Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

UZUNQULOQ GAPLAR

“Uzunquloq gaplarga ko‘ra”, “odamlar orasida uzunquloq gaplar yuribdi”. Qanday qilib gap uzunquloq bo‘lishi mumkin? Deylik, biron hayvonga nisbatan “uzunquloq” desa tushunarli, lekin gapning uzunquloq bo‘lishi g‘alati. Gap shundaki, bu yerda “uzun” – hozirgi tilimizdagi uzunlikni bildiruvchi “uzun” emas. Qadimgi turkiyda unga shakldosh yana bir “uzun” so‘zi bo‘lib – “g‘iybat” ma’nosini bildirgan. “Gʻiybatchi” esa – “uzunchы” […]

13.04.2024 | 09:52

img453

KITOB O‘QIGAN “KOBALT” MINADI

Haqqoniy kitoblar – ma’nolar xazinasi. Bu xazinadan bahramand bo‘lganlarning dunyo­qarashi, fikrlash tarzi, muomalasi, odob-axloqi nurli-ko‘rkam bo‘ladi. O‘qiganlar bilan o‘qimaganlar bahslashishi qiyin. Shun­ga ko‘ra, yetti yildirki, “Yosh kitobxon” respublika tanlovida o‘qiganlar o‘zaro fikr maydonida bahs yuri­tishadi. Kitobxonlarning bilimi, zakosi, yodkashligi, tafakkur ko‘lami taq­qos­lanadi. Muno­sibi Prezident sovg‘asi – avtomashina bilan taqdirlanadi. Nazarimda, dunyoning birorta mam­la­katida mavjud bo‘lmagan […]

13.04.2024 | 09:47

img338

QAYNONAMNING KITOBLARINI O‘QIB…

Ota – oilaning ustuni, himoyachisi, boquvchisi hisoblansa-da, odatda ro‘zg‘ordagi sog‘lom muhitni ayollar belgilaydi. Sabr­-bardoshli, tadbirli, itoatkor ayol, har qanday vaziyatda ham erini, farzandlarini to‘g‘ri yo‘lga solib, xonadoniga fayz-baraka, tinchlik-oso­yishtalik va poki­zalik baxsh eta oladi. Oilaning har tomonlama mukammal bo‘lishi uchun tabiiy muhitning o‘zi kamlik qiladi. Qaysi oilada ko‘proq kitob, gazeta va jurnallar mutolaa qilinsa, tarbiya borasida maqsadga oson erishiladi. Men Nurota […]

13.04.2024 | 09:38

img360

FIKR TARBIYASI

Fikr tarbiyasi – umumiy tar­biya­­ning eng ahamiyatli bo‘limi­dir… Lekin har holda badan tarbiyasidan keyingi galda turadir. Kishi degan bir tosh yokim bir yog‘och singari yolg‘iz badan, ya’ni moddiy yoqdan iborat emas. O‘ylaguvchi ham tushunchali bo‘lishi uning birda fikriy borliq egasi ekanini ko‘rsatadi. Hayvoniy hayoti bo‘lg‘oni kabi fikriy bir hayoti ham bor demakdir. Mana shunga ko‘ra, […]

13.04.2024 | 08:50

img781

NONDAN SO‘NG ENG MUHIMI MAKTABDIR

Bugun ibrat sifatida ko‘rsatilayotgan Yashnobod tumanidagi 255-maktab o‘quvchilari sharoit taqo­zosi bilan bir vaqtlar yotoqxonada dars o‘tishga ham majbur bo‘lgan. Ular bugun keng va yorug‘ sinf­xonalarda, shinam, zamonaviy va havas qilsa arzigulik binoda bilim olishmoqda. Bu yerdagi qiz­g‘inlik, yuraklaridagi jo‘shqinlikdan ko‘z quv­naydi. – Bu maktabni maktab qilish oson kechdimi, – kulib gap boshladi maktab direktori Diloro Jumayeva. […]

13.04.2024 | 08:38

img458

O‘ZBEK MILLIY RUHI ZAVOL BILMAGAY

Mamlakatimizda buyuk ajdodlarimiz Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining tavallud ayyomlari ma’rifatparvar xalqimizning ardoqli bayramlari sifatida keng nishonlanayotgan shukuhli kunlarda azim poytaxtimizdagi “Ma’rifat markazi” – Simpoziumlar saroyida yana bir betakror madaniy voqea – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyevaning ijodiy-ma’rifiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Avvalo, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur ijodiy loyihaning tashabbuskori […]

13.04.2024 | 08:27

img296

TAQVIM VARAQLAYOTGAN ODAM

Taqvim varaqlayotgan odam Xomush tortishi kerak: Umr o‘tyapti, umr! Taqvim varaqlayotgan odam O’yga tolishi kerak:  Rozi qila oldimmi ota-onamni?  Farzandlarim tarbiyasi nechuk?  Tiq etsa eshikka termilib,  Ko‘zlari yo‘limga to‘rt bo‘lmadimi  O’sal yotgan birodarimning?  Uchmadimmi shayton vasvasasiga, Iymonim salomatmi? So‘ngti manzilimga qo‘yib qaytsalar, Yo‘lda birov astoydil kuyib, Xo‘rsinib-xo‘rsinib ayta olarmi: «Ketgan – qaytar, Ketmonlagan qaytmaydi!» …Men […]

13.04.2024 | 08:17

img335

HAYKALTAROSHLARNING ADIBI

Kuni kecha O‘zbekiston xalq rassomi, Davlat mukofoti sovrindori Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev (1954-2015) tavalludining 70-yilligi munosabati bilan haykaltarosh yashagan poytaxtimizning Amir Temur ko‘chasi 89-“A” uyda yodgorlik lavhasi hamda O‘zbekiston tas­viriy san’at galereyasida “Men o‘zbekning musavviriman” nomli xotira ko‘rgazmasining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston […]

13.04.2024 | 07:45

img710

“BOTMASIN CHIQQAN QUYOSH…”

ORZU Jadidlik davrining butun ijtimoiy-siyosiy mohiyatini namo­yon qiladigan, bu davrni ichdan yoritib turgan va, ayni damda, o‘zining qisqa umri bilan barcha ongli ziyolilar qalbini birdek o‘rtab, larzaga solgan ulkan bir hodisa bor. Bu – Turkiston muxtoriyatidir. Turkiston muxtoriyati yaqin tarixning eng murakkab, zid­diyatli va kun-bakun o‘rga­nilishi lo­zim bo‘lgan sahifalaridan biri sana­ladi. Chunki bunda cho­rizm­dan qutulish, Muvaqqat […]

13.04.2024 | 07:41

img461

SHOH VA SHOIRGA YUKSAK EHTIROM

Andijonda o‘zbek mumtoz ada­biyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ish­langan adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yozuv­chilar uyushmasi viloyat bo‘li­mi hamkorligida tashkil etilgan tad­birda shoir va yozuvchilar, yurti­miz­dagi va xorijlik boburshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Bobur […]

13.04.2024 | 07:36

img368

MUXTORIYAT

Turkiston muxtoriyati… Temur hoqonining chin bolalari yoninda, turkis­tonli tubchak turklari orasinda, mundan ug‘urli, mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so‘zni borlig‘iga ishonmayman.  Turkiston turkning qonini qay­na­tuvchi, imonini yuksaltguvchi bir quvvat bor esa yolg‘uz shu so‘zda bordur: Turkiston muxtoriyati! Elli(k) yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo‘limiz bog‘landi; tilimiz kesildi, og‘zimiz qopondi, yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumuruldi, […]

13.04.2024 | 07:31

img518

BOBUR MIRZODA SO‘Z NISBATI

Keling, bir tajriba qilib ko‘raylik. Xo‘sh, o‘tgan mingyillik ichida tilimizda qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Bu jarayonni turli asrlarda yashagan mumtoz adabiyotimizning yirik vakillari asarlari asosida o‘rganishga harakat qilamiz: XI ASR: YUSUF XOS HOJIB. “Qutadg‘u bilig” asaridan: “Сэвуг савчы ыḋты бағырсақ иḋи Буḋунда талусы кишидә кәḋи”. (Ma’nosi: Mehribon egam sevikli rasul yubordi, (U) xalq orasida sarasi, […]

13.04.2024 | 07:17

img280

BUYUK SARKARDA YODI

Adib, olim, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Zahiriddin Muhammad Bobur merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ziyolilar, yozuvchilar, shoirlar, harbiylar, yoshlar jam bo‘lishdi. Dastur avvalida Zahiriddin Muhammad Bobur […]

13.04.2024 | 07:04

img328

ODAMZODNI INSONIYLIK MAQOMIGA QAYTARISH ZARUR

Agar badiiy asar dastlabki sahifala­ridanoq o‘quvchini o‘ziga butunlay rom etib, uni noma’lum bir olamga olib kirsa, o‘tli hissiyot va iztiroblar otashida yon­dirsa, tasavvurlarini ostin-ustun qilib, qalbida yangi tuyg‘u va fikrlar uyg‘otib, uzoq vaqt xayolini band etsa, u chindan ham zo‘r kitob deyishga munosibdir. Atoqli qirg‘iz adibi Sulton Rayevning 2015-yili Londonda rus tilida nashr etilgan “Kara” […]

13.04.2024 | 06:53

img436

DORI KIMGA DARMON YOXUD KASALLIKLAR ZANJIRI

Dori yozishga judayam berilib ketgan shifokorlar, asosan, bir xil tarkibga ega, bir xil vazifani bajaradigan dorining 3-4 turini, muayyan firmalarga tegishli eng qimmat narxdagisini tavsiya qilishadi. Shifokorning koʻrsatma qogʻozi(resept)dagi dorilarning har kimning ham choʻntagi koʻtarmaydi. Qurbi yetgan taqdirda ularni ichib, foydasini sezmagach, hafsalasi pir boʻladi. Natijada kimdir maqtagan yoki boʻrttirib reklama qilingan dorini pala-partish qabul […]

13.04.2024 | 06:36

img295

GAPNING TO‘NI YOXUD QARG‘A BILAN CHO‘QISHGANLAR

Gapning ham to‘ni bo‘ladimi deysanmi, Landavur? To‘ni bo‘lmasa, eshitsang-chi! To‘xta, nervimga o‘ynamay tur, aytay! Mana, nimaymish, “Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?” emish. Ja-a anoyini topibsanlar-a jarimaxo‘rlar! Bu gapni kim aytgan o‘zi, qachon aytgan o‘zi? Qaysi zamonda aytgan? Hozir qaysi zamonda yashayapsan? […]

13.04.2024 | 06:29

img309

SIZ NEGA KULYAPSIZ?

Ma’lumotlarga ko‘ra, kulgi aksariyat kasalliklarni davolashda muolaja vazifasini o‘tarkan. Chunonchi, “kulgiterapiya” de­gan istilohning qo‘llanishi bejiz emas. “Bemor kulayotgan lahzalarida yuz foiz sog‘lom odam holatida bo‘ladi”, degan ekan Ibn Sino. Bu hikmatning haqligiga men o‘z hayotimda guvoh bo‘ldim. Jar­rohlik amaliyoti o‘tkazganimdan ke­yingi og‘riqlarni kulgi tufayli unutib, uyqu­sizlikdan xalos bo‘lgan edim. Aynan o‘sha payt­larda har oqshom ma’lum […]

13.04.2024 | 06:11

img383

HUVAYDO MOMO GINNESNING REKORDLAR KITOBIGA NEGA KIRITILMAYAPTI?

Buvaydaga yo‘lingiz tushsa, Qoraqum qishlog‘iga ham bir kirib o‘ting. Bu yerda uch asr, ikki ming yillikni ko‘rgan, 1895-yili tug‘ilgan Huvaydo momo Umarova yashaydi. “Yo‘g‘-e” demang. Biz hujjat asosida gaplashamiz. Salom-alikdan so‘ng, momo men­dan avval savol berishni boshladi: – Qayerdan keldingiz qizim, kimsiz? – Momojon, jurnalistman. Uchko‘p­rikdan keldim. – Haa, xotiram ham pasayib ket­yapti. Biz katta […]

13.04.2024 | 06:04

img1395

LUG‘ATLAR — TIL XAZINABONI

“Devon-u lug‘otit turk”, mumtoz adabiyotimiz namoyandalarining, xususan, “Navoiy asarlari lug‘ati” (1972), “Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” (to‘rt jildli, 1983-1985) bilan zamonaviy lug‘atlar orasida “xronologik” chegara o‘rnatish joizmikan? Mumtoz adabiyotimizda qo‘llanilgan so‘z va so‘z birikmalaridan tuzilgan maxsus lug‘atlar ham, albatta, kerak. Ammo baynalminal so‘zlar ko‘proq o‘rin olgan izohli lug‘atni eski va yangiga ajratmagan holda Mahmud Qoshg‘ariy, […]

13.04.2024 | 06:01

img795

Halima XUDOYBERDIYEVA

IZLAYMAN Ishonarkan ortdagi-yu yondoshga, Ishonarkan begona-yu qondoshga, Boshim bilan urilarkan, voh, toshga, Orangizdan Navoiyni izlayman. Yashnab-yashnamasdan, so‘lib-so‘lmasdan, Ketib borarkanman, o‘lib-o‘lmasdan, Men o‘zimning kimligimni bilmasdan, Orangizdan Navoiyni izlayman. Dunyoning sir-sinoati ming turlik, Birda xo‘rlik o‘ldiradi, bir ko‘rlik, Navoiyni tug‘may, nechun, men sho‘rlik, Orangizdan Navoiyni izlayman. O‘tarkanman dog‘i bilan dog‘lanib, Xokistarin tanib qoldim, oh, tayanib, Devonig‘a suyanarkan […]

13.04.2024 | 05:40

img704

TURKIY XALQLAR MA’NAVIYATINING OLTIN USTUNI

Bugun – Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan uning Astana shahrida qad rostlagan haykali poyiga ilk marta gullar qo‘yiladi va bu muhtasham yodgorlik atrofida adabiyot muxlislari jam bo‘lib, mutafakkirning hayoti va ijodi haqida suhbat quradi.     2022-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari uchrashuvida Astana shahrida Alisher Navoiyga haykal o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilingan va […]

13.04.2024 | 05:29

img453

JADID KUTUBXONASI