi esa katta jasorat. Quvonarlisi, yurtimizda bugun ana shunday jasorat sohibalari safi kengayib bormoqda. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz? – Ilm yo‘lidan borganlar – eng baxtli insonlar, deb hisoblayman. Bir sulolada bitta olima bo‘lsa ham, […]
22.01.2026 | 08:58
1993
TAFT (HIKOYA)
Qobulda bog‘i Bobur degan qadamjo bor. Uning baland to‘rida shoirning qabri saqlangan. Oyoq tomondagi qari tutni o‘sha vaqtlarda o‘tqazilgan, deb tushuntirishadi. Qadamjoni ikkinchi bor ziyorat qilganimda yonimda menga bog‘lab qo‘yilgan soqchidan bo‘lak odam yo‘q edi. Uning oti Ma’rif, kambag‘algina askar bola. Men bu safar tutga uzoq tikilib qoldim. U qarib, yo‘g‘on tanasi tamoman chirib, o‘q […]
21.01.2026 | 21:00
1460
MATEMATIKA – MUVAFFAQIYAT MANBAYI
Suhbatdoshimiz O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Butunjahon Fanlar akademiyasi akademigi, Davlat mukofoti laureati O‘tkir Roziqov ayni paytda O‘zFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda. U qariyb qirq yillik faoliyati davomida matematik analiz, algebra va ehtimollar nazariyasining zamonaviy usullari bilan fizik va biologik sistemalarning termodinamikasi va dinamikasi nazariyalarini yaratib, ularni tabiiy fanlarga qo‘llashda […]
21.01.2026 | 12:50
1155
OGʻAMIZ OMON BO‘LSINLAR!
Men Murodboy Nizanov bilan ilk bor 2004-yilda tanishganman… Yo‘q, adashdim. Bu insonni ancha avvalroq, o‘spirin chog‘larimda iste’dodli ijodkor sifatida taniganman. Maktabda o‘qib yurgan paytlarimda adabiyotga havasim baland edi. Qo‘limga tushgan kitob va gazeta-jurnallarni ishtiyoq bilan mutolaa qilaman. Kolxozda brigadir bo‘lib ishlaydigan rahmatli amakim o‘zi obuna bo‘lgan “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, “Mushtum” jurnallarini o‘qib bo‘lgach, menga berardi. […]
21.01.2026 | 09:46
1159
BADIIYAT DARGʻASI
Mustabid tuzum illatlarini chuqur anglab yetgan adabiyotshunos, tanqidchi va tarjimon Asil aka Rashidov haqida gapirganda, har gal ichki bir taraddud sezaman. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Asil Rashidov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “E’tirof” kitobini o‘qir ekanman, butun umrini milliy adabiyotimiz, ma’naviyatimiz rivojiga bag‘ishlagan, chin ma’nodagi fidoyi, serqirra ijodkorning badiiy-ijodiy salohiyati va benazir shaxsiyati ko‘z o‘ngimda […]
20.01.2026 | 10:43
1292
BEHBUDIY YILI
O‘zJOKU professori, filologiya fanlari doktori Halim SAIDOV bilan suhbat – Domla, Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi va bu sana bilan bog‘liq voqealar Sizda qanday taassurot qoldirdi? – Albatta, har bir o‘zbekistonlik uchun xayrlashgan yilimiz o‘z sohasida betakror o‘tgan bo‘lishi mumkinligini va ularning fikrlarini hurmat qilgan holda ta’kidlab aytamanki, 2025-yil kamina uchun betakror vatandoshimiz, xalqimiz donishmandlaridan biri […]
19.01.2026 | 17:39
1318
ILM AZIZ QILGAN ZOT
Azizxon Qayumov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Po‘latjon Qayyumiy xonadonida 1926-yilning 19-yanvar kuni dunyoga kelgan. Bu ma’rifatparvar oiladan keyinchalik ikki mashhur adabiyotshunos yetishib chiqishi bejiz bo‘lmagan. XX asr boshi Qo‘qon shahrida yangi usuldagi maktablarning mohir muallimi, jadidona yangicha qarashli Po‘latjon domla farzandlari tarbiyasiga maxsus e’tibor berar, oilada ilm-u adabiyot ruhi ustun turardi. Keyinchalik “Xo‘qand tarixi va […]
19.01.2026 | 10:30
1515
TOMCHIDA QUYOSH
“Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Rustam KALONOV bilan suhbat “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi. Aynan mahalladagi yo‘l, suv, elektr va transport ta’minoti, bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikadagi shart-sharoitlarga qarab, odamlar islohotlarimizga baho beradi. Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilash orqali biz mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, uning qiyofasini yanada go‘zal va obod qilish borasidagi ishlarni davom ettiramiz”. […]
16.01.2026 | 12:27
1562
IZZATLI ALLOMA
O‘tgan asrning o‘ttizinchi yillaridan boshlab to hozirgacha aksar yozuvchilarning badiiy didi Abdulla Qahhorning estetik qarashlari ta’sirida shakllangan, desak xato bo‘lmaydi. Qahhorning keskin munosabatisiz qirqinchi-yetmishinchi yillarda adabiyotimizda xaltura yanayam ko‘proq bo‘lishi turgan gap edi. Chunki konfliktsizlik, soxta baxt taronasi rag‘batlantirilar, har qanday asardan (hatto besh-olti asr avvalgi turmush tasvirlangan bo‘lsa ham) bevosita yo bilvosita “kommunizm cho‘qqilari”ni […]
15.01.2026 | 12:25
1413
“YALDO KECHASI”: XULOSA VA SABOQLAR
Sirli muallif kim edi? Xabaringiz bor, “Jadid” gazetasining 2025-yil 28-noyabr sonida “Suyunchi” ruknida “Yaldo kechasi”ni kuting va o‘qing!” nomli suhbat e’lon qilinib, unda “Xaybar-25” nomli yangi nashriyot faoliyat boshlagani va ilk mahsuloti sifatida “to‘rt yuz oltmish bir betdan iborat yirik hajmli, murakkab syujet va kompozitsiyaga ega favqulodda g‘aroyib tarixiy roman” – “Yaldo kechasi” kitobini nashrdan […]
15.01.2026 | 09:54
3896
ASKAR BOBOSI
Tarixga nazar tashlasak, millatimizning salkam bir yarim asrlik istibdod domiga tushishiga Turkiston zaminidagi ikki xonlik va bir amirlik boshida o‘tirgan hukmdorlarning harbiy salohiyat masalasiga e’tiborsizlik bilan qaragani, yov tashqarida fursat poylab turgan kezlarda ham arzimagan bahonalar bilan bir-birining ustiga qo‘shin tortib, yurtda – millat orasida parokandalikni yuzaga keltirgani, qo‘shin tuzish, uni saqlash, janglarga hozirlash borasida […]
14.01.2026 | 10:50
1204
SHATRANJDAN SHAXMATGACHA
So‘nggi yillarda O‘zbekiston sporti haqida gap ketganda, ko‘z oldimizda nafaqat shiddatli bokschilar yoki matonatli kurashchilarimiz, balki vazminlik bilan dona surib, dunyoning eng kuchli grossmeysterlarini shoshirib qo‘yayotgan navqiron shaxmatchilarimiz ham gavdalanadi. Bu bejiz emas. Zero, shaxmat – bu shunchaki o‘yin emas, bu – millatning intellektual quvvati, strategik fikrlash qobiliyati va sabr-toqatining ko‘zgusidir. O‘tmishda shatranj deb atalgan […]
13.01.2026 | 14:04
1375
OQIB KETMAGAN ARMONLAR
1937-yil 19-oktyabr. Muhammad hoji To‘rtko‘l bozoridan besh dona gurvak olib qaytdi. Bola-chaqaga maydagina qovunlar urvoq ham bo‘lmadi. Katta nevarasi Sharifa “Buva, yana qovun yeyman”, deb mo‘ltirab turibdi. U yana bozorga otlandi. Kampirining ko‘ngli chopmadi: “Keyingi bozor borarsiz, hozir olti chaqirim yo‘l bosib horib keldingiz”, dedi. Sharifa ikki yashar ukasi Abdulla bilan buvasi qumlik oralab o‘tgan […]
13.01.2026 | 10:04
1232
Asosiy
MILLAT KURASHCHISI
1938-yilning boshlarida NKVD tomonidan qamoqqa olinib, “Stalinga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan” degan ayb bilan Toshkentda otib tashlangan o‘z davrining faol yoshlaridan biri, o‘zbek sportining iftixori Hidoyat Inoyatov edi. Hidoyat Inoyatov 1913-yili Toshkent shahrining Taxtapul dahasidagi Qoziko‘cha manzilida tug‘ilgan. Uning bolalik davri Oktyabr to‘ntarishi ro‘y berib, jadid maktablari yopila boshlagan hamda ular o‘rniga namunaviy maktablar paydo bo‘layotgan […]
12.01.2026 | 16:17
1869
JADIDLAR DAVRIDA KUTUBXONACHILIK
Bugungi kunda O‘zbekiston kutubxonachilik tizimi modernizatsiyasi, raqamli kutubxonalar, axborot-resurs markazlari rivoji jarayonida jadidlar yaratgan ma’rifiy kutubxonachilik an’analarini tarixiy-ilmiy jihatdan qayta ko‘rib chiqish va chuqur o‘rganish muhim metodologik ahamiyatga ega. Jadidlarning ma’rifiy paradigmasi shuni ko‘rsatadiki, ular uchun kutubxona: bilim manbayi sifatida – jamiyat va inson haqidagi ilmiy tasavvurlarni shakllantirish vositasi; ma’naviy tarbiya maskani sifatida – axloqiy, […]
12.01.2026 | 14:42
1176
KO‘NGILDA QOLIB KETGAN GAPLAR
Oybekning yosh paytlariga tegishli bir rivoyat bor: yosh, nazarimda 4–5 yoshlik paytlarida biror yumush sabab bo‘lib, oyisi bilan tomga chiqadi. Ma’lumki, u paytlarda tomning usti somon suvoq bilan suvalib, yassi va tekis bo‘lgan. O‘shanda osmon musaffo, oy o‘zining saxovatli nurini yerga sochib, charaqlab turgan ekan. Tasavvur qilish mumkin, yerdagiga nisbatan tomda yana ham charog‘on ko‘ringan […]
10.01.2026 | 15:47
1568
NURDAN YARALSA BOYLIK…
Filologiya fanlari doktori, professor, “Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurboy Jabborov oltmish yoshga to‘ldi. G‘alvirni, yo‘q, balki to‘rni suvdan ko‘taradigan yosh. To‘g‘rimi? To‘rga kam baliq ilingan bo‘lsa, u yengilgina tortiladi. Ko‘p baliq tushgan bo‘lsa-chi? Tomir. Bir gal taniqli adabiyotshunos va san’atshunos Shuhrat Rizayev Nurboy domlaning Dehqonobod tumanidagi Otkamar qishlog‘ida yashovchi 100 yoshga yetgan […]
09.01.2026 | 16:26
1579
ABDULLA QAHHOR IBRATI
Men atoqli yozuvchimiz Abdulla Qahhorning hikoyalariga, adibning “Yoshlar bilan suhbat” kitobidagi qimmatli maslahat va o‘gitlariga tez-tez murojaat qilib turaman, ular menga ijodkorning adabiyot oldidagi mas’uliyatini eslatib turadi. Qolaversa, men dastlab o‘qigan va xotirlab qolgan badiiy asar “O‘jar” hikoyasi edi. O‘shanda, adashmasam, 4-sinfda o‘qirdim. Badiiyotga qiziqib, bir nimalar yozishni mashq qila boshlagan kezlarimda maktab darsliklaridagi G‘afur […]
09.01.2026 | 14:29
1521