KUTUBXONA
Muallif: admin
ZIYOLI KIM?
Joriy yilning 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid va taniqli ijodkor ziyolilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatning asosiy mavzusi ziyolilarni tashvishga solayotgan, adabiyot va san’at rivojiga to‘g‘anoq bo‘layotgan muammolar atrofida aylandi. Insoniyat tarixidagi har bir davrni ta’rif-tavsif etmoq uchun odatda ikki savol beriladi: […]
06.05.2026 | 09:32
1265
OLIVER SMITIS – INSON GENOMI SIRLARIGA KALIT TOPGAN NOBELCHI
PESHQADAM Zamonaviy molekulyar biologiya va biotibbiyot rivojida genetik olim Oliver Smitisning (1925–2017) xizmatlari beqiyos. U genetik muhandislik poydevori hisoblangan “gene targeting” (genlarni nishonga olish/yo‘naltirilgan mutatsiya) texnologiyasini ishlab chiqqan ilk olimlardan biri sifatida irsiy kasalliklarning molekulyar tabiatini o‘rganish va ularni gen terapiyasi orqali davolashda yangi davrni boshlab berdi. HAYOT VA TA’LIM Oliver Smitis 1925-yil 23-iyunda Angliyaning […]
05.05.2026 | 14:43
1258
AJAB HANGOMALAR
NEGA BIZDAN SHOIR CHIQMAYDI? Hamqishlog‘im Abdukarim boboning ajabtovur odati bor. Har oy nafaqa pulini olgach, tuman markaziga tushib o‘zi yoqtirgan kitoblarni (nevaralarga bolaboplaridan) xarid qilib, mamnun kayfiyatda qaytadi. Bir kuni bobomiz hasratidan chang chiqib, gapirib qoldi. “Qishloqqa yo‘lovchi taksida qaytdim. Yonimda Boboqul muallim. Bir payt qo‘limdagi xaltaga qarab gap boshladi: – Bozorlikni katta qilibsiz-ku, otaxon! […]
05.05.2026 | 12:36
1028
HOZIRGI YOSHLAR
Har bir insonda yashirin iste’dod, tug‘ma qobiliyat mavjud. Maktab va maktabgacha ta’lim boladagi ayni shu xususiyatlarni to‘lig‘icha kashf etishi kerak. Buning uchun ta’lim tizimi o‘quvchi yoshlar qiziqishlaridagi xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlamog‘i zarur. An’anaviy ta’limdagi bir xillik ma’lum ma’noda buni cheklaydi. Chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari iste’dod sohiblarini erta tanish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini beradi. Erkin Vohidov nomidagi […]
05.05.2026 | 09:24
2662
YURAK G‘AMGIN BO‘YLI QIRMIZ OLMADIR!
* * *Bulut siyoq uchibBoryapman, laylim,Tund havolar ixtiyorida.Qayerda yog‘dirsa, O‘zining mayli,O‘zining erkidir, yog‘dirmasayam…Qayerda bo‘lsa ham, yog‘dirsin, mayli!.. OmadSenga ko‘p kulib boqdi,Yo‘llaringda bo‘ldi u tashna.Biroq senda kulmadi taqdir,Tanimading Hizrni, oshna! * * *Havo…O‘z hovriga dimlanib oldi,Bo‘g‘riqadi atrof-javonib.Nabototi behol, shamoli behol,Borliq yonib yotar, bu axir Janub! Jazirama otdi yana bitta tong,Taft tashlaydi faqat ko‘rshomga borib.Ah, mening otam-a, […]
04.05.2026 | 16:24
1037
ULUG‘BEKNI ARDOQLAGAN CHEX ASTRONOMI
1873-yilda tashkil topgan Toshkent astronomiya observatoriyasi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda ko‘hna ilm maskani hisoblanadi. Dastlab Turkiston o‘lkasi meteorologiyasini o‘rganish va o‘lka hududining xaritasini tuzish maqsadida barpo etilgan vaqtdan boshlaboq, mazkur observatoriyada kuzatishlar yo‘lga qo‘yilgan. Biroq 1894-yilda osmon xaritasini tuzish dasturi doirasida osmon jismlarini suratga olish uchun normal astrograf o‘rnatilganidan keyingina jiddiy astronomik kuzatishlar […]
04.05.2026 | 10:02
853
Asosiy
SHOD KETIB, IZTIROB BILAN QAYTMANG!
Haj yoki Umra ziyorati har bir mo‘min uchun orzu, umri davomida intilib yashaydigan buyuk maqsadlardan biridir. Bu amallar nafaqat insonning diniy burchini ado etishga, balki ma’naviy poklanishi, qalban yangilanishiga ham xizmat qiladi. Shu bois, ziyorat umidida yo‘lga chiqqan har bir inson pok niyat, katta ishonch va o‘zgacha ishtiyoq bilan qadam tashlaydi. Biroq so‘nggi yillarda aynan […]
01.05.2026 | 15:30
1153
FARG‘ONA TONGI
“Farg‘ona tong otguncha” qo‘shig‘ini yaxshi bilasiz. Bir tomondan mahalliy to‘ralar, ikkinchi tarafdan chor bosqinchilari kun bermagan Xaziniy bobo jabrdiyda xalq nomidan mazkur g‘azalni jigar qoni bilan bitgan deydilar: Hijron o‘tig‘a bag‘rim so‘zonatong otquncha,O‘rtab yuragim, jismim biryonatong otquncha… “Hijron o‘ti” oddiy odamiy firoq haqida emasligi aniq. Yo‘qsa, g‘azal intihosida shoir “Tor o‘ldi Xaziniyga Farg‘ona tong otquncha” […]
01.05.2026 | 12:19
890
XONISH (YOKI TONISH)
Shinavanda ulpatlarimdan biri san’atchilarni uchiga chiqqan hozirjavob deb alqaganini eshitganim bor. Kecha Abbos qotma nikoh to‘yini qaytarma qilganida ITda tarqagan shou-shuvli soliq dahmazasiga javoban bir o‘lan eshitdim-u, bir qo‘lim bilan o‘z yoqamni, bunisi bilan yallachini yoqasidan tutdim. Barhaq, zang‘arni shikoyati o‘ta poyintar va beparda edi. Harna, bul yuvuqsizga taskin bo‘lar deb, ushbu qaltis mavzuni qog‘ozga […]
30.04.2026 | 16:22
1053
Asosiy
ISKANJA
Qanchadan qancha bilimli, el koriga yaray deb o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urgan insonlar, fidoyilar zamonning shafqatsiz bo‘ron-u to‘fonlari ichida qolib ketgani tarixdan ayon. Bu to‘fonlar ne bir taqdirlarni sovurib, butun umrlarni izdan chiqargan. Kechagina orzu va ulkan maqsadlar bilan yashagan, yurtiga naf keltirishni o‘ylagan insonlar bir zumda ana shu siyosiy girdob qurboniga aylangan. Temurbek Kazbekovning taqdiri ham […]
30.04.2026 | 12:36
394
“BAXTSIZ KUYOV”DAN 100 YILLIK SABOQ
XX asr Turkiston o‘lkasiga kirib kelgan yangiliklardan biri, bu – teatr edi. Mintaqada garchi ommaviy tomoshalar bundan avval ham qo‘yilgan, odamlar gavjum joylarda, sayil va boshqa tadbirlarda bu kabi chiqishlar namoyish etilgan bo‘lsa-da, professional teatrlarning shakllanishi aynan jadidlar nomi va ularning serqirra faoliyati bilan bog‘liq. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” nomli birinchi milliy pyesasiga havas bilan Abdulla […]
30.04.2026 | 09:22
946
“HIND SORI YUZLANDIM…”
O‘zbekiston delegatsiyasi safida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston yoshlari forumida ishtirok etdik. Mazkur tadbir mintaqalararo muloqot maydonini kengaytirishda va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Delegatsiya tarkibidan ta’lim, iqtisodiyot, madaniyat, san’at va boshqa soha vakillari joy olgandi. Safar davomida davlat va jamoat arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, shuningdek, yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyati […]
29.04.2026 | 16:29
3053
“…ABYOT GUL, ASH’OR GUL”
Kuyga jon bag‘ishlagan muxammas Qaysi falak burjining mehripuranvorisen,Qaysi sadaf durjining gavharishahvorisen,Qaysi Xo‘tan ohusin nofayi totorisen,Qaysi chamanzorning lolayi gulnorisen,So‘yla menga, ey sanam,kimni sevar yorisen? Uch ming yillik tarixga ega “Lazgi” kuyiga atoqli san’atkor Komiljon Otaniyozov bundan roppa-rosa 66 yil burun so‘z bog‘lagan. Kuyga chippa yopishgan bu asar Komil Xorazmiy qalamiga mansub muxammas edi. Aytadilarki, mo‘jizali so‘z […]
29.04.2026 | 14:52
2799
QUDRATLI TO‘LQIN
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik Fathulla ABDULLAYEV bilan suhbat – Domla, suhbatga tayyorgarlik chog‘ida nozik va ahamiyatli ta’rifga duch keldik. Bu bizga g‘urur bag‘ishladi. Unda Siz “nochiziqli fizika bo‘yicha jahon miqyosida tan olingan ilmiy maktab asoschisi” sifatida e’tirof etilgansiz. Bu soha murakkabligi uchun ilm ahli orasida ham kam yoyilgan ekan. Nochiziqli fizika va […]
29.04.2026 | 12:35
841
FAROVONLIK VA FAN
2024-yil iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti “ijtimoiy institutlar qanday shakllanishi va farovonlikka ta’sir qilishini o‘rgangani uchun” bir yo‘la uch olimga topshirilgan. Bular – Daron Ajemog‘lu, Saymon Jonson va Jeyms Robinson. Ular nega ba’zi davlatlar rivojlanib, boshqalari ortda qolib ketishini yangi modellar asosida tushuntirib berdi. TADQIQOT OBYEKTI Laureatlarning asosiy hissasi siyosiy va iqtisodiy institutlar o‘rtasidagi bog‘liqlik va […]
28.04.2026 | 16:14
961
TEATRUDA YIG‘LAGAN MALAKLAR KIMLAR?
Vaqtli kelganlar ham kechikdi. O‘zbek davlat drama teatri ostonasi gavjum. Ko‘chaning ikki yuziga katta-kichik ulovlar qantarib qo‘yilgan. Davrimizda bu manzarani ko‘proq restoranlar yo ko‘ngilochar maskanlarda ko‘rib o‘rganganmiz. Gavjumlik sababchilari ikki turli: chiptani kassadan olishni (“Hozir kim spektaklga tushadi?” deb) o‘ylaganlar va chiptasi bo‘lsa ham, tadbirlar vaqtida boshlanmaydi (kinoda aytadi-ku, “Bilet bizda, poyezd qayerga ketadi?” deb) […]
28.04.2026 | 14:07
861
“HAR KIMKI MASHRABGA YETIBDUR…”
Mashrabshunos olim, falsafa, filologiya va pedagogika fanlari doktori Mo‘min Hoshimxonov bilan suhbat – Domla, bilamizki, Mashrab hazratlari Alisher Navoiydan keyin o‘zbek she’riyatida turli janrlarda eng ko‘p ijod qilgan sermahsul mutafakkir shoirdir. Siz o‘z ilmiy-ijodiy faoliyatingizni Mashrab hayoti va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlab kelyapsiz. Sizning tasavvuringizdagi Mashrab kim o‘zi? – Mashrab – otashnafas shoir. Uning Qashqardagi piri […]
28.04.2026 | 09:53
890
Asosiy
SOXTA KITOBXONLIK
Yigirma yillar oldin qishloqlardagi kutubxonalar kollejlar ixtiyoriga o‘tkazildi. Aholi adadi o‘n besh mingga yetgan qishlog‘imizning “sho‘ro idorasi” nomini olgan ko‘rimsizgina binosining torgina xonasida joylashgan kutubxonada o‘n mingdan ortiq kitob bo‘lardi. Butun umri ushbu kutubxonada mudira bo‘lib, nafaqaga chiqqan opam “Kutubxona fondidagi kitoblarning bir qismini makalaturaga topshirar emishlar. Borib ko‘r, keraklari bo‘lsa olarsan”, deb qoldi. Bordim, […]
27.04.2026 | 12:47
1118
SAHNADAGI HAYOT NAFASI
Tomoshabin munosabati, ayniqsa, mutaxassis fikri har qanday ijodkor uchun nihoyatda muhim. Xo‘sh, O‘zbekistonda adabiyot, tasviriy san’at va me’morchilik sohalarida tanqid qay darajada rivojlangan? Yangi kitoblar haqidagi xabarlar, ularning sharhi va tahlillarini bosma va internet nashrlarida ko‘p uchratish mumkin. Xo‘sh, musiqa sohasida vaziyat qanday? Professional tanqid tomoshabinga ijodkorni chuqurroq tushunishga, uning san’atdagi o‘rnini belgilash hamda kelajakdagi […]
27.04.2026 | 10:24
2759
SOVG‘A
Toshkentga birinchi marta kelishim edi. Shahar meni qovoq uyub kutib oldi: anhorni pufakchalarga to‘ldirib yomg‘ir yog‘ardi. Shahar odami beparvo. Qadrdon go‘shasiga kim kelib, kim ketgani bilan ishi yo‘q. Hammasi qaygadir shoshadi. Gap so‘rasang yo yelka qisadi, yo eshitmaganga olib ketaveradi. Faqat yomg‘ir bahona, yangi soyabonlarini ko‘z-ko‘z qilib yurgan bo‘y qizlargina mening qarshimdan o‘tayotib, shivir-shivir qilishadi. […]
26.04.2026 | 11:40
647
EKOLOGIK DIPLOMATIYA YOKI BARCHAMIZ BIR OROLDAMIZ
Xalqimizda “Suv qadrini tashna bilar” degan maqol bor. Umuman, mintaqa tabiatidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bu kabi maqol-matallar yondosh qardoshlarimizda ham ko‘p uchrashi shubhasiz. Albatta, neki tanqis bo‘lsa, o‘sha tansiqdir. Tojik birodarlarimiz suvni “obi hayot” deb ulug‘lashida ham ana shu hayot haqiqati mujassam. Dunyoda ekologik inqiroz jiddiylashib borayotgan bo‘lsa, mintaqamizda bu kulfat ikki karra […]
24.04.2026 | 16:09
1072