KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
BUYUMBOZLIK, MATOXO‘RLIK… POYGASI QAYERGA OLIB BORADI?
Bir oycha oldingi gap: qarindoshimiz bemahal uyga kirib keldi. Kayfiyatsiz, dasturxondagi nonga qo‘l uzatgulik holi yo‘q go‘yo. Ahvolini ko‘rib, “Yo‘l bo‘lsin!” so‘rash majburiyatida qoldim. “Eshitgandirsiz, imoratimga zamonaviy eshik-romlarni o‘rnattirganda bankdan kredit oluvdim. Bu oy to‘lashga imkonim kelmay turibdi. Shunga…” So‘nggi so‘zni aytmadi, aytishga tortindi. Demak, u qarzga pul so‘rab kelgan. “Ko‘rpangga qarab oyoq uzat”, degan […]
21.08.2024 | 10:45
452
YOZLOQLARDA
Sayohat esdaliklaridan BIR OG‘IZ SO‘Z Lutfilla Olimiy tomonidan yozilgan bu yo‘l sayohatida o‘sha davrning nafasi, bosqinlardan qolgan izlar suvrati ko‘zga tashlanadi. Shu bilan tarixiy manzillar esga olinadi. Bunda tilga olingan ayrim joy nomlari bugun o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin. Sarlavhadagi birgina “yozloq” so‘zining o‘ziyoq XX asrning 20-yillarida adiblarning toza o‘zbekona so‘zlarga, ona tilga e’tiborini, so‘z izlash […]
20.08.2024 | 17:23
382
PASTDARG‘OM QUYOSHI
Maktab qurish elning bolasiga beminnat ehson. Bugunning boylari saxiy bo‘lsalar, maktab qursinlar, jadid ajdodlar kabi avlodlar ma’rifatiga hissa qo‘shsinlar. Toki yangi zamon muallimlari Muhammadsharif So‘fizoda maktabining peshtoqidagi “Men ul bo‘yoqchimanki, maktab xumida rang berib, qora chappalarni o‘n ikki oyda oq qilaman” degan bitigini dasturlariga muhrlab, Yangi O‘zbekistonning yangi maktablarida Uchinchi Renessans darg‘alarini kamol toptirsinlar… Prezidentimiz […]
20.08.2024 | 16:26
501
VATANINI ULUG‘LAGAN SHOIR
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining asarlari nafaqat qoraqalpoq adabiyotining, balki turkiy adabiyot va ma’naviy dunyosining sirli va suluv saroyiga aylangan edi, desak mubolag‘a bo‘lmas. Chunki Ziyo‘ar taxallusiga ega shoir adabiyotni yangi uslublar bilan boyitdi. Uni shu paytda o‘zi ko‘tarilgan cho‘qqidan ham balandlikka olib chiqdi. O‘zbekiston Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini […]
20.08.2024 | 15:16
497
“ILM-HUNAR – DUNYONI BILISHNING KALITI” yoki Abay “Nasihatlar”i
Har qanday ijodkor keng ma’noda ma’rifat tarqatadi; uning yuksak martabasini oriflik so‘zi bilan ifodalash o‘rinli. Ulkan qozoq adibi Abay yozgan “Nasihatlar” (45 qoraso‘z) asarini o‘qib, undagi haqqoniyat, to‘g‘rilik, oshkora iqror va shafqatsiz e’tiroflarga guvoh bo‘lish mumkin. Abay – turkiy umummilliy adib. Garchand uning nasihatlari qozoq xalqiga qaratilgan bo‘lsa-da, fikrlarining mag‘zi umuminsoniy mazmun kasb etadi. Abayning […]
20.08.2024 | 12:03
1485
Asosiy
NAVOIY VA YASSAVIY
BUXORO SHOGIRDI Xoja Ahmad Yassaviy hozirgi Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatidagi Sayram tumanida tug‘ilib o‘sgan. Bugungi paytda viloyat markazi hisoblangan Turkistonda yashab, faoliyat olib borgan bo‘lsa ham, u, birinchidan, o‘zbek bo‘lgan va o‘zbek tilida ijod qilgan, ikkinchidan, Buxoroda Eronning Hamadon shahridan kelgan shayx Xoja Yusuf Hamadoniyga murid tushib, uning huzurida tasavvufiy tarbiya topgan. Xoja Yusuf Hamadoniyning […]
20.08.2024 | 10:39
1317
BIRLASHADIGAN VAQT KELDI
Biz – bir guruh adiblar, olimlar, ziyolilar va jamoat arboblari Ostona shahrida ulug‘ shoir va mutafakkir, betimsol siymo Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimiga taklif etilgandik. Guruhimiz tarkibida Sirojiddin Sayyid, Shuhrat Sirojiddinov, Gʻafur Shermuhammad, Olimjon Davlatov, Dilnavoz Yusupova, Serik Usenov kabi ijodkor, olimlar bo‘lib barchamiz hayajonda edik. Men ulug‘ bobomizga dunyoda qo‘yilgan haykallarni eslab ketdim. Shoir […]
19.08.2024 | 18:30
403
QARDOSHLAR DO‘STLIGI
Men uchun Parij Olimpiadasining eng katta yutug‘i – bu Markaziy Osiyo xalqlarining bir-biri bilan mislsiz darajada yaqinlashgani, bir-birini qo‘llab-quvvatlab, do‘stona munosabatlarimiz har doimgidan ham mustahkamlangani bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar, postlar, videotasvirlarni ko‘rsangiz, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, shuningdek, Afg‘onistondagi o‘zbeklar, ozarbayjonlar, turklar va boshqa turkiy xalqlar qay darajada bir-biriga samimiy muxlislik qilganiga guvoh bo‘lasiz. Bejiz […]
19.08.2024 | 17:32
274
Asosiy
YURTGA QAYTGAN LOCHINLAR
Iyulning zerikarli tunlari ruhimni ezgan, jazirama, havosiz kunlari tanimni bosgan pallada dengizi sokin, tog‘lari purviqor Ozarbayjon meni chorladi. Qaydasan, ey Fuzuliy yurti, qaydasan, ey Nizomiy diyori deya Ozarbayjon diasporasi tomonidan tashkil etilgan yoshlarning an’anaviy xalqaro yozgi forumiga yo‘l oldim. Turkman cho‘llarining adog‘ida yarqirab Kaspiy ko‘rindi. Bokuga qo‘ndik, bismillo! Birinchi kun. O‘tganlar yodi. Erta tongda 60 […]
19.08.2024 | 16:12
386
OLIMPIADA CHEMPIONLARI
Birlashmagan barmoq qo‘lda begona, Kim ayro, tark etar hatto soyasi. Sizni bir musht etdi – etdi yagona Yangi O‘zbekiston qurish g‘oyasi! Zarb jangida oldi besh oltin o‘zbek, Parij hayron boqdi – bu ne hol, nadir?! Temur, Jaloliddin, Alpomish tirik Ekanin isbotlab qo‘ydi Bahodir! Olimp tarixiga o‘z muhrin bosdi, Ilk oltin egasi qizing – Diyora! Xalqim, […]
19.08.2024 | 14:27
374
“DOIMO AHLI BILIGLAR BIRLA BO‘L…”
Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy o‘z zamondoshlaridan, nazarimda, aynan qomusiyligi, serqirra ijodi bilan ajralib turadi. Sidqiy adabiy merosidan lirik g‘azallar, davr ijtimoiy voqeligiga munosabat she’rlar, hajviyalar, dostonlar, o‘ziga xos memuarlar, “zarbulmasal”lar, tarjimalar o‘rin olgan. Buni o‘z vaqtida jadidshunos Begali Qosimov ta’kidladi, tasnifladi, ijodidan namunalar berdi. Tadqiqotlarni davom ettirish yo‘llarini ko‘rsatdi. Sidqiyning 1998-yili nashr bo‘lgan “Tanlangan asarlari”ning o‘zi […]
19.08.2024 | 13:35
687
Asosiy
G‘ALABALAR MASKANI – YANGI O‘ZBEKISTONIM!
DIYORA Yapon kurashida yapon qizini Ippon usulida yutdi Diyora. Olimp kitobiga go‘zal ismini Oltin harf bilan bitdi Diyora. Qaldirg‘och-u, lochin kuchiga qarang! Tan berdi olmon-u, yiqildi farang, Kosovoga armon bo‘ldi so‘nggi jang, Barchasidan bir-bir o‘tdi Diyora. Oltin olib keldi hammadan oldin, Yuz oltinga tengdir birinchi oltin! Nihoyat his qildik g‘alaba totin, Zafar qadahini tutdi Diyora. […]
16.08.2024 | 15:10
445
O‘ZBEKLARNING SOVET DAVRIDAGI ASL MADHIYASI
Mustabid tuzum hukmronligi eng cho‘qqiga chiqqan paytlarda ham o‘zbeklar madhiyasiz qolmagan. Bizning norasmiy madhiyamiz bo‘lgan. Har kuni tongda radio, televideniyedan beriladigan O‘zbekiston SSRning rasmiy madhiyasi shunchaki majburiyat yuzasidan, yanayam o‘zbekcharoq aytganda, quloqqa osilgan lag‘mon qabilida eshitilgan. Xalq bu zo‘ravon matn va musiqaga, qullikni sharaflagan “zanjir tovushlari”ga o‘z qalbidan joy bermagan. Ha, o‘sha og‘ir yillarda ham […]
14.08.2024 | 17:16
461
“VATAN OBODLIGI UCHUN OVOZ BERAMIZ!”
Markaziy saylov komissiyasi kotibi, yuridik fanlari doktori, professor Xudoyor MAMATOV bilan suhbat – Xudoyor aka, mana 2019-yilda xalq tomonidan saylangan vakillik organlari deputatlarining vakolat muddati oxirlab, navbatdagi saylov jarayonlariga start berildi va Markaziy saylov komissiyasi faoliyati ham o‘z-o‘zidan qizg‘in tus oldi. Jarayonlarning ilk davri qanday kechmoqda? – Avvalo, mamlakatda siyosiy jarayonlarning qizg‘inlashuvi Markaziy saylov komisissiyasi oldiga […]
14.08.2024 | 12:06
319
TARIXIMIZNI TERAN BILAYLIK
“Yangi O‘zbekiston” so‘zlari sodda, ammo o‘zida olam-olam ma’no mujassam etganini ko‘raman, ko‘nglimda iftixor hissini tuyaman, faxrlanaman, go‘yoki yangidan kashf etganday bo‘laman. “Mustaqillik”, “o‘zbek”, “xalq”, “tarix”, “zafarlar”… Nechog‘li ko‘ngilga ruh berguvchi, qanotlantirguvchi purma’no so‘zlar! Ularning har biri haqida bir kitob yozish mumkin, desak mubolag‘a emas. Bunday kitoblar yozilayotir ham. Jafokash yurtimiz ko‘p bosqinchilarni ko‘rdi, har biri kelib, yurt […]
12.08.2024 | 17:20
1162
MILLAT FIDOYILARI: NIZOMIDDIN XO‘JAYEV
Yaqinda Nizomiddin Xo‘jayevning qatag‘on qilinishi to‘g‘risidagi noyob hujjat va materiallar bilan tanishishga imkon yaratildi. Mudhish qatag‘on davrida o‘n yil mehnat-tuzatuv lagerlari azobini tortgan jadid Laziz Azizzoda bilan ilk tanishuvimiz o‘tgan asrning 70-yillari boshida “Guliston” jurnali tahririyatida yuz bergan. 1967-yili “Fan” nashriyotida domlaning “Inqilob kurashchisi” risolasi e’lon qilingan edi. Unda jadid, keyinchalik bolshevik, davlat va hukumat […]
12.08.2024 | 16:03
659
JONKUYAR JADID TARIXCHISI
XX asrning dastlabki choragida O‘zbekistonda zamonaviy tarixnavislik maktabining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan birinchi o‘zbek tarix professori Bo‘lat Soliyevning faoliyati bevosita O‘zbekistondagi jadidlik rivoji bilan bog‘liqdir. Bu davrdagi tarixchi olimlar orasida uning nomi alohida o‘rin tutadi. Bo‘lat Majidovich Soliyev 1882-yil 22-martda Astraxan shahri yaqinidagi qishloqda, savdogar Majid Soli o‘g‘li xonadonida tavallud topgan. Uning otasi mang‘it qabilasiga […]
12.08.2024 | 15:45
343
EL ARDOQLAGAN ADIB
Ozod SHARAFIDDINOV, O‘zbekiston Qahramoni 1963-yilning kech kuzi. Ertalablar tushgan qirov qish qo‘shini yaqinlab kelayotganidan darak bersa-da, peshinga borib havo ilib ketadi. Ufqqa tutash hududsiz paxta dalalarida talabalar mehnat qilishyapti. Bo‘yi o‘rtadan pastroq, yonoqlari biroz bo‘rtib chiqqan, jikkakkina yigitcha boshini ko‘tarmay paxta teryapti. U har hamlasida lo‘ppi-lo‘ppi ochilgan besh-oltita ko‘sakning paxtasini oladi-da, bo‘z fartugiga soladi. O‘n-o‘n […]
12.08.2024 | 15:20
578
IJOD VA JASORAT
Said AHMAD, O‘zbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi O‘zingga yaqin va qadrdon odam haqida biron gap aytish shunchalar qiyin bo‘lishini bilmas ekanman. Har kuni ko‘rishadigan, necha martalab gaplashadigan do‘stingning fazilatlari senga juda oddiy bir narsa bo‘lib qolarkan. U saxiymi, baxilmi, bag‘ri kengmi, fe’li tormi, do‘stiga vafodormi, birovning qayg‘usiga qayg‘udoshmi, negadir e’tibor bermas ekansan. Bu hammaga xos odat-da, […]
12.08.2024 | 14:49
536
SAMARQANDLIK ROJIYNING ARZI
O‘z davrida ko‘ngil ko‘zi ochiq, oydin fikrli ziyolilar bosqinchi siyosatdonlarning yurtini umrbod qullikda saqlashdek qora niyatini yaxshi anglagan edilar. Shu bois ular sho‘ro hukumatining adolat va tenglik, tinchlik va do‘stlik siyosati qog‘ozda emas, amalda bo‘lishini talab qilishdi; sira tap tortmay “odamlar ustida ot o‘ynatgan” bosqinchilarga “quturgan mustamlakachilar” (Cho‘lpon ta’biri) sifatini berishdi. Bosqinchining tenglik, “millatlarning o‘z […]
12.08.2024 | 14:37
434
ENASOY XAZINASI BILAN YUZMA-YUZ
O‘rxun-Enasoy toshbitiklari – turkiy ellarning umummerosi, eng qadimiy yozma yodgorligi. Ularning namunalari Mo‘g‘ulistondagi O‘rxun daryosi vodiylaridan, Tuva, Xakasiya, Krasnoyarsk o‘lkasidagi Enasoy daryosi va uning irmoqlarining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan manzilgohlardan juda ko‘p miqdorda topilgan. Shu sabab bu bitiklarga “O‘rxun-Enasoy toshbitiklari” degan nom berilgan. Bundan tashqari, toshbitiklar Sharqiy Turkiston, Sharqiy Yevropa, Oltoy, Boyko‘lbo‘yi, Markaziy Osiyo, xususan, […]
12.08.2024 | 12:32
1025