KUTUBXONA
Kalit so'z: Asosiy
Asosiy
KETDIK, KINOGA TUSHAMIZ!
Yangi O‘zbekistonda ma’naviyat va ma’rifat, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari rivojiga ulkan ahamiyat qaratilayotganini mamlakatimiz va jahon jamoatchiligi e’tirof etayotgani bor gap. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan e’tibori, tashabbus va tavsiyalari bilan yangi-yangi g‘oyalar amalga oshirilmoqda, soha vakillari tomonidan bildirilayotgan asosli takliflar faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu bois, jamiyatimizda “Prezident – ma’naviyatning bosh homiysi” […]
07.03.2025 | 08:51
1533
Asosiy
ZAVOL VA UVOL
Tarix – kimga g‘alaba nashidasini tortiq qilib, yana kimlarga mag‘lubiyat alamlarini tottirgan jang-u jadallar; tarix – jon berib, jon olishlar, o‘zlik uchun kechilgan mardonavor yo‘l, jur’at-u jasorat; tarix – dars, saboq va taassufki… zo‘rlik va xo‘rlik ko‘zgusi hamdir. Ko‘plab repressiv rejimlar o‘z maqsadlariga erishish uchun aybsiz insonlar ustidan turli tuhmat-u bo‘htonlar yog‘dirib, ularni qiynoq bilan […]
04.03.2025 | 16:50
443
Asosiy
“NAJOT” GAZETASI
Muvaqqat hukumatning organi sifatida 1917-yilning mart oyidan haftasiga ikki martadan chiqa boshladi. O‘zidagi qaydga ko‘ra “…siyosiy, adabiy, Turkiston viloyatining g‘azetasi” (gazeta soni qo‘yilgandan so‘ng ruschada “47-yil nashri” degan yozuv berilgan. Bu uning “Turkiston viloyatining gazeti” davomchisi ekanini ta’kidlaganidir. Gazetaning 47 emas, 48-yil chiqishi bo‘lgan). “Najot”ga qo‘sh muharrir – Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li va V.Nalivkin tayinlandi. Shokirjon […]
04.03.2025 | 15:39
784
Asosiy
O‘ZBEK TO‘YLARI: O‘TMISHDA VA HOZIR
O‘zbek jadidlari hayoti va ijodini o‘rgangan xorijlik olimning tarixiy voqelikka, kundalik turmushdagi urf-odatimizga chetdan qarashi, tabiiyki, bizning mushtariylar uchun ham qiziq. Tahririyatimizda mehmon bo‘lgan yaponiyalik jadidshunos Hisao Kumatsuning biz bilan suhbatda bildirgan fikrlari ko‘pchiligimizga xush kelgandi. O‘shanda Hisao Kumatsu janoblari “Jadid” gazetasida o‘z maqolalari bilan qatnashib turish haqidagi taklifimizni ham bajonidil qabul qildi. “Va’daga vafo […]
03.03.2025 | 16:12
2506
Asosiy
“MARD YIGIT EDI… JUVONMARG KETDI”
Yurt osmonidan tuman arimagan bir palla. Bu tuman – zulm va johillik soyasi, bu tuman – ma’rifat nurlarini o‘chirishga urinayotgan mustabidlarning sharpasi edi. Ana shunday og‘ir zamonda ham o‘z a’moliga sodiq ajdodlarimiz bor ediki, ular yashab o‘tgan mash’um yillar va yo‘llar to‘g‘risida so‘z ochsak, bugungi yoshlarga cho‘pchakdek tuyular balkim. Biroq hali o‘ttiz-qirq orasi orzulari ortidan […]
25.02.2025 | 12:20
563
Asosiy
“O‘Z YERNI QO‘YIB…” YOXUD MUSHTARAK MUHOJIRLIK
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkiston hududiga bosqini natijasida minglab mahalliy aholi, jumladan, siyosiy va diniy yetakchilar, jadidlar o‘z vatanlarini tark etishga majbur bo‘ldilar. Ushbu muhojirlik jarayoni bir necha bosqichda kechdi va ularning har biri turli sabablar bilan bog‘liq. Misol uchun, 30-yillarda avj olgan ommaviy qatag‘on siyosati oqibatida minglab ziyolilar, […]
22.02.2025 | 15:50
408
Asosiy
CHO‘LPON QACHON TUG‘ILGAN?
Andijon – Farg‘ona vodiysining Hizr qadami teggan maskanlaridan biri. Bu yerda ko‘plab ajoyib qismat va iste’dod sohiblari yashab o‘tganlar. Boburshoh, Shoh Mashrab, Nodirabegim singari mashhur siymolar shu zaminda ulg‘ayib, yetti iqlimga dong taratganlar. Shaharlar faqat ulkan arboblarning beshiklarigina emas. Odamzodni lol qodiradigan qanday voqea ro‘y bersa, shu voqea shaharlar tarixidan ham joy oladi. Va shu […]
20.02.2025 | 17:37
1206
Asosiy
“JADIDLAR. TURKISTONGA MAKTUBLAR” TURKUMIDAN
Quyida e’tiborlaringizga bundan yuz yil avval Berlin shahridan O‘zbekistonning davlat rahbari Akmal Ikromov nomiga yo‘llangan ikki maktubni havola qilmoqdamiz. Birinchi xat Abduvahob Is’hoq tomonidan yozilgan. Abduvahob Is’hoq o‘g‘li 1904-yil 10-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mashhur jadid muallimlari Sobirjon Rahimiyning “Rahimiya”, Eshonxo‘ja Xoniyning “Xoniya” maktablarida ibtidoiy, Munavvar qori Abdurashidxonovning “Namuna” maktabida rushdiy (o‘rta) ta’lim olgan. 1917-yil do‘sti […]
18.02.2025 | 12:40
1223
Asosiy
QODIRIYNING O‘ZLASHTIRILGAN SHE’RI
Dadamning Inog‘omjon ismli bir oshnalari bo‘lardi. O‘zi O‘zgant mahallalik. Ko‘kterakda katta bog‘i bor, zo‘r sohibkor, eskicha savodxon, adabiyot, kitobxonlikka uncha-muncha qiziquvchi edi. U bizga tez-tez kelib, bog‘ ishlarimizga qarashib, maslahatlar berib turar edi. Kelganda ishdan so‘ng, yo choy-taom asnosi dadam bilan suhbatlashib, ba’zan ko‘zoynak taqib, asarlarini o‘qib o‘tirar edi. Bir gal, u kursidagi yangi yozib […]
17.02.2025 | 15:48
505
Asosiy
“RAQAMLI INQILOB”DAN “YASHIL INQILOB” SARI yoki texnokratlashuvning “malhami” qanday bo‘ladi?
Bugungi kunda dunyo zamonaviy ilm-fan, yangi texnologiyalar va innovatsiyalar tufayli keskin sur’atlarda rivojlanib boryapti. Insoniyat allaqachon virtuallashgan raqamli olamda yashayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kelajakdan qanday umidlarimiz bor, qanday yo‘l tutishimiz kerak, har qanday holatda tanganing ikkinchi tomoni ham bo‘lganidek, insoniyat nimalarni hisobga olib, nelardan ogoh bo‘lishi zarur? Biz shu kabi muhim masalalar yuzasidan O‘zbekiston qishloq […]
16.02.2025 | 11:07
838
Asosiy
“BOBURNOMA” O‘QIYOTGAN OTABEK
Abdulla Qodiriyning badiiy mahoratini, asarlari umrboqiyligini barcha birdek e’tirof etadi. Zero, bunday epik ko‘lamning yuzaga kelish omillari, betakror poetikaning tub ildizi hamda ta’sirlanish asoslarini kuzatish foydalidir. “Boburning ochuq fikrlik…” asari “O‘tkan kunlar” romanining “Majburiyat” faslida shunday epizod bor: “Kechlik oshni o‘tkazgach, Hasanali o‘z hujrasidan kiyinib chiqdi-da Otabek yonig‘a kirdi. Otabek “Boburnoma” mutolaasi bilan mashg‘ul edi”. […]
14.02.2025 | 12:42
776
Asosiy
ALISHER NAVOIY FENOMENI – JAHON AHLI NIGOHIDA
Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi, Sharq Uyg‘onish davrining yorqin namoyandasi Mir Alisher Navoiyning porloq nomi va bebaho merosi xalqimiz tarixida, milliy ma’naviyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Ulug‘ ajdodimiz o‘zining o‘lmas asarlarida ona tilimizning so‘z boyligi va ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, o‘zbek adabiy tiliga asos soldi. […]
09.02.2025 | 11:08
1188
Asosiy
51- RAQAMLI MAHBUS
1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan xalqimizning yuz mingdan ziyod vakili qatag‘on siyosati qurboni bo‘lganini yaxshi bilasiz. Ularning otib tashlangani qancha, nohaq quloq qilingani-yu, surgunga jo‘natilgani qancha?! Ayni raqamlarga aniqlik kiritish borasida hamkasblarimiz tomonidan izchil tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kun tasavvuriga ham sig‘maydigan ayanchli taqdir egalari orasida atoqli arboblar, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, harbiylar, sud-huquq tizimi xodimlari, […]
08.02.2025 | 12:00
513
Asosiy
MAQBUL QURBONLAR
Butun dunyodagi hurriyatchilar orasida bir so‘z bor: «Hurriyat berilmas, olinur. Hech narsa ila olub bo‘lmas, faqat qon va qurbon ilagina olub bo‘lur». Mana bu jumlalar haqiqatga shul qadar muvofiqdurki, hazrati Odamdan shul vaqtgacha hech bir davlat va mamlakatda hurriyatning berilgani, qon va qurbonsiz berilgani tarixlarda ko‘rilmaydur. Balki, har zamon va yerda hurriyat berilmagan, olingan ham […]
05.02.2025 | 15:00
350
Asosiy
KELAJAK YOSHLAR QO‘LIDA. YOSHLAR-CHI?..
Ommaviy axborot vositalaridagi axborot oqimida tez-tez ko‘zga tashlanayotgan salbiy qarashlar, xudbin o‘y-fikrlar, ijtimoiy muhitda uchrayotgan ayrim muammolar xususidagi bo‘rttirishlar urchigandan urchib borayotgan bir pallada bu savol o‘ta keskin tuyular, ehtimol. Ammo xulosa chiqarishga shoshilmay, mavjud manzaraga xolis ko‘z bilan qarab, bir qancha savollarga javob izlab ko‘rish lozim. Aminmizki, shu yurt uchun befarq bo‘lmagan, o‘z xalqining […]
04.02.2025 | 12:40
1003
Asosiy
“MENKIM, SUN’IY INTELLEKT…”
So‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, SI (sun’iy intellekt)ga tayyorlik bo‘yicha xalqaro indeksda O‘zbekistonni birinchi 50 ta davlat qatoriga kiritish ko‘zda tutilgan. Yurtimizda tashkil qilingan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish […]
03.02.2025 | 17:28
2157
Asosiy
BIRINCHI MILLIY YURIST YOXUD O‘Z HUQUQINI HIMOYA QILOLMAGAN TOSHPO‘LATBEK NORBO‘TABEKOV
Hujjatlarga ko‘ra, O‘zbekistonda inqilobga qadar o‘zbeklar orasida yagona oliy ma’lumotli kishi Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning birinchi rahbarlaridan Akmal Ikromov o‘z ma’ruzalaridan birida ta’kidlab o‘tarkan, yig‘ilganlarda uning hayoti, faoliyatiga qiziqish uyg‘ongan. Chindan ham, u kim edi? Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov 1898-yili Toshkentning Olmazor mahallasida kosib To‘raxon domla xonadonida tug‘ilgan. “Beshikdagi bolaning bek bo‘larin kim bilar?” deganlaridek […]
31.01.2025 | 16:46
589
Asosiy
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY
Samarqandlik jadidlardan biri, o‘z vaqtida munaqqid sifatida tanilgan Vadud Mahmud (1897–1975) quyidagi asarida o‘z ustozi Mahmudxo‘ja Behbudiyning dunyoqarashi, amalga oshirgan ishlari hamda Samarqand muhitidagi jadidlar harakati bilan bog‘liq voqealarni esga oladi. Behbudiy faoliyatining matbuot, kutubxona, usuli savtiya maktablari, mohir siyosatchilik bilan bog‘liq qirralari haqida tarixiy sharoit, muayyan shaxslar va voqealar bilan bog‘liq holda hikoya qilinadi. […]
29.01.2025 | 11:22
1355
Asosiy
ABDULLA QODIRIYNING BIRINCHI MAQOLASI
“YANGI MASJID VA MAKTAB” “Mahallamizning taraqqiyparvar ag‘niyolaridan1 muhtaram Yo‘ldosh Hoji janoblari Beshog‘och daha, Eshonguzar mahallasida g‘ishtdan bir masjid bino qildirdilar. Mazkur masjid yoniga uch derazali xibzisihatga muvofiq bir maktab ham soldirdilar. Ishonchli odamlar so‘ziga qaraganda shu sovg‘a maktablariga usuli jadid ila o‘qitadigan muallim keltirib qo‘ymoq niyatida emishlar. Ollohi taolo mazkur boy janoblarini yaxshi niyatlariga yetkazib, […]
24.01.2025 | 10:53
1460
Asosiy
JADIDLIK MILLIY HARAKATI VA TIL-IMLO MASALASI
Til millatning eng katta boyligi, ma’naviy mulkidir. U millatni millat, xalqni xalq qilib turuvchi kuch hamdir. O‘zbek xalqi o‘z tilini saqlab qolish maqsadida butun tarixi ichra juda ko‘p marta bosqinchilar tilini qabul qilmaslik uchun kurashgan va jonini fido qilgan. XX asr boshlarida ham bu muammo bo‘lgan va Turkiston jadidlari turkiy tilni yot so‘zlardan asrash, uning […]
22.01.2025 | 12:50
1405
Asosiy
TEATR: U HOZIR HAM IBRATXONAMI?
Inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.Shavkat MIRZIYOYEV Xabaringiz bor, “Jadid” gazetasining avvalgi sonlaridan birida “Hamma o‘qiyapti. O‘qing!” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Kitob va kitobxonlik tahliliga bag‘ishlangan mazkur material ko‘pchilik yurtdoshlarimiz, ziyolilarimiz orasida qizg‘in munozara va munosabat uyg‘otganidan ruhlangan holda, mavzuga uzviy bog‘liq yana bir […]
21.01.2025 | 12:07
2804