KUTUBXONA
Kalit so'z: Asosiy
Asosiy
QODIRIYNING QASAMI
Buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy sharqona qadriyatlar ruhida tarbiya topgan oliyjanob shaxs sifatida, o‘z hayoti va ijodida islomiy va dunyoviy odob-axloq me’yorlarini hamisha muvozanatda ushlagan. “Yig‘indi gaplar” maqolasi uchun mahkamaga tortilganida ham, garchi adolatsizlik qurboni bo‘lgan esa-da, adibni o‘ta bosiq holda ko‘ramiz. Asarlariga to‘xtamay tosh otayotgan kimsalarga yozgan raddiyalarida ham u sira-sira jahl otiga minmaydi. Ayrim […]
08.01.2026 | 12:23
1670
Asosiy
HAQ YENGAR, YENGILMAS!
Yaqin tariximizning ijtimoiy-madaniy hayotida jadid harakati kabi muhim o‘rin tutgan, ayni paytda, shuningdek, xilma-xil talqinga ega ikkinchi hodisani topish mushkul. Bu harakat vakillarining ijtimoiy kelib chiqishi, dunyoqarashi va faoliyat yo‘nalishlari ham, tabiiyki, bir xil bo‘lgan emas. Odatda, jadidlar va qatag‘on qurbonlari haqida gap ketganda, tergovchilar salbiy qiyofada gavdalanadi. Ammo qahramonimiz – qo‘qonlik tergovchi Ibrohimjon Musaxonovning […]
07.01.2026 | 16:55
1280
Asosiy
MADANIY ISLOHOT TARIXI
Taniqli ma’rifatparvar Hoji Muinning “Marhum Behbudiy va rafiqlarining shahid bo‘lg‘anliklari va ular tomonidan yozilgan vasiyatnoma” (“Mehnatkashlar tovushi”, 1921-yil 28-mart) hamda “Mahmudxo‘ja Behbudiy” (“Zarafshon”, 1923-yil 25-mart) kabi maqolalari behbudiyshunoslar va jadidsevarlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Maqolalarda yozilishicha, Mahmudxo‘ja Samarqand shahri yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li oilasida tug‘ilgan. Otasi asli turkistonlik bo‘lib, Xoja Ahmad […]
07.01.2026 | 12:24
1204
Asosiy
HISOBOT QURBONI
1930-yillar qatag‘onining qonli tig‘iga duchor bo‘lgan insonlardan biri Abdukarim To‘xtaboyev edi. U 1898-yili Namangan viloyatining G‘alcha qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keladi. Bolaligidanoq yer haydab, dehqonchilik hadisini olib ulg‘ayadi. Dastlab Namangan shahrida eski usuldagi Abdulahad Maxsum maktabida uch yil tahsil oladi. So‘ngra To‘raqo‘rg‘ondagi rus maktabida besh yil o‘qiydi. Navbatdagi bosqichda Namangan gimnaziyasida bir yil ta’lim oladi. […]
30.12.2025 | 10:20
1553
Asosiy
“MILLATGA XIZMAT ILMSIZ BO‘LMAS…”
Atoqli ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning 1899-yilda amalga oshirgan haj safari uning siyosiy tafakkuri o‘zgarishiga olib kelgan muhim bosqichlardan sanaladi. Safar chog‘ida u Istanbul va Qohira kabi musulmon dunyosining yirik ilmiy-madaniy markazlarida bo‘lib, u yerdagi ta’lim muassasalari – maktab va universitetlarning faoliyati bilan tanishadi, zamonaviy pedagogik faoliyatni yaqindan kuzatadi. Shu bilan birga, Turkistonga ilg‘or Yevropa va Sharq […]
25.12.2025 | 12:00
1430
Asosiy
ILM OLISH JINOYATMIDI?
Siyosiy va iqtisodiy qaramlik botqog‘iga botgan qadim Turkiston xalqini uyg‘otish va yurt ozodligiga erishishni eng oliy maqsad deb bilgan jadid bobolarimiz o‘z faoliyatlarini maktablar ochishdan, vaqtli nashrlar orqali ma’rifat tarqatishdan boshlaganlari bejiz emas. Bu ishlar jadid harakatida birlamchi bosqich bo‘lsa, ikkinchi bosqich yangi maktablarda o‘qigan, ilmga tashna yoshlarni xorijga o‘qishga yuborish, ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash […]
22.12.2025 | 10:52
1362
Asosiy
ZULFIQORNING ZAHMATLI UMRI
Abdurahmonning bolaligi sovet tuzumining eng og‘ir paytlariga to‘g‘ri keldi. Bir tarafda Birinchi Jahon urushi va uning og‘ir oqibatlari, ocharchilik, qonli qatag‘onlar, so‘ng Ikkinchi Jahon urushi har bir insonning qalbiga qo‘rquv, dahshatli hadik, sarosima solgan kezlar edi. Abdurahmon shunday muhitda maktabga qatnab ilm oldi, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida otasi usta Rahim Muhammadjonovning sartaroshxonasiga kelib, ishlab pul topishga […]
18.12.2025 | 16:13
1482
Asosiy
JADIDLAR HALQASI
1938-yilning 5-oktyabrida hukmi e’lon qilingan, biroq 4-oktyabrdayoq yoppasiga otib tashlangan 36 nafar vatandoshimiz to‘g‘risida har gal o‘qiganimizda, jon-tanimizga titroq kiradi. O‘ttiz olti qurbonning xalqimiz taqdiriga doxil o‘ttiz olti hikoyati bor. Qudratulla Yunusov 1896-yili Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ildi. Uning bolalik davri jadidlar faoliyati shahri azimda keng quloch yoyib borayotgan vaqtlarga to‘g‘ri keldi. Xususan, bu paytda, […]
16.12.2025 | 09:35
1478
Asosiy
ADIBNI ANGLASH
1 …hurlik zamonida ulug‘ adib merosi yangi tamoyillar bilan qaytadan inkishof qilinmoqda, ijodining boshlanish pallasidayoq ikki mumtoz asar yaratgan muallifning kelajakda nimalar tuhfa qilishi mumkinligi yuzasidan farazlar bildirilayotir, bir so‘z bilan aytganda, Abdulla Qodiriy ijodiy ustaxonasiga qiziqish katta va bu nazar kuchayib boryapti. Garchi “Obid ketmon” mashhurlikda ikki roman shavkaticha bo‘lmasa-da, biroq o‘sha davr adabiyotida […]
13.12.2025 | 16:25
1488
Asosiy
HO‘L-U QURUQ BAROBAR…
Mashhur tarixchi va adib Nikolay Karamzinning tarix haqida shunday gapi bor: “U kafanlarni yulqib, o‘liklarni uyg‘otuvchi, dillarga hayot qonini quyuvchi, tillarga so‘z baxsh etuvchi, kunpayakun saltanatlarni qayta yaratuvchi, o‘tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajon-u atvori bilan ko‘z o‘ngimizda namoyon etib, hayotimiz sarhadlarini kengaytiruvchi mo‘jizadir. Uning ma’naviy qudrati ila biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdam-u hamnafas […]
09.12.2025 | 11:00
557
Asosiy
OYDINLAR
To‘g‘risi, ko‘pchilik “jadid harakati” deganda, sanoqli namoyandalarni tushunadi. Go‘yoki, jadidlar faqat katta shaharlarda yashab faoliyat yuritgan, vaqtli nashrlar tashkil qilib, maktablar ochib, uzoq qishloqlarga ularning qadami… yo‘q, hatto xabari ham yetmagan. Bu fikrning shakllanishida sobiq sovet mafkurasining hissasi katta. O‘sha davr qiyofasi tasvirlangan turli janrdagi asarlarda jadidlar haqida noxolis ma’lumotlar keltiriladi, “burjuaziya vakillari”, “bir hovuch […]
05.12.2025 | 09:35
741
Asosiy
FITRATNING SEVAR GULI
Birinchi o‘zbek professorining qizi Sevargul KAROMATILLAXO‘JAYEVA xotiralari Qismatga qasdlashuv Buxoroda tug‘ilgan bo‘lsam ham, juda kichkinaligimda Toshkentga ko‘chib kelganmiz. Avval bizga berilgan xonadonda yashadik, keyin katta hovli sotib oldik. Hovli to‘la gullar, daraxtlar edi. Afsuski, bu gulzor bizga nasib qilmagan ekan. 37-yilda otam qatag‘on qilindi, uch oy o‘tib-o‘tmay onamni ham qamashdi. Meni yetimxonaga tashlashdi. Aslida, bu […]
03.12.2025 | 10:12
822
Asosiy
TARIXIY TA’RIX
Tarixdan ma’lumki, XX asr boshida bolsheviklar Rossiyada hokimiyatni qo‘lga olgach, Xalq komissarlari sovetining dastlabki hujjatlari – Sulh va Yer haqidagi dekretlardan so‘ng, “Rossiya xalqlari huquqlari deklaratsiyasi” e’lon qilingan va unda “Rossiya xalqlarining ajralib chiqish va mustaqil davlat tashkil etishgacha bo‘lgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi” ham belgilangan edi. Xo‘sh, bu hujjatga ishonish mumkinmidi? O‘sha davrda […]
02.12.2025 | 16:32
470
Asosiy
BO‘RONDAN KUCHLI
Rustambek SHAMSUTDINOV Ahli donishlardan biri aytadi: “Hayot kemasi mehnat langariga suyanmasa, shamollar-u dovullarga dosh berolmaydi”. Bugungi sahifamizda hayot kemasi dovul-u bo‘ronlarga yo‘liqqan yirik shaxsiyat – oddiy ishchilikdan tortib huquq-tartibot tizimlarida rahbarlik darajasigacha yo‘lni bosib o‘tgan Bo‘taboy Dadaboyev haqida hikoya qilamiz. Bo‘taboy Dadaboyev 1887-yili Namangan viloyatining Chust shahrida ishchi oilasida dunyoga keldi. Bolalik yillari (agar buni […]
20.11.2025 | 09:49
1103
Asosiy
YOMG‘IRLI SATRLAR
Yomg‘ir – shoirlar qalbida sog‘inch va sokinlik, yangilanish va poklanish timsoli sifatida gavdalanadi. Ushbu to‘plamda turli davr o‘zbek shoirlarining yomg‘ir haqidagi she’rlari jamlanib, o‘quvchini tabiat va inson ruhiyati o‘rtasidagi nozik uyg‘unlikni his etishga chorlaydi. Abdulla ORIPOV* * * Yomg‘irli kun edi,Atrof jim, sokin,Mayus ko‘zlaringga boqardim sarmast.Sekin shivirlading: – Boqmagil, yigit,Sevging menga yangilik emas… Yomg‘ir ham tinmadi […]
28.10.2025 | 19:00
5336
Asosiy
MEN VATANDA EMASMAN, VATAN MENING ICHIMDA
Temur XO‘JA,taniqli olim, shoir Go‘daklik davrimni eslay olmayman. Ammo ba’zi esdaliklarim bor, ularni ham opamdan, onamdan eshitganman. Ota-onam opamdan avval ham ikki farzand ko‘rgan. Ammo sargardon hayot, kasallik tufayli bolalar go‘dak yoshlarida vafot etgan ekan. To‘rt yoshimda Pokistonga ko‘chib borganmiz. Besh qavatli katta bir uyda turardik. Otam kunduzi ishda bo‘lardi, uyda onam O‘zoy-Halima opam bilan […]
23.10.2025 | 12:44
1135
Asosiy
ONA TILIM O‘LMAYDI!
O‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar va hikmatli so‘zlar Alisher NAVOIYTURKIY TIL NAZDIDA Chunki toptim ul kalom ichra kamol,Turk alfozi bila surdum maqol…Turk nazmida chu men tortib qalam,Ayladim ul mamlakatni yakqalam… * * * Men turkcha boshlabon rivoyat,Qildim bu fasonani hikoyat; Kim shuhrati jahonga to‘lg‘ay,Turki bila dag‘i bahra olg‘ay. Chunki bu kun jahonda atrokKo‘ptur xush tab’, sof […]
21.10.2025 | 12:12
23459
Asosiy
ADABIYOT BO‘YICHA 2025-YILGI NOBEL SOVRINDORINING MUKOFOTGA MUNOSABATI
Vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnahorkai “qiyomat dahshati sharoitida san’atning kuchini yana bir bor tasdiqlagan ishonchli va bashoratli ijodi uchun” 2025-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi. “Krasnahorkai Laslo – Kafka va Tomas Bernxardga borib taqaladigan Markaziy Yevropa an’analariga mansub buyuk epik yozuvchi”, – deya ta’kidladi Nobel qo‘mitasi. Laslo Krasnahorkai 1985-yilda “Satanin tangosi” romani nashr etilgandan so‘ng […]
14.10.2025 | 17:00
973
Asosiy
QABRGA KO‘MILGAN KITOBLAR
Jaholatga botgan tuzumlarning eng katta dushmani kitobdir. Shu bois, tarixda insoniyat zakosi mahsuli bo‘lgan qanchadan qancha kitoblar gulxanlarda yoqilgan, daryolarga oqizilgan. Mintaqamizda “Avesto”dan to yaqin kunlargacha ming-minglab kitoblarning kuli ko‘kka sovurilgan. Shuning uchun ham buyuk ajdodlarimizning aksar asarlari nomi faqat ro‘yxatlardagina saqlanib qolgan. Bu fojia XX asrda, ayniqsa, keng miqyos kasb etib, sovetlar o‘tgan asrning […]
09.10.2025 | 11:58
838
Asosiy
“O‘TKAN KUNLAR” BOSHIDAN O‘TGAN KUNLAR
1 Stalin hukumati otamiz Habibullo Qodiriy (1918–1988)ni ham “xalq dushmanining o‘g‘li” degan tamg‘a bilan qamagan. U kishi hayotining o‘n yilini mahkumlikda o‘tkazgan. Otam o‘sha yerda bo‘lgan bir voqeani quyidagicha eslagandi: “1949-yilning oxiri – 1950-yilning boshlari edi. Shimoliy O‘rol lagerlaridagi (unda qirqdan ortiq lager bor edi) barcha siyosiy mahbuslarni etap qilib, qizil vagonlarga ortib Qarag‘anda shahriga […]
08.10.2025 | 12:23
1254
Asosiy
NOZIMAXONIM NIDOSI
Nozimaxonimning tabarruk ismi mumtoz shoiralar safining oxirida va XX asr ijodkor ayollari ro‘yxatining avvalida keladi. U xonliklarning tugatilishi, Turkiston Muxtoriyati va sovet hukumatining tashkil etilishi pallasida umr o‘tkazdi. U ijodini salaflari singari sham shu’lasida aruzdan boshlab, xalaflari kabi elektr chiroq nurida barmoq vaznida tugatdi. Ha, u xalqimizning ikki asr oralig‘idagi turmushini o‘zidan o‘tkazib ko‘rdi. Natijada, […]
06.10.2025 | 09:28
1028