KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
Asosiy
OVQATING YETMAY QOLSIN…
Do‘stim Baxtiyorga bag‘ishlayman Qism oshxonasida kechki ovqatga xafsalasiz qo‘l urdik. Ishtahaga it teggan. Sababi, tong sahar jangga ketishimiz haqida buyruq bor. Qayerga borishimiz noma’lum; sir tutishmoqda. Bunday imi-jim tayyorgarlikdan sezish mumkinki, Chorikor yo Panjsherga yo‘l olsak kerak. U yoqlardan tirik qaytish dargumon, ajalning uyasi, Xudo qarg‘agan joy. Do‘zaxning darvozasi ochilgani shu… Stolimiz atrofida asosan o‘zbeklar […]
25.06.2025 | 12:31
428
XATO YOZMASINLAR O‘ZINGNIKILAR!
Shu kunlarda tuxumbarak geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani rasmiy sahifalarda e’lon qilindi. Bir qarashda quvonchli va odatiy holat. Ammo bir guruh ziyolilar hamda ijtimoiy tarmoq faollari jarayonda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yilganini ta’kidlamoqda. Chunki Adliya vazirligi patentlagan taomning nomi tuxumbarak emas, yumurtabarak bo‘ladi. Ularning farqi va o‘xshashligi nimada? Men diqqatingizni Bog‘ot tumani Qipchoq qishlog‘ida yashovchi […]
24.06.2025 | 17:19
590
TORNING CHO‘MICHDAN FARQI
(Oradan yigirma yil o‘tdi…) Hurmatli tahririyat! Mening ushbu achchiq-chuchuk bitiklarim bundan rosa yigirma yil avval qog‘ozga tushgan, kitob holida chop etilgan ham edi. O‘shanda ushbu maqola san’at ixlosmandlari, konsert tashkilotchilari orasida jiddiy muhokama bo‘lgan, qo‘shiq shinavandalaridan ko‘plab maktublar olganman. Oradan shuncha yil o‘tdi. Milliy qo‘shiqchilik san’atimiz yanada rivoj topdi, sahnalarimizda yangi “yulduz”lar paydo bo‘ldi. Ko‘p […]
24.06.2025 | 12:31
518
XASTALIK GENOMINI O‘QIGAN OLIM
Tabiat yerosti-yu yerusti boyliklari bilan siylagan mamlakatlar bisyor. Birovi neftga o‘xshash boyliklari, boshqasi bepoyon o‘rmonlari, serhosil dalalari, yana biri dengizi bilan mashhur. Ammo bunday imkoniyat bilan hamma ham bir xilda siylanmagan. Hududi kichik, na nefti va na oltini bor, biroq iqtisodi rivojlangan, dunyoning kuchli o‘ntaligiga kiradigan, aholisi boy va farovon yashaydigan davlatlar ham mavjud. Xo‘sh, […]
24.06.2025 | 09:04
355
BALXGACHA BORAYOTGAN BALXI TUTLAR
– Ko‘pchilik bir yumushni boshlash oldidan undan manfaat kutadi. Ammo shunday insonlar ham uchraydiki, ularning qilayotgan xayrli ishlarini ko‘rib, bular boshqa dunyodan kelib qolgan o‘zgacha odamlarmikan deb o‘ylab qolasan, – dedi telejurnalist Hamid Gʻafurov. – Seni ana shunday farishtali odam bilan tanishtiraman. Adabiyot, san’at desang, o‘zini tomdan tashlaydiganlar xilidan. U damlagan palovni yegan odam bu […]
23.06.2025 | 09:27
382
Asosiy
RO‘YXATLARDA YO‘Q EDI NOMI…
Ko‘pincha evrilishlar davrida inson taqdiri tarixning eng og‘ir sinovlarida imtihon qilinadi. O‘rtahol oilada voyaga yetgan, ayniqsa, qalbi ilm-ma’rifatga tashna, o‘zini jamiyatga foyda keltiradigan shaxs sifatida ko‘ra boshlagan insonlar uchun bu yo‘l ham mas’uliyatli, ham mashaqqatli kechgan. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan Abdukarim To‘xtaboyev hayot yo‘liga nazar tashlasak, ilmga ishtiyoqi tufayli jamiyatda yuksak obro‘-e’tibor qozongan, ammo aynan […]
22.06.2025 | 16:16
700
Asosiy
“BIRDAN BIR CHORA TANQID YO‘LIDIR”
Turkiston teatrlari Abdulla Qodiriy nigohida Jadid teatri – milliy madaniyatimiz tarixida alohida hodisa. Shu sabab o‘sha davr matbuotida teatr san’ati muammolariga doir bir qancha maqolalar chop etilgan. Teatr san’ati, ijro madaniyati, aktyorlarning mahorati bilan bog‘liq sahna epizodlariga ziyolilar tomonidan munosabat bildirilgan. Chunki jadidlik harakati namoyandalari uchun teatr faqat san’at maydonigina emas, ma’naviy targ‘ibot vositasi ham […]
20.06.2025 | 15:35
816
ADABIYOT JAMIYATIMIZ UCHUN OXIRGI O‘RINGA TUSHIB QOLMOQDA
Shaxsni mamlakatga tanitadigan narsa uning kitobidir. Kitob do‘konlari o‘quvchi va yozuvchi o‘rtasidagi oltin ko‘prikdir. Hozir kitob do‘konlari chiroyli, yaltiroq buyumlar bilan to‘lib-toshgan. Men bunday manzarani Afrikada, Hindistonda ko‘p kuzatganman. U yerda uchratgan kitoblarim go‘yo adabiyotning arzonligini chiroyli rasmlar bilan yashirmoqchi bo‘lgandek, o‘quvchiga emas, tomoshabinga mo‘ljallangandek taassurot qoldirardi. Bunday rang-barang, yaltiroq kitoblar bizda ham ko‘payib ketdi. […]
19.06.2025 | 16:33
611
TEMURBEK
Tarixiy qissadan parcha Xudoning yorlaqagan kunlaridan birida, hamal oyi edi, keshlik Shayx Shamsiddin Kulor muridi Muhammad Tarag‘ay xonadonida mehmon bo‘lgani Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘iga yo‘l oldi. Shaharda zerikkan shayxda bir kengliklarga chiqib, kunchiqishda yastanib yotgan Hisor tog‘larini, Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i manzaralarini, yashillikka burkangan dalalarni tomosha qilish, musaffo havolardan nafas olish ishtiyoqi kuchli edi. Ochiq chehrali, qo‘y […]
19.06.2025 | 12:39
450
AYOL MA’RIFATI HAYOT-MAMOT MASALASIDIR
Ma’rifat – aql–zakovat, axloqiy qarashlar, ijtimoiy mas’uliyat va tarbiya uyg‘unligidir. Shu ma’noda, ma’rifatli ayol deganda faqat o‘qigan emas, uqqan ayol ham tushuniladi. Zero, ma’rifatli ayolgina oilada sog‘lom muhitni shakllantiradi, farzandi orqali jamiyat kelajagiga yuksak ta’sir ko‘rsata oladi. Xalqimizda “Bir qizni to‘g‘ri tarbiyalasang, bir oqil avlodni tarbiyalagan bo‘lasan” degan hikmat bejiz aytilgan emas. Uning zamirida ayol […]
19.06.2025 | 09:02
567
HAMMUALLIFLIK – HAMMANFAATLIKKA AYLANGANDA
O‘tgan asrning yigirmanchi yillarida sobiq sovet tuzumini achchiq satira va yumor bilan fosh qilgan mashhur yozuvchilar Ilya Ilf va Yevgeniy Petrov hammualliflikda yozgan “O‘n ikki stul” hamda “Oltin buzoqcha” asarlarini ko‘pchilik o‘qigan, shu asarlar bo‘yicha yaratilgan kinofilmlarni ko‘rgan. Bu ikki yozuvchi hamkorlikda boshqa asarlar ham yaratishgan. Jahon adabiyoti tarixida eng omadli “tandem” deb tan olinadigan […]
18.06.2025 | 12:31
659
“ARUZ RISOLASI”MI, “MUFASSAL”MI YOKI “MUXTASAR”?
Keyingi yillarda Bobur hayoti va ijodini o‘rganish hamda keng targ‘ib etish borasida yanada samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz va dunyo miqyosida qator ilmiy anjuman va konferensiyalar tashkil etilib, boburshunoslikka oid ko‘plab ilmiy masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda. Aruz – sharafli ilm Yurtimiz olimlari tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Bobur ensiklopediyasi”ning to‘ldirilgan uchinchi nashrini tayyorlash borasidagi […]
18.06.2025 | 08:59
1026
Asosiy
ABDULLA QODIRIYNING “MEHROBDAN CHAYON” ROMANIDAN IQTIBOSLAR
“Mehrobdan chayon” – o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari 1928-yil fevralda yozib tugatilgan. Roman mavzusi XIX asr hodisalari “xon zamonlari” davridagi o‘zboshimchaliklarni ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lsa-da, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli singdirilgan. Romanda Anvar bilan Ra’noning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Asarni “Mehrobdan chayon” deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan […]
17.06.2025 | 18:00
9717
HUNARSIZ ITNING ISHI
Har bir kuzatuvchi kishi kulgi o‘zi bir mastlik ekanini, har bir mast odamdan g‘aflat o‘tishini ham, mast so‘zlagan paytda bosh og‘ritishini bilishi kerak. Shunday bo‘lganda, kulgiga berilgan kishi na ishdan, na aqldan, na biror uyat keltiradigan ishdan xoli, g‘aflat o‘tkazib o‘tirsa kerak. Shunday g‘aflatni o‘tkazib, o‘lmagan kishining na dunyoda, na oxiratda boshi bir og‘rimay qolmasa […]
17.06.2025 | 16:09
333
INSON QADRI VA JAMIYAT: DIALEKTIK BIRLIK ZARURATI
“Qadr” – arabcha so‘z. U lug‘aviy jihatdan “miqdor”, “o‘lchov”, “daraja”, “martaba”, “taqdir”, “qismat” ma’nolarini anglatadi. 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu so‘zning istilohiy ma’nosi mana bunday izohlangan: “1. Jamiyatda, kishilar o‘rtasida tutgan o‘rin, o‘zga(lar) tomonidan bo‘lgan hurmat, e’tibor. 2. Hayotda tutgan o‘rin; ahamiyat, muhimlik holati”. Bu o‘zak asosida tilimizda yana “qadrdon”, “qadrdonlashmoq”, “qadrdonlik”, “qadriyat”, […]
17.06.2025 | 15:29
969
“MEN HAM KO‘PRIK QURAJAKMAN SHE’RDAN YONIB…”
Toshkent – Andijon poyezdida yo‘lga tushdim. Muhtasham temir tulporda odam ham jisman, ham ruhan orom olib ketadi. Ayniqsa, borliqning go‘zal manzaralari ko‘z oldingda jonli gavdalanib tursa, osmonga bo‘ylab turgan ulug‘ tog‘lar bor viqori, bo‘yi basti, salobati bilan ko‘ksingga ko‘chib o‘tadi. Qoyalar oralab borar ekanman, qalbimdagi hislar ikki hissa ortadi. Sababi, bir kun avval qirg‘iz xalqining […]
16.06.2025 | 17:11
444
ULUG‘BEK YULDUZLARI
Bugungi globallashuv va tezkor innovatsiyalar davrida har bir davlatning taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil bu – yosh avlodning bilim, tafakkur, tashabbus va mas’uliyat darajasidir. Yoshlarning kuch-g‘ayratiga ishonch bildirish, ularning har bir intilish-harakatlarini rag‘batlantirish lozim. Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ma’rifiy siyosatda “Bugungi yoshlar – ertangi taraqqiyotning, milliy yuksalishning poydevoridir” tarzidagi ustuvor dasturning amalda qo‘llanilayotgani […]
16.06.2025 | 15:47
331
DUNYO DARVOZASI OCHILDI BIZGA
Gapning sirasini aytadigan bo‘lsak, mana endi mamlakatimiz futboli dunyoning katta sahnasiga chiqdi. Dastlab Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlar terma jamoasi jahon olimpiadasida qatnashdi. Islom Ismoilovning 17 yoshgacha bo‘lgan shogirdlari Osiyo chempionatidagi barcha raqiblarini dog‘da qoldirib chempionlikni tantana qildi. Ular finalda bosh hakamning g‘alati qarorlariga qaramasdan raqibi – Saudiya Arabistoni (chempionat mezbonlari) futbolchilarini “ajriq timdalashga majbur” qilishdi. […]
16.06.2025 | 09:08
494
PAULO KOELO: “YOZISH UCHUN JASORAT KERAK”
Braziliyalik yozuvchi Paulo Koelo ko‘plab mashhur romanlar muallifi hisoblanadi. Uning «Alkimyogar», «O‘n bir daqiqa», «Haj safari», «Zohir» kabi kitoblari nashr etilib, dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. – «Alkimyogar» ilk bor 1988-yilda nashr etilgan. 20 yildan keyin yozish uslubida qandaydir o‘zgarishlar bo‘ldimi? – O‘tgan yili «Portobello jodugari» kitobining nashr etilishi haqidagi taassurotimni baham ko‘rib, maqola yozdim. […]
13.06.2025 | 17:28
639
BO‘KADAGI KATTA ILON TARIXI
Toshkent viloyatidagi Bo‘ka tumanini hamma biladi. Xo‘sh, kattagina bir tuman nomini bildirgan bu so‘zning asl ildizi qanday ma’noga ega? Mahmud Koshg‘ariyda bo‘ka so‘zi bykӓ shaklida berilib, “katta uzun ilon” ma’nosida izohlangan. “Devonu lug‘otit turk”da bu so‘z bilan bog‘liq shunday tarix bor: “Maqolda shunday kelgan jӭtti bashlïg‘ jil bÿkӓ – Yetti boshli uzun ilon. Yaboqularning eng […]
13.06.2025 | 15:55
1148
Asosiy
MATONATLI MUALLIM
Xalqimizning sevimli adibi Abdulla Qahhor o‘zining tarjimayi holiga bag‘ishlangan “Ozgina o‘zim haqimda” maqolasida: “Mening adabiyotga maylimni payqagan va bunga e’tibor qilgan kishi ona tili muallimi Muhammadjon Xoliqiy bo‘ldi”, deb yozadi. Bu odam adabiyot muxlisi bo‘lib, “Adib” ijtimoiy va adabiy jurnaliga bosh-qosh edi. Muhammadjon Xoliqiy XX asr boshlarida Turkistonda keng yoyilgan ilg‘or jadidlik harakatining taniqli vakili, […]
13.06.2025 | 12:31
589