KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
MA’RIFAT ULASHAYOTGAN ADIBLAR
Shu kunlarda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarida taniqli yozuvchi va shoirlar ishtirokida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilyapti. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba va o‘quvchilarni mutolaaga undash, badiiy didini oshirish, ularni vatanparvarlik va yurt kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash, darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, adiblarimizni ularga tanitishdan iborat. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 156 […]
02.05.2024 | 17:42
569
BULBULGA BIR GAPIM BOR
Qadim O‘zbekmomo kuyi yodimda,Yodimda chechaklar kulgan Chambili.Har gal konsertiga kirgan chog‘imdaYaltiroq choponli “Yalla” ansamblin,Botir Zokirovni o‘ylayveraman. Qizlar qarsak chalar – ta’sir shunaqa,Qizlar hushtak chalar – asr shunaqa.“Yalla” zalga sochib sumalak isinKuylar “Boychechagim – boylandi”sini,Botir Zokirovni o‘ylayveraman. Goh chiqib ketaman, sezmaydi birov,Bu joylarda meni kim ham taniydi.Og‘aynilar, men ham dunyoda bir kunBitta qo‘shiq aytib o‘lsam mayliydi…Botir […]
02.05.2024 | 17:31
395
O‘ZINI JAMLASA, HAR ODAMDA LASHKAR KUCHI BOR
Ko‘z ko‘ngil o‘rganib qolganlardan osongina voz kecholmaydi. “Qadrdon” so‘zining jozibasi, kuchi ham shunda. Shu ma’noda, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining faoliyati tugatilib, o‘rniga “Jadid” deb nomlangan yangi nashrning chop etila boshlagani munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan ba’zi fikrlarni og‘riqli qabul qilish kerak emas, deb o‘ylayman. Nimalarnidir tushuntirib, nimalarnidir aytib ularga javob berib o‘tirish ham shart […]
02.05.2024 | 17:28
230
MENING KO‘RKIM – KO‘NGIL
TAVALLO Oq yo‘rgakka o‘ragansan o‘zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan o‘zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo‘lib, Kunimizga yaragansan o‘zing bizni. Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!.. Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o‘g‘loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o‘pib, Yovlar yaqin yo‘lolmagay qo‘rg‘oningga. Adoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston, Hech […]
02.05.2024 | 17:26
577
“O‘TKAN KUNLAR” ARAB TILIDA
Keyingi yillarda milliy adabiyotimizning sara namunalari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellik kitobxonlar qo‘liga ham yetib bormoqda. Xususan, o‘zbek romanchiligining ilk namunasi hisoblangan “O‘tkan kunlar” asari yaqinda arab tiliga o‘girilib, Qohira shahrida “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi bilan nashr etildi. Qayd etish kerakki, ushbu nashrni amalga oshirishda romanning arab imlosiga asoslangan o‘zbek yozuvidagi […]
02.05.2024 | 17:22
709
MEN O‘ZBEK O‘GʻLIMAN!
Germaniyaning mashhur “Bavariya” futbol klubi qaysi yosh o‘zbek futbolchisiga xaridor bo‘layotganidan xabaringiz bormi? Rossiya premyer-ligasida o‘tkazilayotgan “Yil kashfiyoti” tanlovida g‘oliblikka eng asosiy nomzod kimligini eshitdingizmi? Atigi yarim yil ichida transfer narxi o‘n karra oshgan azamat futbolchi kim? Ha, topdingiz, bu o‘zimizning Abbosbek Fayzullayev! Bugun Sayxunobod tumanining Guliston mahallasida istiqomat qiladigan Qodirovlar oilasini tanimagan sirdaryolik yo‘q […]
29.04.2024 | 10:43
367
ANTENNAMIZ QAYOQQA QARAGAN?
Mahallada g‘alati bir gap tarqaldi: nima emish, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan Ne’mat ota aslida unchalik mo‘min odam emas ekan. Oilasi bilan kechki dasturxon ustida jamuljam bo‘lib televizor ko‘rib o‘tirishganida, birdan o‘rnidan turib, etagini silkibdi-da: – E, padariga la’nat! – deb so‘kinganicha, yosh boladek arazlab chiqib ketibdi. Unga nima bo‘ldi o‘zi? Kimdir bilib-bilmay ko‘ngliga tegib qo‘ymadimikan? […]
29.04.2024 | 10:38
235
ZAMONAMIZNING YANGI USUL MAKTABI
Xalqni yuksak ilm-ma’rifatli qilish uchun kurashgan jadidlar o‘z maqsadlarining bir qismini teatr san’ati vositasida amalga oshirishga bel bog‘lagan edilar. Biz hikoya qilmoqchi bo‘lgan maktab ham o‘quvchilar ongiga ma’rifat ziyosini sahnaviy tomosha uslubi yordamida singdirib, shu asosda bir qator muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgani jadid bobolarimiz naqadar to‘g‘ri yo‘l tanlaganini ko‘rsatadi. Poytaxtimizdagi 19-umumta’lim maktabidagi qizg‘in jarayon, o‘quvchilarning shavqi-yu […]
29.04.2024 | 10:27
397
SOHIBQIRON SHA’NIGA GARD YUQMASIN
“Jadid” gazetasining shu yil 12-aprel sonida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori, akademik Shuhrat Egamberdiyevning “O‘zbekistonda astronomiya: Renessansdan Renessansgacha” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Ushbu maqolada o‘zbek astronomiya maktabining shonli o‘tmishi va bugungi rivoji haqida e’tiborga molik dalil va raqamlar tilga olinib, salmoqli fikrlar bildirilgan. Biroq hurmatli olimimizning buyuk Sohibqiron Amir Temur shaxsiyatiga oid bir mulohazasi […]
27.04.2024 | 18:16
364
KELAJAK KAFOLATI
Hozirgi global dunyoda inson kapitali uchun kurash ketyapti. Bu kurash zamirida mafkuraviy xurujlar orqali odamlar ongini egallash, oqibatda ularni o‘ziga xizmat qildirish istagi yotibdi. Dunyo sahnidagi bunday g‘irrom o‘yinlar bugun hech kimga sir emas. Ana shunday tahlikali zamonda o‘zlikni saqlab qolish, yoshlarni el-yurt istiqboli uchun xizmat qiladigan avlod qilib tarbiyalash oson emas. Zamonga mos yangicha […]
27.04.2024 | 17:47
316
DOIMIY HARAKATDAGI HAYOTIY DASTUR
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2023-yil so‘ngida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida davlatimiz rahbari soha vakillari va ziyolilar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan o‘ta jiddiy va dolzarb vazifalarni qo‘ydi. Ayniqsa, o‘tgan asr boshlarida millat kelajagi uchun qayg‘urgan, xalqning ma’rifatli, dunyoviy bilimlar egasi bo‘lishini orzu qilgan ma’rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor […]
27.04.2024 | 14:03
630
OILA – SHAXSIY MASALA EMAS!
Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi davr jamiyatda ham qarashlar islohini talab qilyapti. Afsuski, biz fikrlar xilma-xilligi girdobida nimalarni topib, nimalarni yo‘qotayotganimizni aniq anglab olishga ulgurmayapmiz. Zamon yaratgan qulayliklar va shunga yarasha talablar jarayonida kishining hayotda to‘g‘ri, halol yo‘lni topishi murakkablashmoqda. Bu, albatta, birinchi navbatda jamiyat hamda mahallaning negizi bo‘lgan oila va tajribasiz yoshlar turmushida yaqqol […]
27.04.2024 | 13:55
335
MILLATIMIZ OYDINLARIDAN BIRI
Jadidlik harakati namoyandalaridan biri, atoqli pedagog Ismatulla Rahmatullayev Samarqanddagi “Dorul odob maktabi”ning asoschisi bo‘lgan. U 1883-yili Samarqand shahri yaqinidagi Rajabamin qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘iladi. Yosh Ismatulla ilk ta’limni mashhur pedagog Abduqodir Shakuriyning onasi Bibi Roziya ayadan oladi. Keyin tatar pedagoglardan biri tashkil etgan yangi usul maktabida o‘qiydi. 1905-yildan boshlab Abduqodir Shakuriy tomonidan asos solingan jadid […]
27.04.2024 | 13:44
336
KIM NIMANI YAXSHI KO‘RAR?
Ehtimol, bizning xalq ilm-u ma’rifatni, tarbiya va ta’limni, hunar va sanoatni yaxshi ko‘rar, deb o‘ylaydurg‘ondursiz? Yo‘q, bu fikringiz yonglish.Eshonlarimiz toat va ibodat, pand-u nasihat, zikr-u tasbeh o‘rnig‘a to‘ylardan to‘n kiyub, ko‘b oshab, ko‘p uxlashni yaxshi ko‘rurlar.Ulamolarimiz dars-u ta’lim o‘rnig‘a, bir-birlari ila o‘run talashib, mukarrir va mudarris bo‘lishni, o‘zlari bo‘lolmay qolsalar, eshikma-eshik yurub saylovni buzishni yaxshi […]
27.04.2024 | 13:41
449
MOTIVATSIYA
So‘nggi paytlarda “motivatsiya” so‘zi tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘lib qoldi. Ushbu o‘rinda “motivatsiya” haqida yozish uchun esa menga bir do‘stimizning yaqinda e’lon qilingan maqola tagida qoldirgan izohi “motivatsiya berdi” (sabab bo‘ldi // asos bo‘ldi // ruhlantirdi // ilhomlantirdi // undadi // turtki bo‘ldi). Mazkur jumlada “motivatsiya” o‘rnida qavs ichidagi biror so‘zni qo‘ysam ham tushunarli bo‘lardi, lekin […]
26.04.2024 | 10:43
738
Asosiy
ULAR BOSHQA YO‘LDAN KETISHDI
Ellikka yaqin jadid bobolarimiz hayotini o‘rgangan va ular haqida turkum eshittirishlar tayyorlagan jurnalist sifatida bilganlarimni sizlarga ham aytib qo‘ymoqchiman. Jadidlarning hammasi o‘z zamonasining boylari bo‘lgan. Ular to‘rtta xotin olishi, haftada emas, har kuni choyxonama-choyxona yurib oshxo‘rlik qilishi, o‘n ming qo‘yini yigirma ming, mingta otini o‘n mingta qilishi mumkin edi. Ammo ular boshqa yo‘ldan ketishdi. Otalari […]
24.04.2024 | 15:23
405
NOIBGA SOG‘INCHLI SO‘ROVNOMA
Maktubimni “sog‘inchli” deb nomlaganim nimaga ishoraligini ilg‘agandirsiz, hurmatli deputat. O‘sha tarixiy saylov jarayonlarida yuz ko‘rishgandan beri ikki-uch bor “oynai jahon”da muborak chehrangiz namoyon bo‘lganini aytmasak, sog‘inchimiz kun sayin o‘t ketgan yeryong‘oq poyasidek gurlab boryapti. Bayt: Falonchibek noib bo‘ldi, O‘shal kundan g‘oyib bo‘ldi. Bu satrlar bizim okrugda ma’lum va mashhur bo‘lib, to‘y va ma’rakalarda tez-tez yangrab […]
24.04.2024 | 15:15
277
E’TIROFNI SOTIB OLIB BO‘LMAYDI
O‘zbek milliy estrada san’atining taniqli namoyandasi, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov bilan suhbatimiz Zokirovlar sulolasining o‘zbek san’atida tutgan o‘rni, ota-ona va farzandlar munosabati, bugungi milliy estradamiz, qadriyatlarimiz haqida bo‘ldi. – Farrux Karimovich, bizning avlod Karim Zokirov, Botir Zokirov va sizning qo‘shiqlaringizdan huzurlanib ulg‘aygan. Shuningdek, Jamshid Zokirovning teatr sahnasida yaratgan betakror obrazlari hali-hamon tomoshabinlar yodidan ko‘tarilgani […]
24.04.2024 | 15:11
592
INSHO HAQIDA INSHO
Insho omili. Maktab ta’limidagi insho degan nihoyatda muhim nazorat usuli unutilgani yo‘qmi? Unutilmagan bo‘lsa ham, hozir u ta’lim jarayonining bir chetiga surib qo‘yilgani aniq: “Nima hojat? Vaqtni testga tayyorlanishga sarflash kerak”. Holbuki, insho millat taraqqiyoti uchun zarur omillardan biridir. Insho o‘quvchilarda so‘z boyligini orttirish, imlo qoidalarini bilish, xotirani mustahkamlash (badiiy asarlardan iqtiboslar), o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay […]
24.04.2024 | 14:40
2381
TOG‘LAR ORTIDA HAYOT BOR!
Suitsid, ya’ni o‘z joniga qasd qilishdek mudhish fojia haqidagi ushbu maqola qahramonlarimizning achchiq qismatiga oid hikoyalar asosiga qurilgan. Bunday sho‘rqismat ayollarni shartli ravishda guloyimlar deya ataymiz. Ayanchli voqelarni tasvirlash orqali o‘quvchining hissiyotlarini junbishga keltirish fikridan yiroqmiz, balki insonni o‘z joniga qasd qilish darajasigacha olib boradigan omillarni ochib berishga harakat qilamiz. Zero, gulday umrining bahorida ayamajuz urgan […]
22.04.2024 | 14:09
675
HAFSALANI PIR QILMANG, PIR TUTING!
Lug‘atlarda yozilishicha, “hafsala” inson irodasining mehnat yoki harakatga moyilligini, biron-bir ishni chin dildan ado etish istagini ifoda etadi. Kundalik hayotimizda “shu ishga hafsalasizlik qildim” yoki “bu yumushni astoydil, hafsala bilan bajardim”, “agar hafsala qilib, jon-dildan kirishmasang, bu hayotda biror natijaga erisholmaysan” kabi gaplarni ko‘p eshitamiz. Umr bo‘yi halol mehnat ortidan kun kechirgan rahmatli padari buzrukvorimning: […]
22.04.2024 | 13:52
374