KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
MATAL
“Keling, sizga bir matal aytib beraman”. Xo‘sh, matal o‘zi nima va u qanday etimologiyaga ega? Bu so‘z atoqli olim Shavkat Rahmatullayevning “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da, afsuski, mavjud emas, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da esa noto‘g‘ri izohlangan. Shu bois ushbu o‘rinda u haqda to‘xtalishni lozim deb bildik. Mana, izohli lug‘atning keyingi to‘ldirilgan nashrida unga berilgan izoh: “Matal […]
07.05.2026 | 16:25
1368
Asosiy
O‘zbekistonda 161 nafar qatag‘on qurbonlari oqlandi (ro‘yxat)
Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 1920−1934-yillarda sud hukmi bilan jazoga tortilgan 161 nafar shaxsga doir 8 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Gazeta.uz muxbiri sud jarayonidan reportaj tayyorladi. 2026-yil 6-may kuni Oliy sud tomonidan reabilitatsiya qilinib, oqlangan qatag‘on qurbonlari ro‘yxati 1. Turkfrontning Farg‘ona qo‘shinlar guruhi Harbiy kengashi qoshidagi Farg‘ona maxsus bo‘limining 1920-yil 22-oktabrdagi qaroriga […]
07.05.2026 | 11:08
2692
HOZIRGI YOSHLAR
Har bir insonda yashirin iste’dod, tug‘ma qobiliyat mavjud. Maktab va maktabgacha ta’lim boladagi ayni shu xususiyatlarni to‘lig‘icha kashf etishi kerak. Buning uchun ta’lim tizimi o‘quvchi yoshlar qiziqishlaridagi xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlamog‘i zarur. An’anaviy ta’limdagi bir xillik ma’lum ma’noda buni cheklaydi. Chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari iste’dod sohiblarini erta tanish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini beradi. Erkin Vohidov nomidagi […]
05.05.2026 | 09:24
2662
“HIND SORI YUZLANDIM…”
O‘zbekiston delegatsiyasi safida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston yoshlari forumida ishtirok etdik. Mazkur tadbir mintaqalararo muloqot maydonini kengaytirishda va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Delegatsiya tarkibidan ta’lim, iqtisodiyot, madaniyat, san’at va boshqa soha vakillari joy olgandi. Safar davomida davlat va jamoat arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, shuningdek, yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyati […]
29.04.2026 | 16:29
3053
“…ABYOT GUL, ASH’OR GUL”
Kuyga jon bag‘ishlagan muxammas Qaysi falak burjining mehripuranvorisen,Qaysi sadaf durjining gavharishahvorisen,Qaysi Xo‘tan ohusin nofayi totorisen,Qaysi chamanzorning lolayi gulnorisen,So‘yla menga, ey sanam,kimni sevar yorisen? Uch ming yillik tarixga ega “Lazgi” kuyiga atoqli san’atkor Komiljon Otaniyozov bundan roppa-rosa 66 yil burun so‘z bog‘lagan. Kuyga chippa yopishgan bu asar Komil Xorazmiy qalamiga mansub muxammas edi. Aytadilarki, mo‘jizali so‘z […]
29.04.2026 | 14:52
2799
SAHNADAGI HAYOT NAFASI
Tomoshabin munosabati, ayniqsa, mutaxassis fikri har qanday ijodkor uchun nihoyatda muhim. Xo‘sh, O‘zbekistonda adabiyot, tasviriy san’at va me’morchilik sohalarida tanqid qay darajada rivojlangan? Yangi kitoblar haqidagi xabarlar, ularning sharhi va tahlillarini bosma va internet nashrlarida ko‘p uchratish mumkin. Xo‘sh, musiqa sohasida vaziyat qanday? Professional tanqid tomoshabinga ijodkorni chuqurroq tushunishga, uning san’atdagi o‘rnini belgilash hamda kelajakdagi […]
27.04.2026 | 10:24
2759
SOVISH VA SO‘NISH
Olov sovigandan so‘ng so‘nadi. Tandir sovib qolibdi, O‘choqning cho‘g‘i sovigan degan gaplar o‘tning so‘nishini ham anglatadi. Xo‘sh, unda sovish bilan so‘nish so‘zlari ildizida yaqinlik bormi? Men buni “At-tuhfa” lug‘atida bir so‘z bilan tanishganimda sezib qoldim. Unda nisbatan sovutdirdi so‘ziga yaqin sӧvÿndÿrdi degan so‘z “so‘ndirdi” ma’nosida sharhlangan. Bu so‘zlar shaklan juda yaqin. Til o‘zgarishlari natijasida agar […]
24.04.2026 | 12:43
2476
“O‘LDIRSAYAM, MOSH O‘LDIRSIN”
– Do‘stlarim, mosh ovqatimiz pishdi! – dedi Jamshid. Talabalar turar joyida yangragan bu ovoz odatdagidek barchaning diqqatini tortdi. Bu gap ortida talabalikning shirin hayoti yashirin edi. – Mosh ovqat emas, osh ovqat degin, – dedi qo‘shni xonadagi Haydarali. – Yo‘q, aynan mosh ovqat, – deya takrorladi Jamshid. – Bilasanmi, bozor-o‘char qilishga cho‘ntagimizda hemiri yo‘q. Shu […]
24.04.2026 | 09:14
2618
KENGLIK KASHSHOFLARI
E’TIROF Zamonaviy kimyo va materialshunoslik rivojida metall-organik karkaslar alohida o‘rin tutadi. Noyob molekulyar tuzilmalar gazlarni saqlash, filtrlash va ajratish kabi muhim vazifalarni bajara oladi. Ular kimyo sohasida yangi bosqichni boshlab berdi va global ekologik muammolarni hal qilishda katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Ushbu yo‘nalishdagi ilmiy ishlari uchun Richard Robson, Susumu Kitagava va Omar Yagi 2025-yilda kimyo […]
23.04.2026 | 09:00
2217
“VATAN TASHLAB KETMAS HECH QACHON”
1990-yilda Iroq va Quvayt o‘rtasidagi urush paytida 170 000 dan ortiq hindistonliklar begona yurtda qolib ketadi. Pulsiz, aloqasiz va ertangi kunga umidsiz. O‘sha urush sababli Hindiston dunyo tarixidagi eng katta evakuatsiyalardan birini amalga oshiradi – o‘z fuqarolarini urush ichidan olib chiqadi. AIR India kompaniyasi Ginnes rekordlar kitobiga kirgan 488 ta parvozni amalga oshiradi. Bu voqeani […]
22.04.2026 | 09:22
2035
TEMIRMI, TEMURMI YO TIMUR?
Qay birining yozilishi to‘g‘riroq? Amir Temur deymiz va barcha manbalarda shunday yozilgan. Shu bilan birga, Temir ismi ham ko‘p uchraydi. Umuman, Temur/Temir/Timur – turkiy xalqlar ichida eng ko‘p tarqalgan ismlardan biri. Hozirgi o‘zbek tilida kimyoviy modda, ma’danni – temir deymiz. Toshtemir, Eshtemir, Bektemir kabi ismlarda “temir” shakli qat’iy o‘rnashgan, ya’ni Toshtemur demaymiz. Keling, mulohaza uchun […]
20.04.2026 | 17:59
2690
ROJER PENROUZ – QORA TUYNUK SIRLARINI OYDINLASHTIRGAN NOBELCHI
Fizika bo‘yicha 2020-yilgi Nobel mukofoti ikkiga bo‘lindi. Uning yarmi Rojer Penrouzga “qora tuynuklarning paydo bo‘lishi umumiy nisbiylik nazariyasining ishonchli bashorati ekanligini kashf etgani uchun”, qolgan yarmi esa Reynxard Genzel va Andrea Gezga “galaktikamiz markazida supermassiv ixcham obyektni kashf etgani uchun” berildi. Faoliyati Qora tuynuk – bu juda katta massaga ega bo‘lgan favqulodda zich kosmik obyekt […]
20.04.2026 | 16:38
1896
YIGʻLATADIGAN LATIFALAR
Bilamizki, latifalar tinglovchini kuldirish bilan birga inson fe’lidagi illatlar, jamiyatdagi muammolarni satira bilan fosh etishni maqsad qiladi. O‘tgan asrning o‘ttizinchi yillaridagi qatag‘on muhitida quyidagi latifanamo gaplarni o‘qisangiz, xalqimiz tarixining achchiq va alamli bir davri ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Ularda bayon etilgan aql bovar qilmas “jinoyatlar” bizni kuldirmaydi, aksincha, o‘ylatadi, mahzun qiladi, o‘tmishdan xulosa chiqarib yashashga […]
20.04.2026 | 09:00
1735
AYOLIGA YENGILGAN SHOIR
Bir shoirning ayoli matematika o‘qituvchisi ekan. Shoirligi tutib, unga gap qotib qolibdi: – Ikki karra ikki nechchi bo‘ladi?– Nima, shuni ham bilmaydi, deb o‘ylaysizmi? – debdi xotini.– Bilsang, ayt.– Ikki karra ikki to‘rt bo‘ladi, albatta.– To‘ppa-to‘g‘ri, – debdi u, – lekin: Ikki karra ikki to‘rt bo‘ladi,Xotinlar miyasi mo‘rt bo‘ladi. Bu she’rni to‘qiganiga xursand bo‘lib, g‘olib […]
16.04.2026 | 16:32
2077
TEMURBEK NAVKARLARI XIROVULNING YANGI AVLODI
Favqulodda vaziyatlar tabiiy va texnogen xususiyatga ega holatlar bo‘lib, ularga zilzila, sel-u suv toshqinlari, yong‘inlar, ko‘chkilar, kuchli shamol-u bo‘ronlar, shuningdek, ishlab chiqarishdagi avariyalar va boshqa turdagi ofatlar kiradi. Ular kutilmaganda yuz bergani uchun xavfni bartaraf etish tezkor hamda puxta tayyorgarlikni talab etadi. Ushbu materialni tayyorlash uchun hududga yuborilgan jurnalist ham belgilangan manzilga oldindan ogohlantirishlarsiz yetib […]
15.04.2026 | 14:49
2132
NEGA SUQSURDAY DEYMIZ?
Xalqimizda chiroyli, kelishgan, go‘zal qizlarga nisbatan “Suqsurday qiz bo‘pti”, “suqsurdakkina” degan iboralar qo‘llanadi. Bir qarashda bu so‘zda suq so‘zi borligi uchun “suq tegadigan darajada chiroyli” deb ham o‘ylash mumkin. Qizlarga suqsurday deb beriladigan ta’rifdagi suqsur so‘zining ma’nosini hamma ham bilavermaydi. Shuning uchun suqsur so‘ziga alohida to‘xtalyapman. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu so‘zga shunday izoh bor: […]
14.04.2026 | 18:12
2357
QODIRIYNING KITOBI CHIQDI
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Samariddin Qodiriyning hikoya va ertaklarini o‘qidim. To‘g‘risi, ko‘ngilda bir yorug‘lik, yosh qalam egasining yozganlaridan umid paydo bo‘ldi. Bu kichik asarlarda bolalar tafakkuriga mos beg‘uborlik, soddalik seziladi. Uning dunyoga bola nazari bilan qarayotgan turli ismdagi qahramonlari pokizalik va to‘g‘rilik, haqiqat va adolat tarafdorlaridir. Bu juda zarur mezon. Ayrim hikoyalar “Nima […]
14.04.2026 | 10:17
1800
QADRIYATMI, MAJBURIYAT?
O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida mahzun sahna bor: “Bahor devorlarning oftobro‘ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor go‘ristondan boshlanadi. Ilk maysalar mungli do‘ppaygan qabrlar yonboshidan unib chiqadi. To‘ng‘ich chuchmomalar eng avval sukutga cho‘mgan qabriston ustida ma’yus qo‘ng‘irog‘ini chaladi. Bag‘ri qon qizg‘aldoqlar birinchi bo‘lib mana shu yerda ochiladi. Kim bilsin, tabiatning marhumlar ruhiga yilda […]
08.04.2026 | 15:49
2866
QONUN KUCHAYMOQDA. ANDISHA-CHI?
Sharq jamiyatini tartibga solgan asosiy kuch azaldan axloq bo‘lib kelgan. Asrlar davomida andisha, uyat, or-nomus, hayo, iymon, vijdon kabi tushunchalar xalqimizning ma’naviy qonuni hisoblangan. Inson qonundan qo‘rqib emas, odamlardan uyalgani, andisha qilgani uchun huquqbuzarlik va jinoyatga qo‘l urmagan. Avval andisha, or-nomus bilan hal qilingan masalalar taraqqiyot jarayonida qonun va jazo bilan tartibga solinadigan jinoyatlar ro‘yxatiga […]
08.04.2026 | 14:13
2561
“SIZLARNI YUZ YIL KUTDIK!”
O‘tgan asrning 60–80-yillarida yurtdoshlarimizdan kimdir xorijiy mamlakatga sayohat qilsa, u albatta o‘z safari taassurotlarini qog‘ozga tushirib, matbuotda e’lon qilishga oshiqardi. Havasmand o‘quvchilar bu kabi maqolalarni qiziqish bilan mutolaa qilar, o‘zlari ko‘rmagan-bilmagan yurtlar haqida ma’lumot olishga intilardi. Zero, sobiq tuzum davrida kishilarning xorijga chiqishi anqoning urug‘idek noyob hol edi. Bugun esa mustaqillik va erkinlik sharofati bilan […]
08.04.2026 | 12:14
2183
SUMALAK
Sumalak – fors va turk xalqlarining mashhur bahor yemagi, o‘zbekcha – sumalak, tojikcha – sumanak, turkcha – samanu, forscha – samanak, qirg‘izcha – sүmөlөk, ozarbayjoncha – səməni halvasi, turkmancha – semeni, uyg‘urcha – o‘ndurma. “Sumalak” so‘zi etimologiyasi haqida gap ketganda uning forscha shu ma’nodagi “samanu” so‘zidan ekanligi va Islomdan oldin ham mavjud bo‘lganligi aytiladi. Mahmud […]
07.04.2026 | 14:12
816