KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
KIM HAQ?
“Aholining boy tabaqasimi, quyi qatlami aholisidanmi, farqi yo‘q, kimning xonga arzi bo‘lsa, istagan kuni hech qarshiliksiz xon hazrat, ya’ni Muhammad Aminxon huzuriga borib, arzini ayta oladi. Agar dunyoviy masala bo‘lsa, xonning o‘zi hukm chiqaradi, agar shar’iy bo‘lsa, qozikalonga murojaat qiladilar. Zakotdan tashqari hech kimsadan biron narsa undirilmaydi, moliga tegmaydilar. Zakotni mulkning qirqdan biri tarzida oladilar. […]
08.06.2026 | 15:15
1179
Asosiy
BOLALIK KUNLARI
Xotira hikoyalar 1. Charxpalak Qachon esim kirgan vaqtni aniq eslayman. Beshinchi sinfni bitirib, oltinchi sinfga o‘tgan edik. Qirq yettinchi yo qirq to‘qqizinchi yillardir, har holda elliginchi yil emas. Elliginchi yilda o‘ta dabdaba va aloxon-u alomon bilan targ‘ib qilingan kattakon “O‘zbek poeziyasi antologiyasi” degan dohiy surati va ipaklar bilan bezatilgan kitobga umrimda ilk bor obuna bo‘lgan […]
07.06.2026 | 12:00
2277
Asosiy
TIG‘ OSTIDAGI TAQDIR
O‘zbekiston tarixidagi eng ayanchli yo‘qotishlardan biri – 1938-yilning 4-oktyabr oqshomi. Xalqimizning buyuk shaxslari, millat taraqqiysi uchun kurashgan ziyolilari, oydinlari va necha yuzlab oilaning yostig‘ini quritgan “katta terror” yuhosi Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev hayotini ham shafqatsiz domiga tortib ketdi. Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev 1891-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otasi Tursunxo‘ja Muhammadxo‘jayev dehqonchilik ortidan ro‘zg‘or tebratar, oiladagi hamma dala boshida baravar mehnat […]
05.06.2026 | 12:49
1466
JADIDLAR ORZUSIDAGI MAKTAB
Toshkentning Eski shahar mavzesida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi yurtimizdagi nufuzli ta’lim muassasalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. 2019-yil 26-dekabrda faoliyat boshlagan maktabda ayni vaqtda 210 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ularga 30 nafar tajribali, jumladan, 20 nafar milliy va xalqaro sertifikatlarga ega oliy toifali pedagoglar ilg‘or ta’lim dasturlari asosida bilim berib kelmoqda. Ustozlar har bir […]
05.06.2026 | 09:36
1378
OYDIN KO‘CHALAR
“Do‘stlik” ordeni sohibi Muxtor ILHOMOV bilan Toshkent shahridagi“Uchtepa” mahallasi ko‘chalarida kechgan gurung ISHONCH KO‘CHASI Assalomu alaykum! Mahallamizga xush kelibsiz! 27 yildan buyon shu mahalla fuqarolar yig‘ini raisiman. Saylanadigan lavozimga qayta-qayta loyiq ko‘rilishimga hamkasblarim ham havas, ham hayrat bilan qaraydi. Buning siri bor-yo‘qligiga qiziqadi. Bilasizmi, mahalla raisligi amal emas, xalqqa xizmatkorlik. Kamida to‘rt-besh oilaning og‘irini yengil […]
04.06.2026 | 16:27
1408
MANFAATPARASTLIK EPIDEMIYASI
Jamiyatni yemiruvchi xatar Avval birga ishlashgan sobiq hamkasbim bilan uchrashib qoldik. Hol-ahvol so‘rashib, o‘tgan-ketgandan gaplashdik. Suhbat aylanib, xorijiy tajriba haqidagi gaplarga ulandi. – Yaqinda xorijiy axborot markazlarining tajribasini o‘rganib, amaliyotga joriy qilishni boshladik, – dedim.– Zo‘r-ku, – dedi u. – Xo‘sh, bundan sizga nima naf? Bu savoldan kutilayotgan muddaoni yaxshi anglamay, ajablandim. – Maoshingiz oshadimi? […]
04.06.2026 | 12:33
1301
MUHTASHAM TOPISHMOQ
Nazar Eshonqulning “Giryon” romanini o‘qib… Eng avvalo, bu g‘alati romanni o‘qishga qiynalganimni aytmoqchiman. Asarni bir so‘z bilan ta’riflash lozim bo‘lsa, uni “topishmoq” degan bo‘lardim. Nazarimda, bu baho kamlik qiladi, yaxshisi, “Muhtasham topishmoq” deyman. Nazarimda, erkin yozishimga xalal berayotgan yana bitta muammo bor. Roman haqida fikr yozishga chog‘landim, ammo kim bo‘lib yozaman – intellektual esseistmi yoki […]
04.06.2026 | 10:41
1214
BAYT ZIYORATI
Haqiqiy ijodkor qismati Vatan taqdiri bilan chambarchas bog‘liq keladi. Qaysi mavzuda yozmasin, asarlarining qon tomirida Vatan va Millatga muhabbat tuyg‘usi jo‘sh urib turadi. Ona yurtining yuksalishini ko‘rish – uning uchun quvonch manbayi. Tuqqan elining kamoli – umr mazmuni. Bul havaslardan farqli o‘laroq, chin shoir bu tuyg‘uni suiiste’mol qilmaydi. So‘z gavharini toshga urmaydi. Uni qalb qo‘rida […]
03.06.2026 | 14:48
967
MA’NILAR MAXZANI
2026-yilning 22-may kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Milliy kitobxonlik harakati”ga yo‘llanma berib, muhtasham ma’naviy harakatga oq yo‘l tiladi. 1 Baland va hashamatli binolarni mohir ustalar quradi; tirik odamlar yashnatadi. Ayni damda bunday uylarga olimlar, oqillar, donishmandlar va ularning kitoblari nur olib kiradi. “Milliy kitobxonlik harakati”ga doir bu tarixiy hujjatga ko‘ra kitob o‘qiydiganlar soni tubdan ko‘payishi […]
03.06.2026 | 12:32
1183
TAVALLUD KUNLARI O‘TDI…
Chorak asr avval Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida ishlar edim. Bir kuni Belorussiya elchisi telefon qilib, “Biz mamlakatingiz bosh ma’rifatxonasi bo‘lgan Milliy kutubxonaning katta zalida ulug‘ shoirlarimiz Yanka Kupala bilan Yakub Kolas yubileyini nishonlamoqchi edik”, deb qoldi. Albatta, bu iltimos o‘rinlatildi. “Biron o‘zbek adabiyotshunosi ham qatnashsa”, degan so‘rovni yerda qoldirmay, taniqli olim Laziz Qayumovdan […]
02.06.2026 | 17:23
1036
Asosiy
NUQTA
XX asr boshlarida jadidlik harakati ta’sirida kamol topgan, millat taqdiriga daxldor masalalarda jonbozlik ko‘rsatgan ziyolilardan biri Mahmudbek Qoziyev edi. Minglab ma’rifatparvar insonlar qatori u ham stalincha qatag‘onning shafqatsiz tegirmonidan omon chiqmadi… Mahmudbek Qoziyev 1890-yili Andijon shahrining Devonaboy mavzesida tug‘ilgan. Otasi Otabek qozi Andijondagi usuli jadid maktablariga homiylik qilgan, mahalliy ziyolilar orasida yuksak obro‘ qozongan shaxslardan […]
02.06.2026 | 12:30
411
YOZILMAGAN TARIX IZIDAN
O‘zFA Milliy antropologiya instituti direktori, tarix fanlari doktori Farhod MAQSUDOV bilan suhbat – O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlarning bugungi asosiy ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat? – Bizda qo‘riqlanadigan, muhofaza qilinadigan arxeologik meros milliy ro‘yxatiga 4800 dan ortiq yodgorlik kirgan. Har yili ko‘plab yangi yodgorliklar qo‘shilyapti. Besh mingga yaqin degani, bu hazil narsa emas, bu – arxeologik jihatdan juda […]
01.06.2026 | 10:17
953
SIYRAT SUVRATLARI
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, fotojurnalist Abdug‘ani JUMA bilan suhbat – Abdug‘ani aka, Sizning ilk ijodga kirib kelgan davringizdagi fotoapparatlar bilan hozirgilarining o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Hozir fotosan’atkor uchun texnik qulayliklar bisyor. Shunga qaramay, bu sohaga ko‘ngil bergan ijodkor yoshlar oz. Tutib olingan va tarixga muhrlanayotgan lahzalar ko‘pincha avvalgidek yurakni qalqitmayapti yoki suratlarda […]
29.05.2026 | 10:55
1274
NAVOIYDAN ULGI OLIB…
Olimlar bor, faqat ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi. Olimlar bor, kashfiyotlar barobarida rahbarlik ishi va ilm tashkilotchiligida mahsuldor faoliyat ko‘rsatadi. Filologiya fanlari doktori, professor, ikki karra Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Abduqodir Hayitmetov ham ulug‘ olim, ham mohir rahbar edi. Kamina 17 yil (1977–1994) mobaynida Abduqodir Hayitmetov rahbarlik qilgan […]
25.05.2026 | 11:17
1390
Asosiy
MAHMUD SUBOY KIM?
Jadid davri hikoyachiligini o‘rganar ekanmiz, Mahmud Suboy nomiga duch kelamiz. U kim edi? Professor Shodmon Hayitov va Kamol Rahmonovning “Mahmud Suboh (Subay) kim edi?” maqolasida yozilishicha, Mahmud Suboy “Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topgan dastlabki yillarda Maorif nozirligining umumiy ishlar bo‘limi mudiri lavozimiga taklif etilgan”. U rus, arab, fors va turkiy tillarni puxta bilgan. Qozon […]
21.05.2026 | 09:34
1758
Asosiy
BANDASINING BANDALARI
O‘tgan asrning 60-yillari adog‘ida taniqli adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonovni xorazmlik bir kishi yo‘qlab keladi. Yupungina kiyingan, ko‘zlarida qayg‘u alomatlari muhrlanib qolgan bu odam iymanibgina o‘zini Qurbon Qutlimurotov deb tanishtiradi va tashrifidan maqsadini aytishdan oldin eski matoga o‘ralgan bir necha qalin daftarlarni olimning oldiga qo‘yadi. Olim muqovasi titilib ketgan daftarlardan birini ochib, “Qurbon” (roman) degan so‘zlarni o‘qiydi […]
20.05.2026 | 09:31
1495
KITOB KELTIRGAN BAXT
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Umida TESHABOYEVA bilan suhbat – Umida opa, kelgusi haftada mamlakatimizda “21-may – Kutubxonachilar kuni” nishonlanadi. Avvalo, kasb bayrami bilan tahririyatimiz nomidan tabriklaymiz! Alohida sananing belgilanishi ushbu soha vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi muhim rolini anglatadi. Sizning bu sohaga kirib kelishingiz qanday bo‘lgan? – E’tibor […]
19.05.2026 | 11:53
2211
QADIM QISHLOQ NOMINI QAYTARAYLIK!
O‘z tarixiy nomini tabiiy ravishda yo‘qotadigan, shuningdek, subyektiv tarzda yo‘qotiladigan geografik obyektlar mavjud. U yoki bu joyning o‘sha yerda yashovchi aholi tomonidan turli sabablar bilan tashlab ketilishi va bora-bora nomning iste’moldan chiqishi uning unutilishiga va shunga muvofiq ravishda tarixiy toponimning ham yo‘qolishiga, buning ortidan esa ushbu joy bilan bog‘liq tarixning barham topishiga sabab bo‘ladi. Subyektiv […]
19.05.2026 | 09:35
1060
BEHBUDIY SAVOLIGA JAVOB IZLAGAN NOBELCHILAR
2025-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan Joel Mokir “texnologik taraqqiyot orqali barqaror o‘sish uchun shart-sharoitlarni aniqlagani” hamda Filipp Agiyon va Piter Xovit “kreativ destruksiya orqali barqaror o‘sish nazariyasi” uchun taqdirlandi. BARQARORLIK OMILI Insoniyat tarixi davomida iqtisodiy turg‘unlik ko‘p asrlar mobaynida odatiy hol bo‘lib kelgan. Faqat so‘nggi ikki yuz yil ichida uzluksiz o‘sish kuzatildi. Bu esa […]
18.05.2026 | 16:23
1090
AVVAL IQTISOD…
Gʻoyalar evolyutsiyasi Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi insoniyat tarixining deyarli har bir davrida yangi g‘oya va qarashlar, yangi yondashuvlar bilan boyib kelgan. Iqtisodiy fikrning rivojlanishi faqat akademik muhokamalar doirasida qolmay, balki davlatlar siyosatiga, jamiyat tuzilishi va odamlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatib kelgan. Klassik iqtisodiyotdan tortib zamonaviy xulq-atvor iqtisodiyotigacha bo‘lgan yo‘l – bu insoniyat aqlining uzluksiz izlanishi […]
18.05.2026 | 14:39
1020
BOTUNING BOTINI
Ko‘nglim yosh, ruhim yosh, kuchim yosh,Yosh yo‘llar, yosh gullar izlayman.Orqaga tortganga hadyam – tosh,Har choq men ilgari undayman. Ushbu satrlar muallifi shoir va yozuvchi, jamoat arbobi sifatida respublika maorifi, fani va madaniyatini rivojlantirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan Botu – Mahmud Xodiyev qalamiga mansub. Botu 1904-yil 15-mayda Toshkent shahridagi Qaldirg‘och mahallasida to‘quvchilar oilasida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni […]
15.05.2026 | 15:48
1358