KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
ATOMDAN KUCHLI…
O‘zFA Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Ilhom SODIQOV bilan suhbatSuhbatdosh: Zarnigor IBROHIMOVA – Domla, kelgusi yil yadro fizikasi tarixi boshlanganiga 130 yil, institut tashkil etilganiga esa 70 yil to‘ladi. Ammo hamon “yadro”, “atom” so‘zlarini harbiy qurol turi sifatida bilib, hadiksiraydigan odamlar yo‘q emas. Suhbatni murakkab fan sohasi bilan shug‘ullanuvchi ushbu dargoh faoliyati bilan tanishishdan boshlasak.– […]
28.11.2025 | 10:20
587
ME’YORINI BILMAGAN memuarbozlik
Ro‘zimboy HASAN Memuar – jahon adabiyotida mashhur janrlardan bo‘lib, bu turdagi asarda muallif o‘zi boshdan kechirgan voqealarni qalamga oladi va e’tiborli jihati, muallif yozuvchi yoki shoir bo‘lishi talab qilinmaydi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan banda umri nihoyasida farzandlariga va albatta, boshqa o‘qirmanlarga ibrat bo‘lsin uchun nimalarnidir qoralashga ma’nan haqli. Memuar – insonning boshqalar oldidagi hisoboti ham, yanada […]
27.11.2025 | 10:25
471
XUSHXABAR BERGUVCHI VA OGOHLANTIRUVCHI
Ikrom ISKANDAR FOTO: «Qamarbooks» instagram Qur’oni Karim ma’nolarining yangi izohli tarjimasi – “Anvorul-Qur’on: Fayzul-Furqon” haqida Moʻtabar kitob – “Anvorul-Qur’on: Fayzul-Furqon” (Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi) mutolaasi har bir o‘quvchiga Yaratganning cheksiz qudratini anglatadi, insonning ojiz banda ekanini yana bir bor eslatadi. Zero, “ham xushxabar berguvchi, ham (oqibat haqida) ogohlantiruvchi (holida tushirilgan)” Qur’oni Karimda aytiladi (oyat […]
21.11.2025 | 10:28
1107
Asosiy
BO‘RONDAN KUCHLI
Rustambek SHAMSUTDINOV Ahli donishlardan biri aytadi: “Hayot kemasi mehnat langariga suyanmasa, shamollar-u dovullarga dosh berolmaydi”. Bugungi sahifamizda hayot kemasi dovul-u bo‘ronlarga yo‘liqqan yirik shaxsiyat – oddiy ishchilikdan tortib huquq-tartibot tizimlarida rahbarlik darajasigacha yo‘lni bosib o‘tgan Bo‘taboy Dadaboyev haqida hikoya qilamiz. Bo‘taboy Dadaboyev 1887-yili Namangan viloyatining Chust shahrida ishchi oilasida dunyoga keldi. Bolalik yillari (agar buni […]
20.11.2025 | 09:49
1103
“QARZ UZILAR…” DEMANG!
Shahlo AHROROVA Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Qadimdan bugungacha to‘y qilishdan asosiy maqsad – ikki yoshning oila qurganini el-yurtga ma’lum qilishdir. Qolgan gaplar har bir xalqning o‘ziga xos urf-odatlari bilan bog‘liq. Ammo hozirgi vaqtda “ommaviy madaniyat” ta’sirida urf va isrof aralashib ketgani achinarli.Biz negadir rivojlangan davlatlar va jamiyatlarning ilm-fan yutuqlaridan emas, ularning o‘zigagina xos bo‘lgan […]
07.11.2025 | 10:21
1505
JIDDIY KULGI
Taniqli so‘z ustasi, “Shuhrat” medali sohibi Avaz OXUN bilan suhbat Suhbatdosh: Zarnigor IBROHIMOVA – Avaz aka, Sizni sahnaga taklif qilishganda “so‘z ustasi” deb alohida e’tirof etishadi. Buning o‘ziga yarasha mas’uliyati bor. Shu bois, gapni kulgi san’atida, umuman, bugungi o‘zbek san’atida davlat tiliga bo‘lgan munosabatdan boshlasak.– Rahmat. Jiddiy nashrlarning savollari ham zalvorli bo‘ladi.Tilga hurmat bilan yondashish […]
03.11.2025 | 10:27
1283
“VA HAMMADAN QOLDI JOY”
Asror SULAYMONOV Foto: Abdumannon Muhammad Yana bir ish kuni yakunlandi. Metro bekati gavjum. Poyezd kelishi bilan uyiga, yotoqxonasiga, qo‘shimcha darsga va darsdan tashqari ishga oshiqayotgan yoshlar vagonga selday yopirildi. Bizga o‘xshagan keksalar bunaqa izdihomga o‘zini ura olmaydi. Qayerga ham shoshardim, yaxshisi, yo‘lovchilar siyraklashishini kutaman.O‘rindiqqa o‘tirar ekanman, katta monitorga ko‘zim tushdi. Unda jamoat transportlarida tik turib […]
31.10.2025 | 15:22
1515
OG‘IR VA OG‘RIQ
Eshqobil SHUKUR Meni doim og‘ir va og‘riq so‘zlarining uyqashligi o‘ylantirib keladi. Shakl jihatdan o‘xshash bu so‘zlarning ma’no tomondan uyg‘unligi yo‘qmikin? Bir qarashda og‘riq so‘zining o‘zida og‘irlik borday, og‘irlik so‘zida esa og‘riq borday tuyuladi. “Qutadg‘u bilig” mutolaasi vaqtida bu so‘zlarning qarindoshligi yanada sezilganday bo‘ladi.Muhtaram olimimiz Qayum Karimov tuzgan “Qadimgi turkiy til lug‘ati”da bu ikki so‘zga shunday […]
31.10.2025 | 11:11
885
ASRIY HASRAT yoxud tarixtalasharlar talvasasi
Ro‘zimboy HASAN …Talabalar bilan bir uchrashuvda kutilmagan savolga javob berish majburiyatida qoldim. Bu savolni talaba emas, ularga saboq berayotgan, yana deng, tarix bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan domla bergani g‘oyat tashvishli, achinarli edi. Savol jahon fanida inqilob yasagan “buyuk olimlar beshtaligi”ga kirgan Muhammad Xorazmiyning millati haqida edi. Buyuk olim yashagan davrda hali bugungi millat […]
30.10.2025 | 09:58
702
DUO
Rus tilidan Abdulla A’ZAMning erkin tarjimasi. – Assalomu alaykum, – telefonda bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalarga xos ovoz eshitildi, – bu yo‘qolgan buyumlarni topib beradigan idorami?– Ha, kichkintoy. Nima yo‘qotding?– Oyimni.– Oyimni? – ajabsindi topilmalar byurosining xodimi. – Oying qanaqa edi?– Juda chiroyli, judayam mehribon. Ha, yana mushuklarni yaxshi ko‘rardi.– Bo‘ldi-bo‘ldi. Kecha xuddi shunday oyi topgan edik. […]
29.10.2025 | 10:13
734
Asosiy
YOMG‘IRLI SATRLAR
Yomg‘ir – shoirlar qalbida sog‘inch va sokinlik, yangilanish va poklanish timsoli sifatida gavdalanadi. Ushbu to‘plamda turli davr o‘zbek shoirlarining yomg‘ir haqidagi she’rlari jamlanib, o‘quvchini tabiat va inson ruhiyati o‘rtasidagi nozik uyg‘unlikni his etishga chorlaydi. Abdulla ORIPOV* * * Yomg‘irli kun edi,Atrof jim, sokin,Mayus ko‘zlaringga boqardim sarmast.Sekin shivirlading: – Boqmagil, yigit,Sevging menga yangilik emas… Yomg‘ir ham tinmadi […]
28.10.2025 | 19:00
5336
TARIX – IBRAT MAKTABI
Taniqli muarrix va adib, Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimi Muhammad Yahyoxon XO‘QANDIY bilan suhbat Musulmon dunyosida sharif shaharlar yettita bo‘lib, ulardan biri Buxoro ekani bizga cheksiz faxr va g‘urur bag‘ishlaydi. Dunyoda latif sifati qo‘shib aytiladigan shahar esa bitta – Xo‘qandi latif, ya’ni bugungi Qo‘qondir. Garchi “Boburnoma”da: “Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahar kamrakdur”, deya baho berilgan […]
28.10.2025 | 12:33
826
NAVOIYDA NAFIS MAJLIS
Prezidentimizning 2025-yil 7-fevraldagi “Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Navoiy shahrida kuni kecha “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Oliy ta’lim, fan va […]
28.10.2025 | 11:46
477
MILLATNING YURAGI
Ayni kunlarda butun xalqimiz, taqdir taqozosi bilan boshqa o‘lkalarda qo‘nim topgan millionlab millatdoshlarimiz uchun tom ma’noda quvonchli ayyom – O‘zbek tili bayrami shukuhi kezib yuribdi. Til masalasi millat uchun doimo kun tartibida turadi. Bir paytlar bu mavzu shunchaki til uchida muhokama qilinib, so‘ng bir chetga surib qo‘yilardi. Faqat keyingi yillardagina til qadri millat va vatan […]
28.10.2025 | 09:30
412
SARATON CHEKINADI
Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra ta’sis etilgan nufuzli mukofot har yili insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan shaxslarga topshiriladi. 2025-yilgi fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti ham aynan shunday buyuk kashfiyotga – immunitet tizimining o‘z hujayralariga hujum qilishini to‘xtatuvchi mexanizmlar – “periferik immunitet tolerantligi” bo‘yicha fundamental tadqiqotlar uchun berildi. Meri Brunkov, Fred Ramsdell (AQSH) va Shimon Sakaguchi […]
27.10.2025 | 16:58
378
TARAQQIYOT TAYANCHI
Bugungi kunda jahonda sun’iy intellekt (SI) ko‘plab sohalarda asosiy tayanch vositaga – boshqaruvda samaradorlikni oshirish, resurslardan tejab foydalanish, xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini berayotgan real voqelikka aylanmoqda. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda tizimli islohotlar amalga oshirilib, sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha muhim natijalarga erishilmoqda. Davlatimiz rahbarining yaqinda SI texnologiyalarini vazirlik va idoralar faoliyatiga hamda boshqa sohalarga keng […]
27.10.2025 | 15:20
637
KO‘NGILNI ROM AYLAB
(Kutilmaganda Sattor Surobdan dolzarb mavzu – to‘y mashmashasi haqida g‘azalnamo SMS kepqoldi. Telefon sovumasdan Siz, aziz o‘quvchilarga uzatyapmiz. Kamoli ehtirom ila Mulla Xunobingiz) To‘rtelish*da to‘rtta ulpat ellik-ellik girom aylab,To‘yxonaga kirib bordik mardonavor xirom aylab. Dasturxonni rangi o‘chdi zumda, laganlar angrayib,Zakuskani bunda qildik bir chekkadan qiron aylab. To‘y egasi To‘ychi alkash o‘z to‘yida may ulashmas,Qo‘l ko‘kisda, […]
23.10.2025 | 15:27
975
Asosiy
MEN VATANDA EMASMAN, VATAN MENING ICHIMDA
Temur XO‘JA,taniqli olim, shoir Go‘daklik davrimni eslay olmayman. Ammo ba’zi esdaliklarim bor, ularni ham opamdan, onamdan eshitganman. Ota-onam opamdan avval ham ikki farzand ko‘rgan. Ammo sargardon hayot, kasallik tufayli bolalar go‘dak yoshlarida vafot etgan ekan. To‘rt yoshimda Pokistonga ko‘chib borganmiz. Besh qavatli katta bir uyda turardik. Otam kunduzi ishda bo‘lardi, uyda onam O‘zoy-Halima opam bilan […]
23.10.2025 | 12:44
1135
OQ TERAKMI, KO‘K TERAK?
Elatimizni yoqalab oqib o‘tadigan Mesit arig‘i bo‘ylab tosh yo‘l bor. Qishloq markaziga yengil ulovlar asosan shu yo‘ldan qatnaydi. Uch yillar oldin ariq bo‘yidagi yo‘l anchagina keng edi, qarama-qarshi kelgan yengil mashinalar bemalol o‘tib ketardi. Hozir esa ikki yengil mashina ro‘para kelib qolsa, bir-biriga yo‘l berishga majbur. Undayam bir mashina sal kengroq joyda chetga chiqib turishi […]
23.10.2025 | 09:09
968
JAVOBGARLIK JASORATI
Yetmish yillik umrimning uchdan ikki qismi shu tahririyatda o‘tdi. Musahhihdan bo‘lim mudirigacha bo‘lgan uzun yo‘lda o‘n uch nafar bosh muharrir rahbarligida ishlagan bo‘lsam, ular orasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning o‘rni alohida. Taniqli adib Xayriddin Sulton “Navoiy-30” kitobida Odil aka bilan birga ishlagan davridagi ta’sirli voqealarni keltirib o‘tgan. Kamina esa gazeta muharriri sifatidagi faoliyati haqida […]
22.10.2025 | 14:35
522
TINCHLIK NURI – O‘ZBEKNING NURI (SHE’RLAR)
Qadrim so‘raganda, qarog‘im tilim,Ko‘ksimni ko‘targan sen – tog‘im, tilim,Asrlar ajdodlar ruhin yoritgan,Turkiy tillar ichra chirog‘im tilim. Yassaviy baytida tumorim, tilim,Navoiy nazmida sen orim, tilim,Kumushning vasfida betakror malak,Qodiriydan qolgan yodgorim, tilim. Toshlar to‘fonida bag‘ri tilimsan,Ko‘ksin changallagan qonli qo‘limsan,Oyga almashmasman, kunga bermasman,Cho‘lpon yuragida ungan gulimsan. Ko‘zlarning gavhari, ko‘ngil oynasi,Izhor iffatidir yorning ginasi.Mashrab qalamida devona tilim,Tinglagan, entikkan ishq […]
22.10.2025 | 11:39
1995