KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
QALAMNING QUDRATI
Mohir jamoat arbobi, tarixchi, atoqli pedagog va tarjimon Said Rizo Alizoda serqirra faoliyati, ma’rifatparvarlik ruhi va o‘tkir qalami orqali Samarqand jadid matbuoti rivojiga, xalq ongi va tafakkuri uyg‘onishiga salmoqli hissa qo‘shgan ziyoli sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Said Rizo Alizoda 1887-yil 15-fevralda Samarqandda tug‘ilgan. Otasi hoji Mirmaxsum eronlik mansabdor shaxs bo‘lib, 1882-yilda Xurosondan Buxoro orqali […]
09.01.2026 | 12:45
1165
Asosiy
QODIRIYNING QASAMI
Buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy sharqona qadriyatlar ruhida tarbiya topgan oliyjanob shaxs sifatida, o‘z hayoti va ijodida islomiy va dunyoviy odob-axloq me’yorlarini hamisha muvozanatda ushlagan. “Yig‘indi gaplar” maqolasi uchun mahkamaga tortilganida ham, garchi adolatsizlik qurboni bo‘lgan esa-da, adibni o‘ta bosiq holda ko‘ramiz. Asarlariga to‘xtamay tosh otayotgan kimsalarga yozgan raddiyalarida ham u sira-sira jahl otiga minmaydi. Ayrim […]
08.01.2026 | 12:23
1671
Asosiy
HAQ YENGAR, YENGILMAS!
Yaqin tariximizning ijtimoiy-madaniy hayotida jadid harakati kabi muhim o‘rin tutgan, ayni paytda, shuningdek, xilma-xil talqinga ega ikkinchi hodisani topish mushkul. Bu harakat vakillarining ijtimoiy kelib chiqishi, dunyoqarashi va faoliyat yo‘nalishlari ham, tabiiyki, bir xil bo‘lgan emas. Odatda, jadidlar va qatag‘on qurbonlari haqida gap ketganda, tergovchilar salbiy qiyofada gavdalanadi. Ammo qahramonimiz – qo‘qonlik tergovchi Ibrohimjon Musaxonovning […]
07.01.2026 | 16:55
1280
Asosiy
MADANIY ISLOHOT TARIXI
Taniqli ma’rifatparvar Hoji Muinning “Marhum Behbudiy va rafiqlarining shahid bo‘lg‘anliklari va ular tomonidan yozilgan vasiyatnoma” (“Mehnatkashlar tovushi”, 1921-yil 28-mart) hamda “Mahmudxo‘ja Behbudiy” (“Zarafshon”, 1923-yil 25-mart) kabi maqolalari behbudiyshunoslar va jadidsevarlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Maqolalarda yozilishicha, Mahmudxo‘ja Samarqand shahri yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li oilasida tug‘ilgan. Otasi asli turkistonlik bo‘lib, Xoja Ahmad […]
07.01.2026 | 12:24
1204
TA’LIM VA HAYOT UYG‘UNLIGI
Bugungi tahlikali zamonda barqaror rivojlanish va jahon maydonida raqobatdoshlikni ta’minlashning asosiy sharti – ta’lim tizimining sifat va samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish bilan bog‘liq. Zero, tashqi tahdidlar qanchalik kuchli bo‘lmasin, har bir mamlakat uchun eng katta xavf – ichki zaiflik. Jaholat, mutaassiblik, loqaydlik, mafkuraviy bo‘shliq, qadriyatlar inqirozi, ijtimoiy adolatsizlik – bularning barchasi ichki tahdidlar bo‘lib, ular […]
07.01.2026 | 10:44
1020
DOLG‘ALI ASR HAQIDA G‘AROYIB ASAR
“Yaldo kechasi” tarixiy romani xususida HAVAS VA JASORAT 21-dekabr eng uzun tun kuzatiladigan sana. Joriy yilda ushbu kun adabiyot taqvimiga ham uzoq kutilgan asarning tavalludi o‘laroq qayd etildi. Ikkisini birlashtirib turadigan jihat nomi va ramzidir – Yaldo kechasi. Shu kuni yakshanba bo‘lsa ham, havo harorati keskin tushib ketganiga qaramay, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondining yangi majlislar […]
05.01.2026 | 10:03
1362
“NEKI TOPGAN BO‘LSAM, TEATRDA TOPDIM”
O‘zbekiston xalq artisti Rixsi IBROHIMOVA bilan suhbat – Ayajon, “Shoh Edip” – buyuk Shukur Burhon (Edip) hamda Sora Eshonto‘rayeva (Iokasta) bosh rolda bo‘lgan spektaklda Rimma Ahmedova ikkingiz ham sahnaga chiqqansiz. Yozib olingan tasvirlarni ko‘rib, odamni hayajon bosadi. Buyuklar bilan rol o‘ynash oson bo‘lmagandir, to‘g‘rimi? – 71 yildan beri sahnadaman – bir inson umri. O‘zi 17 […]
30.12.2025 | 12:24
2075
Asosiy
HISOBOT QURBONI
1930-yillar qatag‘onining qonli tig‘iga duchor bo‘lgan insonlardan biri Abdukarim To‘xtaboyev edi. U 1898-yili Namangan viloyatining G‘alcha qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keladi. Bolaligidanoq yer haydab, dehqonchilik hadisini olib ulg‘ayadi. Dastlab Namangan shahrida eski usuldagi Abdulahad Maxsum maktabida uch yil tahsil oladi. So‘ngra To‘raqo‘rg‘ondagi rus maktabida besh yil o‘qiydi. Navbatdagi bosqichda Namangan gimnaziyasida bir yil ta’lim oladi. […]
30.12.2025 | 10:20
1553
O‘ZBЕGIMNING SO‘Z ZARGARI
Xalqimizning ardoqli shoiri Erkin Vohidov inson qalbini, tili va dilini teran bilgichi bo‘lgan ulug‘ ijodkordir. Chin shoirlik – yuksak martaba, komillik darajasiga yetishmak, demak. Uning yuksak she’riyati qalblarni zavqlantiradi, ruhni yuksaltirib, tasavvurlarni ravshan qiladi. Bu she’rlarda surur va dard, zavq va iztirob, safo va jafo uyg‘unlashadi. Ruhi baland, qalbi toshqin, bilimi daryo insonning inja tuyg‘ulari […]
29.12.2025 | 15:39
1775
TOGʻLARNI QULASHDAN ASRAGAN ADIB
Chingiz Aytmatov salkam sakson yillik, mazmunan asrga tatigulik umrni yashab o‘tdi. Butun ijodi davomida nainki bugunning, ayni chog‘da ertaning, yaqin kelajakning ham muhim, boshqalar aytishga jur’at eta olmagan muammolarini o‘ziga xos jasorat bilan tadqiq etdi. Muxlislarini bu muammolar to‘g‘risida o‘ylashga, fikr qilishga, xulosa chiqarishga chorladi. Xalqning tilida va dilida turgan, pishib yetilgan, aytmasa bo‘lmaydigan muammolarni […]
26.12.2025 | 12:03
1678
SOG‘LOM AQL
Pedagogika fanlari doktori, professor, I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi Tal’at Usmonxo‘jayev respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning fidoyi nazariyotchisi, milliy harakatli o‘yinlarimizning faol targ‘ibotchisidir. U kishi 1932-yilda Toshkent shahrining Beshyog‘och dahasida, ziyolilar oilasida tavallud topgan. Jismoniy tarbiya texnikumini imtiyozli tugatgach, Moskvadagi Markaziy jismoniy tarbiya institutida o‘qigan. Faoliyatini Toshkentda yangi ochilgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya […]
25.12.2025 | 15:17
1506
Asosiy
“MILLATGA XIZMAT ILMSIZ BO‘LMAS…”
Atoqli ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning 1899-yilda amalga oshirgan haj safari uning siyosiy tafakkuri o‘zgarishiga olib kelgan muhim bosqichlardan sanaladi. Safar chog‘ida u Istanbul va Qohira kabi musulmon dunyosining yirik ilmiy-madaniy markazlarida bo‘lib, u yerdagi ta’lim muassasalari – maktab va universitetlarning faoliyati bilan tanishadi, zamonaviy pedagogik faoliyatni yaqindan kuzatadi. Shu bilan birga, Turkistonga ilg‘or Yevropa va Sharq […]
25.12.2025 | 12:00
1431
IKKI XALQNING ARDOQLI FARZANDI
Alloh yo‘lida olamni va odamni sevish, olam va odamga aloqador barcha tuyg‘ularni qadrlash, ularga samimiy va abadiy muhabbat bog‘lash hamda umr bo‘yi shu e’tiqodga sodiq qolish oson emas. Serqirra iste’dod sohibi Akif Azalp vatan, ilm-fan va adabiyot ravnaqi, ozarbayjon – o‘zbek do‘stligi yanada mustahkamlanishi uchun ixlos va sadoqat bilan xizmat qilayotgan zamondoshlarimizdan biridir. Akif Azalpning […]
24.12.2025 | 15:58
1313
ODAMLAR NIMA DEYDI?
Ko‘p yillik tajribamdan kelib chiqib aytsam, mana shu savol xalqimiz xatti-harakatlarini belgilashda ustunlik qilar ekan. Bu ustunlik ijobiy ahamiyat kasb etsa-ku, yaxshi. Ko‘chaga chiqindi uloqtirayotganda, pora olishga qo‘l cho‘zayotganda, xayrli ishlarga bosh qo‘shmay turganda, “Odamlar nima deydi?” deya vijdonimiz so‘roqqa tutsa, ayni muddao. Ammo bu savol salbiy oqibatlarga boshlasa-chi? Uyimning tomini qo‘shnimnikidan ko‘tarmasam, bojamdan o‘tkazib […]
24.12.2025 | 12:26
1833
…OQIB BORAR OY
YURT MANZARALARI Marg‘ilonda, tong shivirida,Yuragimga tegib o‘tdi kuz.Potirladi ko‘ksimda qushlar –Oqi – oppoq, qorasi – qunduz. Tubigacha ko‘rinar suvlar,Bog‘lar sog‘inch rangiga kirgan.Ro‘mol uchin tishlar suluvlarYuzga hayo upasin urgan. Hovlilardan anqiydi hayot,Sarishtalar Kumush, Zebilar.Engashmasang boshingga tegarUsta bog‘bon ekkan behilar. Soqolini yillar kuzagan,Bomdod o‘qib qaytishar chollar.Shirmoy nonday balqqanda quyoshQaymoq suzar aziz ayollar. Bedanalar payrov qilganchaAyvonlarda qutlaydi tongni.Sezdirmasdan […]
23.12.2025 | 15:36
1420
Asosiy
ILM OLISH JINOYATMIDI?
Siyosiy va iqtisodiy qaramlik botqog‘iga botgan qadim Turkiston xalqini uyg‘otish va yurt ozodligiga erishishni eng oliy maqsad deb bilgan jadid bobolarimiz o‘z faoliyatlarini maktablar ochishdan, vaqtli nashrlar orqali ma’rifat tarqatishdan boshlaganlari bejiz emas. Bu ishlar jadid harakatida birlamchi bosqich bo‘lsa, ikkinchi bosqich yangi maktablarda o‘qigan, ilmga tashna yoshlarni xorijga o‘qishga yuborish, ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash […]
22.12.2025 | 10:52
1362
JADIDSHUNOSLAR SARDORI
Dunyo olimlari umumjadid harakati yuzasidan mulohaza yuritadigan, ilmiy tadqiqotlar olib boradigan bo‘lsa, Begali Qosimov nomini, asarlarini aslo chetlab o‘ta olmaydi. U jadid harakatini keng ko‘lamda, butun ta’sirlanuv omillari, yo‘lboshchilari, asosiy g‘oyalari, geografik ko‘lami, mashhur shaxslarigacha tadqiq qilishga ilmiy quvvati yetadigan benazir olim edi. Begali Qosimov sovet zamonida ilm uchun eng murakkab va qaltis mavzuni – […]
19.12.2025 | 15:19
1918
QUYOSH SANDONI
Suhbatdoshimiz – O‘zFA Materialshunoslik instituti direktori, akademik Odilxo‘ja PARPIYEV 1965-yil 30-sentyabrda tavallud topgan. 1990-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. O‘zFA Issiqlik fizikasi bo‘limi kichik ilmiy xodimi, O‘zbekiston Fan va texnika davlat komitetida boshqarma boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – Ijro apparati rahbari, Fan va texnologiya agentligi bosh direktorining birinchi […]
19.12.2025 | 11:41
1708
Asosiy
ZULFIQORNING ZAHMATLI UMRI
Abdurahmonning bolaligi sovet tuzumining eng og‘ir paytlariga to‘g‘ri keldi. Bir tarafda Birinchi Jahon urushi va uning og‘ir oqibatlari, ocharchilik, qonli qatag‘onlar, so‘ng Ikkinchi Jahon urushi har bir insonning qalbiga qo‘rquv, dahshatli hadik, sarosima solgan kezlar edi. Abdurahmon shunday muhitda maktabga qatnab ilm oldi, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida otasi usta Rahim Muhammadjonovning sartaroshxonasiga kelib, ishlab pul topishga […]
18.12.2025 | 16:13
1482
JUR’AT SABOG‘I
Iste’dodli olim, izzatli adabiyotshunos Izzat Sultonning “Navoiyning qalb daftari” kitobi o‘z vaqtida juda katta izlanishlar va olimning tinimsiz mashaqqatli mehnati evaziga maydonga kelgan. Asar bugungi kunda qayta nashr etilib, o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. Kitobda bir qator o‘ziga xosliklar bor. Unda olim buyuk shoir diliga kotiblik qiladi, Navoiyni so‘zlatadi – o‘zi xususida shoirning o‘zi so‘zlaydi. Kitob […]
18.12.2025 | 13:28
1176
KOSHG’ARIY SALTANATI
Til ilmining nayzadori Atoqli olim va mutafakkir Mahmud ibn Husayn Koshg‘ariyning haqiga, butun turkiy ellar, har qancha duo qilsak arziydi. Asli qoraxoniy hukmdorlar avlodidan bo‘lgan, mashhur Bug‘ra Qoraxon sulolasiga yettinchi bo‘g‘inda tutashadigan bu ulug‘ zot o‘tkinchi mulk hoy-u havasidan mardona kechib, boqiy so‘z saltanatini zabt etmakka qaror qildi va bu ketmas davlatning o‘lmas sohibiga aylandi […]
17.12.2025 | 10:02
1518