KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
ALLOMANI TANISH
O‘tgan asrda ilm-u ma’rifat ila xalqni mustamlaka zug‘umidan xalos etishga uringan jadidlik harakatining har bir hududda o‘z yetakchilari, yo‘lboshchilari bo‘lgan. Biroq mazkur harakatning shunday namoyandalari borki, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini, jaholatga qarshi kurashini nafaqat butun mamlakat, balki mintaqa miqyosidagi ish sifatida xarakterlash mumkin. Mahmudxo‘ja Behbudiy ana shunday ulug‘ shaxslardan biri edi. Adib, publitsist, noshir va muharrir, […]
13.11.2024 | 14:29
394
Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag’ishlangan spektakllar (video)
13-noyabr kuni XX asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan atoqli o’zbek shoiri Usmon Nosirning tavallud kuni. Hozirda shoirning hayoti va ijodini to’liq ochib beradigan badiiy, to’liq metrajli kinofilmlar, afsuski, yo’q. Faqatgina teatrlardagi sahnalashtirilgan asarlar bor. O’zbek milliy akademik drama teatri va Muqimiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqali teatrida “Usmon Nosir” spektakllari muntazam namoyish etib […]
13.11.2024 | 12:00
6973
SO‘KONGʻICHNING DUOSI
Inson shuuriga muhrlanib qoladigan hikmatlar, juda oddiy va ayni chog‘da, hayotiy, ibratli misollar umrboqiy kitoblarni bezaydi. O‘quvchiga ma’naviy ozuqa beradi, ruhini yuksaltiradi; tozalikka undaydi. Alisher Navoiy asarlarini o‘qigan odam yangidan-yangi ma’nolar xazinasiga yo‘liqib shodlanadi. Barchaga ma’lumki, shoir “Nasoyim ul-muhabbat” asarida ko‘plab ulug‘ zotlarni zikr etadi. Ularning hayot tarzi, noyob insoniy fazilatlari, dunyoqarashi xususida qisqa, ammo […]
13.11.2024 | 11:01
254
Kolizey haqida siz bilmagan 7 ma’lumot
Tarixdagi eng katta amfiteatrKolizey Flaviolar Amfiteatri nomi bilan ham tanilgan bo‘lib, Italiya poytaxti Rim shahri markazida joylashgan butun dunyoga mashhur diqqatga sazovor maskan hisoblanadi. Milodiy 72-80-yillar oralig‘ida travertin (g‘ovak ohaktosh), tuf (g‘ovak tog‘ jinsi) va g‘isht betondan qurilgan bu inshoot hozirga qadar qurilgan eng ulkan amfiteatr hisoblanadi. VIP bo‘limlar va chiptaxonalar mavjud edi.Hozirgi zamon stadionlaridagi […]
12.11.2024 | 15:38
3946
Asosiy
TO‘RAQO‘RG‘ON TO‘RASI TO‘G‘RISINDA
Tongda Namangan sori yuzlandik. Is’hoqxon To‘ra Ibrat muzeyiga! Ketarkanmiz yo‘lchilikda anqoning urug‘i bo‘lgan yuqori didli haydovchi uchraganiga bir sevinsak, to‘lqinida oqizayotgan qo‘shiqlarda ming yayradik. Yo‘l davomida hazrat Lutfiydan tortib Shoh Mashrabgacha hamrohimiz bo‘ldi. Buni ham Ibrat domla ziyoratining xosiyatiga yo‘ydik. Nihoyat, qadamimiz To‘raqo‘rg‘onga yetdi. Dastlab, Is’hoqxon Ibrat muzeyiga yondosh bog‘ qarshi oldi bizni, ko‘nglimiz gurkiradi. […]
12.11.2024 | 14:43
763
SAODAT DARVOZASI
– Agar omadim chopib, Ilhom akaday boy-badavlat bo‘lib ketsam, albatta, maktab quraman. Chunki yangi maktab binosi foydalanishga topshirilgan kuni bolalar-u kattalar ko‘zida porlagan quvonch sururi yuragimda qoldi, – deydi Bulung‘ur tumanidagi 72-maktab direktori Bektosh Qurbonov. Darhaqiqat, maktab qurmoq shunday bir hotamlikki, Behbudiy bobomiz aytganlaridek, “makotib taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng avval, […]
12.11.2024 | 11:04
359
BAHRAMANDLIK BAXTI
Azaldan Samarqand dunyo sivilizatsiyasi markazlaridan biri hisoblanadi. “Zamin sayqali” deb ta’riflangan bu shahardan ko‘p olim va mutafakkirlar yetishib chiqqan va ular jahon tamadduni rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Birgina hadisshunoslik yo‘nalishida mingdan ortiq muhaddislar Samarqandda yashab barakali ijod qilgan. XV asrning buyuk shoir va mutafakkiri Abdurahmon Jomiy ham bir muddat Samarqandda ta’lim olgan va dars bergan. […]
12.11.2024 | 10:48
519
OSTONASI TILLO UY
Bu hikoyani menga bir hamkasbim aytib bergandi. Ko‘p vaqt bu hikmatomuz voqea menga uyqu bermadi. Hayotda o‘z o‘rnimni topib, mahalla-ko‘yda izzatga erishib, oltita farzandni o‘qitib, uyli-joyli qilishimga bobom sababchi bo‘lgan. U kishi o‘ttizinchi yillar ocharchiligini ko‘rgan, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bir necha bor yarador bo‘lgan. Atigi yettinchi sinfni tugatgan bobomning bilimi hozirgi oliy ma’lumotlilardan kam […]
12.11.2024 | 10:20
450
DRAMA
Drama adabiy janrlardan biri hisoblanadi. Dramatik asar dialoglar shaklida qurilib, sahnada namoyish etish uchun mo‘ljallanadi. «Drama» atamasi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan. Yunonlar teatr namoyishlari va boshqa ko‘ngilochar tomoshalarni shunday atashgan. Teatr san’atining o‘zi miloddan avvalgi V asrda Qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, u diniy e’tiqodlardan kelib chiqqan. Qadimgi yunonlarda Dionis eng ulug‘lanadigan xudolardan […]
11.11.2024 | 15:57
2483
Asosiy
SHARAFLI ZAMONDOSH
Mamlakatimiz hududida yaqin tarixda yashab o‘tgan shaxslar xususida o‘ylaganimda, beixtiyor ularning oydin siymosi ko‘z oldimda gavdalanadi. Zero, O‘zbekiston tarixida yozilgan juda ko‘p sanalarni, voqea-hodisalarni zamonamiz yoshlari kitoblardan o‘qib o‘rganishadi. Biz yoshi ulug‘ insonlar esa o‘sha hodisalarning bevosita guvohi, ko‘pgina tarixiy voqealarning ishtirokchisi o‘laroq, millatning asl fidoyi fenomen shaxslariga maslakdosh va izdosh ham bo‘lganmiz. XX asrda […]
11.11.2024 | 15:00
429
Fyodor Dostoyevskiyning “Telba” romanidan iqtiboslar
«Hammadan o‘zim zo‘rman» deb yashaydigan, bir zarbaga o‘n zarba bilan javob beradigan, kimgadir ozgina ko‘rsatgan yaxshiligini «dunyoni qutqarish» deb biladigan, manman, takabbur, go‘zallikni yanchib rohatlanadiganlar jamiyatida «dunyoni go‘zallik qutqaradi» degan g‘oya bilan yashovchi, unga qancha zarba berishmasin kechirguvchi, har bir insonga yuksak ehtirom bilan boquvchi, soddadil, begunoh kimsani kim deb atashadi? Ha, telba! Romanning yozilganiga […]
11.11.2024 | 14:14
2158
“Olimga yondashsang, ochilar ko‘zing…”
Turkman xalqining mutafakkir shoiri Maxtumquli tavalludining 300 yillik yubileyiga bag‘ishlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik teatrida bo‘lib o‘tgan adabiy-ma’rifiy anjuman chinakamiga bayramona tus oldi. Shoirning hikmatlarga to‘la she’rlari, ibratli hayot yo‘li eslandi. Darhaqiqat, shoirning betakror poetik tafakkuri va jahon she’riyati xazinasiga qo‘shgan hissasi Gʻarb-u Sharqdagi eng dongdor shoirlar ulushidan aslo kam emas. Bu orif, […]
11.11.2024 | 12:17
281
TURKIY DUNYO RIVOJIDA YANGI BOSQICH
Dunyo tarixi hikmatlar xazinasiga to‘la ummonga o‘xshaydi. Bu xazinada olis o‘tmish saboqlari, mamlakatlar, tuzumlar tarixi va taqdiridan kelib chiqadigan, bugun va ertangi kun uchun ham g‘oyat muhim xulosalar mavjud. Gap ularni vaqtida anglashda. Uzoq-yaqin o‘tmish bilan bog‘liq xatolarni takrorlamaslik, oldinga qarab intilish, global muammolarni har bir tomon manfaatidan kelib chiqqan holda hal qilish harakati susaymasa […]
11.11.2024 | 11:49
312
AHLI FAZL VA AHLI HUNARGA YUKSAK EHTIROM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktyabr – 1-noyabr kunlari Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, yirik sanoat obyektlari, ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha tashkilotlari vakillari bilan muloqot qildi, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun turtki berdi. O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirish, ishlab chiqarishning yangi tizimlarini yo‘lga qo‘yish va bu borada viloyat rahbarlari, mutasaddilari, mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning […]
11.11.2024 | 11:10
383
Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor” romanidan iqtiboslar
Asar voqealari ayni kunimizdan, biz yashayotgan jamiyat “sir”laridan soʻzlaydi. Mutolaa davomida qahramonning umr yoʻli, faoliyati bilan tanishasiz. Bu yoʻlning dastlabki qadamidan to soʻnggiga qadar oʻquvchi asosiy obrazlardan biri – Yaxshiboyevga hamroh boʻladi. Yana biri – Oshno bilan doʻst tutinadi. Lekin birda hamfikr boʻlsa, birda ularga qarshi chiqadi. Qarshi chiqish bilan esa tabiiyki, oʻquvchi vaziyatni oʻzgartirmaydi, […]
10.11.2024 | 11:37
2526
O‘tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» romanidan iqtiboslar
Mazkur asar O‘tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o‘quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qatʼiy nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab […]
09.11.2024 | 14:18
15854
BALLADA
«Ballada» so‘zining bir nechta ta’rifi mavjud. Roman xalqlari o‘rta asrlardagi raqs qo‘shiqlarini shunday atashgan. Keyingi o‘rta asrlar va Uyg‘onish davrida esa «ballada» so‘zi musiqa jo‘rligida ijro etiladigan she’riy hikoyani, keyinchalik esa romantik hikoyanavis she’riyatning butun janrini anglatadigan bo‘ldi. Shuningdek, «ballada» deb hikoya qilish xususiyatiga ega musiqiy asarlarga ham aytilgan; zamonamizda esa sekin sur’atli romantik yoki […]
08.11.2024 | 14:21
1848
Behbudiyni kim oʻldirgan?
Amalimning yulduzikim, koʻz tikdiQora, jirkanch, oʻlim koni – yerlarga. Savol berdim: “Yoʻqotganim qayda?” – deb Oʻzimni ham yutmoq boʻlgan erlarga.Choʻlpon Rossiyada 1917-yil Fevral inqilobining roʻy berishi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonni tezlashtirib yubordi. “Inqilob davrida mufti Mahmudxoʻja, – deb yozgan edi Hoji Muin, – Jahon muhorabasining soʻnggi yillarinda asabiy xastaligi shiddatlanib, ishlay olmaydigan bir holgʻa kelib edi. Fevral inqilobi […]
08.11.2024 | 10:59
920
ABSTRAKSIONIZM
Abstraksionizm – tasviriy san’atdagi ushbu yo‘nalish vakillari real voqelikni aks ettirishdan voz kechadi. «Abstraksionizm» atamasi lotincha «abstractio» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «chetlashish, diqqatni bo‘lish» ma’nosini anglatadi. Atrofdagi voqelik hodisalari o‘rniga shakllar, chiziqlar va ranglar tasvirlarning obyektiga aylanadi, kompozitsiyalarning ifodaliligini esa bu elementlar o‘rtasidagi munosabatlar tashkil etadi. Rassomlar ular yordamida voqelikning subyektiv ekanligini ko‘rsatishga intiladi. Bunday […]
07.11.2024 | 12:06
1024
TO‘Y HAQINDA
O‘g‘lingizni o‘qutmoqg‘a bo‘lasiz ayyor-o‘v,To‘y qilsangiz osh bermoqqa aqchangiz bisyor-o‘v. Kambag‘al kelub to‘yga kirsa, ket, nari bor, boru,Boylar kelsa, to‘rga olub, oshu non tayyor-o‘v. Bid’atmi bu? Odatmi bu? – Nog‘ora qoqmog‘u,Shavkatmi bu tom boshida surnayin tortar-o‘v. Kulgan bizning bu ishlarga boshqa millatlar-o‘v,Pul sarf etub hajviy bo‘lmak bizga ne darkor-o‘v… Bid’at uchun sarf o‘ladir oltinu dinor-o‘v,Maktab desa, […]
07.11.2024 | 11:35
437
Alber Kamyu hikmatlari
7-noyabr – fransuz yozuvchisi va faylasufi Alber Kamyu tavallud topgan kun. Odamlarni yomon ko‘rishdan ko‘ra yoqtirishga asoslar ko‘proqdir. Hayotda tushkunliksiz hayotga muhabbat ham bo‘lmaydi. Inson — o‘zligicha qolishni istamaydigan yagona mavjudot. Odamlar o‘zini qonunni hurmat qilmayotganday qilib ko‘rsatishadi, aslida ular faqat kuchga bo‘ysunadilar. Men sening kelishingni bilsam, qancha bo‘lsa ham kutishga tayyorman. Yolg‘on gapirmaslikni biladigan […]
07.11.2024 | 11:24
314