KUTUBXONA
Bo'lim: Без рубрики
MASLAHATLI TO‘Y TARQAMAS
Jamoliddin BADALOV Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari bir-biriga birodar bo‘lgan mintaqamiz ulkan va qudratli salohiyatga ega markaz ekanligini amalda isbotladi.2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini tashkil etish g‘oyasi qo‘shni davlatlar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlangan edi. 2018-yildan boshlab Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazila boshlandi. Bunday uchrashuvlar doirasida […]
25.11.2025 | 16:16
431
SO‘Z – OLOV
Ahmadjon MELIBOYEV Kitob deb atalmish beqiyos xazina insoniyatning buyuk ixtirolaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Uning qudratini ramziy ma’noda quyosh taftiga qiyoslash mumkin. Shunda ham, inson qalbini yoritish faqat kitobning qo‘lidan keladi, xolos. Shunday kitoblar borki, ular seni ohanraboday o‘ziga tortadi, umring yo‘llarida beminnat hamrohingga aylanadi, qayta-qayta o‘qiysan, o‘qiganing sari aql-shuuring to‘lishib boradi va bu jarayon […]
25.11.2025 | 10:10
535
YASHIL KELAJAK SARI
Islomjon QO‘CHQOROV Bugun yurtimizdagi afkor omma jadal rivojlanishlar va iqtisodiy o‘sishlarni e’tirof eta turib, ekologik muammolar tahdidiga ham o‘z qat’iy munosabatini bildirib kelmoqda. Sir emaski, atmosfera ifloslanishi, global iqlim o‘zgarishlari, o‘rmon yong‘inlari, muzliklarning tez sur’atlarda erib borishi va quruqlikning chekinayotgani dunyo aholisi salomatligi, biologik xilma-xillik, umuman, ekologik barqarorlikka xavf solyapti. Mazkur ekologik masalalarning oqibatlarini yumshatish […]
24.11.2025 | 16:16
662
OLU
Abduvohid HAYIT Hozirgi o‘zbek tilidagi olxo‘ri, olcha, shaftoli kabi meva nomlari “olu” so‘zi ishtirokida yasalgan. Qadimgi turkiyda “olu” ma’nosida “ӭro‘k” (“o‘rik”) so‘zi ishlatilgan. “Devonu lug‘atit turk”da “ӭro‘k” so‘ziga: “shaftoli, o‘rik, olxo‘ri kabi mevalarning umumiy nomi” deb izoh berilgan Ammo keyinchalik, afsuski, “ӭro‘k” ko‘p holatlarda o‘z o‘rnini “olu”ga bo‘shatib berdi.“Boburnoma”da “olu” mustaqil holatda hozirgi tilimizdagi “olxo‘ri” […]
24.11.2025 | 10:00
475
ONG VA RAQAMLI G‘OYA
Habibullo SADIBAQOSEV XXI asr kishilari axborot sivilizatsiyasi bosqichiga kirdi. Endilikda jamiyat taraqqiyoti va osoyishtaligini faqat iqtisodiy yoki siyosiy omillar emas, axborotni qabul qilish va qayta ishlash qobiliyati, ya’ni raqamli ong darajasi ham belgilamoqda. Bunday sharoitda har bir millatning kelajagi uning axborotga bo‘lgan munosabati, sun’iy intellektni qanday talqin qilishi va raqamli muhitda milliy o‘zligini saqlab qolish […]
19.11.2025 | 14:21
590
SHUKRNOMA
Mulla XUNOB Xudoga shukr, zap qulay zamonlarga ro‘para bo‘p qoldikmi, Sattor Surob! Ilgari – turg‘unlik davrlarida paxta terimdan qochish uchun medpunkt navbatchisidan spravka olishga kechgacha ovora bo‘lardik, esingdami? O‘sha Turg‘un medbrat dumini tutqazmasdan goh tuman markaziga, goh viloyat markaziy shifoxonasiga spravka olishga ketgan bo‘lardi. E, nimasini aytasan, mana, dorilomon kunlar kep qoldi. Spravka, dalolatnoma, ishonchnoma, […]
19.11.2025 | 10:10
388
IKKI DONA KO‘RAK… yoxud achchiq xotira
Ro‘zimboy HASAN Hazorasp mol bozorida g‘alati savdoni ko‘rib, bir zum angrayib qoldim. Simto‘r tortilgan tirkagich oldida turgan traktorchi atrofini o‘ragan odamlar orasida ko‘rak savdosini qizitardi: “Bir kilogramm kunjara yetti ming so‘m. Kunjara degani chigitning qoldig‘i bo‘lsa. Mana, bir pritsep ko‘rak – uch tonnadan kam emas. Kilosiga ming so‘mdan so‘rayapman”.Angrayganim sababi taqvimda hali oktyabr oyi yakunlanmagani, […]
18.11.2025 | 10:10
558
DONISHMAND HUZURIDAGI TOLIB
Said Abdulhakim Sha’riy JUZJONIY, yuridik fanlar doktori, professor Uzoq umrim mobaynida jahon siyosatining yirik arboblari bilan uchrashish, suhbatlashish nasib qildi. Ular orasida Sharof Rashidovday donishmand, millatparvar va kamtar rahbarni kam ko‘rdim. Menga taqdirning ulug‘ tuhfalaridan biri – o‘zbekning ana shunday buyuk farzandi bilan muloqot qilish imkoni berilgani edi. Voqea 1978-yilda Afg‘oniston hukumati topshirig‘ini bajarish asnosida […]
17.11.2025 | 10:32
451
ILM UMMONINING G‘AVVOSLARI
Vahob RAHMONOV O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi “Qomus” arabchadan olingan bo‘lib, asliyatda ummon, lug‘at, so‘z boyligi kabi ma’nolarni anglatadi. Izohli lug‘atga ko‘ra, o‘zbek tilida uch xil ma’noda qo‘llanadi: mukammal, to‘liq lug‘at; ensiklopediya, ensiklopedik lug‘at; hayotning yoki bilimning biror sohasiga oid to‘liq asar; majmua. Qomus ustida butun boshli jamoa mehnat qiladi. Unga kiritilgan har bir maqola […]
14.11.2025 | 10:25
801
NAVOIYDA SHUNDAY MUZEY BOR
Muhayyo RUSTAMOVA Dunyoda global xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan murakkab bir davrda, biz uchun milliy o‘zlikni anglash va haqqoniy tariximizni tiklash masalasi har qachongidan ham dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, mustabid tuzumning shafqatsiz qatag‘oniga uchragan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalarining, ming-minglab begunoh yurtdoshlarimizning xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati timsolida yosh […]
12.11.2025 | 10:21
894
“С5+1”=!
Jamoliddin BADALOV Jahon siyosati va iqtisodiyotida keskin o‘zgarishlar yuz berayotgan bir davrda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi, ayniqsa, dunyoning qudratli davlati bo‘lmish AQSH bilan strategik munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari alohida e’tiborga loyiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Vashington shahriga amaliy tashrifi aynan shunday muhim voqelik bo‘ldi. Bu tashrif […]
11.11.2025 | 10:13
540
BEVAQT-U BENAF tadbirbozliklar qachon barham topadi?
Ro‘zimboy HASAN Yaqinda bir tanishim kuyunib aytib qoldi: “O‘g‘lim poytaxtdagi universitetlardan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirgandi. Birinchi kurs bitiruv imtihonlarining barchasini “5” bahoga topshiribdi, ammo uni “yarim kontrakt” deganga o‘tkazishibdi. Dekaniga telefon qilib sababini so‘rasam: “O‘g‘lingiz barcha fanlardan “a’lo”ga o‘qiydi, ammo jamoat ishlarida faol emas, tadbirlarda kam qatnashadi. Shuning uchun “yarim kontrakt”ga o‘tkazdik. Ayting, […]
10.11.2025 | 10:11
441
UYGʻUNLIK EHTIYOJI
Akademik Baxtiyor Ibragimov bilan suhbat – Assalomu alaykum, domla! Faoliyatingiz bilan tanishish jarayonida Siz tanlagan supramolekulyar kimyoning jahon ilm-fanida murakkab va yosh sohalardan biri ekaniga amin bo‘ldik.– “Supramolekulyar kimyo” atamasi birinchi marta 1978-yilda Nobel mukofoti laureati Jan-Mari Len tomonidan kiritilgan. U yangi tarmoqqa “molekulyar kuchlar ta’sirida bir-biriga bog‘langan ikki yoki undan ortiq kimyoviy turlarning birlashishi […]
06.11.2025 | 10:17
589
MILLAT BORLIGI VA BIRLIGI TAMALI
Nizomiddin MAHMUDOV O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Yer yuzidagi har bir til, u xoh katta yo kichikdir, o‘zi mansub millatning tamalini belgilaydigan, tafakkur va taxayyul tarzini, tabiiy inja tuyg‘ularini salomat saqlaydigan va yugurik asrlardan asrlarga to‘zg‘itmay olib o‘tadigan betakror qudratdir. Mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, Yangi O‘zbekistonimizda yuritilayotgan oqilona […]
05.11.2025 | 10:19
600
“O‘ZIMGA YAQINLASHYAPMAN”
O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi, adabiyotshunos va shoir Abdusattor JUMANAZAR – Hurmatli Abdusattor aka, avvalo, sizda ilmga, ijodga rag‘bat uyg‘otgan oilaviy muhit haqida gapirib bersangiz. Bilaman, oilada to‘qqiz farzand ulg‘aygan bo‘lsa, ularning besh nafari ijod bilan shug‘ullanib keladi. Akangiz Yo‘ldoshbek Kenjaning markaziy nashrlarda e’lon qilingan ta’sirchan maqola va esselarini ko‘pchilik […]
04.11.2025 | 10:10
367
ILM-U MADANIYATGA MEZBON SAMARQAND
Jamoliddin BADALOV O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktyabr kuni Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand “Sharq va G‘arb madaniyatlari va sivilizatsiyalari chorrahasi” sifatida mashhur. Ushbu qadim kentning Bosh konferensiya o‘tkaziladigan joy sifatida tanlanishi O‘zbekistonning madaniy merosni asrab-avaylash borasidagi […]
03.11.2025 | 16:45
359
“CHO‘ZMA LAGʻMON” yoxud milliy seriallar mazmuniga yana bir nazar
Ahmadjon MELIBOYEV,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Bundan o‘n-o‘n besh yil avval, xorijiy mamlakatlarda o‘zlari uchun emas, asosan xorijda namoyish etishga mo‘ljallangan uzundan uzoq, adog‘i yo‘qday tuyuladigan teleseriallarni ko‘rganimizda, qani endi, bizda ham shunday seriallar ishlansa, miriqib tomosha qilsak, deb niyat qilgandik. Buni kutib o‘tirmay, serial deganlari dunyoning to‘rt tarafidan biz tomonga sunamiday yopirilib kela boshladi. Avvaliga […]
29.10.2025 | 14:56
637
SARATON CHEKINADI
Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra ta’sis etilgan nufuzli mukofot har yili insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan shaxslarga topshiriladi. 2025-yilgi fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti ham aynan shunday buyuk kashfiyotga – immunitet tizimining o‘z hujayralariga hujum qilishini to‘xtatuvchi mexanizmlar – “periferik immunitet tolerantligi” bo‘yicha fundamental tadqiqotlar uchun berildi. Meri Brunkov, Fred Ramsdell (AQSH) va Shimon Sakaguchi […]
27.10.2025 | 16:58
378
“MAROMIYLIK” LOYIHASI DOIRASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TARG‘IBOT TADBIRLARI BOSHLANMOQDA
So‘nggi yillarda jamiyatda ortiqcha isrofgarchilik, dabdababozlik, shuhratparastlik va me’yorni saqlamaslik kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda. Xususan, oilaviy tadbirlar, to‘y va marosimlarning haddan tashqari dabdabali o‘tkazilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazib, milliy qadriyatlarimizga zid kayfiyatlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur muammolarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda “maromiylik” tamoyillariga asoslangan hayot tarzini qaror toptirish bugungi kunning […]
24.10.2025 | 16:21
1436
USTOZNI E’ZOZLASH SAODATDIR
Yangi O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishib kelinmoqda. Bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qurilayotgan Uchinchi Renessans poydevori sifatli ta’lim-tarbiyaga tayanishidan dalolat beradi. Zero, davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!”, deb bot-bot takrorlashi yurtimizda ta’limga bo‘lgan e’tibor yuksak […]
17.10.2025 | 14:00
543
YASHIL VA QORA: TANLOV O‘Z QO‘LIMIZDA
Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Nurbek QO‘CHQOROV bilan suhbat – Jahon miqyosida iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari haqida ilk bong urgan olima sifatida Yunis Fut nomi keltiriladi. Bu voqea 1856-yilda AQSHda sodir bo‘lgandi. Mintaqamizda ekologiyani asrash, unga alohida e’tibor berish qachondan boshlangan? Ajdodlarimizning tabiatga munosabati qanday edi? – Zamin – yagona uyimiz. U ham tirik […]
15.10.2025 | 12:13
517