KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
CHINGIZ AYTMATOVGA ERGASHGAN ADIB
Dastlab, 2023-yil bahorida haftalik adabiyot gazetamizda Sulton Rayevning “Tuproq” hikoyasini Ahmadjon Meliboyev tarjimasida o‘qidim. Ta’sirlandim. Tarjimonga rahmat aytdim. “Tuproq” xayolimga muhrlanib qoldi. Bunga hikoyada bayon qilingan voqelikka mos boshimdan kechirgan bir hodisaning parallel kelgani sabab bo‘lgandir, ehtimol. Uch yil avval Urganch aeroportida yuklarimni topshirib, kutib o‘tirsam, ovozkuchaytirgichdan ikki-uch marta mening ism-familiyam chaqirildi. Hayron bo‘ldim. Aytilgan […]
27.08.2024 | 17:17
267
HASRATLI BITIKLAR yoki XX asrning 20-yillaridagi “Oziq ishlari”dan chiqarilgan xulosa
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir asarlar orasida “Eski Toshkand arzoq kamitet ishlari” degan manba diqqatimni tortdi. Joyini belgilab qo‘ydim. Xayolim jadid ziyolilari va Abdulla Qodiriy faoliyatiga ketdi. Taxmin qildim. Qodiriyning shu qo‘mitada ishlaganini o‘ylab yurdim. Ichki bir tuyg‘u shu noyob manbani varaqlashga undadi. Kutubxonaga qayta bordim. Nodir bo‘limga kirib, manbalarni varaqlay boshladim… Odatda […]
27.08.2024 | 13:13
572
TELENOVELLALAR NIMANI TARGʻIB QILMOQDA?
Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir izohni o‘qib qoldik. “Avvallari kinolar hayotdan olinardi, endi hayotimiz kinolardan olinyapti”, deya yozgan izoh muallifi. Shu bir og‘izgina jumlada bugungi media olami, TVlarning umumiy manzarasi va ularning hayotimizga ta’siri juda aniq ifodalangan. Biz o‘zbek ma’naviyati, tarbiyasi, odob va axloqi haqida ming jon kuydirib gapirmaylik, millionlab xalqimiz tomosha qiladigan kundalik dasturlar hatto […]
27.08.2024 | 10:25
433
Gazetalarning hammasi yolg‘on yozadi, hokimiyat bizda bo‘lishi kerak – aybsiz o‘limga hukm etilgan Aziz Xo‘jayev
12:08 / 26.08.2024640 Joriy yilning 18-iyul kunidan buyon poytaxtimizning mashhur maskanlaridan Tashkent City Mall do‘koni ichida Madaniyat va sportni rivojlantirish fondi tashabbusi bilan “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimediali ko‘rgazma davom etmoqda. Aziz vatandoshlar, qadrli talabalar, albatta vaqt topib mazkur ko‘rgazmaga tashrif buyuring. Unda Siz bir muddat bo‘lsa-da bundan qariyib yuz yil avvalgi Turkistonga safar qilasiz. Jadid […]
26.08.2024 | 14:54
669
GLOBAL DUNYONING GLOBAL MIQYOSDAGI YOZUVCHISI
Tili, dini, urf-odatlari bir bo‘lgan turkiy xalqlarni hech qachon bir-biridan ayri tasavvur etib bo‘lmaydi. Ming yillar davomida bir tomonda o‘zbek baxshilari do‘ppini bostirib, do‘mbira quchoqlab “Alpomish”dan olganda, bir tomonda qirg‘iz oqini cho‘qqili oq qalpog‘ini boshga qo‘ndirib, “Manas”ni kuylagani aniq. O‘zbek xalqi Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, Nozim Hikmat, Nizomiy Ganjaviy, Nasimiy, Fuzuliy, Samad Vurg‘un, Abay, Muxtor […]
26.08.2024 | 13:23
454
INSON TO‘QNASHUVLARDA KASHF ETILADI
Ijod – borliq va undagi voqelikni poetik idrok etish, olam va odamning mohiyatni zarrabindek teran nigoh bilan ko‘ra bilish, yer va ko‘k, ratsionallik va irratsionallik, botin va zohir o‘rtasidagi muvozanatni topa olish, g‘ayriixtiyoriy bir ichki ruhiy ehtiyoj o‘laroq yuzaga keladigan hol. Ijod bu – ilohiy holat. Aslida olamdagi mavjud narsalarning barchasi – ijoddir. Azal me’mori […]
22.08.2024 | 17:14
529
PARTU
Shunday so‘zlar borki, chin o‘zbekcha deging keladi, o‘zbekcha muqobiliyam borday tuyuladi, misol uchun – “fartuk” – o‘tgan asrda rus tili orqali olmonchadan tilimizga o‘zlashgan, “Rus tilining etimologik lug‘ati” muallifi M.Fasmer ham uning asli olmoncha – “oldga tutgich etak”, “peshband” ma’nosidagi “vortuch” so‘zi ekanligini ta’kidlaydi. Sovet davrida bu so‘z, ayniqsa faol edi. Ko‘pgina ishxonalarda oldga tutgich […]
22.08.2024 | 15:11
295
QADAMING QUTLUGʻ BO‘LSIN, “TARAQQIYOT”
Matbuot – jamiyatning yuzidir. Hamma davrlarda ham odamzod sifatli axborotga muhtoj bo‘lgan. Ana shu ehtiyojni aynan mutolaa qondiradi. XX asr boshlarida jadidlar millatni uyg‘otish, odamlar dunyoqarashini kengaytirish maqsadida gazeta-jurnallar ochishdi. Ilk jurnal “Oyina”ning 1-soni 1913-yil 20-avgustda nashr etilgandi. Bu katta qadam edi. Bizning taraqqiy etgan asrimizda ham matbuotning o‘rni beqiyos. Matbuotdagi materiallar tahliliy bo‘lgani uchun […]
22.08.2024 | 14:57
293
“O‘RGIN”DAN CHIQQAN O‘RGANCHIK
Saraton quyoshi tamug‘ning vaqirlagan qozonini bashariyat yodiga solib, ba’zi murtadlarni insof kanorasiga chaqira boshlagandan beri bir xil suyulgan miyalarni muzlatgichda asrash kerak bo‘lyaptiyov, Ovsar… O‘v, Ovsar dedim, ko‘zing suzilmay o‘lgur, Faxriddin do‘ltani paloviday erta-yu kech lanjlanib, esnaganing esnagan. Atrofda kallasi chayqalgan yuvuqsiz zindalar ko‘payib qolganini sen ham sezganday bo‘lyapsanmi? Bularingni qovoq kallasiga oftob juftoyoq tepib, […]
22.08.2024 | 14:42
398
TUZSIZ ODAM
“Tuzsiz odam”, “gapining tuzi yo‘q” kabi iboralarni eshitganda – odam yoki gap ham “tuzsiz” bo‘ladimi? – degan savol xayolingizdan kechgan bo‘lishi mumkin. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday keltiriladi: “Tuzsiz – 1. Tuzi yo‘q yoki past. Tuzsiz ovqat; 2. (ko‘chma) Ma’nosi, mazmuni yo‘q; bema’ni, tuturiqsiz. Maqol: o‘zi yuzsizning so‘zi tuzsiz. “Qo‘ying, tuzsiz gaplaringizni, sizga yarashmaydi”. M.O‘rinxo‘jayev. “Unutilmas […]
22.08.2024 | 14:26
328
ISLOMIY MOLIYA: MUXOLIF EMAS, MUQOBIL TIZIM
Keyingi vaqtlarda islomiy moliya, islom banki kabi atamalar ommaviy axborot vositalari, ilmiy, siyosiy doiralar va umuman, kundalik leksikonimizda tez-tez qo‘llana boshladi. Xalqaro tahlillarga qaraganda, ushbu yangi institutning an’anaviy moliya tizimidagi o‘rni va ulushi tobora oshib bormoqda. Xo‘sh, islomiy moliya tizimining mohiyati, falsafasi va hikmati nimada? U murosasiz raqobatchi sifatida an’anaviy tizimni siqib chiqaradimi yoki ikki […]
22.08.2024 | 13:09
711
KO‘KTURK ALIFBOSI
Sovet mafkurachilari uchun mustabid xalqlarni kamsitish, yerga urish, hatto haqoratlash oddiy kundalik yumush edi. Xalqni o‘zagidan, ildizidan ayirish maqsadida soxta tarix to‘qilar, mashhur allomalari, sarkardalari qora bo‘yoqlarda tasvirlanardi. Albatta, o‘tmishidan bexabar g‘ofil xalqni boshqarish oson, o‘z yo‘rig‘iga yurgizish qulay bo‘ladi, deb hisoblashgan. Ayniqsa, uch ming yillik tarixga ega o‘zbek xalqini ommatan savodsiz deb e’lon qilish […]
22.08.2024 | 12:46
2527
“YIGʻI BILAN KULMAK ORASIDA…”
Abdulla Qodiriy “tuz haqini ado etmoqni” lozim bilgan Rizo kim edi? Ushbu iqtibosdan uzindini o‘zbek jadidlik maktabining yirik namoyandasi Abdulla Qodiriyning “Jasorat – ayb emas!” sarlavhali maqolasidan keltirdik. Adibning ushbu maqolasi “Qizil bayroq” gazetasining 1922-yil 1-iyuldagi 191-sonida chop qilingan. Adib maqolaga Julqunboy deb imzo chekkan. Maqolaga “o‘q tomir” bo‘lgan mavzu – matbuotda so‘z erkinligi. Jadid […]
22.08.2024 | 12:35
298
SUVRATLAR TARIXDAN SO‘ZLAR
Jahon afkor ommasini dunyoga mashhur san’at asarlari, ularning ayni kundagi bahosi bilan birga muallif tomonidan chizilgan suvratga prototip sifatida kim tanlangani ham qiziqtirib keladi. Birgina misol: nomi tillarda doston “Mona Liza” asarining prototipi kimligi haqidagi savol nafaqat san’atshunoslarga, balki ushbu suvratning dovrug‘ini eshitgan barchaga birdek qiziqligi aniq. Ayni savol zamirida tarix mujassamdir. Tarix – bu […]
22.08.2024 | 12:30
549
QALB KO‘ZI OCHIQ JURNALIST
“…Hamma ham bu dunyoda bir iz, bir ezgu nom qoldirishni o‘ylab yashaydi. Insonning mehnatlari ertadir-kechdir e’tirof qilinsa, bu uning harakatiga g‘ayrat, kuchiga qanot beradi, albatta…” Yozuvchi uchun mehnati samarasi o‘laroq, yozganlari kitob bo‘lib chiqsa, o‘quvchilarini topsa, bundan katta baxt bo‘lmasa kerak. Taniqli jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Husan Ermatovning yangi kitobi “Sokin daryo mavjlari” deb […]
22.08.2024 | 12:16
234
“MAOSH OLGANDIM…”
Maosh olgandim. Eng avval kitob do‘koniga kirdim. U yerdan hazrat Rumiyning “Ichindagi ichindadur” kitobini sotib oldim. Keyin kiyim bozoriga o‘tdim. Hamma o‘zi bilan, o‘z yumushi bilan band. Kimdir sotadi, kimdir oladi. Kimdandir kamayadi, kimdadir ko‘payadi… Men esa xayolan hazrat bilan gaplashib ketyapman. Qimmatbaho kiyimlarga qarashga u kishidan uyalaman. Dunyoning matohi boshimni aylantirayotganini sezib qolmasinlar-da, deyman. […]
22.08.2024 | 12:04
191
ATAMALAR SHARHI
DEMO – mahsulot turi haqida yoki mavjud biror bir dastur va xizmat ko‘rsatishni namoyish etish jarayonidir. Unda xaridor yoki mijoz mahsulot va xizmat bilan uni xarid qilishdan oldin tanishishi mumkin. OVERSAYZ – zamonaviy urfga ko‘ra ataylab katta o‘lchamda tikiladigan kiyinish uslubi bo‘lib, unda libosning ba’zi joylari, masalan, yengi yoki etak qismi egasiga kattadek ko‘rinadi. TELEGRAM-KANAL […]
22.08.2024 | 10:40
269
PULNI KIMDAN QIZGʻANYAPSIZ, “BYUDJET QO‘RIQCHILARI”?
Shu kunlarda Olimpiada g‘oliblariga berilgan pul, uy va ulovni muhokama qilayotgan “vatanparvar”larning postiga tez-tez ko‘zim tushyapti. Alamzada bu odamlarga baribir gap ta’sir qilmaydi. Ammo jim turish ham g‘alati. Ba’zi mulohazalarimni yozmoqchiman. 1. Yozgi Olimpiada medallarini fi zika, kimyo, adabiyot, tinchlik, fi ziologiya yoki tibbiyot hamda iqtisodiyot sohalaridagi Nobel, kino sohasidagi Oskarga teng lashtirish mumkin. Aslida […]
21.08.2024 | 16:50
244
Asosiy
BOJA, BAJANAK, BOLDIZ, POCHCHA
Bulg‘oristonlik bir tanishim “bajanak”, “baldiz” so‘zlarini bulg‘orlar ham ishlatishini aytgandi. Ba’zi turkiy lahjalarda boja, ya’ni opa-singil yoki qarindoshlarga uylanganlarga nisbatan “bajanak” deyiladi, “boldiz” esa, o‘zbek tilida ham “xotinning singlisi, qayinsingil” ma’nosiga ega. Bulg‘orlarda ham “badjanak” – boja, “baldiz” – xotinning singlisi, boldiz ma’nolariga ega ekan. Hozirgi bulg‘orlar qadimgi bulg‘or turklarini o‘zlarining ajdodlari deb bilishadi. Ularga […]
21.08.2024 | 14:52
1027
“SHUNCHA BO‘LURMI, HAY-HAY…”
Eskirsayam esi kirmagan birovlarni aytishicha, insonni chipor tovuqdan farqi shuki, unga don-suvdan ko‘ra, shov-shuv, oldi-qochdi zaril ekan. Qanaqasiga deyishga shoshmay turing. Hozirgi uzunquloq zamonda eng bozorgir matoh bu – shir yalang‘och vayn va betayin latifalar bo‘p qoldi. Qo‘pol bo‘lsayam aytay, xalqimizda nega kulasan, ochib qo‘yibdimi, degan gap bor. Obunachi yig‘aman, zumda olami jahonga mashhur bo‘laman, […]
21.08.2024 | 12:24
366
MILLAT FIDOYILARI: ABDURAHMON ABDULLAXONOV
Qo‘limizdagi hujjat mahbus Abdurahmon Abdullaxonovning 5369-sonli ayblov ishi yuzasidan NKVD Marg‘ilon shahar boshlig‘i Davlat xavfsizligi katta leytenanti Kuleshovning ayblov xulosasi. U O‘zSSR Jinoyat kodeksining 66-moddasi 1-bandi bilan ayblangan. Ayblov xulosasi quyidagicha: “Sobiq podshoh amaldori, davlat dumasi a’zosi, yirik savdogar, muxtoriyatchilik harakati ishtirokchisi, aksilinqilobiy tashkilot “Milliy ittihod”ning rahbari aksilinqilobiy ishlari va 1920-yili bosmachilar to‘dasi bilan aloqada […]
21.08.2024 | 11:34
398