Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

ANBAR IN’OM ETAR SENGA CHECHAKLAR

Sohibdilim – diloro,Ayyit, to‘xtasin karvon,Nay puflagan quyunningEnasimi biyobon?Sohibdilim – diloro,Qayda u chashma giryon.Jilg‘a bo‘lgan ko‘nglimniQuritib bo‘ldi mijgon.Sohibdilim – diloro,Ko‘zim mening qulfmidur,Ochib, nigohim chiqsa,Chopgan qilich zulfmidur?Sohibdilim – diloro,Qaqnus gulxani qani?Bor bo‘lsa, yuzga surtay,O‘tini yo kulini.Sohibdilim – diloro,Ko‘p riyozat chekdim-ku.O‘zim ketdim. Yo‘linggaToatimni ekdim-ku.Sohibdilim – diloro,Vasling sarobmi – ro‘yo.Hofiz emasman, ishqdaAbduvaliman go‘yo. Subhlar ho‘playdi patli havoni,Bir kun yolg‘onchilik […]

03.08.2026 | 16:12

img1058

MINTAQAVIY INTEGRATSIYA, YANGI TOSHKENT MODERNIZMI

O‘tayotgan haftada O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosiy hayotida qator muhim voqealar yuz berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning faol ish jadvali, uning energetikadan tortib bunyodkorlikkacha, mintaqaviy hamkorlikdan global madaniy e’tirofgacha bo‘lgan keng qamrovli faoliyati mamlakatning izchil taraqqiyot yo‘li chizgilarini namoyon qiladi. Energetika sohasidagi strategik vazifalar Xalqimizda chiroq nafaqat yorug‘lik timsoli, balki hayot bardavomligi, an’ana boqiyligi, xonadon […]

31.07.2026 | 16:26

img1386

SAMODAGI O‘ZBEKLAR

Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo‘mitasi (WGSBN) tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari – Kamoliddin Ergashev va Otabek Burhonov nomlari ikki kichik sayyora (asteroid)ga berilgani ma’lum qilindi. Endilikda xalqaro astronomik kataloglarda ushbu osmon jismlari (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomlari bilan qayd etiladi.  Ikki olimning faoliyati bilan yaqindan […]

30.07.2026 | 09:54

img1365

SAFARNOMA SABOQLARI

Shoir Shahriyor Shavkatning Afg‘oniston safarini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib bordim. Safar haqida gazetada e’lon qilingan ikki-uch maqoladan ham xabardorman. Yaqinda Shahriyordan Telegram ilovamga shunday xabar keldi: “Assalomu alaykum. Yaxshimisiz? Sizga bir kitob atagandim, qayerga olib boray?” Xabarni o‘qib, “Jadid” gazetasi 2025-yildagi eng sara maqolalar to‘plamini nashr qilgan chog‘i”, deb o‘yladim. Biroq keyingi yozishmalardan “Hirotga, bobomning […]

29.07.2026 | 12:48

img1506

KASPIY QIRGʻOQLARIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qilarkan, yuqori martabali mehmon Davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Bu yaqin o‘nkunliklar ichida, […]

28.07.2026 | 10:39

img1215

XALOSKOR

– Oyi, kitob olib bering!– Nima qilasan kitobni? Hozir hech kim o‘qimayapti-ku! Uyga boraylik, telefonimni beraman, o‘ynaysan. (Kitob do‘koni yonidagi ona-bola suhbatidan) Radio va televideniye kirib kelganda ko‘pchilik, endi odamlar kitob o‘qimay qo‘yadi, deb jiddiy cho‘chigan edi. Lekin bunday bo‘lmadi. Kitob o‘zining yuksak nufuzini, qadr-qimmatini asrab qoldi. Ammo, afsuski, smartfon paydo bo‘lganidan so‘ng kitobdan uzoqlasha […]

27.07.2026 | 16:15

img488

“MUQADDAS MASKANIM – JANNATMONAND SO‘X!”

O‘zbekistonning xushmanzara, bahavo, tog‘ yon bag‘rida joylashgan tumanning odamlari saxovatpesha, mehnatkash va bag‘rikeng. Shavkat MIRZIYOYEV,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti YANGI HAYOT NAFASI Insonning dunyoqarashi, tafakkuri va turmush tarziga ta’sir ko‘rsatadigan, ona Vatanga muhabbati hamda hayotbaxsh islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltiradigan yangilanishlar jarayoni o‘ziga xos tarixiy davrdir. Bu kabi ezgu orzu-maqsadlarga qanot bo‘luvchi, ertangi kunga ishonchni mustahkamlovchi ne’matning nomi […]

27.07.2026 | 14:57

img995

“ATTANG, SHUNISI CHAKKI…”

Buyuk adibimiz Abdulla Qodiriyning publitsistik asarlari o‘zining qamrovi va keskinligi bilan jadid jurnalistikasida alohida ajralib turadi. Xususan, “Ishtirokiyun” gazetasining 1919-yil 4-noyabrda chop etilgan “Bizda askarlik masalasi” maqolasi ana shunday o‘z vaqtida aytilgan jasoratli fikrlar majmuidir. Maqolada shunday satrlar bor: “Boshqalar tarafindan huquqingning toptalmovi, chetlarga mahkum, mazlum bo‘lmaslik, chet millatlarga o‘z tovushingni eshitdirub, eshitmoqqa majbur etuvg‘a […]

25.07.2026 | 10:51

img1193

ISLOHOTLAR, BUNYODKORLIK VA YANGICHA TAFAKKUR

Jadid namoyandalari “islohot” so‘zining o‘zagini “isloh” deb belgilab, “yaxshilikka o‘zgarish” deb talqin etganlar va ana shunday yuksalishga imkon beradigan zamonni orzu qilganlar. Bugun yurtimizda kechayotgan olamshumul yangilanish va yuksalishni nafaqat millatimiz oydinlari, balki xorijiy mutaxassislar ham chinakam buyuk tarixiy islohot deb baholashyapti. Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda Davlat rahbari etib saylanganidan buyon O‘zbekiston hayotining deyarli barcha sohalarida […]

24.07.2026 | 12:21

img1486

Asosiy

MEHNATGA TUHMAT

Saidg‘ani Abduqayumov 1884-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘n sakkiz yoshida rus-tuzem maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Bu paytda yangicha bilimli yoshlarga xususiy savdo firmalarining eshigi ochiq edi. U ham tengdoshlari kabi mehnat faoliyatini ishchi sifatida boshlaydi. 1905-yil kuzagidagi inqilobiy namoyishlar va tartibsizliklar guvohi, hatto, ishtirokchisiga aylanadi. Oradan ko‘p o‘tmay, 1906-yilda “E.Sindel” firmasiga ishga kiradi. Eng gullagan […]

23.07.2026 | 16:14

img1803

BULBUL SUKUTI

– Nimaga yig‘layapsan? Dabdurustdan berilgan bu savol ulkan bog‘ning chekka bir burchagida, ovloq joydagi kursi chetida omonatgina o‘tirgan qizni seskantirib yubordi. Uning qovoqlari shishib, ko‘zlari qizarib ketgan edi. – O‘zim… – dedi qiz ovoz kelgan tarafga umidvorlik bilan o‘girilib, hiqillagancha. Qarshisida barmoqlarida bir dona qirmiz gulg‘uncha ushlab olgan, o‘zini dadil ko‘rsatishga urinayotgan xushbichimgina yigit ko‘ziga […]

23.07.2026 | 10:43

img1276

Asosiy

PARIJDAGI MEROSIMIZ

Ayni kunlarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov Fransiyada ilmiy tadqiqot olib bormoqda. U Parij shahrida joylashgan Insonshunoslik fanlari fondining “Taklif etilgan professor” dasturi stipendiyasini qo‘lga kiritgan. Hurmatli olimimizning xorijdan yo‘llagan maqolasi mushtariylarimizni bee’tibor qoldirmaydi, deb ishonamiz. TAHRIRIYAT E’tibor oshmoqda Keyingi yillarda O‘zbekistonning xorijdagi merosi, ayniqsa, qo‘lyozma merosimizni o‘rganishga keng miqyosda […]

22.07.2026 | 16:52

img1449

BIR OILA TARIXI

So‘lim Farg‘onaning munis bag‘ridaBor olti ariqdan suv ichgan qishloq.UndaChorak asr mendan naridaBolaligim chopar to‘zg‘itib tuproq… Erkin VOHIDOV Aka – suyanchiq, tirgak, maslakdosh, shu bilan birga, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi shamchiroq. Xalqimizning ardoqli farzandi Erkin Vohidov amakimning o‘g‘li, qadrdon akam edi. Har bir oilaning tarixi, o‘ziga xos sir-asrori bo‘ladi. Vohidovlar oilasining ham o‘z tarixi bor. Abduvohid bobomizning […]

21.07.2026 | 16:32

img1499

ALIFBOMIZ ISLOHGA MUHTOJMIDI?

Alifbo islohidan tashvishlanayotgan va bu takliflarni to‘g‘ri qaror deb hisoblamaydigan yurtdoshlarimiz kam emas. Lekin avvaldan noqulay, xatolari ko‘p alifboni qo‘llashda davom etish, alifbo osonlikcha yozilmagani, bexato yozishga mos bo‘lmagani uchun xato yozuvlarni qabul qilishda davom etaverish ham yana noo‘rin. Nihoyat, ko‘p millatdoshlarimiz qo‘llay olmayotgan, maktablardagina qoidalar bo‘yicha yozilib o‘rgatilayotgan, texnika tanimaydigan, tan olmaydigan, husnixatda ham […]

21.07.2026 | 12:14

img1342

Asosiy

IMTIHONDAN KEYINGI O‘YLAR

Har yili yoz fasli men uchun jo‘shqin va mas’uliyatli pallaga aylanadi. Chunki bu paytda universitetimizga katta orzu-umid va maqsadlar bilan yuzlab yoshlar qadam qo‘yadi. Ular bilan yuzma-yuz suhbatlashish, fikrlash tarzi, dunyoqarashi, qiziqishlari va orzularini tinglash menga har safar bir haqiqatni anglatadi – har bir avlod o‘z zamonasining farzandi. Ijodiy imtihonlar men uchun doimo qiziq, chunki […]

21.07.2026 | 09:00

img1257

KO‘ZGA KO‘RINMAS XAVF YOXUD BUGUN DALADA QOLDIRGAN PLASTIGIMIZ ERTAGA DASTURXONIMIZGA QAYTISHI HAQIDA

Dehqon va fermer uchun yer – jon, suv – qon, hosil – ro‘zg‘or. Biz butun umrimizni dalada o‘tkazamiz, undan non, paxta, meva va sabzavot olamiz, oilamizni boqamiz, yurtimizni ta’minlaymiz. Yerga mehrimiz shunchalik kuchliki, uning har bir qarichini kaftimizdek taniymiz. Ammo dunyo ilmi ana shu aziz tuprog‘imizga, suvimizga va dasturxonimizga ko‘zga ko‘rinmas yangi bir xavf asta-sekin […]

20.07.2026 | 14:11

img1162

TURKIY DUNYO KUTUBXONALARI BIRLASHMOQDA

Bundan roppa-rosa bir asr avval Boku shahrida turkiy dunyoning 131 nafar fidoyi ziyolisini bir davraga jamlagan ilk tarixiy Turkologiya qurultoyi bo‘lib o‘tgan edi. Oradan yuz yil o‘tib, bu yerda “Turkiy dunyo haftaligi” yuqori saviyada tashkil etildi. Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan kelgan yuzdan ziyod olim va turkologlarni birlashtirgan xalqaro anjumanning ochilish marosimi haqiqiy ma’rifat bayramiga […]

20.07.2026 | 12:20

img1119

Asosiy

PANJA VA YURAKDAGI CHANDIQ

Sovet tuzumi davrida millatimiz boshiga tushgan qatag‘on – tarixga “katta terror” nomi bilan kirgan vahshat zamonlardan buyon deyarli to‘qson yil o‘tdi. Bu davrning asl guvohlari allaqachon chin dunyoga rixlat qilishgan. Oramizda yoshi to‘qsondan hatlagan tirik guvohlar sanoqligina. Ularning “tirik guvohligi” – ota-onalaridan eshitganlari, davr qiyinchiliklarini mushtdek boshlari bilan tortganlaridan nariga o‘tmaydi. Hujjatgohlarda saqlanayotgan “jinoyat ish”lari, […]

17.07.2026 | 16:36

img1515

Asosiy

BIR BOSHGA IKKI O‘LIM 

1938-yil. Mart oyining oxiri. Moskva. Stalin, Molotov, Kaganovich, Voroshilov va Jdanov imzosi bilan navbatdagi qatl ro‘yxati tasdiqlandi (ushbu ro‘yxat hozirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti arxivida saqlanadi). Unda O‘zbekistondan 165 nafar shaxs nomi qayd etilib, ularning 155 nafari birinchi toifa bilan otuvga mahkum etilgan edi. Oradan yarim yil o‘tib, 4-15-oktyabr kunlari SSSR Oliy Sudi harbiy kollegiyasining sayyor […]

16.07.2026 | 09:35

img1367

USTOZLARGA UNSIYAT

Men o‘tayotgan kunlarimga nisbatan juda soddaman yoki bolalikning tabiati hech qo‘yib yubormagan. Hozir kim ham ustozlarga unsiyat, ularga ixlos, ato etilgan ma’naviy vorislik haqida Muso Xudo qarshisida turgandek turib bosh qotiradi, deysiz.     Ustozim Omonilla Madayev qazo qilishlaridan bir necha kun oldin shifoxonadan qo‘ng‘iroq qildilar. Ovozlarida dard bor edi. Tashvishlarimni yengolmadim, borolmadim, bormadim. Armon yurakning ustiga […]

15.07.2026 | 10:51

img1264

MONTESSORI FAQAT ZAMONAVIY MAKTABMI?

“Namuna” xalqaro Montessori maktabi asoschisi Muhammad RASUL bilan suhbat – Bilamizki, yurtimizda Montessori mutaxassislarini tayyorlovchi oliygohlar yo‘q. Siz esa birinchilardan bo‘lib haqiqiy Montessori ta’lim tizimida faoliyat yuritadigan “Namuna” xalqaro maktabini ochgansiz. Bosib o‘tgan yo‘lingiz haqida to‘xtalib o‘tsangiz. – Assalomu alaykum. Dastlab Jahon tillari universitetining ingliz tili fakultetini tamomladim. Keyin Latviyaga magistratura yo‘nalishiga o‘qishga  kirdim. O‘qish […]

14.07.2026 | 16:09

img1189

JADID KUTUBXONASI