KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
EHTIYOT BO‘LING: QALBAKI DORILAR!
Yaqinda bir dori qidirib, oyog‘imda oyoq qolmadi. Shahar ko‘chalari bo‘ylab qator tizilgan dorixonalarning mo‘lligi-yu, ulardagi bir-biridan chiroyli qilib qadoqlangan dorilarning turli-tumanligidan boshim aylanib ketdi. Uzoq izlanishlardan so‘ng va nihoyat dori ham topildi. Ammo… ming mashaqqat va mo‘maygina pul evaziga sotib olingan dori qalbaki bo‘lib chiqdi. Bu holga birinchi marta duch kelganim bois real vaziyat haqida […]
15.10.2024 | 14:54
573
Mixail Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» asaridan iqtiboslar
«Zamonamiz qahramoni» asari rus adabiyotidagi ilk ijtimoiy-psixologik romanlardan biri hisoblanadi. Men butun olamni sevishga tayyor edim, ammo meni hech kim anglamadi, shundan keyin hamma narsani yomon ko‘rishga o‘rgandim. Ikki do’stdan biri har doim ikkinchisining quli bo’ladi, lekin ko’pincha ularning hech biri buni tan olmaydi… Ajalim yetgani va o‘lib ketishim mumkinligi to‘g‘risida o‘ylarkanman, faqat o‘zimni o‘ylayman: […]
15.10.2024 | 14:16
3195
IBRAT DOMLANING IBRATI
Davlatimiz rahbari 2017-yil 7-iyul kuni Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘z davrining yetakchi ziyolilaridan biri Is’hoqxon To‘ra haqida to‘xtalib, bu atoqli ma’rifatparvar ajdodimiz o‘ziga Ibrat taxallusini bejiz tanlamagani, uning el-yurt taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona hayoti nafaqat o‘z davrida, balki bugun ham barchamiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bo‘lib qolayotganini alohida ta’kidlagan edi. Shuningdek, o‘shanda jadid bobomizga atab zamonaviy […]
15.10.2024 | 12:51
423
“OYDIN SO‘QMOQLAR ELCHISI”
So‘nggi yillarda jadidlar hayoti va ijodiga e’tibor kuchayib, bu borada ko‘plab tadqiqotlar olib borilyapti, ilmiy-badiiy, tarixiy-xronologik kitoblar chop etilyapti. Fidoyi ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish, o‘rgatish masalalariga yurtimizning chekka hududlarida ham alohida e’tibor berilmoqda. Odatda jadid ma’rifatparvarlari haqida so‘z borganda nari borsa o‘n-o‘n beshta millat oydini yodimizga tushadi. Aslida bunday jonfido insonlar […]
15.10.2024 | 09:24
420
SHE’RIYATNING O‘KTAM OVOZI
Odam odamning ko‘ngliga yaqin bo‘lsa, bir-birining diydorini, suhbatini sog‘inadi, bunday ichkin tuyg‘u samimiy va chin-haqqoniy bo‘ladi. Eng muhimi, ko‘ngildoshlik biror mahalla, makon yoki zamonni ham, geografik hududni ham tanlamaydi. A’zam O‘ktamning chin do‘stlaridan biri chiroqchilik, ikkinchisi ishtixonlik edi. Garchand “Bitta do‘stim yo‘q mening, oh, Shu bo‘ldimi taqdirim?” deb yozgan bo‘lsa-da, shoir ikkita jonajon do‘st topgan […]
15.10.2024 | 08:35
702
OTISHGA HUKM QILINGAN olim Nikonor Yaroshevichning achchiq qismati
Yaroshevich Nikonor Kazimirovich 1885-yil 11-iyulda Minsk guberniyasi, Novo Sverjen bo‘lgasida belorus dehqoni xonadonida dunyoga kelgan. 1903–1906-yillarda Chernigov guberniyasidagi Gluxov o‘qituvchilar institutida o‘qigan. 1906–10-yillarda Minskdagi Golovenchiskiy, Kiyevdagi Shosten va Guluxova bilim yurtlarida dars beradi. Shundan so‘ng Moskvada qishloq xo‘jaligi institutiga kirib, 1914-yil uni bitiradi. Talabalik yillarida belorus yoshlari to‘garaklarida faol ishtirok etdi. “Наша Нива” gazetasida o‘z […]
14.10.2024 | 16:46
229
“YO‘LINGIZ OYDIN, SAFARINGIZ BEXATAR BO‘LSIN!”
…Hamon eslayman: hali istiqlolgacha bo‘lgan davrda Urganch shahrida ish bilan ushlanib qolsam, kechqurun qirq besh chaqirim yo‘l bosib, uyimga yetib olishim ming azob edi. Kechqurun majlisdan so‘ng tasodifiy ulovlarga minib, yarim tunda uyga yetib olgan vaqtlarim ko‘p bo‘lgan. U paytlari jamoat ulovlari shomdan so‘ng harakatini to‘xtatardi. Shahardagi “taksopark” atalmish korxonaga tegishli mashinalar esa kechqurun tumanlarga […]
14.10.2024 | 14:04
687
Asosiy
CHIN ZIYOLI GʻOYASI yoki jadidlarning xayriya jamiyatlari haqida
“Milliy g‘oya”ning falsafiy ma’nosi bir millatning birlashuvi va milliy o‘zlikni anglab yetishni bildiradi. Jadidlik harakati asoschilaridan biri Ismoil Gʻaspraliga ko‘ra, milliy g‘oya millat taraqqiyoti uchun zarur va eng muhim ishlarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan dastlabki poydevorni yaratishni anglatadi. Gʻaspralining Turkistondagi eng yaqin hammaslagi Mahmudxo‘ja Behbudiyning ta’kidlashicha, ta’lim maktablari va millatning isloh etilishi milliy g‘oya bo‘lib, […]
14.10.2024 | 11:51
1235
Asosiy
MAXTUMQULI, XALQ YODIDAN AYRILMA!
KETSANG Dedim: “Yuzi tobonim”. Dedi: “Go‘yo Menglixon!”Dedim: “Qo‘yding armonga”. Dedi: “Ko‘ngildur vayron”.Dedim: “O‘larman endi”. Dedi: “Qolarsan omon”.Dedim: “Kipriklaring o‘q”. Dedi: “Qoshlarim kamon”.Dedimki: “Libos kiymish”. Dedi: “To‘ni zarafshon”. Dedim: “Yuzda xollar bor”. Dedi: “Yuzda gullar, hay”.Dedim: “Qumri zabondir”. Dedi: “Shahddir tillar, hay”.Dedim: “Kel, xabarlash”. Dedi: “Sezar ellar, hay”.Dedim: “Ul ne sarvdir”. Dedi: “Nozik bellar, hay”.Dedim: “Tovus […]
14.10.2024 | 11:12
4266
Asosiy
JONIM VATAN, TANIM VATAN, KO‘ZIM VATAN yoxud bir tatabbu’ tafsiloti
Ma’rifatparvar shoir Sidqiy Xondayliqiy domlaning “Vatan nadir, tuqqon yerim, turg‘on yerim” satri bilan boshlanadigan ushbu g‘azalini birinchi bor o‘qishimdayoq, menga manzur kelib, xotiramga jo bo‘lganini aytib o‘tmoq joiz. Ilk taassurot shuki, qadrdon va tug‘ishgan og‘am bilan ko‘rishganday, ancha vaqtgacha shod va masrur holatda, jozib misralarni takrorlab yurdim. Gʻazaldagi “Ot-eshakda o‘rdan-qirdan bug‘doy tashib, O‘roq bilan xor-u […]
14.10.2024 | 10:34
1850
Asosiy
KUZ ILHOMLARI
Yurtimiz bo‘ylab kuz manzaralari o‘z tarovatini kun sayin namoyon qilib bormoqda. Biz kuz kayfiyatidagi eng sara she’rlarni jamladik va e’tiboringizga havola etamiz. Abdulhamid CHO‘LPONKUZ Ko‘m-ko‘k ekan, sarg‘aydilar yaproqlarOg‘riq, mag‘lub, tutqun Sharqning yuzidek.Bo‘ronlarning ko‘zlarikim o‘ynoqlar,G‘olib G‘arbning qonga to‘lgan ko‘zidek. Qora bulut to‘dasikim ko‘klarniSharqni yopgan parda yanglig‘ yopmushdir.Kuz qo‘shini – og‘u to‘lug‘ o‘qlarniYoz bag‘riga hech sanoqsiz otmishdir. […]
13.10.2024 | 10:00
1507
Asosiy
Sharof Boshbekovning “Temir xotin” pyesasidan iqtiboslar
Sharof Boshbekovning “Temir xotin” dramasini butun o‘zbek xalqi yaxshi biladi. O‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan, o‘z vaqtida shov-shuv bo‘lgan, 20 dan ortiq tilga tarjima qilingan bu asar hozirgacha sevib o‘qiladi. Asar asosida tasvirga olingan film miriqib tomosha qilinadi. Uning bu qadar mashhurlashishi va milliy dramamizning gultoji darajasiga ko‘tarilishining sababi esa asar zamirida yotadigan millat fojiasi, alamli […]
12.10.2024 | 13:29
2136
“BARSETKA”NING O‘ZBEKCHASI NIMA?
Barsetka tutaman. Qulay idish. Ichiga talay narsani sig‘dirsa bo‘ladi. Hujjat-pujjat, pul-muldan tashqari, kalit-palit, fleshka, hatto kichikroq telefonni ham joylasa bo‘ladi. Aslida bu so‘z italyan tilidan tarqalgan bo‘lib sumkacha ma’nosini bildiradi. Lekin bu matohni o‘zbek tilida qanday atasak bo‘larkin deb o‘ylab yuraman. Hamyon desak, hamyonda faqat pul saqlanadi. Qopchiq desak, kichikroq bo‘lishi kerak. Yaqinda Abdulla Qodiriyni […]
09.10.2024 | 15:01
1194
Asosiy
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan iqtiboslar
Roman XIX asr voqealarini oʻz ichiga olgan. Murakkab tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. Voqealar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari muhitida kechadi. Boshqa yirik epik asarlardagi kabi “Oʻtkan kunlar”da ham hikoyanavislikning koʻp planliligi, ikkilamchi sujetlar mavjudligi, ketma-ket avj oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar mavjud. Manimcha, […]
09.10.2024 | 13:05
7205
DUNYONI ASRAB, O‘ZIMIZNI QUTQARAYLIK!
Men Moʻtabar Xushvaqtova – ekobloger, ekofaolman. “Baxt ulash!” xayriya jamoasining tashkilotchisiman. Ushbu xayriya tashkiloti orqali ko‘plab “tozalik farishtalari”, ya’ni obodonlashtirish faollari bilan suhbatda bo‘lganman. Ularning tabiat bilan uyg‘unligi, atrof-muhitga bo‘lgan e’tibori menda ham ekologiyaga muhabbatni kuchaytirgan. Aslida ekologiya – insonning hayoti. Ko‘pchilik odamlarning xayoliga ekologiya deganda tabiiy ofatlar va umuman, tabiat bilan bog‘liq salbiy fikrlar keladi. […]
09.10.2024 | 12:10
706
“HUKM SOATI YETDI…” yoxud Mixail Lermontov “Demon”i
Olamda iztirob ko‘p. Har birining o‘z yuki-zalvori bor. Iztirob ichidagi odam hasrat chekayotgan boshqa birovga “Mening dardim senikidan yengilroq”, demaydi. Baxtsizlik qay yo‘sinda kelmasin, o‘z nomi bilan baxtsizlik. Biroq olamda bir qayg‘u borki, unda zamin zulmati mujassamdir. Bu – Iblis qayg‘usi. Mag‘lubiyatlar ichida eng mash’umi kibrning mag‘lubiyati bo‘lsa ajab emas. Kibr nima? O‘z bo‘yidan baland […]
08.10.2024 | 16:17
524
“ABADIY YASHAMOQ, KULMOQ ISTAYMAN…”
1940-yil. Yaydoq dala. Unda-munda o‘t-o‘lan o‘sib turibdi. Bir erkak va ayol qadamlarini sekinlatib, to‘xtadi. – Shu yermi? – dedi ayol ko‘zlari quvnab.– Shu… – dedi erkak chuqur nafas olib chiqargach. Ayol bo‘m-bo‘sh yerga havas bilan tikilib, shivirladi: “Bizniki! O‘zimizniki! Endi ijarama-ijara sarson yurmaymiz!” Rostdan ham, uch ko‘chish – bir yong‘inga teng, degan gap bor. Bizgacha […]
08.10.2024 | 14:47
1172
Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridan iqtiboslar
Abdulla Avloniy merosining shoh asari sanalgan “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bo‘lib, unda inson uchun muhim bo‘lgan jamiki axloq-odob me’yorlari, ta’lim–tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu asar ikki guruhga ajratilib, “yaxshi xulqlar” deb nomlagan qismiga 33 maqolat, “yomon xulqlar” qismiga esa 21 ta maqolat jamlangan. Hayotiy rivoyatlar asosida Avloniy tarbiya va ta’lim bir-biri bilan uzviy […]
08.10.2024 | 12:58
17860
Asosiy
AFGʻONISTON NAVOIYSHUNOSLIGI
Jahon xalqlari adabiyotida buyuk tafakkur sohibi sifatida maydonga chiqqan adiblar o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan zaminni ham tarix sahifasiga muhrlaydilar. Ijodkorni kamolotga yetkazgan muhit, tuzum, sharoit shaxs bilan birga o‘rganilar ekan, o‘z davri va keyingi zamonlarda ham ular qoldirgan merosni saqlash, o‘rganish, ijodiy an’analarini davom ettirish mas’uliyati o‘sha xalq, millat zimmasiga katta vazifa yuklaydi. Dunyo adabiyotshunosligida […]
08.10.2024 | 12:28
537
Asosiy
QORA QUYOSH
«Jondan aziz singlim Qumri!Maktubingga javob yozaman. Shuning uchun yozamanki, kechasi soat to’rtda eslab xat yozganing uchun yozaman, yana shuning uchunki, yosh qalbingni baxtsiz mahbus uchun ezib, shirin uyqungni bema’ni sarguzashtim bilan buzganim uchun yozaman. Ko’nglingni parishon qilib, uyqusiz tong ottirganing uchun yozaman… Xat yozmaganimga sabab umidsizlik emas, aksincha umidim porloq va yuksak. Ochig’ini aytsam, achchiq […]
08.10.2024 | 10:00
1249
Abdulla Qodiriy shoir bo’lganmi?
XX asr o‘zbek adabiyotining atoqli vakili Abdulla Qodiriy yetuk nosir, o‘tkir hajvgo‘y sifatida tanilgan. Uning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari, “Toshpo‘lat tajang nima deydi?”, “Kalvak mahzumning xotira daftaridan” nomli hajviy hikoyalari adib ijodining salmog‘ini oshirgan. Ammo Qodiriy nafaqat nosir, balki yaxshigina shoir bo‘lgani ko‘pchilikka noma’lum. Adib ijod olamiga kirar ekan, barcha ijodkorlarda bo‘lgani kabi, dastavval […]
07.10.2024 | 17:36
1959