Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

Asosiy

SULAYMON MULKINING MUHRI

Yaqinda maktablardan biriga borgan Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov o‘zini sinfxonaga taklif qilgan mutasaddilarga “darsni buzishga hech kim, hatto hokimning ham haqqi yo‘q” deb aytgan gapi ijtimoiy tarmoqlarda ancha qizg‘in muhokama qilindi. Mas’ul shaxsning maktab, muallim va o‘quvchiga nisbatan bunday hurmati e’tiborga loyiq, albatta. | Bu o‘rinda gap Navoiy shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi haqida ketmoqda. O‘tgan […]

18.04.2024 | 09:43

img399

Asosiy

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING YOSH AVLODGA MUROJAATI

Tarixdan ma’lumki, buyuk jadid bobolarimiz o‘z zamonasining fido­yisi, bo‘lg‘usi ozod jamiyatning faol targ‘ibotchisi bo‘lishlari barobarida, yosh avlod uchun ibrat namunasidir. Ana shunday jadidlarning yorqin namoyandasi, shubhasiz, Mahmudxo‘ja Behbudiy sanaladi.  Taniqli jadidshunos olim Begali Qosimov o‘z davrida jadid bobomizni shunday tavsiflagan edi: “Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr bo‘sag‘asidagi Turkistonning orzu-armonlaridan biri sifatida maydonga keldi. U o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy […]

18.04.2024 | 09:35

img4696

YUSUFBEK HOJINING MARTABASI

Badiiy asar mukammal bo‘lsa, unda boqiy so‘z egasining pokiza tuyg‘ulari samimiy tarannum etilsa, nafosatga tashna ilm-ma’rifat ahli har vaqt bunday asarga qayta-qayta murojaat qilaveradi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani shunday – doimiy murojaatga munosib durdona asardir. Bir asrdan beri qodiriyshunoslar bu roman haqida juda qimmatli adabiy talqinlar va maqolalar yozishdi. Bir tomondan qaraganda, roman hajmidan […]

18.04.2024 | 08:58

img1685

Asosiy

ZAVOLSIZ ISHQ

Yoymachi ko‘klam ramazon oyi arafasida qut-barakotli qor-u yomg‘irlari bilan shitob kirib keldi. Ulug‘ ayyomlar arafasida ma’ruf odamlar bir-birlarini yo‘qlash, hol-ahvol so‘rashish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga moyil bo‘ladilar. Milliy udumlarimiz ham doim odamgarchilikni yodga soladi. Shak yomg‘irlari ushbu insoniy tuyg‘ularni yanada kuchaytiradi. Eshigimda shoir Mahmud Toirning gulduragan tovushi eshitildi.  – Diydor g‘animat, deb kelaverdim, Ibrohim aka, aybga buyurmang, […]

18.04.2024 | 08:52

img367

UYG‘OTGAN HAM, UYG‘ONGAN HAM OMON BO‘LSIN

DA’VAT Uyg‘oq dilni uyg‘oq ruhlar xush ko‘rgaydir, Gʻaflat bosgan bo‘lar-bo‘lmas tush ko‘rgaydir, Imon hushyor yuragida nish urgaydir, Har millatda uyg‘otguvchi inson bo‘lsin, Uyg‘otgan ham, uyg‘ongan ham omon bo‘lsin. Vatanparvar vatan ichra bir vatandir, Oppoq guldek chaman ichra bir chamandir, Millat mardi millat uchun oliy sha’ndir, Ergashganlar mudom mardlar tomon bo‘lsin, Uyg‘otgan ham, uyg‘ongan ham omon […]

18.04.2024 | 08:34

img469

TARAQQIYOT XURUJI

Nihoyat, O‘zbekiston ko‘chalarida ham elektromobillar ko‘payib qoldi. Xitoy tomondan shovqin-suronsiz, sassiz bostirib kelgan bu mashinalar bozorlarni zabt etgach, shahar bo‘ylab yoyilib ketdi. Bundan ikki yil avval ko‘chada onda-sonda ko‘zimiz tushgan elektromobilga hozir har qadamda duch kelamiz. Chunki Xitoyning yetakchi elektromobil ishlab chiqaruvchi BYD singari kompaniyalari dunyo bozorida Yevropa va Amerika kompaniyalarini ham dog‘da qoldirmoqda.  Kompaniya […]

17.04.2024 | 12:03

img237

NOBEL MUKOFOTI LAUREATINING MIRZO ULUG‘BEKKA MAKTUBI

Bu kun buyuk qomusiy olim, Amir Temurning nabirasi, “astronomiya shahzodasi” Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi jahon hamjamiyati tomonidan keng nishonlanmoqda. Ushbu muhim voqea arafasida “Samarkandiana” ensik­lopedik loyihasiga dunyoning turli davlatlari tomonidan katta qiziqishlar bildirilyapti.  Shveytsariyalik taniqli astrofizik, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Mishel Mayor Samarqand xalqaro tex­nologiya universiteti qoshida yangi tashkil etilgan “Inson. Madaniyat. Tinchlik” […]

17.04.2024 | 12:00

img691

Asosiy

TURKISTONDAN RUHIY MADAD OLGAN JADID

Jadidlik harakati tarixi haqida so‘z borganda beixtiyor qrimlik Ismoil Gʻasprali tilga olinadi. Ta’kidlash lozimki, Turkistonning uyg‘onish yo‘liga chiqishida Ismoil Gʻas­prali tashkil etgan “Tarjimon” (1883-yil 10-aprelda chiqa boshlagan) gazetasining o‘rni katta bo‘ldi. Uning o‘zi 1893 va 1908-yillarda ikki marta Turkistonga sayohat qildi. Ismoil Gʻasprali va uning “Tarjimon” gazetasi Turkiston jadidlari, umuman, butun o‘lkada jadidlik harakatining shakllanishida […]

13.04.2024 | 19:32

img458

ALLA

Xalq orasida “alla” so‘zi “Alloh” ismidan, go‘dak qulog‘iga “Alloh” ismini singdirish uchun shunday aytilgan, degan qarash bor. Ammo Shavkat Rahmatullayevning “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da “alla”ga shunday izoh berilgan: “Bu ot qadimgi turkiy tildagi “tinchlanish” ma’nosini bildirgan ala (ala-ala) undov so‘zidan o‘sib chiqqan; o‘zbek tilida “a” unlilari “ä” unlilariga almashgan, “l” undoshi qatlangan: ala-ala › alla […]

13.04.2024 | 18:05

img1873

BUGUN AQLIY O‘YINLAR ZAMONIMI?

Bir paytlar keksalardan: “Odamning yoshi ulg‘aygan sayin bolaligiga tez-tez qaytadigan bo‘lib qolarkan”, degan gapni eshitsam hayron bo‘lardim. Endi shu holatni o‘zim boshdan kechiryapman. Ayniqsa, nevaralarimning o‘zaro munosabatlari, mashg‘ulotlari-yu o‘ynayotgan o‘yinlarini ko‘rganimda shunday holatga tushaman. Bolaligim kechgan davr ko‘z oldimdan o‘ta boshlaydi. Bugungi go‘daklarning nafaqat o‘yin va mashg‘ulotlari, o‘zaro gap-so‘zlari ham boshqacha. To‘g‘ri, davr o‘zgardi, fan-texnika […]

13.04.2024 | 17:40

img446

XALQLARNI TUTASHTIRUVCHI NUQTA

Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammadali ISKANDARIY bilan suhbat – Hurmatli elchi janoblari, avvalo, sizni va siz orqali butun Eron xalqini qadimiy va umumiy bay­ramimiz – Navro‘z ayyomi bilan tabriklaymiz. Xalqingizga shodiyona kunlar davomiyligini tilagan holda, keling, suh­bati­mizni Navro‘z haqidagi mulo­ha­zalar bilan boshlasak. Siz bu bayramning o‘ziga xosligini nima­da deb bilasiz? – Navro‘zning ilk […]

13.04.2024 | 16:52

img353

OLAM TAROZISINING SHAYINI

Sharq donishmandligi azal-azaldan yovuz­likdan ezgulik, qorong‘ilikdan yorug‘lik, yomonlikdan yaxshilik, qattiqdan yumshoq kuchli va sabotli ekani borasida saboq berib keladi. Ko‘p yillik mustahkam daraxt keksalikdan darak bersa, endi ko‘klayotgan navnihol, yoshlik tantanasi o‘laroq, dovul-u bo‘ronlarga bardoshli ekani ayni haqiqatdir. Ma’lumki, muvozanatini yo‘qotgan har bir narsa zavolga yuz tutishga mahkum. Tabiat ham shunga ko‘ra o‘z mutano­sibligini saqlab, […]

13.04.2024 | 16:44

img287

HAR KUNIMIZ NAVRO‘ZDEK GO‘ZAL, NAVRO‘ZDEK FAYZLI VA MAZMUNLI BO‘LSIN

21-mart kuni poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida Navro‘z bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi. Adirlarda, baxmal qirlarda bahor shukuhi kezishi bilan uning ortidan inson ruhiyati va qalbini jo‘sh urdi­rib, Navro‘zi olam kirib keldi. Bu yilgi yasharish fasli – bahor ham ma’rifatli jamiyat qurishdek ulug‘ maqsadlarga hamohang bo‘lmoqda.  Ko‘ngillar xayrli amallardan bahra olayot­gan har bir kunda inson qalbi bayramona […]

13.04.2024 | 16:22

img293

HAR BAHORDA SHU BO‘LAR TAKROR…

Ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat, saxovat va muruvvat, bunyodkorlik va olijanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar eng qadimiy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z timsolida asrlar davomida ulug‘lanib, sayqal topib kelmoqda. Shavkat MIRZIYOYEV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  “Navro‘z” – yangi kun demakdir. Buni ko‘pchilik yaxshi biladi. Yangi kunda fasllar almashib, o‘t-o‘lanlar jonlanadi; dehqon ezgulik dalasi – otiziga umid urug‘ini ekadi; […]

13.04.2024 | 16:09

img399

“QADAMING QUTLUG‘ BO‘LSIN, “VATAN”!”

Keyingi yillarda mamlakatimiz madaniy hayotida ko‘plab e’tiborga molik voqealar ro‘y beryapti. Yaqinda yurtimizda “Vatan” deb nomlangan yangi jurnalning nishona soni nashrdan chiqarilgani ham shundan dalolat beradi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining sa’y-harakati bilan dunyoga kelgan mazkur nashrdan milliy o‘zlik, ona yurtga muhabbat tarannum etilgan maqolalar, hikoya va she’rlar o‘rin olgan. Uning ilk sahifasi qardosh ozar shoiri […]

13.04.2024 | 16:01

img268

JALG‘IZTEREK TIRGAGI

Zulfiya Turdimurodova Eshjon do‘kondor bilan Anifa muallimaning erka qizi edi. U Mo‘ynoq tumanidagi Qorajar ovulida tug‘ilgan. 16 yoshida maktabni tugatdi. O‘qigan maktabida kuni uzaytirilgan guruhga ustoz kerak bo‘lib qoldi va direktor a’lochi o‘quvchisi bo‘lgan Zulfiyani ishga qabul qildi. Oliy o‘quv yurtida sirtdan o‘qishni orzulayotgan qizga bu qo‘l keldi. Chunki sirtqi bo‘limga o‘qishga kirish uchun bir […]

13.04.2024 | 15:57

img296

TURKISTON HURRIYATI YO‘LIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muslimbek Alijonovning “Turkiston hurriyati yo‘lida” deb nomlangan kitobi chop etildi. Kitob mundarijasi 1929- 1939-yillar orasida Fransiya­ning Parij shahrida nashr etilgan “Yosh Turkiston” jurnalidan olingan iqtiboslar va muallifning fikr-mulohazalari, izohlari bilan boyitilgan. Muallif uch tayanchi, uch atoqli shaxs […]

13.04.2024 | 15:54

img557

GULLAGAN KAKTUS

Bir ayolning xonadonida ko‘p yillik kaktus ilk bor gulladi. “Ajabo, – deb o‘yladi ayol ko‘kish gulchalarga tikilib, – jahldor ayolning kaktusi gullamaydi, deyishardi…” Kaktusi haqida o‘ylagancha tiqilinch metroda ketar ekan, u bir erkakning oyog‘ini behos bosib oldi va tanbehga javoban doimgidek: “Shunchalar ta’bi nozik ekansiz, marhamat qilib taksida yuring!”, – deb o‘shqirmadi. Aksincha, mulo­yimlik bilan, “kechirasiz, […]

13.04.2024 | 15:49

img440

MASH’UM DAVR MAZLUMALARI

Har bir millat va elatning o‘z tarixi bor. Tarix zamirida esa, milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘usi mujassam. Sir emaski, mustabid tuzum davrida xalqimizning ana shu muqaddas tuyg‘usi toptaldi, tariximizni xolis o‘rganishga yo‘l berilmadi, milliy va diniy qadriyatlarimiz oyoq­osti qilindi.  Oktyabr to‘ntarishi oqibatida Turkistonda zo‘rlik bilan o‘rnatilgan sovetlar tuzumi o‘z hukmronligining dastlabki […]

13.04.2024 | 15:47

img473

“XURSHID” MUSHTARILARINA OCHIQ MAKTUB

1906-1908-yillar orasida biri-birining davomi bo‘la oladigan “Taraqqiy”, “Xurshid”,“Shuhrat” va “Osiyo” nomli to‘rt nashr paydo bo‘ldi. Ismoil G‘asprali “Xurshid”ni “sof milliy” gazeta deb atadi. Gazeta “tili”ni boshqalarga o‘rnak sifatida ko‘rsatish maqsadida unda bosilgan ayrim maqolalarni o‘zining “Tarjimon”ida qayta nashr qildi. “Xurshid” gazetasi yopilguniga qadar “Tarjimon” bilan hamkorlik qildi. Afsuski, yuqorida tilga olingan to‘rtala gazeta ham juda […]

13.04.2024 | 15:41

img674

KITOB HAYOTNI BEZAYDI

Xalqimiz azaldan savob ishlar qilishni o‘tkinchi umrning mazmuni, deb bilgan. Darhaqiqat, maktablar qurish, yo‘llarni sozlash, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishdek xayrli yumushlar inson hayotini bezaydi. Ayniqsa, muqaddas ro‘zai ramazon oyida ezgulik yo‘lida nafsni jilovlash ruhiyatimizga yengillik, qalbimizga quvonch bag‘ishlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik […]

13.04.2024 | 15:35

img423

JADID KUTUBXONASI