Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

MILLAT IFTIXORIGA AYLANGAN DAHO

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakat ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv­lardan birida Mirzo Ulug‘bekka baho berar ekan, “Qaysi millat, qay­si xalq Mirzo Ulug‘bekday siymosi borligi bilan g‘ururlana oladi, uning buyuk ishlari bilan faxrlana oladi?”, deb ta’kid­lagan edi. Jahonda o‘zining ilmiy kashfiyotlari bilan tabiat va jamiyat qonunlarini ochib bergan olim va tadqiqotchilar son-sanoqsiz. Lekin insoniyat taraqqiyotiga salmoqli […]

23.09.2024 | 11:20

img552

DUONING IJOBATI

‒ Nodirbek Abdusattorov, O‘zbe­kiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov bilan tushgan surati­ngizga tez-tez duch kelamiz. Ushbu surat ­ta­ri­xi haqida aytib bersangiz.‒ Sevimli shoirimiz Erkin Vohidov bilan uchrashganimda 8 yosh edim. 2012-yilda Sloveniyaning Maribor shahrida shaxmat bo‘yicha bolalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chem­pionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. O‘sha yili Toshkent shahrida jahonning supergrossmeysterlari ishtirokida Xalqaro shax­mat […]

23.09.2024 | 11:02

img348

KITOB – BITMAS XAZINA

Kuzning salqin nafasi ufurib turgan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Green Hills Resort” dam olish maskaniga kirib borar ekanmiz, uzun yo‘lning ikki chetiga qator joylashtirilgan “Bitmas xazina” kitob ko‘rgazma-yarmarkasi va bu rastalarga terilgan turli hajmdagi, turfa yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan rang-barang katta-kichik, moʻjaz kitoblarning betakror ranglar jilosi ko‘zni qamashtirdi. Maktab o‘quvchilari, talabalar, festival ishtirokchilari kitoblarni qiziqib […]

23.09.2024 | 10:41

img431

“ERKIN A’ZAM – SARKAZM USTASI”

“Erkin aka katta izdihomlarni yoqtirmaydi. Hamma bilan ham til topishib, chaqchaqlashib keta olmaydi. Ammo o‘ziga ma’qul tushgan odam bilan soatlab gurunglashishi mumkin. O‘ziga xos xarakterli odam. Yozuvchining fe’l-atvoridagi o‘jarlik, qaysarlik, haqiqatparastlik, adolatparvarlik uning qahramonlariga ham ko‘chgan…” Ushbu fikrlarni filologiya fanlari doktori Marhabo Qo‘chqorovaning “Erkin A’zam – sarkazm ustasi” nomli kitobida o‘qishingiz mumkin. Adabiyot rivoji, albatta, […]

20.09.2024 | 15:38

img656

OLQINDI

Kir yuvilaverib kichrayib qolgan kirsovun yoki yeyilib ketgan qumqayroqqa nisbatan “olqindi” deymiz. Shuningdek, “olqindiday” deganda ko‘chma ma’noda kichik narsa tushuniladi. Kir yuvish vositalari, hayot tarzimiz o‘zgargan sari bu so‘z ham, agar yangi ma’no tovlanish­lari bilan iste’molga qaytarilmasa, hademay mutloq unut bo‘lishi mumkin. Qadimda esa olqindi va unga o‘zakdosh so‘zlar ancha faol bo‘lgan. Xususan, buni Mahmud […]

20.09.2024 | 15:18

img216

BUGUNGI BOLALAR ADABIYOTI MUAMMOLARI

Sovet davri adabiyot­shunoslari o‘zbek bolalar adabiyotining paydo bo‘lish solnomasini “Ulug‘ oktyabr inqilobi” deya sharaflab kelingan sana bilan bog‘laydi. Taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Rahmatulla Barakayevning tadqiqotlarida esa bu fikr­ga kes­kin raddiyalar beriladi. Olim o‘zining ma’rifatparvar jadid Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotida sovet davri adabiyotshunoslari fikrlari asossiz ekanini birinchilardan bo‘lib isbotlab, folklor va […]

20.09.2024 | 14:38

img901

MUSAXO‘JA HAKIMOV — “KATTA TERROR” QURBONI

Musaxo‘ja Hakimov 1898-yili Buxoroda qozi oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek, dastlabki ta’limni o‘z davrining yirik ulamosi bo‘lgan otasidan olgan. Jadidlik maktabini tamomlab, Buxo­ro­dagi madrasaga o‘qishga qabul qilingan. Qahramonimiz 1920-yil sentyabrda amirlik tugatilib, Buxoro xalq sovet respublikasi (BXSR) tashkil topgani­dan so‘ng yangi hukumat tomonidan ­Bu­xoro tumani qozisi lavozimiga tayinlangan. 1922-yil 18-avgustda 3-Butunbuxoro sovetlari qurultoyi qarori bilan […]

20.09.2024 | 10:49

img546

QILKO‘PRIKDAN OMON O‘TGANLAR

Qariyb bir asrlik tarixga ega bo‘lgan ona­xon nashrimiz – “Saodat” jurnali adabiyotga qanchadan-qancha iste’dodli ijodkorlarni, el sevgan shoir-shoiralarni yetishtirib bermagan deysiz? Zulfiyaxonim, Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyeva, Tursunoy Sodiqova, Xosiyat Bobomurodova, Sharifa Salimova, Qutlibeka Rahimboyeva… “Saodat” kashf etgan qalam ahlining nigor so‘zlari yillar davomida millionlab qalblardan joy olgani, jurnal esa ming-ming­lab o‘zbek ayoli­ning ko‘ngildoshiga aylangani rost. […]

19.09.2024 | 18:07

img661

Asosiy

KELGUSINING QUYOSHI

Quyosh botdi. Uning yog‘dulari allanimani kutganday bo‘lib, biroz turdi-da so‘ngra yugurishib ketdilar. Quyoshdan qochib yotg‘on qorong‘iliq barcha yoqni o‘rab oldi. Ul achchiqlong‘on edi. Qovog‘ini solib, tegrasiga qarardi.  Atrofdagi shovqin-suronlar bosh­landi. Qorong‘iliq askariga qarshi qo‘­yilg‘on chirog‘lar yog‘dusi ko‘b tortisha olmasdan yengilishib, taslim bo‘ldilar. Kechaning tinig‘in yolg‘izg‘ina huvillab turg‘on shamol va unda-munda akillagan itlarning tovushlari buzardi. Kecha […]

19.09.2024 | 11:45

img284

ISMOILBEK GʻASPRALI FENOMENI

Insondan dunyoda yaxshi nom, ezgu amallar meros qoladi. Bu dunyoda odamlarning moddiy va ma’naviy jihatdan baxt-saodatli hayoti uchun o‘z fikri, mol-dunyosi va joni bilan xizmat qilgan fidoyi shaxs­larning xayrli ishlari har doim yaxshilik bilan esga olinadi. Bugun vafotiga bir yuz o‘n yil to‘lgan Ismoilbek Gʻaspralini yodga olganda, shu donishmand jadid allomaning tarix oldida naqadar ulkan […]

18.09.2024 | 17:38

img634

YER QA’RIDAGI XAZINA

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori Rahmatjon OXUNJONOV bilan suhbat – Ma’lumki, eng qadimiy geo­logik kuzatuvlar Pifagor, Aristotel asarlarida uchraydi. Yurtimizdan yetishib chiqqan Beruniy, Ibn Sino singari ulug‘ allomalar ham qator minerallar va ma’danlarga ilmiy ta’rif berishgan. Ayting-chi, bugun o‘zbek geologiyasining dunyo ilm-fanidagi mavqeyi qay darajada, qanday xalqaro aloqalar o‘rnatilgan? – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi […]

18.09.2024 | 14:47

img311

SHE’RIYATIMIZNING ONAGULI EDI

Enaxon opam bilan qachon, qayerda tanishga­nim yodimda yo‘q. Ehtimol, esimni tanib, kitob, gazeta jurnallarni o‘qiy boshlaganimdayoq tanigan bo‘lsam kerak. Xotiralar bisyor, ammo yorug‘ kunlardan boshlanib, ayriliq bilan bir nuqtaga kelgan o‘ylarim og‘riq bera boshlaydi. O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova ko‘nglida tiriklik qo‘ng‘iroqlari, shamollar poyiga bosh urib yig‘lasa ham, gullar yo‘llariga bor yaprog‘ini sochib yuborsa ham […]

18.09.2024 | 11:10

img490

O‘ZBEKISTONDA TRANSPLANTOLOGIYA ISTIQBOLLARI

Dunyo bo‘yicha birinchi yurak transplantologi deb e’tirof etilgan Kristian Bernard “Hatto ko‘chirib o‘tkazilgan yurak ham sevishga qodir” deganida yuz karra haq edi. Janubiy afrikalik bu benazir shifokor bir insondan boshqa bir insonga jon baxsh etguvchi yuraknigina emas, hayotning davomiylik haqiqatini ham ko‘chirganini ich-ichidan his etgandir, ehtimol… Ichki a’zolar transplantologiyasining tibbiyot sohasiga kirib kelganiga 112 yil […]

16.09.2024 | 19:24

img721

ISROF VA KAMBAGʻALLIK

Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi. Ma’lumki, bu yo‘nalishdagi islohotlar 2020-yilda boshlanib, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 11 foizga tushgan. Inson qadri tamoyilini bosh shior qilib olgan jamiyatimiz uchun bu ko‘rsatkich qoniqarli emas. Davlatimiz rahbari ­keyingi yillar uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi […]

16.09.2024 | 18:12

img520

O‘ZBEK OTA

Ko‘p yillar burun, ajoyib kunlarning birida O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov bilan gurunglashib qolgandim. Obid aka “Parvona” spek­taklidagi O‘tkuriy rolini nechog‘li qiyomiga yetkazib o‘ynaganini yosh-u qari yaxshi biladi. Shu bois bu odam ko‘p yillar davomida teatrda ham, ko‘cha-ko‘yda ham, yig‘in-ma’rakalarda ham “O‘tkuriy” bo‘lib yurdi. Shu gurungda Obid akaning otasi Yunus Rajabiy haqida gap ketdi. Buyuk […]

13.09.2024 | 16:10

img358

MILLATNI UYGʻOTISH ORZUSI

XX asr o‘zbek she’riyatida kechgan yangilanishlar – bu, avvalo, badiiy tafakkurdagi o‘zgarishlardir. Zero, har qanday ijod mahsuli zamon va makon, ulardagi o‘zgarishlar va ijodkorning bevosita munosabatini o‘zida aks ettiradi. Insoniyatning azaliy va abadiy muammolarini badiiy-falsafi y idrok eta bilgan chinakam shoir bu muammolarni o‘z davri, xususan, zamon muammolari, zamondoshlarining dardlariga uyg‘un kayfiyatda ifodalashga erishadi. Shu […]

13.09.2024 | 13:13

img477

DAHOGA EHTIROM

yoxud Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani xususida Olis moziy ko‘zgusida aks etib turgan turli voqea-hodisalar ichidan eng ibratga munosibini topa olish, ko‘ra bilish va bugungi kun nuqtai nazaridan baholab, badiiy talqin etish oson ish emas. O‘zbekis­ton xalq yozuv­chisi Isajon Sulton keyingi yillarda milliy tariximiz ummoniga misli g‘avvos bo‘lib sho‘ng‘idi, ummon tubidan dur-u javharlar jamlash […]

13.09.2024 | 11:31

img572

Asosiy

TARIXNING VAZIFASI NIMA?

Men taniqli adib Muhammad Alining “Jadid” gazetasining shu yil 9-avgust kungi sonida e’lon qilingan “Tariximizni teran bilaylik” sarlavhali maqolasini o‘qib, ancha o‘ylanib qoldim. Chindan ham, biz tariximizni yaxshi bilamizmi, undan zarur saboq olamizmi?Avval maktab, so‘ng institutda ta’lim olgan chog‘larimni esladim. Arifmetika, ona tili, geografiya darslari qatori tarix fani va shunga yarasha darslik ham bo‘lar edi. […]

12.09.2024 | 18:51

img1805

OQ VA QORA E’TIQOD SALTANATI

Dunyo adabiyotida Andrey ­Platonov “falsafiy masallar ustasi” sifatida e’tirof etiladi. “Akademnashr” nashriyotida ­uning o‘zbek tiliga yangi tarjima qilingan ikki asari chop etildi. Adibning “Jon” qissasini “Baxt izlash afsonasi” deb aytish mumkin. Asar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, bo‘rttirilgandek ko‘rinsa-da, favqulodda ajoyib. Butun bir xalq qanday qilib shunchalik qash­shoqlikka duchor bo‘lishi, ibtidoiy jamiyatga tushib qolishi mumkin? Ular xuddi […]

12.09.2024 | 16:12

img293

MUMTOZ SHE’RIYATNING SODIQ DAVOMCHISI

Yoshlari ulug‘ ustoz qatori adib­lardan biri shoir va dramaturg Sobir Abdulla edi. Gʻafur Gʻulom bilan tengdosh, ko‘zlari odamga ma’noli boquvchi hassos ijodkor bilan biz o‘z vaqtida hamsuhbat bo‘lganimizdan faxrlanib yuramiz. Uning aruz vaznida yozgan she’r-u g‘azallari o‘tmishda yashab o‘tgan shoirlarnikidan qolishmas, shu boisdan aksa­riyati ashula qilib kuylanardi. U kishi eski − mumtoz she’riyatning shu kundagi […]

12.09.2024 | 11:17

img475

BAYROQ – VATAN TIMSOLI

Uyida to‘y qilishni mo‘ljallagan odam to‘ydan uch-to‘rt kun avval qanday hayajonda bo‘lishi faqat uning o‘zigagina ma’lum bo‘ladi. Uni chiroyli o‘tkazish uchun har xil bezaklar, turli dekoratsiyalar qidirib, xayolan ­ularni joylashtirib ham chiqadi. Men ham ikki kundan so‘ng bo‘lib o‘tadigan shunday bir ulkan to‘y oldida turibman. Bu to‘y nafaqat ­mening uyimda, balki butun mamlakatimizda quvonch bilan […]

12.09.2024 | 10:49

img802

JADID KUTUBXONASI