KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
“BU NAF’ O‘ZUNGA KO‘PRAKDURUR”
“Xayol oti bilan kezib” (Abdulla Oripov iborasi) uzoq tariximizga yo‘l olsak-da, ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy davriga borsak. Ul zoti muborakning ilm istab ro‘yi zamin sayqali qadim Samarqandga otlanganini xayol ko‘zlarimiz bilan kuzatsak. Ana, navqiron Navoiy Taxtaqoracha dovonidan oshib, ikki tomonda osmon bilan bo‘ylashib turgan viqorli tog‘larga, u tog‘lar bag‘ridagi turfa o‘t-o‘lanlarga, dov daraxtlarga mahliyo holda […]
13.06.2025 | 09:08
349
ALJIR AYBSIZ AYOLLAR QAMOQXONASI
O‘tgan asrning 30-yillarida avj olgan keng qamrovli siyosiy ta’qiblar – tarixda “Katta qirg‘in” nomi bilan qolgan davr – nafaqat jamiyatning siyosiy, intellektual va diniy elitasi, balki oddiy fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar taqdirida ham chuqur, qayg‘uli iz qoldirdi. Aksar ayollar asossiz bo‘htonlar iskanjasida “xalq dushmani”, “sotqin”ga chiqarilgan yaqinlari ortidan aybsiz aybdorga aylanib, turli xorlig-u xo‘rliklarga […]
12.06.2025 | 16:53
987
Asosiy
TAFAKKUR HAM KOINOT QADAR CHEKSIZDIR
Hammamiz xayolan bir marta bo‘lsa ham koinotga oid azaliy jumboqqa javob izlaganmiz, shunday emasmi? Eng kamida Oyning narigi tarafi-yu olamning cheksizligini o‘ylab boshimiz qotgan. Bu o‘ylamlarning aksariyati katta ilmiy tahlil bilan beriladigan javobni talab qilsa, ayrimlari haqida taxayyulning tizginini ozod qo‘yib gapirishga to‘g‘ri keladi. Hamkasbimiz Shahriyor Shavkat bilan birga ana shu kabi fazoviy masalalar bo‘yicha […]
12.06.2025 | 12:34
563
DARS BO‘LGAN UMR
O‘zimiz bilgan, tanigan insonlarning qadri haqida ba’zan ular bu dunyoni tark etgandan keyin o‘ylay boshlaymiz. Chindan borning qadri u yo‘qolgandan keyingina his qilinadi… 2021-yilning 28-iyuli. Taniqli olim va murabbiy, ko‘plab jurnalistlarning ustozi Boybo‘ta Do‘stqorayev vafot etgani haqida xabar domla bilan bog‘liq xotiralarimni yana qayta jonlantirgan edi. Auditoriyada ustozning jahon adabiyoti durdonalarini mahorat bilan sharhlagani va […]
12.06.2025 | 09:25
504
SENI YAXSHI KO‘RAMAN…
“Bugun xizmatga kelganimga ellik ikki kun bo‘ldi. Adashmasam, bu yettinchi maktubim. Hisoblab ko‘rsam, senga har hafta bitta maktub bitibman. Sanobar! Bilasanmi, odamda esga olganda yurakni junbishga keltirguvchi ismlar bo‘ladi. Sening isming men uchun sof muhabbat va ulg‘ayishning ikkinchi nomidir. Bilaman, bu gaplarimga ko‘rsatkich barmog‘ing bilan kulgichlaringni ushlagancha kulyapsan. Shunaqa kulganing menga juda yoqadi. Men nimaki […]
11.06.2025 | 17:10
723
“YIG‘LAY-YIG‘LAY TUGATDIM OXIR…”
Uchta hikoya bilan bir kitob chiqarish uchun ham yurak kerak. Taniqli adib Xayriddin Sultonning “Osmoni falaklarda” kitobi uchuvchilar hayotidan olingan uch hikoyadan iborat ekan. Bu ijod mahsuli, janriga qaramay, qissa yukini ko‘tarib turibdi. Nazariy tahlilni olimlarga qoldiramiz. Kitob nomining o‘ziyoq odamni entiktiradi, dilgir qiladi, o‘yga toldiradi… Osmoni falaklarda… Oxirgi marta qachon osmonga termildim, cheksizlik, aql […]
11.06.2025 | 09:44
601
OPA
Katta-yu kichik bu insonni “Opa” derdi. Shu bir so‘zda samimiyat, hurmat, e’tirof bor edi. Xorazmda onani “opa” deyishlarini eslatsak, bu atamaning qadri nechog‘li ekanligini anglashimiz oson bo‘ladi. Katta yoshdagi kishilar “qizim” yoki “Shakarjon” deyishar, ammo biror fuqaro u insonga rasman “Shakarjon Yusupovna” tarzida murojaat qilganini eslay olmayman. Bu darajada hurmatga, e’tirofga sazovor bo‘lish hammaga ham […]
10.06.2025 | 16:44
568
TARIX ZALVORINI GARDANGA ORTIB
Tarixiy hujjatlar bilan ishlash jarayonida mislsiz saboq olasiz. Birini o‘qib, dahshatga tushasiz. Boshqa biridan ko‘nglingizga nur kiradi. Har ikki tur hujjat ham haqiqat uchun xizmat qilishi kerak… Gardaniga jadid bobolar tortgan mashaqqatlar, ular qoldirgan boy merosni haqqoniy yoritishdek zalvorli vazifani olgani uchunmi, gavdasi xiyol oldga egilgan bu inson tarix haqida so‘zlar ekan, yuzida allaqanday shiddat […]
10.06.2025 | 11:36
607
ERK
(Dostondan parcha) Chingizxon lashkari Urganch qamalida asirlardan jonli qalqon sifatida foydalanadi. Shahar muhofizlari dushmanning ilg‘orida “jonli qalqon” – qo‘l-oyoqlariga tushov urilgan o‘z birodarlarini ko‘rgach, kamondan o‘q uzishni ham, uzmaslikni ham bilmay qolishadi. Shunda asirlar ikkilanmay otaverishni, yog‘iy hiylasiga uchmaslikni so‘raydilar. Oqshom hali yoymagan parda,Ko‘kka zulmat inmagan hali.Nur sirg‘alar hali tog‘lardan,Quyosh butkul so‘nmagan hali.Kapalaklar qobig‘in yorib,Raqs […]
09.06.2025 | 16:54
526
Asosiy
“AYBING SHUKI, ISTE’DODLISAN…”
1929-yil 6-noyabr. Toshkent. Jadidlik harakati peshqadamlaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov xonadoni. Oqshom chog‘i hovli atrofida to‘rt kishining sharpasi izg‘ib, sukunatni gurs-gurs qadam tovushlari buzadi. To‘rtovlondan ikkitasi harbiy formada, lekin el qatori kiyinganlarining turqi sovuqroq ko‘rinadi. Kutilmagan “yo‘qlov” sababini hali so‘rab ulgurmay, formalilardan biri qo‘lidagini uy egalari peshonasiga niqtaydi: “Hibsga olish orderi”. Uyda tintuv boshlanib ketadi. […]
08.06.2025 | 10:38
555
“O‘TKAN KUNLAR”NI YOD BILGAN ADVOKAT
“O‘tkan kunlar”ni boshidan oxirigacha yoddan aytadigan, umrini qonunchilikda adolat ustuvorligi uchun sarflagan, xalqining ma’rifatli bo‘lishi, o‘z-o‘zini tanishi, anglashi yo‘lida qayg‘urgan bu insonni tez-tez yodga olaman. Vafotidan so‘ng deyarli chorak asr vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ishxonam eshigi ochilib, ko‘zlarining tub-tubida mahzunlik, ma’yuslik in qurgan bu inson kirib keladiganday tuyulaveradi. Adham Muzaffarov ism-sharifli bu kuyinchak zotni haligacha qo‘msayman. […]
07.06.2025 | 11:43
578
BIRINCHI DODXOH AYOL
“Millat onasi” degan nomga har qanday ayol ham munosib bo‘la oladimi? Qurbonjon dodxoh haqida bilasizmi? Unda keling, hammasini bir boshidan boshlaymiz. 1811-yil 22-may. O‘sh yaqinidagi qirg‘iz ovullaridan birida ayni Hayit kuni bir qizaloq dunyoga keladi. Unga Qurbonjon degan ism qo‘yishdi. U yigirma yoshiga qadar oddiy oilaning qizlariday o‘sgan bo‘lishiga qaramay, nigohi o‘tkir, aql jihatdan boshqalardan […]
06.06.2025 | 16:14
725
Asosiy
“2% SAVODXONLIK”YOXUD 100% YOLGʻON
Katta avlod vakillari ongiga singdirilgan: “…oktyabr inqilobigacha Turkiston aholisining atigi ikki foizigina savodli edi” mazmunidagi ma’lumot barcha maktab va oliy o‘quv yurtlarining darsliklariga kiritilgan edi. Bu katta yolg‘on ortida yana “…sovetlar Turkistonga madaniyat, ma’rifat olib keldi” degan iddao ham bo‘lardi. Necha avlod shu yolg‘onlarga ishonib yashadi. Xonlik davrida qaysidir madrasani bitirib oxun darajasiga yetgan, bir […]
05.06.2025 | 12:31
485
DARYO BO‘YIDAGI O‘YLAR
Taniqli sharqshunos olim, akademik Ne’matilla Ibrohimovning qutlug‘ yoshi sabab u kishi haqida bir nima qoralashga jazm qildim. Chunki anchadan beri taniyman, ko‘p bor suhbatdosh bo‘lganman. Dastlabki satrlar qog‘ozga tushib-tushmay, negadir xayolim chalg‘idi, ustoz Erkin Vohidov aytib bergan bir muhim gapni esladim. “Alixonto‘ra Sog‘uniy domla ishtirokida bir to‘p ziyolilar har oyda davra qurib turardik. “Mulla bilganini […]
05.06.2025 | 09:19
684
“RASSOM – SHAKL VA HOLAT SHOIRIDIR”
O‘zbek Milliy akademik drama teatri bosh rassomi,O‘zbekiston san’at arbobi Baxtiyor To‘rayev bilan suhbat – Baxtiyor aka, “rassom” so‘zi juda qadimiy bo‘lib, “dono va chaqqon qo‘l” degan ma’noni anglatar ekan. Buni qarangki, dastlab qushning qanoti tasvirini chizib, so‘ng uni yasab samoga parvoz qilgan Dedal insoniyat tarixida birinchi afsonaviy rassom sifatida qabul qilingan. Siz bir suhbatingizda “O‘zim […]
04.06.2025 | 12:31
591
SHE’RNING ASL DEHQONI
Mening armonlarimdan biri Mirtemir kabi ulug‘ shoirni ko‘rolmay qolganimda. Domlaning vafotidan bir yil keyin, 1979-yilda Toshkentga o‘qishga kelganman. Doimo ich-ichimda Mirtemir sog‘inchi bor. Shoirning yuragi chaqnab ko‘rinib turgan she’rlarini o‘z-o‘zimga shivirlab takrorlaganimda bu sog‘inchni yanada teranroq his etaman. Men keyinroq ustozlarning uzoq gurunglarini eshitib, o‘zbek shoiri qanday bo‘lishi kerak deyilganda, Mitemirday bo‘lishi kerak degan xulosaga […]
03.06.2025 | 12:31
596
Asosiy
ADVOKATLIK OSONMI?
(Bir pardalik kulgi)Turkiston turmushidan olinub yozilmishdur. O‘YNOVCHILAR Davronbek – musulmon advokat, 24 yoshinda.Xudoyberdi – yer sotg‘on chol, qulog‘i kar, 55 yoshinda.Xushvaqt – ot yo‘qotgan tojik, 30 yoshinda.Haydarali – mol yo‘qotgan dudug‘, 24 yoshinda.Rapoil – nasiyag‘a mol sotg‘on, 60 yoshinda.Egamberdi – to‘y qilub qarzdor bo‘lg‘on arobakash, 35 yoshinda.Mehriniso – eri bilan urushub, chiqmoqchi bo‘lg‘on xotun, 32 yoshinda.Abdujabbor […]
02.06.2025 | 17:54
1532
Asosiy
“QOYILMISAN INSONGA, ZAMIN?!”
Bir kun choshgohda do‘stlarim menga shu xabarni yetkazdi: “Olmaotada “Az i Ya”ning ellik yilligi nishonlanarkan. Unda O‘ljas Sulaymonning shaxsan o‘zi ham qatnasharkan. Dunyoning manaman degan olimlari to‘planarkan”. Shu on Bilga To‘nyuquqday sapchib o‘rnimdan turdim. Ochig‘i, “Bu gapni eshitib, tunlar uyqum kelmadi. Kunduz o‘tirgim kelmadi”. Undan so‘ng Bosh muharririmga iltimos qildim: “Boraylik. Yozaylik. Bosaylik”. Ruxsat tegdi. […]
02.06.2025 | 16:15
845
KICHIKLARNING KATTA BAYRAMI
Bolalar… Ular haqida aytilaverib yod bo‘lib ketgan gaplar bu kun yana va yana takrorlanajak. Biz, kattalar ham mana shu beg‘uborlik bayrami bahona aqalli bir kun o‘zimiz ham yosh go‘dakka aylanamiz, qadrdon bola ko‘nglimizga qaytamiz. 1-iyun – ona sayyoramizdagi milliardlab go‘dakning xos kuni. Ular millatidan, irqidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar bu bayramga doxildirlar. Qaniydi, ularning […]
02.06.2025 | 08:55
468
Asosiy
BO‘HTONLAR ISKANJASIDA
Gazetxonlarimizga yaxshi ma’lum, biz jadidlik harakati ishtirokchisi, qatag‘on qurboni bo‘lgan millat oydinlari haqida ma’lumot, xotiralar, surat va arxiv hujjatlari, yodnomalar, ularning ijodiy merosidan namunalar taqdim etishlarini va bu bilan tariximizning qorong‘i sahifalariga aniqlik kiritishda ko‘maklashishlarini so‘rab murojaat qilgan edik. Tabiiyki, savobtalab va ma’rifatparvar yurtdoshlarimiz bu so‘rovimizni javobsiz qoldirmadi. Kunda-kunora tahririyatimizga shaxsan tashrif buyurib, ota-bobolari, ona-momolarining […]
30.05.2025 | 12:30
454
O‘Z-O‘ZINI QUVVATLOVCHI TEXNOLOGIYA
Ekologiya najotkori sifatida qaralayotgan elektromobillar nafaqat zarari kamligi, balki qimmatligi bilan ham ajralib turadi. Elektromopedlar-chi, deysizmi? Ular ham cho‘ntakbop emas, shu bilan birga, ko‘p masofaga chidamaydigan, tezligi qisman cheklangan, akkumulyatori ham uzoq muddat turib bera olmaydigan “nozikoyim”. Shu muammoni his qilgan Nodirbek Boltaboyev boshchiligidagi TATUning bir guruh ko‘ngillilari yangi yechimlarni taklif qilmoqda. Xo‘sh, Nodirbek Boltaboyev […]
29.05.2025 | 14:48
387