Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

O‘ZBEK AYOLLARINING  MATONATI UNUTILMAYDI

Ikkinchi jahon urushining dahshati va fojialari haqida ko‘p gapirish mumkin. Bu urushda o‘zbek xalqining ham qanchadan-qancha o‘g‘lonlari qurbon bo‘ldi. Urush qoldirgan jarohatlar necha yillar o‘tsa ham insoniyat xotirasidan o‘chmaydi. Buni unutishga avlodlarning haqqi yo‘q. 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Nurafshon business city” hududidagi 1,2 gektar may­donda Zulfiya Zokirova nomidagi memorial yodgorlik majmuasi […]

11.05.2024 | 19:01

img485

“ELNING BAXTI YONMASIN, TINCHLIK BOʻLAVERSIN!” deya duo qiladi Bekchon buva

Daf’atan qulog‘imizga g‘alati tuyilgan bu duo buvaning xayoliga to‘satdan kelmagan – huv uzoqlarda qolgan, bundan roppa-rosa sakson ikki yil avval dunyoning u chekkasida kechayotgan, el-yurt kishilari tilida vahimalarga chulg‘angan urush – la’nati urush deganiga olib keta­yotganlarida Devsolgan qal’aning hamon ko‘kka bo‘y cho‘zib turgan haybatli devorlari tagidan o‘tadigan qadim “Xon yo‘li”da eski yuk mashinasi kuzovida tengqurlari bilan bir-birlari […]

11.05.2024 | 18:36

img377

QIRG‘IZONNING QARILARI

Qirg‘izonning qarilari Qarsillatib qand yeydi. Kim ularni sodda ko‘rsa, Adashadi – pand yeydi. Qirg‘izonning qarilari Aldash nima – bilmaydi. Shuning uchun saksonni ham Nazar-pisand qilmaydi. Qirg‘izonning qarilari Okeanni ko‘rmagan. “Boshqa yerda hayot – zo‘rmi?” – Deb birovdan so‘rmagan. Qirg‘izonning qarilari Qadrlaydi tishlog‘in. Ariqda suv oqib turgan Jannat bilar qishlog‘in. Qirg‘izonning qarilari Turib olar to bomdod. Xuftondan […]

11.05.2024 | 17:20

img278

XALQ TAQDIRINI ANGLASH

Esimda, 1981-yil­ning 17-18-mart kunlari sobiq Ittifoqning o‘nlab mashhur adiblari “Sharq mash’ali” deb nom olgan Toshkentga yig‘ilib, badiiy adabiyot targ‘iboti bo‘yicha ulkan anjuman o‘tkazishdi. Anjumanda Sarvar Azimov, Rimma Kazakova, Nazir Safarov, Lev Oshanin, Turob To‘la, Vladimir Karpov, Rahmat Fayziy va boshqalar so‘zga chiqdi. Mashvaratda eng qisqa va lo‘nda gapirganlardan biri atoqli qoraqalpoq adibi, ardoqli ustozimiz To‘lepbergen […]

10.05.2024 | 22:21

img678

MAKON VA ZAMON TANLAMAYDIGAN NAVO

Maqolaning avvalida Abdulla Qodiriy yashab, ijod qilib o‘tgan tarixiy davr haqida qisqagina ma’lumot berib o‘taman. Abdulla Qodiriy 1894-yil Toshkandda tug‘ilganda Qo‘qon xonligi chor Rusiyasi tomonidan istilo etilib, Turkiston mustamlaka holida yashayotganiga 18 yil bo‘lgan, bu davr ichida Rusiya bu yerdagi barcha boyliklarni o‘z qo‘l ostiga olgan edi. U bu vaqt davomida sanoat va xo‘jalik mollari […]

09.05.2024 | 19:50

img375

VATANPARVAR AVLOD. Uni qanday tarbiyalaymiz?

Hozir yer yuzida kuchli mafkuraviy ziddiyatlar va madaniyatlararo to‘qnashuvlar yuz berayotgani hech kimga sir emas. Globallashuv davrida deyarli barcha mamlakatlar mafkuraviy, ijtimoiy tahdidlar bosimini his qilmoqda. Bugungi kun voqeligi kelajakda insoniyat duch kelishi mumkin bo‘lgan murakkab ijtimoiy va mafkuraviy muammolarning debochasi bo‘lishi mumkinligi tobora ayon bo‘lib bormoqda. Shunday murakkab sharoitda mafkuraviy va g‘oyaviy tahdidlarga qarshi […]

09.05.2024 | 19:36

img676

GULXAN RANGLARI

Oxirgi marta qachon gul­xan atrofida gurung qilgansiz? Eslay olasizmi? Agar yodingizda bo‘lsa, sizga havasim keladi. Sababi, me­ning esimda yo‘q, chunki o‘n yil, yigirma yil emas, juda ko‘p bo‘lgan bunday zavqni tuymaganimga. Ha, gulxan atrofida to‘planib, dildan suhbat qurish kishiga betakror zavq, huzur-halovat beradi. Tasavvur qiling: tun, atrof­­ni oy nuri yoritib turibdi, qayerdandir chigirtkaning chirillashi eshitildi, […]

09.05.2024 | 15:26

img343

“JAMIYATI XAYRIYA”DAN “EL-YURT UMIDI”GACHA

O‘z davrining renessans beshiklari bo‘lgan Bag‘dod, Ma’mun akademiyasi kabi mashhur ma’rifat maskanlariga dunyoning turli burchaklaridan ziyo izlab tolibi ilmlar oqib kelishgani bugun barchamizga ayon. Ajdodlarimiz o‘z navbatida ilm-fan taraqqiy etgan markazlarga borib tahsil olishgan, tadqiqotlarni amalga oshirishgan. Yuz yil avvalgi gazetalarni varaqlaganda bobolar an’anasini davom ettirgan jadidlar ham yoshlarni chet ellarda o‘qitish, ayniqsa, Yevropa ilm-fani […]

08.05.2024 | 20:38

img1101

NIMA QAYOQQA KETADIR?

Ishchining topqani xo‘jayinning xaltasig‘a ketadi. Sovdagarning topqani o‘g‘ul to‘yisig‘a ketadi.  Toshkand ko‘nchilarining topqani qish­liq to‘kma bilan yozliq gapka ketadi. Qimorbozning topqani gartkam bilan to‘rtta oshiqqa ketadi. Bedanabozning topqani tariq­qa ketadi. Muridning topqani eshong‘a ketadi. Eshonning topqani sakkizta xotung‘a ketadi. Xotunlarning topqanlari issiq-sovuqchi domlag‘a ketadi. Boybachchaning topqani “Turkvino”1 bilan barishnaxonlarg‘a ketadi. Yoshlarning topqanlari upa-elik bilan o‘sma-surmalarg‘a […]

07.05.2024 | 20:58

img537

Ular rost so‘zlashga intilmoqda

Mana, O‘zbekistonning bugungi yosh futbolchilari mamlakat tarixida birinchi marta jahon arenalarida o‘ynay olishini isbotladilar! Balki, oldingi o‘yinchilar bularga havas qilayot­gandir. Yoki “Biz ham yomon o‘ynamasdik, bularga nasib etdi-da”, deyishar­mikin? Xuddi shunday! Bularga nasib etdi, uloq yoshlarda ketdi. Ochig‘i, men doim yosh avlodni kuzatib kelaman. Albatta, tadqiq qilish darajasida emas, shunchaki hozirgi yoshlarning fikrlashiga qiziqaman. Yaqin-yaqinlargacha […]

07.05.2024 | 20:56

img282

QALBIM JAYHUN BILAN HAMNAFAS

MENING YIGIT VAQTIM, SENING QIZ VAQTING   B…ga ToshDU desam, darhol tushadi esga, Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. To‘g‘ri samolyotdan tushdim-da, kechda Yotoq joyingizning eshigin qoqdim. Nukusda ekanda sen meni kunda, Hatto soat sayin sog‘inar eding. Bu gal sen ko‘rding-u meni Toshkentda, Ma’yus miyiq tortib “senmisan”, deding. Gulshanda ochilgan bir toza gulday, Chiroyingga chiroy […]

07.05.2024 | 20:53

img536

URUSHNI KO‘RMA, BOLAM!

Bundan 75 yil oldin Parij va Praga shaharlarida bo‘lib o‘tgan butun dunyo tinchlik tarafdorlari kongressining ramzini yaratish mashhur rassom Pablo Pikassoga topshirilgan edi. Musavvir emblemaga buyuk to‘fon voqeasida Nuh alayhissalom tomonidan yer yuzi­da ­hayot nafasi borligini bilish uchun uchirilgan va tumshug‘ida yam-yashil zay­tun daraxtining shoxi bilan qayt­gan kabutarni tasvirlaydi. Keyinroq u o‘zining bu ishlanmasi haqida […]

07.05.2024 | 20:51

img298

SEMIRIB KETAYOTGAN QO‘YLAR YOXUD QO‘SHUG‘IM QO‘SHUQ, TAMOG‘IM TESHUK

Hay, qalaysan, Landavur? “Jadid”ni o‘qub turubsanmu? Tunov kun de, Matqovulning takyaxonasida birovi aytdiki, sani suratingni gazetning orqa sahifasinda urub chiqibdir, dedi. Kapalagim uchib ketubdur! Julqunboy zamonasidan ma’lumdurki, gazetning orqa sahifasinda surating chiqsa, rasvo bo‘ldim deyaver! Yo, vallohu a’lam! Bir kun o‘tti, ikki kun o‘tti… bir hafta ham o‘tti… manga hech kim hech narsa demadi, qutulib qoldim! […]

07.05.2024 | 20:50

img487

TO‘YDAN OLDIN (hikoya)

– Allo!.. – Allo. Kim bu? – Kechirasiz… nol besh, yuz ellik uch, ellik sakkiz, yetmish oltimi? – Ha, shunday. – Oxirgi raqami o‘n uch. – Ha, o‘n uch. Kechirasiz, men sizni tanimadim. Kimsiz, adashib tushmadingizmi? – Men-ku adashganim yo‘q, bu – aniq, ammo sizga nima bo‘ldi? Biror joyga shoshib turibsizmi deyman, yo uyingizga o‘t tushdimi? […]

07.05.2024 | 20:45

img509

TOSHKENTDA “FRANSUZ-O‘ZBEK TURIZM VA MADANIY MEROS KUNLARI”

Joriy yilning 16–18-aprel kunlari Toshkent shahrida Fransiyaning “Dualest” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ikki mamlakatning turizm, madaniy meros, muzey va ijodiy soha vakillari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tijorat aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha konferensiya va Fransiya-O‘zbekiston hukumatlararo hamkorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda urbanist, arxitektura muhandisligi agentligi, feyrverk va yori­tish jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda fransuz tadbirkorlari muzeylarga […]

07.05.2024 | 20:43

img316

EFIRDA DAVLAT TILI DARSLARI

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kungacha dunyoda 30 mingga yaqin til ma’lum muddat muomalada bo‘lib, millatlar, elatlar qorishuvi sababli izsiz yo‘q bo‘lib ketgan. Ayni paytda Yer yuzida mavjud 6 mingga yaqin tilning yarmida 10 ming nafardan kam, chorak qismida esa atigi ming nafarga yaqin odam gaplashadi. Hatto ayrim tillar bor-yo‘g‘i yuz chog‘li odamga xizmat qilayotganiga nima deysiz! […]

07.05.2024 | 20:41

img367

MARDLARNING AVLODI MARD BO‘LAJAK!

Bir paytlar Chingizxonday yovqur sarkardaning xayolini rom etgan ko‘hna Xorazm uzra hamonki, sulton Jaloliddin zafariyatining tug‘i hilpiraydi. Urganch shahri markazida Manguberdining mahobatli haykali barpo etilib, uning nomi bilan ataladigan harbiy-akademik litsey tashkil qilingani mislsiz jasorat va yengib bo‘lmas qud­rat ramzidir, aslida.  Yaqinda muhtaram Prezidentimiz Xorazm viloyati­ga tashrifi doirasida Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomli harbiy-akademik litsey faoliyati bilan […]

07.05.2024 | 20:40

img356

O‘RTADA BEGONA YO‘Q

Turkiy xalqlar jahon tamadduniga, xususan, dunyo adabiyoti va madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgani barchaga ma’lum. E’tiborli jihati, bu jara­yon bugungi kunda ham izchil davom etmoqda. Turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy hamkor­likni rivojlantirishga qaratilgan salmoqli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Turkiy davlatlar tashkilotining adabiyot sohasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etilgani, 2020-yilda Xiva shahri turkiy dunyoning […]

07.05.2024 | 20:36

img313

CHIN BAXTI SO‘Z DESA, YOLG‘ONI BO‘LMAS…

Xotira – sog‘inch sahrosiga suv sochadigan shalola… Xotira – xatolar, yanglishishlardan saboq berguvchi muallim… Xotira – armon dardiga malham… Xotira – umidlar osmoniga uzaygan pillapoya… Poytaxtimizning muazzam koshonala­ridan birida O‘zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva tavallud sana­si munosabati bilan o‘tkazilgan marosim ruhiyatiga ana shunday azaliy va abadiy hayotiy xulosalar uyg‘un bo‘ldi. Tad­birga yig‘ilgan davlat arbob­lari, diniy […]

02.05.2024 | 17:49

img345

HAYLAM SHAHRISTONIDA KECHGAN SUHBATLAR

Tarix fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Ahmadali Asqarov bilan suhbatlashish maqsadida qo‘ng‘iroq qilganimda, domla Namangan viloyatidagi Uchtepa qadimiy yodgorligida ish olib borayotganini aytib, shu yerga taklif qildi. Men o‘ylab o‘tirmay yo‘lga chiqdim. Ustoz bilan ochiq osmon ostidagi muzey – qadimgi zardushtiylar ibodatxonasi xarobalarida uchrashdik. Tabiiyki, suhbatimiz so‘nggi yillarda milliy […]

02.05.2024 | 17:47

img504

“KO‘K YORISHGAY TUG‘ISHGANLAR TOPISHGANDA…”

Muhammad Yusuf she’rlari turkman tilida She’r – inson qalbining aks sadosi. Bu sado tuyg‘un va hissiyotlarga boy bo‘ladi. Shuning uchun boshqalar shuuri, yuragiga ta’sir qiladi. Taniqli o‘zbek shoiri Muhammad Yusuf she’rlarini yurtimizda ayniqsa yoshlar juda sevib, ardoqlab o‘qishadi, yod olishadi. Turli anjumanlar, bayram va to‘ylar shoirning she’rlari bilan ziynatlanadi. Yaqinda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida taniqli […]

02.05.2024 | 17:44

img291

JADID KUTUBXONASI