KUTUBXONA
Kalit so'z: Asosiy
Asosiy
QONDA BITILGAN MAKTUB
Qatag‘on mashinasi qurboni bo‘lganlar orasida toshkentlik A’zamxo‘ja Burhonxo‘jayev ham bor edi. Respublika miqyosidagi taniqli arboblardan bo‘lgan bu inson 1937-yili Fayzulla Xo‘jayev va Akmal Ikromovning “dumi” sifatida hibsga olinadi va shu ketganicha uyiga qaytmaydi… A’zamxo‘ja Burhonxo‘jayev qamalganidan so‘ng, uning hovlisi tortib olinadi, oila boshpanasiz qoladi. Olti nafar bola bilan xor-zor bo‘lgan ona “Otchopar” mahallasida buvilaridan meros […]
16.04.2026 | 10:01
947
Asosiy
TUHMAT TOSHNI YORADI
1938-yil 5-oktyabr kuni Toshkentda navbatdagi hukm ijro etildi. SSSR prokurori Vishinskiy qarori bilan yana bir mahkum – endigina 35 yoshni qarshi olgan Andijon farzandi Komiljon Alimov qatlgohda otib tashlandi. U asli kim edi? Bu savolga javob izlash asnosida uning qisqa, biroq ziddiyatlarga to‘la hayot yo‘li va faoliyatiga yuzlanamiz. Komiljon Alimov 1903-yili Andijon shahri Eski Kapa […]
15.04.2026 | 17:07
1083
Asosiy
O‘T-ALANGA ICHIDA
Har gal arxiv hujjatlariga yuzlanar ekanmiz, mudhish qatag‘on yillaridagi tergov ishlari va ayblov xulosalarida bir xil manzara bot-bot ko‘zga tashlanadi. Turli qatlam, turli kasb egalari – u xoh ishchi, dehqon bo‘lsin, xoh savdogar yo hisobchi, xoh jamoat arbobi – kim bo‘lmasin, yoppasiga “xalq dushmani”ga chiqarilgan. Ular go‘yoki “aksilinqilobiy tashkilot”ga a’zo, “millatchi guruh” faoliyatida ishtirokchi yoki […]
13.04.2026 | 15:55
726
Asosiy
O‘LIMGA TENG HUKM
Xalqimiz keksalarni jamiyatning ma’naviy tayanchi, tarixiy xotirani saqlovchi avlod sifatida qadrlaydi. Totalitar tuzum hukmronlik qilgan mudhish davrda bu qadriyatlar inobatga olinmay, yoshi ulug‘, katta hayot tajribasiga ega insonlar ham siyosiy gumon va ayblovlar girdobiga tortilib ketdi. Qahramonimiz – Sharif Yusufboyev 1870-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan, shaharning Samarqand darvoza ko‘chasida istiqomat qilgan. Jamiyatda obro‘ qozongan huquqshunos. Savdo […]
26.03.2026 | 16:14
2127
Asosiy
IMPERATOR QASIDASI
Biz yetti asr muqaddam yozilgan “Yuz so‘z” she’riy asari haqida so‘z yuritmoqchimiz. Ushbu qasidani 1368–1398-yillardagi Xitoy imperatori Chju Yuanchjan (1328–1398) yozgan. U islom diniga xayrixoh nazar bilan qaragan hukmdor bo‘lgan. Shoyoni hayratki, shu borada olib borgan ozgina izlanish davomida Chju Yuanchjan bilan deyarli tengdosh bo‘lgan Amir Temur orasida juda ko‘p mushtarakliklar borligini aniqladik. Chunonchi, Amir […]
25.03.2026 | 17:12
1396
Asosiy
O‘ZBEKISTON – TABARRUK ZAMIN
TURKSOY Bosh kotibi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev bilan suhbat – Sulton og‘a, o‘zbek ziyolilari va kitobxonlari Sizni taniqli adib va dramaturg sifatida yaxshi biladi, qadrlaydi, milliy matbuotimizdagi har bir chiqishingizni iliq qarshi oladi. Suhbatimiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga to‘g‘ri keldi. Bilamiz, Siz o‘zbekchada ham ravon so‘zlaysiz, demak, hazrat asarlarini asliyatda o‘qib, bahramand bo‘lgansiz. […]
19.03.2026 | 12:48
1986
Asosiy
QOR QO‘YNIDAGI LOLALAR
“1937–1938-yillarda qatag‘on qilichining o‘tkir tig‘i ayollarimizning dur va marvarid shodalari bezab kelgan nozikkina bo‘yinlariga ham qadalgan edi”, deb yozadi akademik Naim Karimov o‘z tadqiqotlarida. Darhaqiqat, ayollar qismati g‘oyat ayanchli ediki, ular boshiga yog‘dirilgan kulfatlarni ko‘z oldimizga keltirishimiz qiyin. Turma va lagerlarda turli azob-uqubatlarga giriftor etilgan “xalq dushmanlari”ning xotinlari, Cho‘lpon ta’biri bilan aytganda, o‘sha mudhish davrning […]
17.03.2026 | 12:36
1735
Asosiy
BIR ASRLIK YOLG‘ON
1924-yil 21-avgustda Yangi Urganch shahri yaqinidagi Cholish guzaridan kichik bir kema daryo bo‘ylab Orol dengizi tomon suzib ketdi. Kemada Xorazm sho‘rolar respublikasi (jadidlarga ergashgan “Yosh xivaliklar” tomonidan 1920-yilda tuzilgan Xorazm Xalq Respublikasi turli fitnalardan so‘ng 1922-yilda yangicha nom olgandi) markaziy kengashining 1924-yil 12-avgustda tuzilgan o‘qishga yuborish komissiyasi tomonidan tanlab olingan yoshlar bor edi. Mazkur komissiyaga […]
16.03.2026 | 15:20
1866
Asosiy
CHO‘LPONNI YOQLAGAN MUTARJIM
O‘tgan asrning 20–30-yillarida o‘zbek milliy matbuoti, tarjima maktabi, teatr tanqidchiligi va ma’rifat maydonida o‘chmas iz qoldirgan yorqin siymolardan biri Sanjar Siddiqdir. Ism-sharifi Bosit Siddiqov bo‘lgan qahramonimiz oddiy tarjimon emas, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tarjima nazariyasiga bag‘ishlangan “Adabiy tarjima san’ati” risolasini yozib, tarjimashunoslik poydevorini qo‘ygan chin ziyoli edi. Uningcha, tarjima bir matnni boshqa tilga o‘girish emas, balki […]
11.03.2026 | 14:23
1857
Asosiy
TARIX HIKMATI
Samarqandda jadid harakati haqida so‘z borsa, tabiiyki, eng avval Mahmudxo‘ja Behbudiy va “Oyina” jurnali atrofida jamlangan ziyolilar, maktab ochgan ma’rifatparvar shaxslar nomi tilga olinadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Samarqandda o‘nlab yangi usul maktablari tashkil etilib, ularda yuzlab bolalar yangi dasturlar asosida ta’lim olgan. 1893-yili ilk yangi usul maktabi ochilgan bo‘lsa, 1903-yilga kelib […]
11.03.2026 | 10:09
1417
Asosiy
YUZ YILLIK QURULTOY
Bundan rosa yuz yil muqaddam turkiy dunyo olimlari birinchi turkologiya qurultoyini o‘tkazish uchun Bokuda jam bo‘ldi. Bu tarixiy anjuman Ozarbayjon poytaxtida 1926-yil 26-fevraldan 6-martgacha bo‘lib o‘tadi. 131 nafar delegat ishtirok etgan, to‘qqiz kun davom etgan anjumanda 17 ta majlis o‘tkazilib, 38 ta ma’ruza tinglanadi. Unda turkiy tillarning alifbo va til masalalariga oid yetti yirik muammo […]
04.03.2026 | 11:39
1293
Asosiy
“JAYHUN ORTIDAGI O‘ZBEK BOLASI…”
“BOBURNI SEVGUCHILAR KUNI” 14-fevralda Kobul ko‘chalari guldasta ko‘targan, yuraksimon sharlar tutgan kishilarga to‘lib ketdi. Hamma hazrat Bobur tavalludining 543 yilligini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlayotgandek tuyuldi menga. Bir guruh yoshlar “Bog‘i Bobur”ga yig‘ildi. Birov hindcha gulchambar ko‘targan, birovi ulug‘ shoirning yangi shohona suratini namoyishkorona quchgancha mahzun odimlagan (albatta, uning ham gardishi gullar bilan bezalgan), birisi qabrtosh usti […]
24.02.2026 | 19:45
1846
Asosiy
QAYRILGAN QANOT
Ba’zi odamlar nazdida, go‘yo hech kim qatag‘onga qarshi bosh ko‘tarmay, mum tishlagan, so‘z aytishga jur’at etmagan, nohaq ayblov, tuhmat, bo‘htonlar oldida tilini ichiga yutgandek tuyuladi. Bunday tasavvur qo‘rquv hukm surgan muhitni hisobga olganda, hatto tushunarli ham. Lekin arxiv hujjatlari bunday talqinni “hazm qilish”ga izn bermaydi. Chunki qatag‘on hali avj olmasidanoq, jamiyatda kechayotgan nohaqliklar, zo‘ravonliklarga nisbatan […]
24.02.2026 | 10:00
972
Asosiy
KOBUL AZIMATI
“Fazl va hunar ahlining maskani” Har shaharki, inson bilan obod-u barbod bo‘lur. Temuriylar davrining durdona shaharlaridan biri bo‘lgan Hiriyda bir paytlar san’at, adabiyot, musiqa, xattotlik va ma’morlik gullab-yashnagan… Qadamba-qadam kezib ko‘rdimki, faqat Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, shoh va shoir Husayniy, Hofizi Abru, tarixchi Mirxond, musavvir Kamoliddin Behzod kabi sanoqli ijodkorlardan yodgorliklar qolgan… Ba’zan […]
21.02.2026 | 17:56
1296
Asosiy
NAVOIY HIROTDA, KOBULDA BOBUR
Tengri taoloning inoyati va Sarvari koinotning shafoati va ham pok ko‘ngilli chahoryorlarning himmati birlan tarix ming to‘rt yuz qirq yettida, sha’bon oyining o‘n birida, muborak jum’a kuni ko‘hna va navqiron shahri Shoshdan ulug‘ hazratlarimiz yotgan tuproqni ziyorat etmoq ilinjida yo‘lga tushdim. Alqissa, faqiringiz ozod-u obod va ham saodatmand Vatanimizning muborak tuproqlaridan olisda yotqan Abu Rayhon […]
19.02.2026 | 10:17
1228
Asosiy
BIR ASRLIK “O‘TKAN KUNLAR”
Bundan bir yuz o‘n yil muqaddam Ismoilbek Gʻasprali o‘spirin Abdulhamid Yunusov – Cho‘lpon savollariga javob maktubida: “Adabiyot o‘tda yonmas, suvga botmas”, deb yozgan edi. Darhaqiqat, chinakam san’at durdonalari oradan asrlar oshsa ham, bashariyat oldidagi o‘zining tarixiy missiyasini bajaraveradi. Olam va odamni anglatadi, ko‘ngillarga zavq-shavq bag‘ishlaydi, ishq-muhabbat atalmish bebaho yurak javharini, his-tuyg‘ularni yangilaydi. Abdulla Qodiriyni jismonan […]
18.02.2026 | 15:31
1299
Asosiy
XONZODA JADID BO‘LGANMI?
Jadid harakati haqida so‘z ketganida, ko‘pchilik asosan ziyolilarni tasavvur qiladi. To‘g‘ri, Turkistonda jadid harakati paydo bo‘lishi va mustahkam ildiz otishida ziyoli insonlar: shoir-yozuvchilar, muallimlar, ulamolar, matbuot xodimlari o‘z hayotlarini tahlikaga solib bo‘lsa-da, oldingi saflarda turgani ayni haqiqat. Ammo bu bilan jadidlik faqat davrning ma’lum bir qatlami vakillari harakati edi, degan xulosa chiqmaydi. Bilamizki, bu harakatga […]
12.02.2026 | 15:11
1389
Asosiy
“BIR O‘CHIB SO‘NIB… YANA YONISH BOR”
XIX asr oxiri – XX asr boshlariga kelib Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanish sur’ati jihatidan Yevropa davlatlaridan yaqqol ortda qolayotgani anglashila boshlandi. Sanoat, fan va ta’lim sohasidagi bu tafovut mahalliy ziyoli qatlam orasida jiddiy mulohazalarni keltirib chiqardi. O‘lkada an’anaviy musulmon ta’lim tizimini yangilash, Yevropa ilm-fani yutuqlarini o‘zlashtirish va ularni amaliyotga joriy etish zarurligi haqida bong uruvchi […]
06.02.2026 | 10:10
1859
Asosiy
SANGTAROSH VA TUHMAT TOSHI
“Qatag‘on qurbonlari” kitobini varaqlar ekansiz, sovet tuzumining qonli objuvozi ming-minglab begunoh insonlarning hayotini barbod qilganiga amin bo‘lasiz. Kitobdagi Navoiy viloyatiga oid ro‘yxatda g‘ozg‘onlik to‘rt nafar yurtdoshimiz nomi qayd etilgan. Zoirov Juma, Kamolov Karim, Musayev Ismoil, Turdiyev Abdurahimlar soliq komissiyasining yig‘ilish qarori bilan 1930-yillarda quloq qilinib, mol-mulki davlat foydasiga musodara qilinadi. Lekin sovet yuhosi shu bilan […]
27.01.2026 | 10:00
1546
Asosiy
YILLAR VA YO‘LLAR
Sobiq tuzumning qatag‘on davrida begunoh kishilarni “xalq dushmani” degan dahshatli ayblov bilan hibsga olish, otib yuborish sotqin va tamagir amaldorlarga kamdek ko‘ringan. Ular kommunistik partiyaga sadoqatini bildirish uchun markazdan tushgan har bir topshiriqni ortig‘i bilan ado etish maqsadida ayblovlar doirasini kengaytirgan. Mahkum kim, qaysi jinoyatda aybli deb topilayotganidan qat’i nazar, deyarli barcha ishga Jinoyat kodeksining […]
26.01.2026 | 14:24
1138
Asosiy
MILLAT KURASHCHISI
1938-yilning boshlarida NKVD tomonidan qamoqqa olinib, “Stalinga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan” degan ayb bilan Toshkentda otib tashlangan o‘z davrining faol yoshlaridan biri, o‘zbek sportining iftixori Hidoyat Inoyatov edi. Hidoyat Inoyatov 1913-yili Toshkent shahrining Taxtapul dahasidagi Qoziko‘cha manzilida tug‘ilgan. Uning bolalik davri Oktyabr to‘ntarishi ro‘y berib, jadid maktablari yopila boshlagan hamda ular o‘rniga namunaviy maktablar paydo bo‘layotgan […]
12.01.2026 | 16:17
1867