Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

OLAM NURGA TO‘LSIN SEN BILAN, NAVRO‘Z!

Ko‘klamning ilk kunlarida xalqimiz intiqlik bilan kutadigan Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi va bayramga taraddud ishlari boshlanib ketdi. Tabiatda ezgulik tantanalari yuz ko‘rsatib, nish urgan maysalar ko‘kka intilganda, Yaratgan dunyoga yashil, zangor, noparmonranglarini sochib, boychechak boshlab bergan go‘zallik ayyomida insonlar qalbida yangi orzu-niyatlar gullaydi. Qish bo‘yi yelkasidan […]

13.04.2024 | 13:21

img408

GENDER TANGLIK

Xotin akam, gender, deydi,Huquqimiz tengdir, deydi.Ko‘ngilni sal kengroq tuting,Kengga dunyo kengdir, deydi. Men g‘ijinib, gender, deyman,O‘ylab topgan sendir, deyman.Mana, senga qora o‘choq,Mana, senga tandir, deyman. Xotin kulib, gender, deydi,Kimdadir bet – chandir, deydi.Aravani teng tortamiz,Siz yoqa, men yengdir, deydi. Men bo‘g‘ilib, gender, deyman,Uyda erkak mendir, deyman.Supurgini ho‘llab supir,Toshko‘mirni sindir, deyman. Xotin yana, gender, deydi,Xotin-bo‘y, er […]

13.04.2024 | 13:18

img313

Qadam bossam gullaydi chechak

* * * Ko‘zlaringda bordek bahorim, Ko‘zlaringda mening xumorim. Angladimki, ko‘zlaringdadir Yaratganning menga izhori. Ko‘zlaringda ko‘zimni topsam, Ko‘zlaringda izimni topsam. Oqib borib qirg‘oqlarida Eng pokiza so‘zimni topsam. Ko‘zlaringda tonglarim otsa, Ko‘zlaringga armonim botsa. Umrimning har soniyalari Ko‘zlaring-la ko‘zimda qotsa. Ko‘zlaringda kulsa g‘amlarim, Gʻam gullagan oniy damlarim. Yoqar bo‘lsam, ko‘zingga yoqqum Umidimning butun shamlarin. Ko‘zlaringni ko‘zimga […]

13.04.2024 | 13:16

img371

ADOLAT MANFAATI

Bugun – atoqli olim va jamoat arbobi, professor Ozod Sharafid­dinov tavalludiga 95 yil to‘ldi. U kishi aslida o‘z davrining chinakam jadidlaridan biri edi. Atoqli olimning ma’naviy jasorati, mashaqqatli va sharafli hayot yo‘li barchamizga ibrat bo‘lgulik. Filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimovning e’tiboringizga havola qilinayotgan quyidagi maqolasi o‘z vaqtida zabardast adibning ma’na­viy qiyofasini ochib bergani bilan alohida aha­miyatga […]

13.04.2024 | 13:10

img313

CHIQQAN QIZ CHIYDAN NARIMI?

Joriy yil 20-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida, bir talay muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z yuritildi.  Jumladan, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh bilan bog‘liq kelajak avlod salomatligiga salbiy ta’sir qilayotgan holatlarning oldini olish, odamlarga buning […]

13.04.2024 | 12:57

img306

TURKIY ELIM, SEN AZALDAN BUYUK ELDURSAN

QARASHLARGA Shirin jonim fido bo‘lsin o‘shal bo‘ylab qarashlarga, Gahi yayrab, gahi o‘ynab, gahi so‘ylab qarashlarga. Bu ne rohat deya qalbim nishon o‘lmoqqa hozirdur, Otish-chun shay bo‘lib qoshlar o‘qin joylab qarashlarga. Qoshing ostidagi ayyor nishonga oldilar nogoh, Meningdek notavon shoddir, o‘qin saylab qarashlarga. Raqiblar sezsalar, jonon, kuyib kul bo‘lgusi shul dam, Alardin ajratib bizni, suyib, siylab […]

13.04.2024 | 12:54

img557

QARDOSHLARNING QONLI QISMATI

Taniqli qozoq yozuvchisi, tarixshunos Smag‘ul Yelubay yaqinda rossiyalik professor, etnograf V. Sho­loshnikovning 1921-yili Orenburgda chop etilgan qo‘lyozma kitobi topilganini e’lon qildi. Undagi ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, 1911-yilda qozoqlarning nufusi 8 million nafar, deb ko‘rsatilgan. Qizig‘i shundaki, shu kungacha o‘sha paytdagi qozoq aholisi 4,5-5 million atrofida bo‘lgan, deb kelinardi. E’tibor qiling: faqat oradan 99 yil o‘tib, ya’ni 2011-yilda yuqoridagi aytilgan […]

13.04.2024 | 12:49

img293

FORS DIYORIDAGI NAFIS MAJLISLAR

– Eron Islom Respublikasining ko‘p­lab shaharlari Navoiy taqdiri bilan tutash. Navoiy Mashhaddan Samarqand­ga safar qilish arafasida Sayyid Hasan Ardasherga yozgan maktubida o‘zida ulkan bir kuchni tuya­yotganini, katta bir asar yozish istagi­ni aytib, shunday deydi:    Bu maydonda Firdavsiy ul gurd erur Ki, gar kelsa Rustam javobin berur. Ani derga bo‘lsa qachon rag‘batim, Erur oncha haq lutfidin […]

13.04.2024 | 12:41

img329

Quvasoydagi Hamid Olimjon xiyobonini obodonlashtirish uchun 1,5 milliard soʻm mablagʻ ajratildi

Mahalla nuroniylarining qayd etishicha, mazkur haykal 1982-yili davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tashabbusi bilan barpo qilingan.

13.04.2024 | 12:27

img268

MA’RIFATGA JONIN TIKKANLAR

“Bu kitob – menga, senga (ehtimol, butun dunyoda yagona, boshqa tillarga o‘girib bo‘lmaydigan “knygnesys” so‘ziga ega) xalqimizga vasiyatnomadir…” Men bu otkritkani antikvar buyumlar sotib o‘tiradigan bir qari kampirdan olgan edim. Ehtimol, unga e’tibor bermay o‘tib ketardim, biroq eski-tuski narsalar, varaqlari unniqib ketgan jurnallar orasida bir surat ko‘zimga issiq ko‘rindi, engashib, yaqinroq tikildim: bu litvalik rassom […]

13.04.2024 | 12:20

img450

“BO‘YINTURUQ” YOXUD KREDIT VIRUSI

A-a-a, muxbir ukam? Maza yo‘qmi deysanmi? Bemazada ne maza, deganini eshitmaganmisan? Kovid-povid deysanmi? Attang, ming attang-ki, kovidmasman. Undan battari ilashdi. Turqingga Tohir sopolni loykuragi! O‘l-a, menga SPID qaydan yuqsin? Kallami bu, suvqovoqmi? Chapaniligim o‘z yo‘liga, omalekin qing‘ir yo‘lga qadam qo‘ygan yigitmas­man. Ishonmasang Lobar xolangdan so‘ra. Uzun gapni qisqasi shuki, dardi bedavo kredit virusiga yo‘liqdim. Ha-a, […]

13.04.2024 | 12:15

img286

ENDI INSON QADRI HAM AVVALGILARGA O‘XSHAMAS

Prezidentimiz joriy yilning 15-16-fevral kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazgan yig‘ilishda o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojida o‘chmas iz qoldirgan mashhur hofiz Sherali Jo‘rayev nomini barchamiz hurmat bilan esga olishimiz lozimligini ta’kidladi. Andijon shahridagi San’at maktabiga O‘zbekis­ton va Tojikiston xalq artis­ti, Navoiy nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayev nomini berishni taklif qildi. “Mazkur maktab Musiqa va san’at kollejiga […]

13.04.2024 | 12:11

img984

ISHONCHNI TIRILTIRMOG‘IMIZ KERAK

Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda 500 dan ortiq nashriyot faoliyat yuritmoqda. Taassufki, bu nashriyotlar orasida kitobga shunchaki bir mahsulot yoki daromad manbai deb emas, qalb ozig‘i deb qaraydiganlar juda kam. Frensis Bekon ta’biri bilan aytganda, “hikmat kema­si”da suzish xos kishilarning ma’naviy mashg‘ulotiga aylangan. “Akademnashr” nashriyoti direktori Sanjar Na­zar ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirish uchun tinmay izla­nayotgan, tom ma’noda ziyo […]

13.04.2024 | 11:16

img285

“AL-ISLOH” MA’RIFATI

“Al-Isloh” jurnali Abdurahmon Sayyoh va Munavvar qori Abdurashidxonov tashabbusi, sa’y-harakati bilan 1915-yil 14-yanvarda Toshkent shahrining O‘rda dahasidagi G.Y.Yakovlev bosmaxonasida dunyo yuzini ko‘rdi. 1915-yilgi sonlari shu bosmaxonada, 1916, 1917, 1918-yillardagi sonlari O.A.Porsev litografiyasida chop etilgan. 1918-yilgi 5-soni Asqarxon Pahlavonov muharrirligida nashr qilingan. 1915, 1916, 1917-yildagilari har bir soni 32 sahifadan, 1918-yilgi sonlari 16 sahifadan iborat bo‘lib, bir […]

13.04.2024 | 11:10

img855

LA’NATGA QOLGAN MAYMUN

Dunyoda nomini aytishga odam hayiqadigan kasalliklar bor. OITS va OIVga chalingan bemorlar dardini yashirib, oramizda jimgina yurishibdi. Bu kasallikni shunchaki isnod deb bilishadi. Chunki bu, odamlar nazdida, egri yo‘lga kirganlar yoki giyohvand­lar kasalligi hisob­lanadi. Darhaqiqat, savol tug‘iladi: OITS kasallikmi yo isnod? Bu kasallik chindan ham faqat noto‘g‘ri jinsiy aloqadan paydo bo‘ladimi? Tibbiyot tizimida bu kabi kasalliklarni […]

13.04.2024 | 11:03

img353

MAXTUMQULI — O‘ZBEKNING O‘Z SHOIRI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2024-yil 19-fevral kuni “Buyuk turkman shoi­ri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorga imzo qo‘ydi. Darhaqiqat, Maxtumquli Firog‘iyning betakror poetik tafakkuri va jahon she’riyati xazinasiga qo‘shgan hissasi Gʻarb-u Sharqdagi eng dongdor shoirlar ulushidan aslo kam emas. Bu orif, donishmand shoir o‘z millati boshidagi toj va tojidagi marjon-marvariddir. […]

13.04.2024 | 10:59

img1034

AFSONA EMAS, SABOQ

Tarix afsona emas, unda millatning asrlar qaʼridagi kechmishi, moziy sabogʻi mujassam. “Tarixiy xotira beqiyos” nomli kitobni mutolaa qilib, mustabid tuzum davrida xalqimiz boshiga tushgan ogʻir kunlardan xabar­dor boʻlamiz.  Oʻzbekiston Respublikasi Bosh proku­­ra­turasi tomonidan chop etilgan ushbu kitobda qatagʻon yillarida nohaq sudlangan, oʻlim jazosiga mahkum qilin­gan qirq nafar prokuratura xodimi haqida maʼlumotlar berilgan. Ularning hayot yoʻllari, […]

13.04.2024 | 10:40

img311

PROKUROR OTALARNI NEGA OGOHLIKKA CHAQIRDI? Yoxud sirdaryolik 12 nafar o‘quvchi qizning qismati

Xalqimiz azaldan biror gap yoki hikmatni aytsa, bilib aytgan, topib aytgan. Bugun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ulardan unumli va samarali foydalanmay, ijtimoiy illatlarga berilib, ularning yanada ko‘payishiga sabab bo‘layotganlar uchun “Eshakning yuki yengil bo‘lsa, yotoq bo‘ladi” purhikmati mos keladi. Biz bu jihatni yoshlarimizning aksariyati ilm olishga qunt qilmayotganligida, ba’zi kattalar esa “menga nima, senga […]

13.04.2024 | 10:35

img326

MUXTORIYAT LOYIHASI

Turkiston mintaqasidagi jadidlik harakati ham o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga, bir tarafdan, XIX-XX asrlar oralig‘ida jahonda sodir bo‘lgan ulkan taraqqiyot va o‘zgarishlar, ikkinchi tarafdan, Rossiya imperiyasi tarkibidagi turkiy va mu­sulmon xalqlari yashayotgan hududlarda og‘ir siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolar ta’sirida vujudga kelgan tom ma’nodagi milliy uyg‘onish harakatidir. Shu ma’noda jadidlik bugun biz […]

13.04.2024 | 10:27

img818

MA‘RIFATGA YURAGIDAN YO‘L OCHGANLAR

Dunyoda ajoyib ishlar ko‘p. “Ko‘chmanchi”, “suzuvchi”, “intizomsiz”, “yer osti” kabi maktablar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarni o‘qiganman. Ammo atigi to‘rt xonali ta’lim dargohi haqida eshitmagandim. Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida bir tadbirkor himmati bilan qurilgan yangi o‘quv maskani haqida maqola yozish niyatida qahramonlarimni qidirdim. “Xudo degan quliga, keltiradi qo‘liga”, deganlariday, direktorning o‘zi Toshkentda malaka oshirayotgan ekan. U bilan […]

13.04.2024 | 10:15

img255

BARCHAMIZ VATAN HIMOYACHISI,TINCHLIK POSBONI BO‘LISHIMIZ ZARUR

Yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish, Vatan himoyasiga har doim shay turadigan yovqur askar qilib tarbiyalashda adabiyotning, kitobxonlikning alohida o‘rni bor. Shu maqsadda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qurolli Kuchlar tarkibidagi barcha tuzilmalar o‘rtasida mustahkam hamkorlik o‘rnatilgan. Ma’naviyat kechalari, kitobxonlik tadbirlari va tanlovlari, kitob taqdimotlari, ijodiy uchrashuvlar muntazam tashkil etilmoqda. Ma’lumki, mamlakat taqdiri millat ma’na­viyati bilan chambarchas bog‘liq eng […]

13.04.2024 | 09:55

img474

JADID KUTUBXONASI