Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

ISMOIL GʻASPRALINING “DORUR-ROHAT MUSULMONLARI” ASARIDAN IQTIBOSLAR

“Dorur-rohat musulmonlari” asarida Islom dinining Gʻarb madaniyati va umuman, dunyoviy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan bemisl hissasi aniq va ta’sirchan misollar yordamida ko‘rsatib beriladi. Asar toshkentlik Mulla Abbosning musulmon madaniyati yodgorliklarini o‘rganish maqsadida Ispaniyaga safar qilishi haqida hikoya qiladi. U yerda tasodifan sirli va farovon Dorur-rohat (Rohat uyi) nomli musulmon jamiyatiga duch keladi. Tashqi dunyodan yashirin bu […]

16.12.2025 | 17:44

img1470

Asosiy

JADIDLAR HALQASI

1938-yilning 5-oktyabrida hukmi e’lon qilingan, biroq 4-oktyabrdayoq yoppasiga otib tashlangan 36 nafar vatandoshimiz to‘g‘risida har gal o‘qiganimizda, jon-tanimizga titroq kiradi. O‘ttiz olti qurbonning xalqimiz taqdiriga doxil o‘ttiz olti hikoyati bor. Qudratulla Yunusov 1896-yili Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ildi. Uning bolalik davri jadidlar faoliyati shahri azimda keng quloch yoyib borayotgan vaqtlarga to‘g‘ri keldi. Xususan, bu paytda, […]

16.12.2025 | 09:35

img1479

YASHIL QUSHLAR MANZUMASI

Eshqobil Shukur ijodida “Nasoyim ul-muhabbat” bahralari MA’RIFAT NURI VA HIKMAT ZIYOLARI Agar ma’rifat nuri va hikmat ziyolari bo‘lmasa, u she’riyat yashovchan bo‘la olmaydi. Yangi davr, ya’ni XX–XXI asr o‘zbek adabiyotida ma’rifat tamoyillari ijodkorlarning tarixga, tarixiy shaxslar va mumtoz adabiyotga bo‘lgan munosabatlari orqali namoyon bo‘ladi. Nasrda Oybek, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xayriddin Sultonov buyuk tarixiy shaxslar […]

15.12.2025 | 11:03

img1248

Asosiy

ADIBNI ANGLASH

1 …hurlik zamonida ulug‘ adib merosi yangi tamoyillar bilan qaytadan inkishof qilinmoqda, ijodining bosh­lanish pallasidayoq ikki mumtoz asar yaratgan muallifning kelajakda nimalar tuhfa qilishi mumkinligi yuzasidan farazlar bildirilayotir, bir so‘z bilan aytganda, Abdulla Qodiriy ijodiy ustaxonasiga qiziqish katta va bu nazar kuchayib boryapti. Garchi “Obid ketmon” mashhurlikda ikki roman shavkaticha bo‘lmasa-da, biroq o‘sha davr adabiyotida […]

13.12.2025 | 16:25

img1488

BUYUKLIK ODDIYLIKDADIR

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov umri davomida Vatan mustaqilligi uchun kurashgan jadid namoyandalarining mashaqqatga to‘la hayoti va serqirra ijodi haqida qator ilmiy-adabiy tadqiqotlar yaratdi. Olim “Kitob dunyosi” gazetasida 2015-yil 25-noyabrda chop etilgan “Otam, bolalik va ilk maqola…” nomli xotirasida: “She’riyatga mehrim ko‘proq bo‘lgani uchun yaxshi ko‘rgan she’rlarimni bir o‘qishda yodlab […]

12.12.2025 | 16:52

img1517

ASRGA TATIGULIK UCHRASHUV

1990-yillarning boshi. Olis shimolda harbiy xizmatdaman. Bir kuni komandirimiz To‘raqul O‘rkachiyev Enasoy daryosi bo‘yida kimsan Chingiz Aytmatovni uchratganini aytib qoldi. Bu xushxabarni eshitganim zahoti meni ham tanishtirib qo‘yishni iltimos qila boshladim. To‘raqul og‘a biroz og‘rindi: “Qani, inim, bilib kelay-chi. Katta yozuvchining vaqti, imkoni, xohishi bo‘larmikan…” To‘g‘risi, dovrug‘i yetti iqlimga yetgan adib va arbobning oddiy askar […]

12.12.2025 | 16:28

img1119

“…KO‘NGIL BOGʻIMDA…”

Muallifi aytilmasa ham satrlari allaqachon xalq mulkiga aylangan, ya’nikim, mangulikka muhrlangan shoirlar bor. “Alpomish”ni kim yozganini bilamizmi? “Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak”ka kim mualliflik huquqini da’vo qiladi? Ba’zan kitobxonlik saviyasi past deb goh kattalardan, goh yoshlardan yozg‘irib qolamiz. Lekin adabiyotdan so‘z ochsangiz “bilmayman” deb yelka qisadiganlar ham “Vodiylarni yayov kezganda” deb boshlasangiz, albatta, “Bir ajib […]

12.12.2025 | 15:07

img738

CHIN SINCHI

Tilning g‘oyat mukammal va benazir muhtasham bir sinoat ekanligi kunday ravshan haqiqatdir. Bu sinoatning butun mag‘z-u mohiyati, jonzotga inson degan oliy rutbani ato etmoqday azaliy va abadiy vazifasi bu sehrkor qudratda zohir bo‘ladigan ming bir xil mazmun zamzamalari-yu sarhadsiz tasvir va ta’sir imkoniyatlarining ko‘lamini tasavvur va taxayyul etmoqqa ko‘pda inson aqli ojizlik qiladi. Zero, ulug‘ […]

11.12.2025 | 16:11

img943

ILHOM MANBAYI – HAYOT

O‘zbekiston xalq rassomi Sarsenbay BAYBOSINOV bilan suhbat – Asarlaringiz bilan yaqindan tanishish jarayonida ularda milliy ruh juda kuchli aks etganiga guvoh bo‘ldik. Bu holat, albatta, ijod mahsulini xalqqa yaqinlashtiradi. San’at asarida xalq ruhiyatini ifoda etish uchun qaysi jihatlarga e’tibor berish kerak, deb o‘ylaysiz? – Chirog‘im, rassom atayin xalq ruhini beray, deb mo‘yqalam tutmaydi. Uning qalbida […]

11.12.2025 | 12:32

img800

ADABIYOT YASHASIN! YASHASIN ADABIYOT!

Millat ma’naviyati va intellektual salohiyati uchun mas’uliyat qalam ahli – shoir va yozuvchilar zimmasiga ham tushadi. Ammo bugungi globallashuv, raqamlashuv, ijtimoiy tarmoqlar hukmronlik qilayotgan sharoitda faqatgina adabiyot vakillarining harakati bilan ma’naviyatni ko‘tarib bo‘ladimi? Keling, bu savolga javob izlab, real voqelikni kuzataylik. INTERNET OMMASIGA ERGASHAYOTGAN QALAMLAR Ochig‘i, ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan ko‘pgina kontentlar urf-odatlarimiz, qadriyat­larimizga yot. Kattalar ham, […]

10.12.2025 | 16:32

img610

TASAVVUR VA TAFAKKUR

Amerikalik taniqli jadidshunos bilan tarjimon muloqoti Tahririyatimiz mehmoni, amerikalik taniqli tarixshunos Adib Xolid qalamiga mansub “Turkistonda jadidchilik” (The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia) ilmiy asari yaqinda nashr etilib, kitobxonlar qo‘liga yetib bordi. Mahalliy arxiv manbalariga tayanib, chuqur tadqiqotlar evaziga yaratilgan kitob yurtimizning yaqin tarixi chuqur tadqiq etilgan ingliz tilidagi dastlabki risola […]

09.12.2025 | 16:48

img697

Asosiy

HO‘L-U QURUQ BAROBAR…

Mashhur tarixchi va adib Nikolay Karamzinning tarix haqida shunday gapi bor: “U kafanlarni yulqib, o‘liklarni uyg‘otuvchi, dillarga hayot qonini quyuvchi, tillarga so‘z baxsh etuvchi, kunpayakun saltanatlarni qayta yaratuvchi, o‘tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajon-u atvori bilan ko‘z o‘ngimizda namoyon etib, hayotimiz sarhadlarini kengaytiruvchi mo‘jizadir. Uning ma’naviy qudrati ila biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdam-u hamnafas […]

09.12.2025 | 11:00

img557

CHO‘LPON VA “GULISTON”

O‘zbek matbuoti tarixida muazzam o‘rin tutadigan jurnallardan biri – “Guliston” bu yil 100 yoshga to‘ldi. Jurnal dastlab “Yer yuzi” nomi bilan o‘zbek mumtoz yozuvi – arabiy imloda nashr bo‘lgan. “Qizil O‘zbekiston” gazetasi negizida yuzaga kelib, bir oyda ikki daf’a bosilishi yo‘lga qo‘yilgan bu jurnal o‘z davrida juda mashhur edi. Ziyo Said “O‘zbek vaqtli matbuoti tarixiga […]

05.12.2025 | 13:41

img1015

Asosiy

OYDINLAR

To‘g‘risi, ko‘pchilik “jadid harakati” deganda, sanoqli namoyandalarni tushunadi. Go‘yoki, jadidlar faqat katta shaharlarda yashab faoliyat yuritgan, vaqtli nashrlar tashkil qilib, maktablar ochib, uzoq qishloqlarga ularning qadami… yo‘q, hatto xabari ham yetmagan. Bu fikrning shakllanishida sobiq sovet mafkurasining hissasi katta. O‘sha davr qiyofasi tasvirlangan turli janrdagi asarlarda jadidlar haqida noxolis ma’lumotlar keltiriladi, “burjuaziya vakillari”, “bir hovuch […]

05.12.2025 | 09:35

img741

 “YALDO KECHASI”NI KUTING VA O‘QING!

Jamoatchilik orasida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yaqinda poytaxtimizda “Xaybar–25” nomli yangi nashriyot ish boshlabdi. Muxbirimiz Shahriyor SHAVKAT ushbu nashriyot bosh muharriri Shuhrat SOHIBOV bilan suhbatda bo‘ldi. Muxbir: Avvalo, sizni va jamoangizni nashriyotingiz o‘z faoliyatini boshlagani bilan tabriklaymiz. Tabiiyki, mushtariylarimizni “xaybar” so‘zi qanday ma’noni bildiradi, degan savol qiziqtiradi… Shuhrat SOHIBOV: Ma’lumki, “xaybar” jo‘g‘rofiy ma’noda Osiyo qit’asidagi baland […]

04.12.2025 | 12:42

img9971

“JARAYON” SHUNCHALIK ZO‘R ASARMI?

Avstriyalik adib, modernizm yo‘nalishining taniqli vakili Frans Kafkaning “Jarayon” romanini o‘qir ekanman, uning qahramonlarni shuncha gap-so‘z, nutq va va’zxonlik maqomidagi uzundan uzoq savol-javoblar bilan ta’minlash mahoratiga qoyil qoldim. Asarda tasvir tiniq, jumlalar pishiq-puxta, so‘zlar zanjiri mustahkam, dramatizm, psixologizm kuchliligini ham tan olmasdan iloj yo‘q. Roman yozuvchining ashaddiy muxlisi Vafo Fayzulloh tomonidan o‘zbek tiliga qoyilmaqom o‘girilgan, […]

03.12.2025 | 15:35

img546

Asosiy

FITRATNING SEVAR GULI

Birinchi o‘zbek professorining qizi Sevargul KAROMATILLAXO‘JAYEVA xotiralari Qismatga qasdlashuv Buxoroda tug‘ilgan bo‘l­sam ham, juda kich­kina­­­li­gimda Toshkent­ga ko‘­chib kelganmiz. Avval biz­ga berilgan xonadon­da yashadik, keyin katta hovli sotib oldik. Hovli to‘la gul­lar, daraxtlar edi. Afsuski, bu gulzor bizga nasib qilmagan ekan. 37-yilda otam qatag‘on qilindi, uch oy o‘tib-o‘tmay onamni ham qamashdi. Meni yetimxonaga tash­lashdi. Aslida, bu […]

03.12.2025 | 10:12

img822

Asosiy

TARIXIY TA’RIX

Tarixdan ma’lumki, XX asr boshida bolsheviklar Rossiyada hokimiyatni qo‘lga olgach, Xalq komissarlari sovetining dastlabki hujjatlari – Sulh va Yer haqidagi dekretlardan so‘ng, “Rossiya xalqlari huquqlari deklaratsiyasi” e’lon qilingan va unda “Rossiya xalqlarining ajralib chiqish va mustaqil davlat tashkil etishgacha bo‘lgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi” ham belgilangan edi. Xo‘sh, bu hujjatga ishonish mumkinmidi? O‘sha davrda […]

02.12.2025 | 16:32

img470

BIZDAN HARAKAT…

Kimyo fanlari doktori, professor Rashid QULMATOV bilan suhbat – Xabaringiz bor, Prezi­dentimizning “Toshkent shahri­­da ekologik vaziyatni yaxshi­lash bo‘yicha kechiktirib bo‘l­maydigan chora-tadbirlar to‘g‘­risida”gi Farmoni e’lon qilin­di. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar­dan oqilona foydalanish sohasi­dagi malakali olim sifatida suh­batni ushbu hujjatga munosa­batingizdan boshlasak. – Farmon nafaqat Toshkent shahri, balki respublikamizdagi ekologik muammolarni yechishga qaratilgan tizimli ishlarning […]

02.12.2025 | 15:00

img345

YOZIQLAR YOZUVI

Otabek MAXSUDJONOV So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z tarixining murakkab va fojiali sahifalarini qayta anglash, mustabid tuzum davrida nohaq jabr ko‘rgan millionlab vatandoshlar xotirasini tiklash yo‘lida muhim qadamlar tashlamoqda. Ushbu keng ko‘lamli jarayonning yorqin namunasi sifatida Namangan viloyati hududida yashab, turli davr qatag‘onlari iskanjasiga tushgan yurtdoshlarga bag‘ishlab “Xotira kitobi” chop etildi.Ushbu asar o‘tmishimizga muno­sabat, milliy o‘zlikni anglash […]

28.11.2025 | 15:52

img776

YURAGI O‘ZBEKKA AYLANGAN DUGONAM

Shohsanam NISHONOVA OQ O‘RIKBu ayol bilan o‘rik soyasida tanishganmiz. U to‘kilgan mevalarni terayotgan paytda qizimning o‘rik yegisi keldi. Aravachadagi ukasi­ning yiqilib ketishidan xavfsirab, daraxtga yaqinlasholmay turgan edim, qiyiqko‘z, nimtabassumli ayol mevalarini biz tomon uzatdi. Kiyinish uslubini hisobga olmaganda, o‘zimizning ayollarga o‘xshab ketadi. Bir dona o‘rikni qizimga uzatib, unga “spasibo” dedim. O‘zing uchun olmading-ku, degandek qo‘yarda-qo‘ymay […]

28.11.2025 | 12:49

img756

JADID KUTUBXONASI