Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

FAROVONLIK VA FAN

2024-yil iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti “ijtimoiy institutlar qanday shakllanishi va farovonlikka ta’sir qilishini o‘rgangani uchun” bir yo‘la uch olimga topshirilgan. Bular – Daron Ajemog‘lu, Saymon Jonson va Jeyms Robinson. Ular nega ba’zi davlatlar rivojlanib, boshqalari ortda qolib ketishini yangi modellar asosida tushuntirib berdi. TADQIQOT OBYEKTI Laureatlarning asosiy hissasi siyosiy va iqtisodiy institutlar o‘rtasidagi bog‘liqlik va […]

28.04.2026 | 16:14

img962

TEATRUDA YIG‘LAGAN MALAKLAR KIMLAR?

Vaqtli kelganlar ham kechikdi. O‘zbek davlat drama teatri ostonasi gavjum. Ko‘chaning ikki yuziga katta-kichik ulovlar qantarib qo‘yilgan. Davrimizda bu manzarani ko‘proq restoranlar yo ko‘ngilochar maskanlarda ko‘rib o‘rganganmiz. Gavjumlik sababchilari ikki turli: chiptani kassadan olishni (“Hozir kim spektaklga tushadi?” deb) o‘ylaganlar va chiptasi bo‘lsa ham, tadbirlar vaqtida boshlanmaydi (kinoda aytadi-ku, “Bilet bizda, poyezd qayerga ketadi?” deb) […]

28.04.2026 | 14:07

img861

“HAR KIMKI MASHRABGA YETIBDUR…”

Mashrabshunos olim, falsafa, filologiya va pedagogika fanlari doktori Mo‘min Hoshimxonov bilan suhbat – Domla, bilamizki, Mashrab hazratlari Alisher Navoiydan keyin o‘zbek she’riyatida turli janrlarda eng ko‘p ijod qilgan sermahsul mutafakkir shoirdir. Siz o‘z ilmiy-ijodiy faoliyatingizni Mashrab hayoti va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlab kelyapsiz. Sizning tasavvuringizdagi Mashrab kim o‘zi? – Mashrab – otashnafas shoir. Uning Qashqardagi piri […]

28.04.2026 | 09:53

img890

Asosiy

SOXTA KITOBXONLIK

Yigirma yillar oldin qishloqlardagi kutubxonalar kollejlar ixtiyoriga o‘tkazildi. Aholi adadi o‘n besh mingga yetgan qishlog‘imizning “sho‘ro idorasi” nomini olgan ko‘rimsizgina binosining torgina xonasida joylashgan kutubxonada o‘n mingdan ortiq kitob bo‘lardi. Butun umri ushbu kutubxonada mudira bo‘lib, nafaqaga chiqqan opam “Kutubxona fondidagi kitoblarning bir qismini makalaturaga topshirar emishlar. Borib ko‘r, keraklari bo‘lsa olarsan”, deb qoldi. Bordim, […]

27.04.2026 | 12:47

img1118

SOVG‘A

Toshkentga birinchi marta kelishim edi. Shahar meni qovoq uyub kutib oldi: anhorni pufakchalarga to‘ldirib yomg‘ir yog‘ardi. Shahar odami beparvo. Qadrdon go‘shasiga kim kelib, kim ketgani bilan ishi yo‘q. Hammasi qaygadir shoshadi. Gap so‘rasang yo yelka qisadi, yo eshitmaganga olib ketaveradi. Faqat yomg‘ir bahona, yangi soyabonlarini ko‘z-ko‘z qilib yurgan bo‘y qizlargina mening qarshimdan o‘tayotib, shivir-shivir qilishadi. […]

26.04.2026 | 11:40

img647

EKOLOGIK DIPLOMATIYA YOKI BARCHAMIZ BIR OROLDAMIZ

Xalqimizda “Suv qadrini tashna bilar” degan maqol bor. Umuman, mintaqa tabiatidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bu kabi maqol-matallar yondosh qardoshlarimizda ham ko‘p uchrashi shubhasiz. Albatta, neki tanqis bo‘lsa, o‘sha tansiqdir. Tojik birodarlarimiz suvni “obi hayot” deb ulug‘lashida ham ana shu hayot haqiqati mujassam. Dunyoda ekologik inqiroz jiddiylashib borayotgan bo‘lsa, mintaqamizda bu kulfat ikki karra […]

24.04.2026 | 16:09

img1072

Asosiy

“BOR, TOVOGʻIM… KEL, YAROGʻIM!”

“Bor tovog‘im, kel tovog‘im” matali ming yillar avval yaralib, tor ma’noda qo‘ni-qo‘shnilar, keng ma’noda turli davrlarda saltanatlarning bir-birlari bilan o‘zaro bordi-keldilari, ya’ni savdo aylanmasini anglatadi. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan o‘lkamiz necha asrlar Sharq va G‘arbni iqtisodiy bog‘lab turgan ko‘prik vazifasini o‘tagani ortida ham shu munosabatlar yotibdi. Ammo… 1840-yilda Angliyada paxtani chigitidan ajratadigan “Jin” mashinasi […]

23.04.2026 | 16:48

img1164

VATAN OMON BO‘LSIN, VATAN TINCH BO‘LSIN!

“Yangi O‘zbekiston” va “Правда Востока” gazetalari bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim DONIYOROV bilan suhbat – Salim Musurmonovich, yangi avlod taniqli jurnalist ham bir vaqtlar yosh bo‘lganini, bugungi mahorat va salohiyatga yillar davomidagi zahmat, o‘qib-o‘rganish orqali erishganini esdan chiqarib qo‘yadi. Ular faqat manzildagi odamni ko‘radi, bosib o‘tilgan yo‘l esa panada qoladi. Savolim siyqaroq chiqsa, […]

23.04.2026 | 11:16

img1291

Asosiy

UCHSIZ KALAVA

Muhammadjon Avazjonov o‘zbek tekstil sanoatining ilk mashinavoriy urchug‘ini aylantirgan mutaxassislardan hisoblanadi. U 1905-yil 2-may kuni Buxoro shahrida dunyoga kelgan. Otasi o‘z davrida Buxoro amirligining martabali shaxslaridan bo‘lib, 1912–1918-yillari Chorjo‘y bojxonasida mas’ul lavozimda ishlagan. Muhammadjon Buxoro shahrida eski va yangi usul maktablarida o‘qidi. So‘ng madrasa ta’limini olib, arab, fors tillarini o‘zlashtirdi. Bolaligidan amakivachchalari Musojon va Muxtor […]

22.04.2026 | 14:23

img1010

IZLARNI IZLAB…

“O‘zga mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, g‘anim lashkarlarini sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarni (ko‘nglini ovlab) do‘stga aylantirish, do‘st-dushman orasida muomala, murosa-yu madora qilish xususida…” ko‘p kengash va tadbirlarni qo‘llagan ulug‘ bobomizni har qancha bosh uzra tutsak, boshimiz shuncha sarbaland bo‘lg‘ay. Muhtaram Prezidentimiz qarori bilan har yili aprel oyi Amir Temurga bag‘ishlanishi belgilab qo‘yildi. Ilk […]

21.04.2026 | 17:27

img991

KO‘P RAHMAT, OYDIN OPA!

Ba’zan shunday asarlar – dostonlar, ohanglar uchraydiki, ular sizni yodingizdan ko‘tarilayozgan botiniy Vatanga qaytaradi. Yurakdagi kemtikliklar nogahon to‘lib, vujudni titroq bosadi, lablaringiz titraydi, ko‘zlaringizda yosh halqalanadi, odamlar ichida turib, beixtiyor qalqib chiqqan xo‘rsiniqdan iymanasiz… Mana shunday kuylardan iborat konsertga anchadan beri bormagan ekanman. Bunday imkoniyat yaqinda nasib etdi. Ruxsat etsangiz, taassurotlarim bilan bo‘lishsam. Kuz edi, […]

21.04.2026 | 12:42

img1199

DO‘STLIK DOSTONI

Yaqinda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya doirasida Qozog‘istonda chop etilgan “Turkiy dunyo adabiyoti” turkumidagi yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-oktyabr kuni Boku shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi (hozirgi Turkiy davlatlar tashkiloti) sammitida a’zo davlatlar […]

21.04.2026 | 10:49

img922

Asosiy

OG‘IR IZLAR

Mazkur maqola yozilishiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsutdinovning “O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari” nomli fundamental asari hamda “Jadid” gazetasida muntazam berib borilayotgan turkum chiqishlari turtki bo‘ldi. Arxivdan bugun biz hikoya qilmoqchi G‘ofur Qosimovning “ayblov” ishi yig‘ma jildini topib o‘rgandik. G‘ofur Qosimov 1894-yili O‘sh shahrida dehqon oilasida tug‘ilgan, […]

21.04.2026 | 09:42

img856

“LAYLINING GANJIDAN GAVHAR KELTIRDIM…”

* * * Halima, uyg‘ongin, Halima, uyg‘on!Men senga yarim tun qamar keltirdim.Xudo tomondagi darichani och,Mashrabdan qadimiy daftar keltirdim. Gʻamginsan,ma’yussan,parishondursan,Gʻamni o‘ldirguvchi zahar keltirdim.Xazinam yo‘q deding,nochorman, deding,Laylining ganjidan gavhar keltirdim. Kel deding, kelmadi, endi o‘zing bor,Bolalik tomonga safar keltirdim.Qushlar ovozida sog‘inching qolgan,Bulbullarga to‘la sahar keltirdim. Ruhingni kuzlarga o‘g‘rilatganding,Senga yangi ruhi dilbar keltirdim.O‘zingni zulmatdan ajratib ol, deb,Uning nigohidan […]

20.04.2026 | 14:21

img1301

ADIBNING AYVONI

Otam Habibullo Qodiriy shunday qimmatli xotirani aytib bergandi: “1956–1962-yillarda Toshkent davlat meditsina institutida tahsil olganman. Rektor Abdulmalik Gʻulomov bilan munosabatimiz yaxshi edi. U kishi mening ToshMIga qayta tiklanishimga katta yordam bergan. Bir kuni Gʻulomovning xonasida so‘zlashib o‘tirsak, qiyofasi kavkazliklarga xos, kumushsoch, o‘rtabo‘y bir oqsoqol kirib keldi. Domla u kishi bilan ko‘rishib, darhol meni tanishtirdi: – […]

17.04.2026 | 18:09

img1440

HAYOT ZARRASI VA ZARRA HAYOTI

O‘zFA Mikrobiologiya instituti direktori, biologiya fanlari doktori Shahlo MIRALIMOVA bilan suhbat – Shahlo opa, akademik Ilhom Sodiqov shunday degandi: “Ilm-fan olamida narsalar o‘z mohiyatini o‘zgartiradi, aniqrog‘i, asl mohiyatiga ko‘ra baholanadi. Yadro fizikasidan ajal quroli yasashda ham, hayotni saqlab qoluvchi dorilar yaratishda ham foydalansa bo‘ladi”. Xuddi shuningdek, “mikrob” deganda kasallik tarqatuvchilarni tushunadi omma. Ammo ilmda ularga […]

17.04.2026 | 15:15

img1141

“YURT ISHQIDA YONAMAN!”

Insonning ma’naviy tadrijida, jamiyatning barqarorligini ta’minlashda madaniyat va san’atning ahamiyati benazirdir. Madaniyat va san’at o‘z tabiatiga itoatan insonlarni ezgulikka, xayrli ishlarga yetaklaydi. San’at orqali odamlar o‘z his-tuyg‘ularini, fikr-u g‘oyalarini, orzu-armonlarini ifoda etish imkoniga ega bo‘ladilar. Badiiy tasvir, musiqa, qo‘shiq, raqs va boshqa san’at namunalari inson ruhini ko‘tarish, xalqni birlashtirish va ilhomlantirish uchun xizmat qiladi. Soha […]

17.04.2026 | 12:39

img956

QO‘RQUNCH BIR JASORAT TARIXI

Bugun Yangi O‘zbekistonda Buyuk Temuriylar nomini jahoniy miqyosga ko‘tarish yo‘lida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matnini xorijiy  tillarga o‘girib, chop etish yo‘lga qo‘yildi. Bu asar tarjimasi borasida inqilobiy jasoratga qo‘l urgan shaxs alloma Alixonto‘ra Sog‘uniy hazratlari edi. Tarixni qurol emas, qalam o‘zgartirgan davrlar bo‘lgan. Ayniqsa, millat ildizlari xotira obi hayotidan […]

17.04.2026 | 10:09

img999

ENDI SALOHIYATIMIZNI KO‘RSATISHIMIZ KERAK!

Xalqaro Amir Temur jamoat fondi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad ALI bilan suhbat – Prezidentimizning “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekkani tarixiy hodisa bo‘ldi. Bu ulug‘ ajdodimiz siymosini badiiy asarlarida gavdalantirib kelayotgan adib, u zot nomi bilan ataluvchi tashkilot […]

16.04.2026 | 18:06

img859

GAZETA KASALLIK TARQATARMISH…

Bu voqeaga ancha bo‘lgan. Ta’tilda biznikiga kelgan jiyanim sho‘xlik qilib, qo‘radagi qo‘ylarni ham bezor qildi. Shunda otam uydan gazeta olib chiqib, qo‘raning simto‘riga o‘qiladigan holda katta qilib osib qo‘ydi, so‘ng jiyanni chaqirishimni buyurdi. Jiyanim qo‘raga yoyib qo‘yilgan gazetani ko‘rib, “Nega qo‘yxonaga gazeta ilib qo‘yilgan?” deb so‘raganida, otam: “Sen ta’tilingni bekor o‘tkazyapsan. Qara, men o‘qib bo‘lgan […]

16.04.2026 | 14:01

img802

NARX-NAVO RAQQOSAMU?

Qishdanam chiqvoldig-ey! O‘riklar gullab, redis bilan ko‘kpiyozni pullab, xiyla yuzimizga qon yugurdi. Dehqonning qo‘liga pul tushmasin-da: yo “uyni ko‘taraman”ga tushadi, yo to‘y qilgisi kepqoladi. Meniyam qo‘lim qichib, tomni ochib yuborsammi deb yurgan kunlarim. Xotin zoti tozi itday sezgirmasmi, darrov palakatning hidini olib, tashlanib qoldi: “Buncha hovliqmang, xo‘jayin, hozircha tomingiz joyida, yaxshisi butun pulni pachaqlamay, Qumtepadan […]

16.04.2026 | 12:18

img719

JADID KUTUBXONASI