KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
ALEKSANDR FLEMING – PENITSILLIN KASHFIYOTCHISI
Hayot yo‘li Aleksandr Fleming 1881-yilda Shotlandiyaning Ayrshir hududida tug‘ilgan. U Londondagi Muqaddas Mariya shifoxonasi tibbiyot maktabidagi tahsil jarayonida bakteriologiya sohasiga qiziqib qoladi. Ilmiy faoliyatida professor Almrot Rayt muhim o‘rin tutgan. Uning rahbarligida immunitet, infeksiyalar va bakteriyalar bilan bog‘liq tadqiqotlar olib bordi. Shu davrda Fleming kuzatuvchanligi va tajribalarga tanqidiy yondashishi bilan e’tiborga tushdi. Birinchi Jahon urushi […]
19.08.2026 | 09:48
1922
QADRLI TUHFA
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning bir she’rida shunday satr bor: “Qaldirg‘ochlarga ber ayvonlaringni”. El-yurtimizning bebaho fazilatlari tasvir etilmish bu ezgu da’vatda shoir ijodining asosiy mazmuni va tiynati ham mujassam, desak, xato bo‘lmas. Shu ma’noda, shoirning yaqinda rus tilida nashr etilgan yangi kitobi “Отдай ласточкам свои веранды” deya nomlanishi bejiz emas. Aytish mumkinki, muallifning rus tilida […]
18.08.2026 | 10:17
1890
O‘ZBEKISTONNI TANIMOQ BAXTI
XIX asr oxiri va XX asr boshida Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlari ikki bor Turkiya shaharlariga tashrif buyuradi. Ayniqsa, 1914-yildagi safari “Oyina” jurnali sahifalarida batafsil yoritiladi. Allomaning jadidlik g‘oyasi va islohotlariga kuch-quvvat bergan omil ham ayni safar taassurotlari, xususan, Kichik Osiyodagi taraqqiy mevalariga guvoh bo‘lganidir. Bugun esa O‘zbekistondan o‘rganiladigan davrlar keldi. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa […]
18.08.2026 | 09:30
1688
XIDEKI SIRAKAVA – QOLIPLARGA SIG‘MAGAN TAFAKKUR
Hayot yo‘li U 1936-yil 20-avgustda Yaponiyada, harbiy shifokor oilasida tug‘ildi. 1961-yilda Tokio texnologiya institutini kimyoviy muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. 1966-yilda doktorlik darajasini olgach, ilmiy faoliyatini kimyoviy resurslar laboratoriyasida assistent sifatida boshladi. 1976-yilda AQSHning Pensilvaniya universitetiga taklif etildi. Bu yerda amerikalik olimlar Alan Makdiarmid va Alan Xiger bilan hamkorlik qildi. Uch olimning birgalikdagi tadqiqotlari zamonaviy materialshunoslik […]
12.08.2026 | 12:31
2253
TO‘G‘RILANG
Aqli pesh donish ustodlar aytmishki, bandayi yetuk o‘z holicha taraqqiy topmas, aning kamoli uchun tajriba g‘alviridan o‘tgan hikmat javhari, soniyan, shaxsiy namuna zarur va lobiddur. Kamina xodimingiz ham gahi peshin og‘ib, musicha qunushgan kezlari lohas va lanj bo‘lib, ayni chog‘ kutilmagan va tutilmagan hayotiy pandlarga yo‘liqib, ilhom iskanjasida jazbaga tushib, nos chaktirilgan ilonday to‘lg‘oqqa tushurman. […]
11.08.2026 | 16:23
1121
OMON MATJON: “AVVALGILARGA O‘XSHAMAS…”
1986-yili “Shu’la” to‘garagida shoir Omon Matjon bilan uchrashuv o‘tkazilganida bir qancha mavzular qatori Alisher Navoiyga atab ul zoti muborak nomi bilan atalgan ko‘cha maydoniga o‘rnatilgan haykal haqida mulohazalarini aytib o‘tgandi: “Talabalik paytimizda Navoiy tavalludiga baxshida tantanaga olib borishganida, kursdoshlarimiz orasida guldasta qo‘yish mening chekimga tushgandi. Men kursimiz nomidan bir quchoq oq va qizil chinnigullarni bobomiz […]
05.08.2026 | 11:36
2832
“YO JONIM, MUHABBAT!”
Zamonaviy o‘zbek she’riyatining taniqli va o‘ziga xos ovoziga aylangan shoir Abduvali Qutbiddinning “Tanlangan asarlar”i chop etildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr qilingan mazkur to‘plamda shoirning qariyb qirq yillik ijodiy izlanishlari va badiiy kashfiyotlari jamlangan. Kitobga ijodkorning hayotlik davrida chop etilgan asarlari saralab kiritilgan, shu bilan birga, avval nashr yuzini ko‘rmagan “Koshiniy” to‘plamidan ham namunalar o‘rin […]
05.08.2026 | 09:52
2462
IQLIM “BARMOQ IZLARI”
2021-yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofotining yarim ulushi “Yer iqlimini fizik modellashtirish, iqlim o‘zgarishini aniqlash va global isishning ishonchli tahlili uchun” Klaus Xasselman va Syukuro Manabega berildi. Hayot yo‘li Syukuro Manabe 1931-yil 21-sentyabrda Yaponiyada tug‘ilgan. Tokio universitetida meteorologiya mutaxassisligi bo‘yicha 1953-yilda bakalavr, 1955-yilda magistr darajasini oldi. 1959-yilda doktorlik ishini muvafaqqiyatli himoya qilgach, AQSHga ko‘chib o‘tdi. Avval […]
03.08.2026 | 09:20
2442
SAHIFALARDAGI SABOQLAR
Tarix – xalqning o‘tmishi, buguni va ertasi o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik. Tarixini teran anglagan millatgina kelajagini ishonch bilan barpo etadi. Shu ma’noda, arxeolog, tarixshunos va publitsist Amriddin Berdimurodovning “Sahifalarga sochilgan saboqlar” kitobi shunchaki ma’lumotlar jamlanmasi yoki tarixiy sana, hodisalar sharhidan iborat emas. Unda tarixni xalqning muqaddas xotirasi deb e’zozlovchi, butun umr osori-atiqalar, qadimiy yodgorliklarni izlab topish, […]
01.08.2026 | 10:06
2194
KARL BARRI SHARPLESS – IKKI KARRA NOBELCHI
Hayot yo‘li Karl Barri Sharpless 1941-yil 28-aprelda, AQSHning Filadelfiya shahrida tug‘ilgan. 1963-yilda Dartmut kollejini tamomladi. Stenford universitetida kimyo bo‘yicha doktorlik (PhD) ilmiy darajasini oldi. Faoliyati davomida Massachusets texnologiya instituti hamda Kaliforniyadagi Skripps tadqiqot institutida faoliyat yuritgan. Asosiy tadqiqotlari organik sintez, katalitik reaksiyalar va yangi molekulalarni yaratish texnologiyalariga bag‘ishlangan. Ilmiy yutuqlari Asimmetrik katalitik oksidlanish usullarini ishlab […]
29.07.2026 | 10:24
2374
AYOLLAR YUKINI KO‘TARGAN ERLAR
Shu kunlarda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga guvoh bo‘lib qoldim. Jiyanimga hamroh bo‘lib, poytaxtga kelib-ketdim. Abituriyentlar test sinoviga kirib ketgach, soyaga o‘tib, atrofni kuzata boshladim. Ota-onalar, qarindoshlar, yoshlarning o‘rtoq-dugonalari… E’tiborimni tortgani – yigitlarning ayollar sumkasini ko‘tarib yurgani bo‘ldi. To‘rt soat o‘tirgan bo‘lsam, elliktacha shunday holni ko‘rdim. Qiziqish ustunlik qilib, gapga ham soldim. Deyarli hammasi turmush […]
28.07.2026 | 11:16
2438
TAJRIBA MAHSULI
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Jamiyat rivojida tahliliy janrlarning o‘rni (sport jurnalistikasi misolida uslubiy qo‘llanma)” asari nashr etildi. Kitob muallifi jurnalistika sohasida qariyb ellik yillik tajribaga ega bo‘lgan taniqli ijodkor O‘ktam Mirzayordir. “Ushbu uslubiy qo‘llanmani ishlab chiqish xayoli ancha vaqtdan buyon fikr-u zikrimni band etib kelayotgan edi, – deb […]
22.07.2026 | 12:01
2819
Asosiy
ALEKSEY YEKIMOV – ZARRA DUNYOSINING ULKAN KASHSHOFI
2023-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Mungi Bavendi, Luis Bryus va Aleksey Yekimovga “kvant nuqtalarini kashf etgani va sintez qilgani uchun” berildi. Bu safda Yekimov olamshumul kashfiyotlar sari ilk qadamni tashlagani bilan ajralib turadi. Hayot yo‘li Aleksey Ivanovich Yekimov 1945-yil 28-fevralda Rossiyaning hozirgi Sankt-Peterburg shahrida tug‘ilgan. 1967-yilda Leningrad davlat universitetining fizika fakultetini tamomladi. 1974-yilda A.F.Ioffe nomidagi […]
22.07.2026 | 09:37
2658
QIZINI ASRAGAN – YUZINI ASRAGAN
Bugun globalizatsiya va integratsiya jarayonlari insonlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatayotgandek. Buni biz birgina Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida 2025-2026-yilning dastlabki 5 oyida 24 nafar voyaga yetmagan qizning viloyatdagi IIBga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilganida anglaymiz. Yana ham ayanchlisi, shu muddat mobaynida voyaga yetmagan 15, 16, 17 yoshli qizlarning 6 nafari ona bo‘lgan. […]
16.07.2026 | 15:50
3102
KO‘Z ILG‘AMAS KASHFIYOT
“Elektronlar fotosuratchisi” nomi bilan mashhur Ann L’Yuilye zamonaviy fizikaning eng nufuzli olimlaridan biri hisoblanadi. U elektronlar harakatini kuzatishga imkon bergan ilmiy tadqiqotlari orqali dunyo ilm-fanida katta burilish yasadi va ushbu yutug‘i uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Hayot yo‘li Fizikada shunday hodisalar borki, ular inson tasavvuridan ham tez kechadi. Atom ichidagi elektronlar harakati ana shunday sirli […]
15.07.2026 | 14:04
2776
GʻAROYIB VOQEALAR
“Feruzbek sekin orqasiga o‘girildi. Yerda yotgan kitobga razm soldi. Eshitganlariga ishonqiramay, ko‘zlarini qo‘llari bilan uqaladi. – Nahotki, kitob gapirgan bo‘lsa? – dedi o‘ziga o‘zi sekin ovozda.– Ha, polvon bola, men gapiryapman. Qani, yonimga kela qol-chi. Yaqindan tanishib olaylik, – kitobdan yana ovoz keldi. Feruzbek kitob tomon yaqinlashdi. Bor kuchini bir joyga jamlab, kitobni yana ochishga […]
14.07.2026 | 15:15
2721
ZOMINDA YANA ADABIYOT BAYRAMI
Adabiyot – millat qalbining jarangdor sadosidir. Har bir xalq asl qiyofasini o‘zining adabiyoti orqali namoyon qiladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan an’anaviy Zomin seminari qariyb o‘ttiz yildirki, yosh iste’dodlarni kashf etish uchun katta bir sahna vazifasini o‘tayapti. 7–9-iyul kunlari Zominning so‘lim tabiati bag‘rida navbatdagi anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning barcha hududlaridan 136 nafar yosh qalamkash […]
10.07.2026 | 14:23
2990
BIZ BILGAN VA BILMAGAN TARIX
Bir kuni tong payti padari buzrukvori uni mahalladagi ta’ziyaga olib boradi va… butun Yevropani hayratga solgan “Boysun Madonnasi” ana shu xonadon sohibi Ro‘zi akaning ayoli ekanini tasodifan bilib qoladi! …Shundoq yonginasida, o‘z mahallasida yaratilgan buyuk asar haqida uzoq Yevropaning qoq markazidagi mamlakatda eshitib qaytgandi u! Uning o‘zi tugul, umr bo‘yi shu yerda, shu xonadon bilan […]
23.06.2026 | 15:25
3796
GʻALABANING ONASI TAJRIBADIR
Assalomu alaykum, aslzoda o‘qirmanlar va futbol ishqibozlari. Bugun futbol haqida ikki og‘iz gaplashmoq istayur bu ko‘ngul. Men ham siz kabi futbolchi bo‘laman deb bo‘lolmay qolganlardanman. Futbol maktabiga ham qatnashganman. Bizning davrlarda futbol boshqacha edi. Nestelroy, Hidetoshi Nakata, Umid Davala, Ronaldo kabi o‘yinchilar bo‘lar edi. Eh, yoshligim… Shu desangiz, oxirgi yillarda futbolchilarimiz misli ko‘rilmagan natijalarni qayd […]
23.06.2026 | 09:23
3213
STRATEGIK HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA
Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga amaliy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning sifati va mazmunini yanada chuqurlashtirdi. Yevropa Ittifoqi hamda Germaniyaning Markaziy Osiyo bilan munosabatlarini mustahkamlashda GFR rahbarining shaxsiy hissasi va amaliy ishtiroki e’tiborga molik. Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar tarixan uzun va samarali bo‘lib, bu tashrif ularning strategik sherikligini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Tashrif […]
22.06.2026 | 15:25
3207
TAN OLISH VA TAN BERISH
Bir narsaga qoyil qolsak, tan berdim deymiz. Birovning kuchini e’tirof etish ham tan berish yoki tan olish so‘zlari bilan ifodalanadi. Men shu paytgacha tan berishni “tanini berish” ma’nosida bo‘lsa kerak deb tushunganman. Chunki qadimda janglarda yengilib, taslim bo‘lganlar g‘oliblarga xizmat qilishgan, bir so‘z bilan aytganda, tanini topshirib asir tushganlar. Qadimgilarning o‘g‘lini ustaga shogirdlikka topshirayotganda “Eti […]
18.06.2026 | 09:00
2947