Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

KOSHG’ARIY SALTANATI

Til ilmining nayzadori Atoqli olim va mutafakkir Mahmud ibn Husayn Koshg‘ariyning haqiga, butun turkiy ellar, har qancha duo qilsak arziydi. Asli qoraxoniy hukmdorlar avlodidan bo‘lgan, mashhur Bug‘ra Qoraxon sulolasiga yettinchi bo‘g‘inda tutashadigan bu ulug‘ zot o‘tkinchi mulk hoy-u havasidan mardona kechib, boqiy so‘z saltanatini zabt etmakka qaror qildi va bu ketmas davlatning o‘lmas sohibiga aylan­di […]

17.12.2025 | 10:02

img1520

ISMOIL GʻASPRALINING “DORUR-ROHAT MUSULMONLARI” ASARIDAN IQTIBOSLAR

“Dorur-rohat musulmonlari” asarida Islom dinining Gʻarb madaniyati va umuman, dunyoviy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan bemisl hissasi aniq va ta’sirchan misollar yordamida ko‘rsatib beriladi. Asar toshkentlik Mulla Abbosning musulmon madaniyati yodgorliklarini o‘rganish maqsadida Ispaniyaga safar qilishi haqida hikoya qiladi. U yerda tasodifan sirli va farovon Dorur-rohat (Rohat uyi) nomli musulmon jamiyatiga duch keladi. Tashqi dunyodan yashirin bu […]

16.12.2025 | 17:44

img1477

YAQO TUTAMLAB

Noxush kunlardan birida tilpo‘nda pidbo‘l ko‘rib o‘tirib, tanaffusda dunyoga ham bir bo‘ylab qo‘yay deb ivirsib, bir juft yuvuqsizning nahslashgan gurungini bilmay bosib oldim. Taassurot budur: Istig‘for aytganim aytgan:erkakmi bul, ayol yoki,Ko‘rganim alvasti tushmu yo,ajina xayol yoki. IT*dan tarqagan nusxasimuxannasdan bichim olgan,Bul erlarga so‘roq yoki,xotunlarga savol yoki. Chalib surnay – chirmandalar,shuhratlanur sharmandalar,Yuvuqsizlar arzandalar…uyat topdi zavol yoki. […]

16.12.2025 | 16:31

img2555

YURAKDAN GAPIRAMIZ!

Nodira SHARIPOVA, oliy toifali kardiolog: – Ba’zan odamlarimizning sog‘li­giga befarq va ishonuvchanligi meni hayron qoldiradi. Deylik, ko‘krak qafasining chap sohasida og‘riq yoki bezovtalik boshlandi. Tushungan odam bunday vaziyatda oilaviy poliklinikaga chiqadi yoki boshqa shifoxonaga yo‘l oladi. Biz ko‘pincha nima qilamiz? “Qo‘lbola” tashxis qo‘yishga o‘tamiz: “O‘pkam shamollagan”, “Nervdan bo‘lsa kerak”, “Buyrak pristup berdimikan”, “Yurak ham bo‘lishi […]

16.12.2025 | 15:33

img2420

Asosiy

JADIDLAR HALQASI

1938-yilning 5-oktyabrida hukmi e’lon qilingan, biroq 4-oktyabrdayoq yoppasiga otib tashlangan 36 nafar vatandoshimiz to‘g‘risida har gal o‘qiganimizda, jon-tanimizga titroq kiradi. O‘ttiz olti qurbonning xalqimiz taqdiriga doxil o‘ttiz olti hikoyati bor. Qudratulla Yunusov 1896-yili Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ildi. Uning bolalik davri jadidlar faoliyati shahri azimda keng quloch yoyib borayotgan vaqtlarga to‘g‘ri keldi. Xususan, bu paytda, […]

16.12.2025 | 09:35

img1481

CHIVINMI YO PASHSHA?

O‘zbek xalqini, turfa bo‘linishlardan tashqari, yana ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: biri chivin deb ataydigan hasharotni ikkinchisi pashsha deydi va pashshani chivin. To‘g‘rirog‘i, bir hasharotni O‘zbekistonning yarmi – pashsha, ikkinchi yarmi – chivin deydi va aksincha. Ma’lumki, Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysidagi ba’zi shevalarda “chivin” deganda – kichkina, qon so‘radigan hasharot, ruscha aytganda, “комар”; […]

15.12.2025 | 15:00

img6470

YASHIL QUSHLAR MANZUMASI

Eshqobil Shukur ijodida “Nasoyim ul-muhabbat” bahralari MA’RIFAT NURI VA HIKMAT ZIYOLARI Agar ma’rifat nuri va hikmat ziyolari bo‘lmasa, u she’riyat yashovchan bo‘la olmaydi. Yangi davr, ya’ni XX–XXI asr o‘zbek adabiyotida ma’rifat tamoyillari ijodkorlarning tarixga, tarixiy shaxslar va mumtoz adabiyotga bo‘lgan munosabatlari orqali namoyon bo‘ladi. Nasrda Oybek, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xayriddin Sultonov buyuk tarixiy shaxslar […]

15.12.2025 | 11:03

img1250

Asosiy

ADIBNI ANGLASH

1 …hurlik zamonida ulug‘ adib merosi yangi tamoyillar bilan qaytadan inkishof qilinmoqda, ijodining bosh­lanish pallasidayoq ikki mumtoz asar yaratgan muallifning kelajakda nimalar tuhfa qilishi mumkinligi yuzasidan farazlar bildirilayotir, bir so‘z bilan aytganda, Abdulla Qodiriy ijodiy ustaxonasiga qiziqish katta va bu nazar kuchayib boryapti. Garchi “Obid ketmon” mashhurlikda ikki roman shavkaticha bo‘lmasa-da, biroq o‘sha davr adabiyotida […]

13.12.2025 | 16:25

img1491

BUYUKLIK ODDIYLIKDADIR

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov umri davomida Vatan mustaqilligi uchun kurashgan jadid namoyandalarining mashaqqatga to‘la hayoti va serqirra ijodi haqida qator ilmiy-adabiy tadqiqotlar yaratdi. Olim “Kitob dunyosi” gazetasida 2015-yil 25-noyabrda chop etilgan “Otam, bolalik va ilk maqola…” nomli xotirasida: “She’riyatga mehrim ko‘proq bo‘lgani uchun yaxshi ko‘rgan she’rlarimni bir o‘qishda yodlab […]

12.12.2025 | 16:52

img1520

ASRGA TATIGULIK UCHRASHUV

1990-yillarning boshi. Olis shimolda harbiy xizmatdaman. Bir kuni komandirimiz To‘raqul O‘rkachiyev Enasoy daryosi bo‘yida kimsan Chingiz Aytmatovni uchratganini aytib qoldi. Bu xushxabarni eshitganim zahoti meni ham tanishtirib qo‘yishni iltimos qila boshladim. To‘raqul og‘a biroz og‘rindi: “Qani, inim, bilib kelay-chi. Katta yozuvchining vaqti, imkoni, xohishi bo‘larmikan…” To‘g‘risi, dovrug‘i yetti iqlimga yetgan adib va arbobning oddiy askar […]

12.12.2025 | 16:28

img1123

“…KO‘NGIL BOGʻIMDA…”

Muallifi aytilmasa ham satrlari allaqachon xalq mulkiga aylangan, ya’nikim, mangulikka muhrlangan shoirlar bor. “Alpomish”ni kim yozganini bilamizmi? “Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak”ka kim mualliflik huquqini da’vo qiladi? Ba’zan kitobxonlik saviyasi past deb goh kattalardan, goh yoshlardan yozg‘irib qolamiz. Lekin adabiyotdan so‘z ochsangiz “bilmayman” deb yelka qisadiganlar ham “Vodiylarni yayov kezganda” deb boshlasangiz, albatta, “Bir ajib […]

12.12.2025 | 15:07

img743

CHIN SINCHI

Tilning g‘oyat mukammal va benazir muhtasham bir sinoat ekanligi kunday ravshan haqiqatdir. Bu sinoatning butun mag‘z-u mohiyati, jonzotga inson degan oliy rutbani ato etmoqday azaliy va abadiy vazifasi bu sehrkor qudratda zohir bo‘ladigan ming bir xil mazmun zamzamalari-yu sarhadsiz tasvir va ta’sir imkoniyatlarining ko‘lamini tasavvur va taxayyul etmoqqa ko‘pda inson aqli ojizlik qiladi. Zero, ulug‘ […]

11.12.2025 | 16:11

img946

ILHOM MANBAYI – HAYOT

O‘zbekiston xalq rassomi Sarsenbay BAYBOSINOV bilan suhbat – Asarlaringiz bilan yaqindan tanishish jarayonida ularda milliy ruh juda kuchli aks etganiga guvoh bo‘ldik. Bu holat, albatta, ijod mahsulini xalqqa yaqinlashtiradi. San’at asarida xalq ruhiyatini ifoda etish uchun qaysi jihatlarga e’tibor berish kerak, deb o‘ylaysiz? – Chirog‘im, rassom atayin xalq ruhini beray, deb mo‘yqalam tutmaydi. Uning qalbida […]

11.12.2025 | 12:32

img802

ADABIYOT YASHASIN! YASHASIN ADABIYOT!

Millat ma’naviyati va intellektual salohiyati uchun mas’uliyat qalam ahli – shoir va yozuvchilar zimmasiga ham tushadi. Ammo bugungi globallashuv, raqamlashuv, ijtimoiy tarmoqlar hukmronlik qilayotgan sharoitda faqatgina adabiyot vakillarining harakati bilan ma’naviyatni ko‘tarib bo‘ladimi? Keling, bu savolga javob izlab, real voqelikni kuzataylik. INTERNET OMMASIGA ERGASHAYOTGAN QALAMLAR Ochig‘i, ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan ko‘pgina kontentlar urf-odatlarimiz, qadriyat­larimizga yot. Kattalar ham, […]

10.12.2025 | 16:32

img612

TASAVVUR VA TAFAKKUR

Amerikalik taniqli jadidshunos bilan tarjimon muloqoti Tahririyatimiz mehmoni, amerikalik taniqli tarixshunos Adib Xolid qalamiga mansub “Turkistonda jadidchilik” (The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia) ilmiy asari yaqinda nashr etilib, kitobxonlar qo‘liga yetib bordi. Mahalliy arxiv manbalariga tayanib, chuqur tadqiqotlar evaziga yaratilgan kitob yurtimizning yaqin tarixi chuqur tadqiq etilgan ingliz tilidagi dastlabki risola […]

09.12.2025 | 16:48

img698

ORZULAR RO‘YOBI

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimiz takliflari va muallifligida ishlab chiqilgan va qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu nafaqat huquqiy hujjat, balki el-yurtimizning kelajakka bo‘lgan ishonchi, taraqqiyot va farovonlikka intilishining yorqin ifodasidir. Jadidlar orzu qilgan adolatli, erkin va taraqqiy etgan davlat qurish g‘oyasi bugungi kunda yangi Qomusimiz timsolida o‘z ro‘yobini topdi. Bu […]

09.12.2025 | 14:22

img2980

Asosiy

HO‘L-U QURUQ BAROBAR…

Mashhur tarixchi va adib Nikolay Karamzinning tarix haqida shunday gapi bor: “U kafanlarni yulqib, o‘liklarni uyg‘otuvchi, dillarga hayot qonini quyuvchi, tillarga so‘z baxsh etuvchi, kunpayakun saltanatlarni qayta yaratuvchi, o‘tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajon-u atvori bilan ko‘z o‘ngimizda namoyon etib, hayotimiz sarhadlarini kengaytiruvchi mo‘jizadir. Uning ma’naviy qudrati ila biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdam-u hamnafas […]

09.12.2025 | 11:00

img561

ISROF FAQIRLIKKA YETAKLAYDI

Inson zoti borki, o‘z oldiga yorug‘ maqsadlar qo‘yib yashaydi, ularga erishish uchun mudom harakatda bo‘ladi. Shunday ezgu orzu-niyatlardan biri – farzand kamolini ko‘rishdir. Afsuski, bugungi kunda bu orzuni to‘y-hasham, dang‘illama imorat, turli rusumdagi avtomashinalar bilan bog‘lab tushunadigan, shu maqsadda yelib-yuguradigan avlodga aylandik. Kimo‘zarga to‘y qilish, yetti mahallaga dong‘i yetadigan ma’rakalar o‘tkazishni go‘yoki qadriyatga, an’anaga aylantirdik. […]

09.12.2025 | 09:19

img2711

KUNLARIM

Yoshlik – tentaklikning bir turi, demish mashoyixlar. Kaminaga ham bu inqirozni chetlab o‘tish imkoni bo‘lmay, aql tanqisligidan bir muddat yetim yumron kabi xirmon-u shiyponlarda tunab, ko‘b xo‘rliklar ko‘rgonim bor. Emdi ul ko‘rguliklarga “zed” avlod yo‘liqmasun debon, ushbu pandnomani havola eturman. Hayf, yuz ming hayf ketdi Layloni kutgon kunlarim,Ko‘ngli bo‘sh ma’shuqa deb ko‘zyoshni yutgon kunlarim. Kechalar […]

05.12.2025 | 16:07

img2970

CHO‘LPON VA “GULISTON”

O‘zbek matbuoti tarixida muazzam o‘rin tutadigan jurnallardan biri – “Guliston” bu yil 100 yoshga to‘ldi. Jurnal dastlab “Yer yuzi” nomi bilan o‘zbek mumtoz yozuvi – arabiy imloda nashr bo‘lgan. “Qizil O‘zbekiston” gazetasi negizida yuzaga kelib, bir oyda ikki daf’a bosilishi yo‘lga qo‘yilgan bu jurnal o‘z davrida juda mashhur edi. Ziyo Said “O‘zbek vaqtli matbuoti tarixiga […]

05.12.2025 | 13:41

img1018

Asosiy

OYDINLAR

To‘g‘risi, ko‘pchilik “jadid harakati” deganda, sanoqli namoyandalarni tushunadi. Go‘yoki, jadidlar faqat katta shaharlarda yashab faoliyat yuritgan, vaqtli nashrlar tashkil qilib, maktablar ochib, uzoq qishloqlarga ularning qadami… yo‘q, hatto xabari ham yetmagan. Bu fikrning shakllanishida sobiq sovet mafkurasining hissasi katta. O‘sha davr qiyofasi tasvirlangan turli janrdagi asarlarda jadidlar haqida noxolis ma’lumotlar keltiriladi, “burjuaziya vakillari”, “bir hovuch […]

05.12.2025 | 09:35

img742

JADID KUTUBXONASI