KUTUBXONA
Kalit so'z: Asosiy
Asosiy
MUALLIM SHAKURIY IZTIROBLARI
Asrimiz boshidagi Samarqand muhitining tarixi qiziqarli, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy iqlimi g‘oyatda fayzlidir. Zotan, “Turkiston ma’rifatchilarining otasi” nomini olgan Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlari ayni shu zamon va zamin farzandidir. Uning tegrasida yig‘ilgan ziyolilar esa Turkiston o‘lkasida qudratli ma’rifiy harakatlarni boshlab bergan atoqli shaxslar edi. Shulardan biri mashhur jadid muallimi Abduqodir Shakuriydir. Abduqodir Shakuriy Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida 1901-yili birinchi […]
01.10.2024 | 13:33
992
Asosiy
Ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar
1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan taniqli va el suygan shoirlarning ushbu mavzudagi ijod namunalarini jamladik. Muallim Muallim haqida so‘zim ushbudir:Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,Forobiy, Danteni takror va takror. Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,Bariga ustozsan o‘zing, muallim.Alisher qalbiga solgan sehr-fayzSensan,ey muallim, ustoz Abul-Lays. Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu,Hamid Olimjon bu, […]
30.09.2024 | 18:02
233356
Asosiy
UYAT
Uyat faqat insonga xos tuyg‘udir. Hayvon uyat paydo qilolmagani uchun insonga yaqinlasholmaydi, lekin inson uyatini yo‘qotib hayvonga yaqinlashib qolishi mumkin. Oyog‘i yoki tili bilan gandiraklab yurgan mastga, qo‘lga tushib yoki qo‘lga tushishdan qo‘rqib es-hushini yo‘qotgan o‘g‘riga, hiyla-nayrangi fosh bo‘lib bezrayib turgan tovlamachiga, duch kelgan ayolga eshak tili bilan “muhabbat” izhor qilgan maxluqqa razm soling, bularning […]
30.09.2024 | 11:17
1715
Asosiy
KITOBGA OTILGAN O‘Q
“O‘tkan kunlar” romani bunyod bo‘lganiga bir asr to‘ldi. Alloma buvamizning bu asari xususidagi yoqimli e’tiroflar, yangi davr qodiriyshunoslarining talqin va tahlillari, ayni damda xalq orasidagi g‘aroyib xotiralar ham hamon og‘izdan og‘izga o‘tib kelayotir. Tarix fanlari doktori, professor Abdulaziz Muhammadkarimov shunday hikoya qilgan edi: “1956-yili Intelligensiyaning ikkinchi qurultoyida Nuriddin Akramovich Muhiddinov o‘z ma’ruzalarida Abdulla Qodiriyni oqlash, […]
27.09.2024 | 15:06
1317
Asosiy
TADQIQOTLARDA YANGI BOSQICH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 31-avgust kuni poytaxtimizdagi Shahidlar xotirasi xiyobonida davlat, jamoat tashkilotlari vakillari va nuroniylar bilan birgalikda har yildagidek qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashdi. Xiyobondagi ramziy qabr yonida ularning ruhiga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilindi, tarixiy haqiqatni tiklash, yoshlarni Vatan ozodligi, mustaqilligi yo‘lida qahramonona kurash olib borgan, mustabid chorizm, sovet mustamlakachiligi qurboni […]
24.09.2024 | 15:52
243
Asosiy
ARMINIY VAMBERI O‘ZBEK DIYORI VA ALLOMALARI HAQIDA
Markaziy Osiyo mintaqasi, qadim Turon o‘lkasi dunyo ahlini, xususan, tarixchi olim va sayyohlarni azaldan o‘ziga maftun etib keladi. Yurtimiz haqida Sharqu Gʻarb olimlari, shoir-u adiblari tomonidan ko‘plab asarlar bitilgan. Biroq ular orasida vengriyalik mashhur sharqshunos olim, tilshunos, sayyoh va yozuvchi Arminiy Vamberining mintaqamizga qilgan safariga oid xotiralari (“O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat”, “O‘rta Osiyo ocherklari”, “Buxoro […]
24.09.2024 | 11:51
1707
Asosiy
KELGUSINING QUYOSHI
Quyosh botdi. Uning yog‘dulari allanimani kutganday bo‘lib, biroz turdi-da so‘ngra yugurishib ketdilar. Quyoshdan qochib yotg‘on qorong‘iliq barcha yoqni o‘rab oldi. Ul achchiqlong‘on edi. Qovog‘ini solib, tegrasiga qarardi. Atrofdagi shovqin-suronlar boshlandi. Qorong‘iliq askariga qarshi qo‘yilg‘on chirog‘lar yog‘dusi ko‘b tortisha olmasdan yengilishib, taslim bo‘ldilar. Kechaning tinig‘in yolg‘izg‘ina huvillab turg‘on shamol va unda-munda akillagan itlarning tovushlari buzardi. Kecha […]
19.09.2024 | 11:45
284
Asosiy
TARIXNING VAZIFASI NIMA?
Men taniqli adib Muhammad Alining “Jadid” gazetasining shu yil 9-avgust kungi sonida e’lon qilingan “Tariximizni teran bilaylik” sarlavhali maqolasini o‘qib, ancha o‘ylanib qoldim. Chindan ham, biz tariximizni yaxshi bilamizmi, undan zarur saboq olamizmi?Avval maktab, so‘ng institutda ta’lim olgan chog‘larimni esladim. Arifmetika, ona tili, geografiya darslari qatori tarix fani va shunga yarasha darslik ham bo‘lar edi. […]
12.09.2024 | 18:51
1805
Asosiy
“YURTNING KUCHI – BIRLIKDA, QADRI ESA TINCHLIKDADIR!”
Inson umri ulkan bir kitobga qiyoslansa, to‘g‘risi, mening hayotimni o‘zida jamlagan muhtasham kitobning ushbu kunlarga taalluqli sahifalari benihoya mazmunga to‘ladir. Men mo‘ysafid olimman, ammo yuragimda g‘ayrat-shijoatim jo‘sh uradi. O‘zimni yoshlar qatorida ko‘raman, ular bilan baravar fikrlashga urinaman. Istiqlolimizning o‘ttiz uchinchi yilini keng shodiyonalar bilan nishonladik. 31-avgust kuni shogirdlarim bilan baqamti o‘tganlar ruhiga duo qilish uchun […]
06.09.2024 | 12:19
354
Asosiy
OZAR QARDOSHLAR QUTLOVI
Professor Hamidulla Boltaboyevning 70 yoshi munosabati bilan Badirxon AHMADLI, filologiya fanlari doktori, professor Agar o‘tmishdan ko‘r-ko‘rona voz kechib, ertangi kunga faqat bugunning nazari bilan qaralsa, uzoqqa borish dargumon. Umumturk kontekstida fikr yuritish va kelajakni shu yo‘nalishda qurish bizni dunyo xalqlari orasida yetakchi o‘ringa olib chiqishi mumkin. Bu ma’noda turk xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va adabiy […]
05.09.2024 | 10:15
393
Asosiy
MILLAT FIDOYILARI: ABDUQODIR QUSHBEGIYEV
Chinakam o‘tmishimizning mazmun-mohiyatini xolis va to‘la-to‘kis, bor bo‘y-basti bilan anglashda jadidlik harakati tadqiqoti muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, harakat yetakchilarining haligacha yetarlicha o‘rganilmagan Vatan ozodligi yo‘lidagi fidokorona kurashi, hayoti va achchiq qismatiga oid tarixiy hujjatlarni o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega. Quyida farg‘onalik jadid Abduqodir Qushbegiyevning hozirgacha jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan hayoti va faoliyatiga oid tarixiy ma’lumotlarni e’tiboringizga havola […]
04.09.2024 | 13:37
988
Asosiy
DAVLATLAR BIRLIGI – DIL YAQINLIGI
Almaz ULVI, turkolog olima Ozarbayjon Men o‘zimni ozarbayjonlik o‘zbekday his qilaman. Chunki O‘zbekistonga o‘z uyimga borganday boraman, begonalik his qilmayman. O‘zbekiston bilan bog‘liq bir yaxshi xabar eshitsam, vatanim haqida eshitgan mujdam kabi quvonaman. Yaqinda O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolashi esa yuragimga nurday kirdi. Bu ishda qadrdon do‘stlarning quchoqlashib ko‘rishgani kabi samimiyat […]
31.08.2024 | 11:08
462
Asosiy
35 MAMLAKATDAN 300 DAN ORTIQ OLIMLAR OʻZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASHDI
Samarqanddagi Kongresslar markazida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) VIII Xalqaro kongressining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Dunyoning 35 davlatidan 300 dan ortiq ishtirokchi Samarqand deklaratsiyasini qabul qilishib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga anʼanaviy Murojaatnoma bilan chiqishdi. Tadqiqotchilar Shavkat Mirziyoyevga joriy yil 24-avgust kuni boʻlib oʻtgan “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” […]
28.08.2024 | 11:15
413
Asosiy
BOJA, BAJANAK, BOLDIZ, POCHCHA
Bulg‘oristonlik bir tanishim “bajanak”, “baldiz” so‘zlarini bulg‘orlar ham ishlatishini aytgandi. Ba’zi turkiy lahjalarda boja, ya’ni opa-singil yoki qarindoshlarga uylanganlarga nisbatan “bajanak” deyiladi, “boldiz” esa, o‘zbek tilida ham “xotinning singlisi, qayinsingil” ma’nosiga ega. Bulg‘orlarda ham “badjanak” – boja, “baldiz” – xotinning singlisi, boldiz ma’nolariga ega ekan. Hozirgi bulg‘orlar qadimgi bulg‘or turklarini o‘zlarining ajdodlari deb bilishadi. Ularga […]
21.08.2024 | 14:52
1027
Asosiy
NAVOIY VA YASSAVIY
BUXORO SHOGIRDI Xoja Ahmad Yassaviy hozirgi Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatidagi Sayram tumanida tug‘ilib o‘sgan. Bugungi paytda viloyat markazi hisoblangan Turkistonda yashab, faoliyat olib borgan bo‘lsa ham, u, birinchidan, o‘zbek bo‘lgan va o‘zbek tilida ijod qilgan, ikkinchidan, Buxoroda Eronning Hamadon shahridan kelgan shayx Xoja Yusuf Hamadoniyga murid tushib, uning huzurida tasavvufiy tarbiya topgan. Xoja Yusuf Hamadoniyning […]
20.08.2024 | 10:39
1314
Asosiy
YURTGA QAYTGAN LOCHINLAR
Iyulning zerikarli tunlari ruhimni ezgan, jazirama, havosiz kunlari tanimni bosgan pallada dengizi sokin, tog‘lari purviqor Ozarbayjon meni chorladi. Qaydasan, ey Fuzuliy yurti, qaydasan, ey Nizomiy diyori deya Ozarbayjon diasporasi tomonidan tashkil etilgan yoshlarning an’anaviy xalqaro yozgi forumiga yo‘l oldim. Turkman cho‘llarining adog‘ida yarqirab Kaspiy ko‘rindi. Bokuga qo‘ndik, bismillo! Birinchi kun. O‘tganlar yodi. Erta tongda 60 […]
19.08.2024 | 16:12
386
Asosiy
G‘ALABALAR MASKANI – YANGI O‘ZBEKISTONIM!
DIYORA Yapon kurashida yapon qizini Ippon usulida yutdi Diyora. Olimp kitobiga go‘zal ismini Oltin harf bilan bitdi Diyora. Qaldirg‘och-u, lochin kuchiga qarang! Tan berdi olmon-u, yiqildi farang, Kosovoga armon bo‘ldi so‘nggi jang, Barchasidan bir-bir o‘tdi Diyora. Oltin olib keldi hammadan oldin, Yuz oltinga tengdir birinchi oltin! Nihoyat his qildik g‘alaba totin, Zafar qadahini tutdi Diyora. […]
16.08.2024 | 15:10
445
Asosiy
FAXRIYA
O‘g‘lonlari sher bo‘lib maydonga chiqqan xalqim, Qizi atirgul bo‘lib maydonga chiqqan xalqim. Olimp bellashuvida “o‘zbek” degan g‘ururni Tomchi-tomchi ter bilan, shon bilan yig‘gan xalqim. Bahodir, Hasanboyim, Lazizjon, Abdumalik, Murodjon, Muzaffarjon qorako‘z, bug‘doyrangim. Bari sherlar yurtidan, Polvon Pirlar yurtidan, Ey, nomlari jarangim, el sha’nidir har jangim. Diyora Keldiyorova keldi kurashga, debon, Parij o‘ylanib qoldi, osmonning yulduzi […]
09.08.2024 | 11:48
302
Asosiy
ADOLAT – ROZI-RIZOLIKNING YAGONA YO‘LI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda dunyoga kelgan “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori Vatanimizda izchil qat’iyat bilan keng sur’atda olib borilayotgan adolatparvarlik, insonparvarlik, islohparvarlikka yangi, juda katta to‘lqin bag‘ishlaydi. Bular erkin demokratik taraqqiyotning yo‘llari-yo‘nalishlarini mamlakatimizda miqyosan yangicha bosqichga olib chiqadi. Qaror boshdan […]
02.08.2024 | 12:41
436
Asosiy
UMUMMILLAT FUQAROSI
Aslida chin ijodkorning geografik chiziqlar bilan belgilangan aniq bir vatani bo‘lmaydi. Ona Vatani – dunyo, u umummillat fuqarosi. Buyuk adiblarning asarlari qayerda, qanday sharoitda yozilmasin, umumbasharning orzu-umidlarini, baxt-u fojialarini qamragan holda oqqa tushadi. Kichkinagina ijodxonada qog‘oz qoralayotgan qalamning ko‘lami sarhadsiz hududlarning azaliy orzularini, o‘y-qarashlarini, qadriyatlarini yalpi qamrab oladi. Badiiy matnni har kim turlicha tushungani, yangi […]
31.07.2024 | 11:28
584
Asosiy
SURAT
“O‘zbekiston madaniyati” gazetasida ish boshlaganimning dastlabki kunlari edi. Bir kuni ayollar biri olib, biri qo‘yib shu gazetada ishlaydigan Sodiq ismli yigitni maqtab ketishdi. Tabiiyki, hali ko‘pchilikni yaxshi tanimaganim uchun gap kim haqida ketayotgani bilan qiziqdim. Shunda gazeta muxbiri Munira opa Sobirova “Ertaga ko‘rasiz, juda kelishgan yigit, bizning suratkashimiz”, dedilar. Ertasi kuni ishga borganimda xodimlar kulib […]
25.07.2024 | 17:03
503