Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

“SEZGILAR”

(Shoirlar to‘plamidan 4-bo‘lak) O‘rtoq Oybekning yigirma yetti she’ridan iborat asari bo‘lib, O‘zbekiston davlat nashriyoti tomonidan 1927 nchi yilda bosilg‘on. Kitobning o‘zi – shoirning “So‘ng­gi hushyorlik” sarlavhasi bilan boshlanib, birinchi qarashda Oybekning “oltin qadahlar”dan bezgani, uning endi hushyor bo‘lishi va eskilikdan nafrat etgani ang­lashiladi. Uning ketidan kelgan she’rlar – bu tushun­chada yanglishmaganimizni isbot qildi. Aytib bo‘ladikim, 1926 […]

21.05.2024 | 10:35

img274

OPOQI

“Opoqi” deb Farg‘onada bobo, Toshkentda yoshi katta ayolga nisbatan aytiladi. Shuningdek, shevalarda: opoyi, opog‘oyi, opog‘acha, opog‘dada kabi shakllari ham bo‘lib, ular: xola, amma, yanga, opa, buvi, bobo kabi ma’nolarga ega. Xo‘sh, bu tizimdagi atamalar nega ham erkak, ham ayol qarindoshlarga nisbatan ishlatiladi? Ularni umumlashtiruvchi “opo(g‘)-” qo‘shimchasi nimani bildiradi?  “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da “opog‘oyi//opoyi//opoqi” so‘zlariga umumiy […]

20.05.2024 | 05:40

img2169

MUALLIFLIK HUQUQI HAQIDA…

Yaqinda qirg‘izlarning “Jannat ona­­lar oyog‘i ostida” badiiy filmi o‘g‘­rincha telegram kanallarida tarqati­lishiga qarshi keng jamoatchilik o‘rinli tarzda e’tiroz bildirdi. Mualliflik huquqi himoya qilinishi kerak.  Ammo Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlariga kelganda nima uchundir merosxo‘rlari­ning haqli e’tiroziga qarshi borildi va “Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlari xalq mulki bo‘lishi kerak”, deya fikrlar bildirildi. O‘zbekistonda “Mualliflik huquqlari” degan tushuncha keng targ‘ib qilinishi […]

19.05.2024 | 22:46

img541

Asosiy

“HAR KISHI ERMEN DEBON ERMU BO‘LUR…”

Ma’lumki, “er” so‘zi nutqimizda “er kishi”, “biror kimsa”, “turmush o‘rtoq”, umuman olganda, ma’lum bir jins vakili ma’nolarida ko‘zga ko‘rinadi. Bugungi kunda mazkur nom aso­san o‘rta yoshdagi erkaklarning sifati hisoblanib, yosh yigitlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Biroq ushbu lafzning tarixiy mohiyatiga diqqat qaratsak, uning butun turkiy millatlar fe’l-atvori, turmush tarzi hamda qadriyatlarini o‘zida jamlay olgan ulug‘vor istiloh ekanligiga […]

19.05.2024 | 20:50

img490

IKKI TIL EMAS, TO‘RT TIL KERAK!

O‘ylashimcha, ayrim tengdosh­larim shunchaki bakalavriat va magistratura imtihonlarini topshirib olish, yana boshqalari chet elda o‘qish yoki ishlash, ba’zilar esa oylik maoshiga qo‘shimcha ustamaga ega bo‘lish ilinjida xorijiy tillarni o‘rganishga harakat qilishadi. Aslida, buning yomon tomoni yo‘q. Xorijiy tillarni o‘rganish juda qiziq va foydali jarayon bo‘lgani uchun men bu borada o‘z qarashlarim bilan o‘rtoqlashgim keldi.  Mahmudxo‘ja Behbudiy […]

19.05.2024 | 12:57

img802

“KO‘MAK”CHILARDAN XOTIRA

Germaniyaga buyuk umidlar bilan tahsil olish uchun borgan talabalar to­monidan 1923-yilning birinchi sen­tyabrida o‘zbek tilida eski o‘zbek yo­zu­vida ilmiy, adabiy, ijtimoiy “Ko‘­mak” nomli jurnal nashr qilinadi. Jurnal manzili “Berlin-Shoneberg, Stubenrausshtrasse” 4-uyda joylashgan bo‘­­lib, “Ozod Sharq” bosmaxonasida chop etiladi. Unga ­Sayid Ali Xo‘ja mas’ul muharrirlik qiladi. Jurnal o‘ziga “Bilim Ovro‘padadir!” degan gapni shior qilib oladi. Uning […]

19.05.2024 | 09:38

img466

QARDOSHNING QADRI

O‘zbek adabiyotining dunyodagi boshqa xalqlar adabiy-ma’naviy muhitiga kirib borishida, tabiiyki, fidoyi ziyolilar, xususan, tarjimon va adabiyotshunoslarning xizmatiga hamma zamon­larda ehtiyoj seziladi. Bugungi adabiy hayotga nazar tashlansa, ko‘plab turk adiblari­ning asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinganiga guvoh bo‘lamiz. Ikki qardosh adabiyot muammolariga doir ayrim qiyosiy tadqiqotlar ham maydonga keldi. Ayni chog‘da, mumtoz va zamo­naviy o‘zbek adabiyoti namunalari turk […]

18.05.2024 | 14:50

img321

YORUG‘ KUNLAR KUYCHISI

Hur yashash uchun olib borilgan kurashlar maydoni bo‘lgan insoniyat tarixida erk tuyg‘usi millatlarning tomirlarida doimo jo‘shqin bir shaklda kezgandir. Bu mislsiz tuyg‘u, tarixiy vaziyat va sharoitlarning majburiyatlariga uyg‘un holatda, bir millatning qalbida ba’zan kuchli jo‘sh urgan bo‘lsa, ba’zan kimningdir ko‘ngil dunyosida o‘zini muhofaza qilib, yashirin holatda yashab kelgan, albatta. Azaldan hech bir xalq vatanini erkin […]

18.05.2024 | 14:06

img428

DORILOMON KUNLAR KELDI

MUQADDAS AYOL!  Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo‘ldi, Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi, Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi, Sen baribir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Avval: “Kel-ey, quchog‘imga to‘l, balq”, dedilar, Unamading, “ayol o‘zi ters xalq”, dedilar, Icholmagach, yuz o‘girib: sho‘r, talx… dedilar, Sen baribir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Sen daryosan, o‘pganini qirg‘oq yashirar, Juftim […]

18.05.2024 | 11:05

img7188

Asosiy

BOTIR ZOKIROV HAYKALI OCHILDI

Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. – Bugun o‘ziga xos san’at va madaniyat bayrami. Ushbu quvonchli voqea bilan siz, azizlarni, rahmatli Botir Zokirovning yaqinlari va muxlislarini, butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman, – dedi Prezident. San’atkor xotirasini e’zozlash, ijodiy merosini o‘rganish bo‘yicha […]

18.05.2024 | 08:41

img931

HALIMA HAM O‘TIB KETDI, BILMADIK…

 Hayot minglab-millionlab tasodiflarning bir nuqtada bizga mutlaq noayon qonuniyatlar asosi­dagi kesishuvlari jamlanmasidan iboratdek. Balki shu sabablidir, kechmish voqeliklariga nisbatan “agar” istilohini qo‘llash nojoizday tuyuladi. Ammo… “Mening Toshkentga kelib qolishimga jannatmakon ustoz, davlat arbobi Sharof Rashidov sabab bo‘lganlar. U kishi Sir­daryoga borganlarida “Sirdaryo haqiqati” gazetasida mening she’rlarimni o‘qib, o‘sha yillardagi viloyat hokimi (oblast partiya qo‘mitasining kotibi […]

17.05.2024 | 17:23

img576

YURTIMIZ QUDRATI TIMSOLI

Biz bir avlod Vatan haqida otashin she’rlar yozdik, jo‘shqin qo‘shiqlar kuyladik. Ona yurtga muhabbatimizni shunday izhor etdik. Bugun esa Vatan ishqi bilan yashashning mutlaqo boshqacha, yangi bir davri boshlandi. Ertangi kunning egalari bo‘lgan yoshlarimiz biz madh etgan sadoqat va burch tushunchalarini amaliy tarzda namoyon etmoqdalar, go‘yo. Ular butunjahon taraqqiyoti rivojidan ortda qolmay, har jabhada yangiliklar […]

17.05.2024 | 09:44

img371

“SHUM BOLA”NING JOZIBASI

“Shum bola” asari Gʻafur Gʻulom ijodi­ning nasrdagi yuksak cho‘qqisi hisoblanadi. Qissaning fazilatlari juda ko‘p. Aynan shu asarida adibning cho‘ng badiiy mahorati yaqqol ko‘rinadi. Muhimi, “Shum bola” o‘zbek adabiyoti tarixidagi mingdan ortiq qissalar orasida o‘z poetik qimmati bilan hamon birinchilar qatorida turibdi. Bu asarni o‘qigan borki, Gʻafur Gʻulomning ibrat maktabidan sa­boq olishi tabiiy. -1- Gʻafur Gʻulomning […]

16.05.2024 | 19:50

img9177

URCHUQ YIGIRIB, BAXT TO‘QIDIM

105 yoshida dunyodan o‘tgan ammamiz­ning tutdan yasalgan urchug‘i bo‘lardi. U ip yigirganida ko‘z oldimizda kurrai zamin aylanayotganday bo‘lib, urchuqning chirillagan ovozidan zavqimiz oshardi. Ammam urchug‘ini asrab-avaylab, yosh bolalarga hech ushlatmasdi. Biz opa-singillar uning ko‘zini shamg‘alat qilib, o‘zimizcha urchuq yigirishga urinardik, – deydi Sayxunobod tumani, “Paymard” mahallasida istiqomat qiluvchi taniqli hunarmand Asiba Botirova. – Onam­ning boshqirdistonlik […]

16.05.2024 | 15:54

img1106

HAQGO‘Y ADIB VA INSON

Tog‘lar uzoqlardan haybatli ko‘rinadi va yaqiniga borsangiz, ularning qorli cho‘qqilari ko‘klarga tutashib ketganday tuyuladi. Har qaysi odamning bir o‘zak xislati bo‘ladi. Bosh­qa barcha xislatlarini shu o‘zak xislat boshqaradi va o‘z ortidan ergashtiradi. Shoir, adib dramaturg Shuhrat (Gʻulom Alimov)ning ham shunday o‘zak xislati bo‘lgan.  Uning haqgo‘yligi – odamiyligi va adiblik faoliyatining o‘zak-negizi edi. Shuhrat aka haqgo‘y […]

16.05.2024 | 10:20

img410

XOTIRA UYG‘ONSA GO‘ZAL

Yaqinda Urganch shahrida filologiya fanlari nomzodi Sayyora Samandar va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad hammuallifligida “Xorazm jadidlari: islohotlar, ta’lim va adabiyot” monografiyasining nashr qilinganini o‘zbek jadidshunoslarining navbatdagi yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin.Yaqinda Urganch shahrida filologiya fanlari nomzodi Sayyora Samandar va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad hammuallifligida “Xorazm jadidlari: islohotlar, ta’lim va […]

15.05.2024 | 17:53

img581

ADABIYOT OTAMDAN KUCHLI

Otamni taniysiz. Bir paytlar “O‘lka rivoji” (nom ijtimoiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘zgartirildi) partiyasida targ‘ibotchi bo‘lib dong taratganidan mahalla-ko‘yda Farhod firqa nomi bilan ardoqlanib kelinadi. Ko‘p yillik tajriba tufayli otamiz oilamizni ham firqa yacheykasiga aylantirib, partokratlarga xos byurokratik intizom o‘rnatganki, u kishining aytgani aytgan, degani degan. Har qanday oilaviy mashvaratni navbatdan tashqari sessiyaga aylantirib, kun tartibini […]

15.05.2024 | 11:04

img502

ABSURDGA QARSHI ISYON

Kafka kitobining taqdimoti – milliy ma’naviyatimizdagi voqeadir. Biz yaqin­dagina Jaloliddin Rumiy “Masnaviy”­si tarjimasi nashr etilganda shunday hayajonni boshdan kechirgan edik. Avvalo Kafka va “Qal’a” haqida… Kafka qattiq isitma, bezgak ichida yozgandek tuyulaveradi menga. Bu uning migren bilan og‘riganidan miyamda tug‘ilgan paralleldir ehtimol. Lekin ilhom ham aslida, qattiq isitmaga, talvasaga o‘xshaydi. Demak, Kafka hamma vaqt kuchli […]

14.05.2024 | 15:00

img465

“-LAR” QO‘SHIMCHASI HAQIDA

“-lar” qo‘shimchasi to‘g‘risi­dagi fikrni quvvatlaganlardan minnatdorman. Shu munosabat bilan quyidagilarni qayd etish maqsadga muvofiq. “-lar” ikki funksiya bajaradi. Birinchi funksiya – ko‘plikni ifodalash. Albatta, “viloyatlardan xush­xa­bar­lar”, “odamlarning naqshidir“ (Navoiy), “kitoblarni taxlab qo‘y” deymiz. Agar sanaluvchi oldida -ta, nafar va boshqa mohiyatan ko‘plikni bildiruvchi vosita kelsa, “-lar” qo‘shilmaydi, chunki “seryog‘ dumba” kabi ortiqchalik yuzaga keladi. Misol […]

13.05.2024 | 16:39

img7536

O‘ZINGDAN O‘ZDING – O‘ZGADAN O‘ZDING

“Ovoz” loyihasi paydo bo‘lganidan beri kuy-qo‘shiq haqida yana o‘ylay boshladim. O‘tgan asr Yevropa estradasi va operasini tinglashga kuchli ehtiyoj uyg‘ondi. Va uyda tinglab yurish, bahonada bolalar qulog‘ida qolishi uchun qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzishim zarurligini tushunyapman. Negaki, bugungi yarador dunyo buyuk toqatga, kenglig-u birodarlikka, o‘zligidan kechmagan kosmopolit tafakkurga nihoyatda muhtoj. Sara kuy-qo‘shiq ruhiy to‘siqlarni yengadigan, ichki hurriyatga olib […]

13.05.2024 | 10:04

img384

“O‘RAB OLAY GUL BILAN…”

Inson hamisha go‘zallikka talpinib yashaydi. Gul-chechaklar esa azaldan muhabbat, poklik va go‘zallik ramzi sifatida ardoqlab kelinadi.  Sir emas, Namangan ahlining gullarga mehri cheksiz. Shu bois 1961-yildan Namangan shahrida “Gullar festivali”ni o‘tkazish an’anaga aylangan. Aslida, bunday gulchilik madaniyati o‘ziga xos tarixga ega. Ilgari shahardagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘i o‘rnidagi Gulzor mahallasida yashagan odamlar o‘zlarining hovli […]

12.05.2024 | 12:12

img557

JADID KUTUBXONASI